1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlarni buyurtmanoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 3-bandiga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat budjetidan ajratiladigan transfertlarni (mahalliy budjetlarga ajratiladigan transfertlar bundan mustasno) uni oluvchilarning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha taqdim etgan buyurtmanomasiga asosan Moliya vazirligi tomonidan ajratib borish tartibini joriy etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlarni buyurtmanoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan transfert buyurtmanomalarini tuzish va ularni Moliya vazirligiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan davlat maqsadli jamg‘armalarining buyurtmanomalari asosida transfertlar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transfert miqdorlarini hisoblash hamda ularni Davlat budjeti parametrlarida inobatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transfert ajratilishi maqsadlari hamda transfertlar hisobiga erishiladigan natija ko‘rsatkichlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror 2023-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
627-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 627-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlarni buyurtmanoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan (keyingi o‘rinlarda — Davlat budjeti) ajratiladigan transfertlarni (keyingi o‘rinlarda — transfertlar) buyurtmanoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligi) tomonidan ajratish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjetlariga va aksicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjetlaridan tuman (shahar) budjetlariga va aksicha ajratiladigan budjetlararo transfertlar uchun tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transfert oluvchilar — Davlat budjetidan ko‘zda tutilgan transfertlarni oluvchi davlat maqsadli jamg‘armalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transfert buyurtmanomasi — transfert oluvchilar tomonidan har oyda Davlat budjetida ko‘zda tutilgan transfert mablag‘larni olish uchun taqdim etadigan buyurtmanomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 137 va 1382-moddalariga asosan dotatsiya va tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan transfert oluvchilarga ajratib berishga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutilgan transfert transfert buyurtmanomasiga asosan Moliya vazirligi tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert ajratish O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 140-moddasiga asosan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Transfert buyurtmanomasida transfert miqdorini hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan transfertlar davlat maqsadli jamg‘armalarining buyurtmanomasi orqali ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Transfert miqdorini hisoblash va uni ajratish mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan transfert ajratish to‘g‘risida buyurtmanoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Transfert buyurtmanomasida transfert ajratilishi zarurligi va taqdim etilayotgan transfertlar hisobiga erishiladigan natijalar ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Transfert buyurtmanomasi bo‘yicha hisoblangan transfertlar transfert buyurtmanoma taqdim etilgan davrda Davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutilgan transfertlardan oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Transfert buyurtmanomasi asosida transfert ajratish va o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Transfert oluvchilar tomonidan transfert buyurtmanomasi har oyning 10 sanasiga qadar Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Moliya vazirligining mas’ul departamentlari tomonidan transfert buyurtmanomasi taqdim etilgan kundan boshlab 3 ish kunidan oshmagan muddatda transfert buyurtmanomasiga asosan talab etiladigan mablag‘lar ko‘rib chiqiladi hamda ushbu Nizomning 9 va 10-bandlari talablariga muvofiq transfertning natijadorligini o‘rganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ko‘rib chiqilgan transfert buyurtmanomasi bo‘yicha hisoblangan transfertlarni O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratish yuzasidan Moliya vazirligi mas’ul departamentlari tomonidan Moliya vazirligi G‘aznachiligiga yozma ravishda 1 ish kunida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan har oyning 20 sanasiga qadar biroq 5 ish kunidan oshmagan holda transfertlarni O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan transfert oluvchining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Transfert oluvchi transfert buyurtmanomasiga asosan ajratilgan transfertlarning ushbu maqsadlarga yo‘naltirilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Transfert buyurtmanomasida hisoblangan transfertlar zarurat mavjud emasligi yoki transfert hisobiga amalga oshirilmaydigan tadbirlarga transfertlar ajratilishi belgilanganligi aniqlangan taqdirda, Moliya vazirligi mas’ul departamentlari tomonidan transfert oluvchilariga transfert buyurtmanomasi taqdim etilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida rad etish haqida xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Moliya vazirligi transfert oluvchi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda kiritilmagan transfert buyurtmanomalarini 1 ish kuni ichida qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Transfert oluvchilar tomonidan transfert olish uchun transfert buyurtmanomasi bir oyda bir martadan ortiq kiritilmaydi, transfert buyurtmanomasini mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lmasdan qaytarilgan transfert buyurtmanomalarni qayta kiritilishi holatlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunlari bilan belgilangan maqsadlarga ajratilishi ko‘zda tutilgan transfertlar boshqa maqsadlar uchun ajratilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Moliya vazirligi mas’ul departamentlari transfert oluvchilar tomonidan taqdim etilgan transfert buyurtmanomasini ko‘rib chiqish davrida transfert bilan ajratish bilan bog‘liq qo‘shimcha tahliliy ma’lumot talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Transfert oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hamda ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun transfert oluvchi tashkilot rahbari javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Transfert oluvchilar transfert buyurtmanomasiga asosan Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larning samarali va maqsadli ishlatilishiga mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ajratilgan transfert mablag‘larining samarali foydalanilishi ustidan tegishli vazirlik (idora)ning ichki audit xizmati (mavjud bo‘lganda) va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan doimiy nazorat amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1752-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlarni buyurtmanoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratish tartibi to‘g‘risida nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida ko‘zda tutilgan transfertni transfert buyurtmanomasiga asosan Moliya vazirligi tomonidan ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Transfert oluvchi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan transfert ajratish to‘g‘risida Moliya vazirligiga buyurtmanoma yuboradi.
Har oyning 10 sanasiga qadar
2-bosqich
Moliya vazirligining mas’ul departamenti
Transfert buyurtmanomasida transfert ajratilishi zarurligi va taqdim etilayotgan transfertlar hisobiga erishiladigan natijalarni o‘rganadi.
Transfert buyurtmanomasida hisoblangan transfertlar zarurat mavjud emasligi yoki transfert hisobiga amalga oshirilmaydigan tadbirlarga ajratilishi belgilanganligi aniqlangan taqdirda, transfert oluvchilariga rad etish haqida xabar yuboriladi.
3 ish kuni ichida
Ko‘rib chiqilgan transfert buyurtmanomasi bo‘yicha hisoblangan transfertlarni O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratish yuzasidan G‘aznachilikka yozma ravishda xabardor qiladi.
1 ish kunida
3-bosqich
Moliya vazirligi G‘aznachiligi
Transfertlarni O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan transfert oluvchining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazib beradi.
Har oyning 20 sanasiga qadar biroq 5 ish kuni ichida
4-bosqich
Transfert oluvchi
Transfert buyurtmanomasiga asosan ajratilgan transfertlarning ushbu maqsadlarga yo‘naltirilishini ta’minlaydi.
Belgilangan muddatlarda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlarni buyurtmanoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratish tartibi to‘g‘risida nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan transfert ajratish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYURTMANOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ming so‘m
T/r
Belgilangan vazifa nomi*
Faoliyat turi**
Asos***
Yillik umumiy miqdori
(parametrda)
20___ yilning ________ oyida rejalashtirilgan transfert
Ajratiladigan transfert bo‘yicha
Izoh****
Yil boshidan jami majburiyat
20___ yilning ________ oyida majburiyat (olinadigan transfert)
Yillikdagi ulushi
(foizda)
1.
2.
3.
...
* Transfert hisobiga amalga oshiriladigan vazifa va tadbirlar
** Asosiy va qo‘shimcha daromad olishga qaratilgan faoliyat
*** Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat
**** Transfert ajratish zarurati va erishiladigan natija ko‘rsatkichlar ko‘rsatiladi