1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.71.00 (Кучини йукотган) Oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi (litseylar, kolledjlar);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat sektorda professional taʼlimni rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratilishi hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda professional taʼlim sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida yoshlarga kasb-hunar oʻrgatishning boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlimdan iborat uch bosqichli samarali tizimi joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, nodavlat sektorda oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash tizimini ragʻbatlantirish mexanizmlarining yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmaganligi nodavlat professional taʼlim tashkilotlarining faoliyati tashkil etilishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022-yildagi “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-avgustdagi PQ-364-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, nodavlat sektorda professional taʼlim tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat professional taʼlim tashkilotlari uchun davlat mulki obyektlarini ijaraga olishning eng koʻp muddatini besh yildan oʻn yilgacha uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat taʼlim tashkilotlarining professional taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun bankdagi hisobvaragʻiga qoʻyiladigan mablagʻ miqdorini 2 baravarga (50 ming dollardan 25 ming dollarga) qisqartirish orqali litsenziya talablari va shartlarini soddalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 19-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
612-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 612-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi birinchi xatboshisi “besh yilni” soʻzlaridan keyin “, nodavlat professional taʼlim tashkilotlari uchun oʻn yilni,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi 826-son qaroriga 1 va 2-ilovalar quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq ushbu ilovada koʻrsatilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish huquqiga ega”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) toʻgʻridan toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro hamda respublika bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro hamda respublika bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jismoniy tarbiya fan olimpiadasining, shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro hamda respublika (final) bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrin) sovrindorlarini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifasini (bosh oʻqituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 9-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pedagog kadrlarning malaka toifasini (lavozimini) bir pogʻonaga oshirishda mazkur Nizom kuchga kirgandan keyingi erishilgan natijalar inobatga olinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“34. Birinchi bosqichda pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi taʼlim tashkilotining pedagogik (kuzatuv) kengashlari tomonidan oʻrganiladi hamda mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq baholash mezonlari asosida 20 ballik tizimda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi har bir attestatsiya uchun alohida baholanadi. Bunda oldingi attestatsiya jarayonida baholash obyekti boʻlgan koʻrsatkichlar keyingi attestatsiyaning pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash bosqichida hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor vazirliklar va idoralar pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq baholash mezonlari asosida oʻrganish va baholash uchun oʻz tizimidagi muassasalarni yoki mazkur faoliyatni amalga oshirishga ixtisoslashgan boshqa tashkilotlarni, shuningdek, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi maʼlumotnomaga kiritilib, taʼlim tashkiloti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holda, Taʼlim inspeksiyasiga topshirish uchun pedagog kadrlarga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrlar pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash natijalari yuzasidan maʼlumotnomada necha ball koʻrsatilganidan qatʼi nazar, attestatsiyaning keyingi bosqichida ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash natijalari yuzasidan maʼlumotnoma attestatsiyadan oʻtish uchun hujjat topshirish boshlangan sanaga qadar koʻpi bilan toʻrt oy muddat ichida berilgan boʻlishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 37-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻquv (maxsus) fani boʻyicha malaka sinovlari chet tili fani oʻqituvchilari uchun tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish koʻnikmasini baholashga qaratilgan ijodiy sinovlar shaklida oʻtkaziladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) quyidagi mazmundagi 431 — 4310-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“431.Chet tili fani oʻqituvchilari uchun oʻquv (maxsus) fani boʻyicha malaka sinovlari quyidagi boʻlimlardan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “tinglab tushunish” boʻlimi ogʻzaki nutqni qabul qilish koʻnikmalarini, eshitilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “oʻqish” boʻlimi oʻqilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “yozma ish” boʻlimi tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va talabgorning lugʻat zaxirasidan foydalangan holda, berilgan mavzular boʻyicha bir-biri bilan bogʻlangan matnlarni tuzish mahoratini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “gapirish” boʻlimi tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lugʻat zaxirasidan foydalangan holda, berilgan savollarga mos javob berish va oʻz nuqtai nazarini asoslash mahoratini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
432. Chet tili fani oʻqituvchilari uchun oʻquv (maxsus) fani boʻyicha malaka sinovi qogʻoz blankalarda yoki kompyuterda (onlayn platforma orqali) oʻtkazilishi mumkin. Malaka sinovini oʻtkazish joyi Taʼlim inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma yoki ogʻzaki malaka sinovi uchun imtihon komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon komissiyasining tarkibi Taʼlim inspeksiyasi rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi va unga Taʼlim inspeksiyasi xodimlari, tajribali pedagoglar va malakali mutaxassislar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sinovi qogʻoz blankalarda oʻtkazilganda, ikki bosqichdan iborat boʻladi. Bunda birinchi bosqich “tinglab tushunish”, “oʻqish”, “yozma ish” boʻlimlaridan, ikkinchi bosqich “gapirish” boʻlimidan tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sinovi tegishli maxsus dasturlar asosida kompyuterda oʻtkazilganda, barcha boʻlimlar qamrab olingan holda bir bosqichda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
433. Chet tili fani oʻqituvchilari uchun oʻquv (maxsus) fani boʻyicha malaka sinovlariga jalb etiladigan imtihon komissiyasi aʼzolari va kuzatuvchilar bilan shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
434. “Tinglab tushunish”, “oʻqish” boʻlimlari boʻyicha bilimlar maxsus dasturlar yordamida kompyuterda tekshiriladi. “Yozma ish” va “gapirish” boʻlimlari boʻyicha bilimlar maxsus dasturlar yordamida Taʼlim inspeksiyasining masʼul tarkibiy boʻlinmasi nazorati ostida imtihon komissiyasi tomonidan tekshiriladi va natijalari rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
435. Chet tili fani oʻqituvchilari uchun oʻquv (maxsus) fani boʻyicha malaka sinovi jarayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tinglab tushunish” uchun — 30 daqiqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oʻqish” uchun — 45 daqiqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yozma ish” uchun — 30 daqiqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“gapirish” uchun — 10 daqiqa vaqt ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
436. Malaka sinovida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tinglab tushunish”, “oʻqish” boʻlimlarining har biri 30 ta savoldan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yozma ish” boʻlimi 120 — 150 ta soʻzdan iborat topshiriqdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“gapirish” boʻlimi topshiriqlarning 3 ta turidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
437. Taʼlim inspeksiyasi malaka sinovi natijalarini sinov yakunlangan kundan boshlab bir haftadan kechikmasdan, Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
438. Chet tili fani oʻqituvchilari uchun oʻquv (maxsus) fanidan malaka sinovi har bir boʻlimining eng yuqori bahosi 20 ballni va barcha boʻlimlar uchun maksimal baho 80 ballni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
439. Chet tili fani oʻqituvchilari uchun oʻquv (maxsus) fanidan malaka sinovini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarda ishtirok etadigan Taʼlim inspeksiyasi xodimlari, imtihon komissiyasi aʼzolari, sinov materiallarini tayyorlaydigan ekspertlar va mutaxassislarni xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar tomonidan oʻqitish hamda metodik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Taʼlim inspeksiyasining Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlari doirasida hamda budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4310. Pedagog kadr quyidagi hollarda oʻquv (maxsus) fani boʻyicha malaka sinovlaridan chetlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov oʻtkazilayotgan auditoriyaga har qanday adabiyot, shpargalka yoki telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov oʻtkazilayotgan vaqtda boshqa ishtirokchilar bilan muloqot qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savollarni koʻchirib olishga hamda sinov materiallarini auditoriyadan olib chiqishga harakat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov materiallarini boshqa talabgorlarga bersa, sinovni oʻtkazish jarayoniga xalaqit qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov jarayoniga boshqa talabgorning oʻrniga kirganligi aniqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovlar uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng sinov materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovlar jarayonida videokuzatuvlar orqali talabgorning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) quyidagi mazmundagi 441-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“441. Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga koʻpi bilan uch marta jalb etiladi. Bunda uch martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida uzoq muddatli mehnatga qobiliyatsizlik hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli bekor qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) 1-ilovaning “1-bosqich” pozitsiyasi “Muddatlar” ustunidagi “Har yili noyabr — fevral va iyun — sentyabr oylarida” soʻzlari “Har yili aprel — iyul va sentyabr — dekabr oylarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) 5-ilovaning 4-bobi nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4-bob. Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda sport maktablari pedagog kadrlarining pedagogik mahoratini baholash mezonlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan MAʼLUMOTNOMA
_________________________________ __________________________ fani oʻqituvchisi
(taʼlim tashkilotining nomi va raqami)
(fan nomi)
________________________________ning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi
(pedagog kadrning F.I.O.)
________________________________________________________ ball bilan baholandi.
(toʻplangan ball raqam va soʻz bilan)
Mazkur maʼlumotnoma 20_____ yil ______ __________________________________dagi
________________________ raqamli sertifikat asosida ___________________________
(sertifikat seriyasi va raqami)
(malaka toifasi (lavozimi) nomi)
malaka toifasiga (lavozimiga) ega pedagog kadrga 20___ yil ___ _______________ oylarida oʻtkaziladigan _____________________________ attestatsiyada ishtirok etish uchun berildi.
(attestatsiya turi)
Pedagog kadr 20____ yil ____ ____________da navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazilgan.
(pedagogik (kuzatuv) kengashining qarori yoki jalb qilingan
____________________________________________ tashkilot (mutaxassisning) xulosasi)
Taʼlim tashkiloti rahbari:
__________
__________________
(imzo)
(rahbarning F.I.O.)
M.Oʻ.
Roʻyxatdan oʻtkazish raqami: _____________________________
Berilgan sanasi: _______________________________________”.
(kun, oy, yil)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 19-yanvardagi 34-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional, shuningdek, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu hind) tili fani oʻqituvchilarining attestatsiyasi jarayonida oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish koʻnikmalarini baholashni nazarda tutuvchi kasbiy sinov shaklida oʻtkaziladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 2-ilovaning 9-pozitsiyasi “Professional taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha litsenziya talablari va shartlari” boʻlimining 1-pozitsiyasi “Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar” ustunidagi “50 ming” soʻzlari “25 ming” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son)