1-ILOVA
| Chora-tadbirlar va tashabbuslar | Mazmuni | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar | |
| I. Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha manzilli ishlash | |||||
| 1. | Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish | 1. Tadbirkorlik subyektlarini mikro, kichik va oʻrta toifalarga ajratish mezonlarini va shu asosda ularni davlat tomonidan manzilli qoʻllab-quvvatlash choralarini belgilash. Bunda: yillik tovar aylanmasi, ishchilar soni va boshqa koʻrsatkichlar asosida tadbirkorlarni mikro, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari sifatida tasniflash; tadbirkorlik subyektlari uchun har bosqichda soliqqa tortish va soliq maʼmurchiligini yengillashtirish, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan mexanizmlarni belgilash; yalpi ichki mahsulotda tadbirkorlik subyektlari ulushini aniqlash va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash boʻyicha taʼsirchan takliflarni ishlab chiqishga qaratilgan statistikani yuritish va tahlillar oʻtkazish koʻzda tutiladi. 2. 2023-yil 1-yanvardan boshlab: a) mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning yagona 4 foizli soliq stavkasini joriy etish. Bunda: olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2 foizli stavkalarni saqlab qolish; ixtiyoriy ravishda yiliga 20 — 30 million soʻm miqdorida soliqtoʻlashga oʻtgan mikro biznes vakillarini buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga soliq hisobotini taqdim etish majburiyatidan ozod etish; b) tovar aylanmasi 1 milliard soʻmdan oshgan kichik biznes uchun bir yil davomida foyda soligʻi stavkasini 2 baravarga pasaytirish; v)tovaraylanmasi 10 milliard soʻmgacha boʻlgan kichik biznes subyektlariga: xabardor qilish orqali soliq qarzini olti oygacha foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish; aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq hisobotlarini tadbirkorlar bilan kelishilgan holda soliq organlari tomonidan hisoblab chiqish va shakllantirib berish. 3. Oʻrta biznes uchun 2023-yil 1-yanvardan: a) kichik biznes toifasidan oʻrta biznes toifasiga oʻtgan tadbirkorlik subyektlari uchun ikki yil davomida foyda soligʻi stavkasini 50 foizga pasaytirish; b) mol-mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining 50 foizini davlat hisobidan qoplab berish; v) soddalashtirilgan soliq, moliyaviy va statistika hisobotlarini joriy etish; g) davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etish, ushbu xaridlar doirasida ularga oldindan toʻlov miqdorini 50 foiz etib belgilash. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi, qonun loyihasi | 2022-yil noyabr | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norqulov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Biznes-ombudsman (D. Kasimov), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) |
| 2. | Oʻrta biznes uchun xalqaro standart va sertifikatlash tizimini joriy etish | Oʻrta biznes vakillari tomonidan raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ular uchun xalqaro standart va sertifikatlash tizimini joriy etish. Bunda: “GSP+” imtiyozlari tatbiq etiladigan mahsulotlarga Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida belgilangan talablarni eksport qiluvchilarga yetkazish tartibini belgilash; akkreditatsiya tizimi belgisini qoʻllaganlik uchun ajratma miqdorini 5 foizdan 3 foizga kamaytirish; import qiluvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun sertifikatlashtirish idoralariga oʻtkaziladigan toʻlovlarni bekor qilish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D. Sattarov) |
| 3. | Qoʻshilgan qiymat soligʻi maʼmurchiligini soddalashtirish | 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi maʼmurchiligini soddalashtirish. Bunda, 2022-yil 1-oktabrdan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisob-kitobi toʻliq yoʻlga qoʻyilib, belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan tadbirkorlarga qoʻshilgan qiymat soligʻining oshib ketgan summalarini 7 kun ichida qaytarish tizimini joriy etish. Bunda, mazkur tadbirkorlar roʻyxatini Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) tomonidan tasdiqlash. 2. Biznes vakillari va ekspertlar bilan birgalikda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha kelib chiqayotgan muammolar boʻyicha ochiq muhokamalar oʻtkazish va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev, J. Qoʻchqorov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) |
| 4. | Tadbirkorlar uchun soliq yukini kamaytirish | 2023-yil 1-yanvardan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini 12 foiz etib belgilash. | Qonun loyihasi | 2022-yil noyabr | Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
| 5. | Taʼsirchan soliq mexanizmini qoʻllash natijasida hisoblangan soliq qarzdorliklaridan voz kechish | Boʻsh turgan bino, foydalanilmayotgan yer uchastkasiga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining taʼsirchan chora koʻrish natijasida oshirilgan stavkalari boʻyicha hisoblangan soliq qarzdorliklarini hisobdan chiqarish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi | 2022-yil sentabr | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
| 6. | Polipropilen granulalarini bojxona bojidan ozod qilish | Mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatida mavjud muammolarni tahlil qilgan holda, xom ashyoni qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo mahsulotlari, shu jumladan polipropilen granulalari importida bojxona bojlarining “0” stavkasini qoʻllash boʻyicha taklif kiritish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
| 7. | Farmatsevtika sohasini ri?ojlantirish | 1. Farmatsevtika sohasi vakillari bilan birgalikda ular faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 2. Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan hamda respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom ashyolarni bojxona bojlaridan ozod etish. 3. Chetelda savdo vakolatxonasini ochish uchun investitsiya miqdoriga qoʻyilgancheklovni (10 ming dollar) qayta koʻrib chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) |
| II. Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratish | |||||
| 8. | Tadbirkorlarni aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash | 1. Moliya vazirligi tomonidan mikro va kichik biznes loyihalari uchun Mikrokreditbank, Agrobank va Xalq bankiga 500 million dollar resurs ajratish. Bunda ushbu mablagʻlarni yangi tashkil qilingan kichik biznes subyektlarining loyihalari uchun 300 million soʻmgacha, 5 yil muddat?a, 2 yilgacha imtiyozli davr bilan berish. 2. Xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilingan mablagʻlarni tijorat banklariga resurs sifatida ajratish muddatini 2 baravarga uzaytirish. Bunda, mablagʻlar milliy valyutada 14 foizdan oshmaydigan stavkada joylashtiriladi, xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha marja miqdori 0,25 foiz etibbelgilanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2022-yil dekabr | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov) |
| 9. | Tijorat banklarining resurs bazasini oshirish | 1. Xalqaro moliya institutlarining 1 milliard dollarlik uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilish, shundan 300 million dollar miqdoridagi mablagʻlarni ayollar va yoshlar loyihalariga yoʻnaltirish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2022-yil sentabr | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
| Bunda, JICAdan — 400 mln AQSH dollari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan — 150 mln AQSH dollari, Jahon bankidan — 150 mln AQSH dollari, Osiyo taraqqiyot bankidan — 120 mln AQSH dollari, Islom taraqqiyot bankidan — 30 mln AQSH dollari va Islom savdo-moliya korporatsiyasidan — 150 mln AQSH dollarini jalb etish. | Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari | 2022-2023-yillarda | |||
| 2. Davlat banklari sof foydasining 2 trillion soʻmini ular ixtiyorida qoldirish va kichik tadbirkorlik subyektlarining loyihalari uchun yoʻnaltirish. | Tijorat banklari kuzatuv kengashlari qarorlari | 2022-yil sentabr | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), tijorat banklari | ||
| 3. Tijorat banklari tomonidan oʻrta biznes loyihalari uchun xalqaro moliya tashkilotlari hisobidan davlat kafolatisiz 700 million dollar mablagʻ jalb qilish. 4. Tijorat banklari tomonidan depozitlar hisobiga 20 trillion soʻm pul mablagʻlarinijalb qilish va qoʻshimcha kreditlarni berishga yoʻnaltirish. | Boshqaruv qarorlari | 2022-yil sentabr | Markaziy bank (M. Nurmuratov), tijorat banklari | ||
| 10. | Oʻrta biznes loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish | Milliy bank, Sanoat qurilish banki va Ipoteka bank tomonidan 111 ta yirik loyihalarni amalga oshirish tashabbusi bilan chiqqan oʻrta biznes subyektlari uchun 2 milliard dollar qiymatida uzoq muddatli kreditlar ajratish boʻyicha dastur qabul qilish. Bunda: Vazirlar Mahkamasi tomonidan har bir loyihaga viloyat hokimliklari, Hukumat, vazirlik va idoralardan masʼullar biriktirish va loyihalarning holatini har 15 kunda muhokama qilish; har chorak yakunida loyihalarning holati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasigaaxborot kiritib borish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), tegishli tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 11. | Mikromoliya tashkilotlarini rivojlantirish | 1. Nobank kredit tashkilotlariga qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish, ularning kreditlash imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha qonunosti hujjatlarini “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirish hamda ularning faoliyatiga oid eskirgan normalarni bekor qilish. 2. Qonunchilikdagi yangiliklar va yangi imkoniyatlarni mikromoliya tashkilotlariga yetkazish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2022-yil noyabr | Markaziy bank (M. Nurmuratov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 12. | Tadbirkorlarning kredit taʼminotini mustahkamlash | 1. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kafillik berish imkoniyatlarini qoʻshimcha 2 baravarga oshirish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2022-yil oktabr | Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
| 2. Kredit berishda aylanmadagi tovarlar, eksport shartnomalari, ochilgan akkreditivlar va kelgusi tushumlardan ham garov taʼminoti sifatida foydalanish tizimini yaratish. | Boshqaruv qarori | 2022-yil oktabr | Markaziy bank (M. Nurmuratov) | ||
| 13. | Yangi moliyaviy xizmatlar va texnologiyalarni joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish | 2022-yil 1-oktabrdan moliya tashkilotlari tomonidan yangi moliyaviy operatsiyalarni, texnologiyalarni va xizmatlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda sinovdan oʻtkazish boʻyicha maxsus huquqiy rejimni — “tartibga solish qumdoni”ni joriy etish. | Boshqaruv qarori | 2022-yil sentabr | Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
| 14. | Issiqxonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash | Joylarga chiqqan holda, muammoli issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini oʻrganib, ularni istiqbolli va istiqbolsiz toifalarga ajratish. Jumladan, Buxoro tajribasi asosida: a) istiqbolli loyihalar boʻyicha: mavjud va kelgusida beriladigan kredit muddatlarini 5 — 7 yildan 10 — 13 yilgacha uzaytirish; tabiiy gaz isteʼmoli uchun toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish; b) istiqbolsiz loyihalarni aniqlashva ularni yangi tashabbuskorlarga berish masalalarini oʻrganish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Sh. Teshayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Energetika vazirligi (A. Axmedxadjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 15. | Muayyan tajriba va yutuqlarga erishgan tadbirkorlarning “ustoz-shogird” anʼanalari asosida hududlardagi yosh tadbirkorlarga koʻmaklashishini ragʻbatlantirish | Qishloq joylarda oʻn nafar shogird-tadbirkor tarbiyalagan tadbirkorlik subyektlariga soliq yengilliklarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Biznes-ombudsman (D. Kasimov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
| III. Tadbirkorlar uchun yetarli shart-sharoit, infratuzilma va kafolatli bozor yaratish | |||||
| 16. | Hududlar sharoitidan kelib chiqib biznesni alohida yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlash | 1. Soliq, subsidiya, kredit foizlari uchun kompensatsiya va kafillik berish, infratuzilmaga ulash boʻyicha hududlarni 5 ta toifaga ajratish yuzasidan asosiy koʻrsatkichlar va mezonlarni oʻz ichiga olgan konsepsiya loyihasini ishlab chiqish. | Konsepsiya loyihasi | 2022-yil 15-sentabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 2. Alohida ishchi guruhlarni tashkil qilgan holda konsepsiya asosida hududlarda oʻrganishlar oʻtkazish va ularni toifalarga ajratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2022-yil 1-oktabr | |||
| 3. 2023-yildan boshlab tuman va shaharlarni ularning sharoitidan kelib chiqib 5 ta toifaga ajratish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2022-yil noyabr | |||
| 17. | Oʻrta va yirik loyihalarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash va zarur infratuzilma yaratish | 1. Biznes uchun barcha sharoit va infratuzilmaga ega har bir viloyatda 100 tadan korxonalar uchun yirik maxsus iqtisodiy zonalarini tashkil etish. Jumladan ushbu zonalarda: tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini davlat tomonidan taʼminlash; biznes uchun tayyor holda ishlab chiqarish binolarini taklif etish; ularni boshqarish uchun malakali xorijiy kompaniyalarni jalb qilish; “Innovatsiyalar va injiniring markazi” hamda zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish; chekka hududlarda yerlarni auksionga chiqarishda pasaytirilgan koeffitsiyentlar qoʻllash. 2. 200 milliard soʻmdan yuqori loyihalar boʻyicha tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga oʻz mablagʻlarini sarflagan tadbirkorlik subyektlarining hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan foyda soligʻi summalarini ushbu summaga kamaytirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2022-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 18. | Yerlarni xususiylashtirishni jadallashtirish | 1. Xususiylashtirish uchun belgilangan yer soligʻining 20 baravari miqdoridagi toʻlovni Toshkent shahri va viloyat markazlarida 10 baravarigacha, boshqa hududlarda 5 baravarigacha pasaytirish. 2. Xususiylashtirishning barcha jarayonlarini tahlil qilgan holda, amaliyotda yuzaga kelayotgan byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2022-yil sentabr | Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norqulov), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) |
| 19. | Yer uchastkalarini va boʻsh turgan binolarni auksionga chiqarish jarayonlarini soddalashtirish | 1. Yer uchastkalarini va boʻsh turgan binolarni auksionga chiqarish jarayonlarini quyidagilarni nazarda tutgan holda soddalashtirish: yer uchastkalarini auksionga chiqarish jarayonlarini qisqartirib, muddati 30 kundan oshmasligini taʼminlash; boʻsh turgan obyektlarni auksion orqali ijaraga berish muddatini amaldagi 1 yildan 3 yilgacha uzaytirish. 2. Respublikadagi tabiiy suv havza uchastkalarini tadbirkorlarga “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish amaliyotini joriy etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norqulov), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Adliya vazirligi (R. Davletov) Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) |
| 3. Joriy yilda qoʻshimcha 10 mingdan ortiq yer uchastkalarini savdoga chiqarish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2022-yil yakuniga qadar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Kadastr agentligi (F. Pulatov) | ||
| 20. | Litsenziya, ruxsatnomalar sonini yanada kamaytirish | 1. Litsenziya va ruxsatnomalar hamda ular boʻyicha belgilangan talablarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish, natijasi boʻyicha litsenziya va ruxsatnomalar sonini kamaytirish, ularni xabardor etish tartibiga oʻtkazish, bir-birini takrorlovchi va byurokratik talablarni bekor qilish orqali litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2022-yil noyabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Biznes-ombudsman (D. Kasimov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norqulov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (A. Qayumov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) |
| 2. Toʻlov tizimi operatorlari, toʻlov tashkilotlari va banklardan maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish uchun litsenziya olish talabini bekor qilish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Shermatov), Markaziy bank (M. Nurmuratov) | ||
| 21. | Tadbirkorlar uchun biznes jarayonlarida qogʻozbozlikni qisqartirish | 1. Biznes uchun hujjatlarni (shu jumladan arxiv, bank, soliq, statistika sohalarida yuritiladigan yoki tegishli davlat xizmatlarini olishda foydalaniladigan hujjatlarni) qogʻoz shaklida saqlash va davlat idoralariga topshirish amaliyotini tadbirkorlar ishtirokida keng muhokama qilish va toʻliq xatlovdan oʻtkazish. | Uchrashuv | 2022-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Shermatov), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
| 2. Tadbirkorlar takliflari va xatlov natijalari asosida tegishli hujjatlarning qogʻoz shaklidan voz kechgan holda ularni elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | |||
| 22. | Bojxona hududida qayta ishlash tizimini takomillashtirish | 1. Bojxona hududida qayta ishlash rejimida ishlaydigan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali ushbu faoliyatni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Uchrashuv | 2022-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) |
| 2. Tadbirkorlar takliflarini amalga oshirish, shuningdek, xom ashyo va materiallarni “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimiga garovsiz olib kirish mexanizmini joriy etishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | ||||
| 3. “Yuksalish” kichik sanoat zonasida bojxona punktini tashkil etish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2022-yil oktabr | Davlat bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Namangan viloyat hokimligi (Sh. Abdurazakov) | ||
| 23. | Elektromobillar uchun infratuzilmani kengaytirish | Elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari infratuzilmasini kengaytirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash. Bunda: a) tadbirkorlarga elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari orqali aholiga xizmat koʻrsatishga (isteʼmolchilarga elektr energiyasini sotishga) ruxsat berish; b) savdo markazlari, davlat muassasalari, koʻngilochar bogʻlar, turar joy massivlari va avtoturargohlarda elektr quvvatlantirish shoxobchalari uchun alohida joylar ajratishni koʻpaytirish; v) elektr quvvatlantirish shoxobchalarini 3 yil muddatga mol-mulk va yer soliqlari hamda foyda soligʻidan, shuningdek, ushbu shoxobchalar tomonidan import qilinadigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalarni bojxona bojidan ozod qilish; g) 2027-yilga qadar elektr quvvatlantirish shoxobchalarisonini kamida 2 mingtaga yetkazish kabi mexanizmlarni nazarda tutish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2022-yil sentabr | Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norqulov), Energetika vazirligi (A. Axmedxadjayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D. Sattarov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov) |
| 24. | Xorijga yuk tashish uchun ruxsatnomalarni olish va foydalanish boʻyicha ochiq-oshkora tizim joriy etish | 1. Xorijga yuk tashish uchun ruxsatnomalarni olish va foydalanish tizimini takomillashtirish. Bunda: ruxsatnomalarni mahalliy tashuvchilarga berish boʻyicha elektron portalni ishga tushirish; mahalliy yuk tashuvchilarning reytingini ishlab chiqish va ularning toʻplagan ballariga qarab, ruxsatnomalarni taqsimlash. Bunda, agar ushbu ruxsatnomalardan uch oy foydalanilmasa, ularni portalga qayta qoʻyish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) |
| 2. Temir yoʻllar sohasida: raqamli texnologiyalarni joriy etish va barcha operatsiyalarni avtomatlashtirish; 63 ta temir yoʻl stansiyasida yuklarni ortish-tushirish uchun usti yopiq va ochiq maydonchalarni qurish, mavjudlarini kengaytirish; tariflarni har bir xizmat turi boʻyicha ajratish, xususiy vagonlarda yuk tashuvchilar uchun imkoniyatlar yaratish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2022-yil oktabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xasilov) | ||
| 25. | Koʻchma savdo faoliyatini tashkil etish tartibini soddalashtirish | Koʻchma savdo faoliyatini tashkil etish tartibini soddalashtirish. Bunda: davlat tashkiloti hududida koʻchma savdo shoxobchasi, umumiy ovqatlanish obyektiga tutash hududda esa, mavsumiy kafelar tashkil etishga ruxsat berish; koʻchma savdo faoliyat turlari kengaytirilib, obyekt joylashuvi kelishiladigan idoralar sonini kamida 2 baravarga qisqartirish; koʻchma savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2022-yil sentabr | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Biznes-ombudsman (D. Kasimov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 26. | Chinni-sopol buyumlarni ishlab chiqarish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash | 1. Sopol ishlab chiqarish uchun mos keladigan tuproq olish mumkin boʻlgan yerlarni aniqlab, ularni auksionga chiqarish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2022-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (Sh. Alimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 2. Chinni ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha taklif kiritish. 3. Sopol idishlarga bezak berish faoliyatini oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga kiritish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) | ||
| 27. | Nodavlat professional taʼlim tashkilotlarini tashkil etish tartibini soddalashtirish | Nodavlat professional taʼlim tashkilotlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablarni, xususan, bank hisob raqamida boʻlishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdorini 2 barobarga (50 ming dollardan 25 mingdollarga) qisqartirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) |
| 28. | Yosh tadbirkorlikka moliyaviy koʻmak berish | Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida yer maydonlari va bino-inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda boshlangʻich narxi boʻyicha toʻlovlarni 12 oy muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini yaratish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norqulov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) |
| IV. Mulk huquqini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, mol-mulkni haqiqiy bozor aktiviga aylantirish | |||||
| 29. | Mulk huquqini himoya qilish | 1. Yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilishni faqat sud tartibida amalga oshirish. Bunda, mulk huquqiga oid qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligini belgilash. 2. Yuridik shaxs tugatilganda, uning yerga boʻlgan huquqini ham bekor qilish amaliyotidan voz kechish. 3. Dastlabki tergov jarayonida mol-mulkni asossiz xatlab qoʻyish holatlarining oldini olish maqsadida ushbu amaliyotni faqat sud tartibida amalga oshirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi | 2022-yil avgust | Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) |
| 30. | Tadbirkorlar uchun sud xarajatlarini qisqartirish | 1. Tadbirkorlarning maʼmuriy sudlarga ariza berishida davlat boji stavkasini 2 baravarga kamaytirish. 2. Tadbirkorlarning iqtisodiy sudlarga beriladigan daʼvo arizalari boʻyicha davlat boji miqdorini qayta koʻrib chiqish. 3. Tadbirkorlar soliq idoralarining qarori ustidan sudga shikoyat kiritish muddatini 3 yilgacha uzaytirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2022-yil noyabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy Sud (B. Islamov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
| 31. | Tadbirkorlarning bank hisobraqamidagi pul mablagʻlarining daxlsizligini taʼminlash | Tadbirkorlarning bankdagi hisobraqamidan pul mablagʻlarini uning roziligisiz koʻchirish yoki olib qoʻyish holatlari boʻyicha maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralarini belgilash. | Qonun loyihasi | 2022-yil oktabr | Biznes-ombudsman (D. Kasimov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
| 32. | Kichk sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ishtirokchi maqomini berish | Avval hokimliklar huzuridagi tanlov komissiyalari qarorlariga asosan kichik sanoat zonalariga joylashtirilgan 590 ta tadbirkorga kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini berish. | Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi | 2022-yil sentabr | Bosh vazir oʻrinbosari (J. Xodjayev), Biznes-ombudsman (D. Kasimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov) |
| V. Tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortishni erkinlashtirish | |||||
| 33. | Tadbirkorlarni javobgarlikka tortish tizimini takomillashtirish | 1. Tadbirkorlarga nisbatan yangi turdagi jazo choralarini joriy qilishga 3 yillik moratoriy eʼlon qilish. 2. Tadbirkorlarga nisbatan majburiyatlar yuklaydigan yangi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni bajarmaganlik uchun ularga nisbatan 6 oy davomida javobgarlik choralari qoʻllanilmasligini belgilash. 3. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomillarini murakkablashtirishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirish muddatlarini qayta koʻrib chiqish. 4. Savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik choralarinibekor qilish. 5. Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan mikro vakichik biznes subyektlariga javobgarlik choralarini qoʻllamagan holda, kamchiliklarni bartaraf etishga koʻmaklashishni nazarda tutadigan tizim yaratish hamda jarimalar miqdorini qayta koʻrib chiqish boʻyicha taklif kiritish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi | 2022-yil oktabr | Biznes-ombudsman (D. Kasimov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
| 34. | Nazorat funksiyalarini maqbullashtirish va tekshiruvlarni muvofiqlashtirish | 1. Tadbirkorlik faoliyatida nazorat organlarining takrorlanadigan va zamon talablariga mos kelmaydigan 20 dan ortiq nazorat funksiyalarini maqbullashtirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi | 2022-yil oktabr | Biznes-ombudsman (D. Kasimov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Adliya vazirligi (R. Davletov), nazorat qiluvchi organlar |
| 2. 2022-yil 1-noyabrdan boshlab tadbirkorlar faoliyatidagibarchaturdagitekshirishlarniBiznes-ombudsman tomonidan muvofiqlashtirgan holda, ularni yangilangan elektron platformada roʻyxatdan oʻtkazishorqali amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2022-yil oktabr | |||
| 35. | Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi va ularning muddatlarini qayta koʻrib chiqish | 1. Tadbirkorlarning takliflarini chuqur oʻrganib: soliq tekshiruvlari muddatlarini qisqartirish; alohida soliq tekshiruvi talab etilmaydigan moliyaviy xato va kamchiliklarning minimal chegaraviy miqdorini belgilash; tekshiruv jarayonlaridan tadbirkorlarni xabardor qilish va ularning shikoyatlarini ochiq-oshkora koʻrib chiqish tartibini belgilash. | Qonun loyihasi | 2022-yil oktabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Biznes-ombudsman (D. Kasimov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) |
| 2. 2022-yil 1-oktabrdan boshlab soliqqa oid nizolarni hal qilish boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining qoʻshma Apellyatsiya kengashini tashkil qilish. Ushbu Kengashga Soliq maslahatchilari palatalari, Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi vakillari va tadbirkorlarni kiritish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2022-yil oktabr | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) | ||
| 36. | Kameral soliq tekshiruvi muddatini qisqartirish | Oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi muddatini 60 kundan 30 kungacha qisqartirish. | Qonun loyihasi | 2022-yil oktabr | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Biznes-ombudsman (D. Kasimov) |
| 37. | Debitorlik qarzdorlik uchun jarimani kamaytirish | 1. Kelib tushmagan valyuta miqdori eksport shartnomalari doirasida eksportga yuklangan mahsulotning 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati oʻtgan debitor qarzdorlik sifatida hisoblamaslik va jarima sanksiyalarini qoʻllamaslik. 2. Kredit nota qoidalarini qoʻllashda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
| VI. Tadbirkorlar bilan uchrashuvda bildirilgan tashabbuslar ijrosini tashkil etish hamda “ochiq muloqot” natijalarini keng targʻib qilish | |||||
| 38. | Biznes bilan hamkorlikda ishlash uchun qulay muhit shakllantirish | Har bir tuman va shahar markazlarida Tadbirkorlar xiyobonlarini tashkil etish. Bunda: tadbirkorlar, bank vakillari, investorlar uchun biznes loyihalarini muhokama qiladigan muhit yaratish; “B2B”, kovorkinglar uchun qulay sharoitlar, Wi-Fi zonalar tashkil qilish; tuman, shahar faol tadbirkorlarining erishgan natijalari yil davomida “Farovonlik bunyodkorlari” koʻrgazmalarida namoyish etilishini taʼminlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 39. | Savdo-sanoat palatasi faoliyatini takomillashtirish | Savdo-sanoat palatasi faoliyatini takomillashtirish. Bunda: a) Savdo-sanoat palatasiga quyidagi vakolatlarni berish: Hukumatga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan masalalarni kiritish; tadbirkor manfaatini koʻzlab Oliy sudga ariza berish hamdaiqtisodiy, maʼmuriy va jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrib chiqish yuzasidan shikoyat kiritish; b) Savdo-sanoat palatasini Hukumat boʻysunuvidan toʻliq chiqarish; v) Savdo-sanoat palatasi tizimini tubdan oʻzgartirish, uning amaldagi tuzilmasini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish; g) barcha tadbirkorlarni keng qamrab olish maqsadida, mikro, kichik va oʻrta tadbirkorlarni Savdo-sanoat palatasiga aʼzolik badalini toʻlashdan ozod etish; d) Savdo-sanoat palatasiga har yili Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish; e) Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalariga quyidagi vakolatlarni berish: har bir tuman va shaharda ilgʻor metodikalar asosida biznesga oʻqitish maktablarini tashkil qilish; hokimlarga va boshqa hududiy organlar rahbarlariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish vakolatini berish; xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari va hokimlar bilan har oy kamida ikki marta tanqidiy muhokamalar oʻtkazish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi | 2022-yil oktabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Oliy sud (B. Islamov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 40. | Klinik ordinaturada mutaxassis tayyorlash tizimini takomillashtirish | Yetakchi xususiy klinikalarda ordinaturada mutaxassis tayyorlash tizimini yaratish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2022-yil oktabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Tashkulov) |
| 41. | Tadbirkorlar uchun alohida davlat mukofotlarini taʼsis etish | Ish oʻrinlarini yaratish, biznesning yangi yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻyish, oʻz sohasida innovatsiyalar joriy qilish orqali el-yurt orasida obroʻ topgan biznes vakillarini munosib eʼtirof etish uchun “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvonini taʼsis etish. | Qonun loyihasi | 2022-yil oktabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Biznes-ombudsman (D. Kasimov) |
| 42. | Hududlardagi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish va tashabbuslar ijrosini taʼminlash | 1. Har bir hududda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etgan holda, “ochiq muloqot” natijalarini muhokama qilish va yangi takliflarni ishlab chiqish. 2. Ochiq muloqotda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlash hamda yangicha ish tizimi asosida mahalliy hokimliklar va sektor rahbarlari tomonidan ularning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2022-yil avgust-sentabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev, J. Qoʻchqorov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Biznes-ombudsman (D. Kasimov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |