20.09.2022 yildagi 2489-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari Kengashi 22-majlisining yakuniy hujjatlarida belgilangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vazifalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga asos solgan davlatlardan biri sifatida uning faoliyatida muhim va faol rol oʻynamoqda. Oʻzbekistonning tashabbuslari Shanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro nufuzini va salohiyatini yuksaltirishga, koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga hamisha xizmat qilib kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, joriy yilning 15-16-sentabr kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi raisligida oʻtkazilgan va unda qabul qilingan koʻplab hujjatlar ushbu tashkilotning rivojlantirish yoʻlidagi navbatdagi muhim qadam boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqandda oʻtkazilgan sammiti kun tartibida mintaqa mamlakatlarining hamkorlikdagi iqtisodiy, ijtimoiy, savdo-sanoat, raqamlashtirish energetika va oziq-ovqat xavfsizligi, ekologiya borasidagi hamda tashkilot doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish kabi muhim yoʻnalishlarda aloqalarni yanada mustahkamlash, umuman, Shanxay hamkorlik tashkilotini rivojlantirishning amaliy jihatlari va ustuvor vazifalari hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar aks etgan jami 44 ta hujjat — bitim, konsepsiya, dasturlar va qator muhim qarorlar qabul qilinganligi tashkilot faoliyati tarixidagi salmoqli koʻrsatkichlardan biri ekanligi eʼtiborga loyiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining kengaytirilgan majlisidagi nutqida bayon etilgan pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, energetika, iqlim oʻzgarishi, suv va tabiiy resurslar tanqisligi, oziq-ovqat xavfsizligi inqirozi kabi zamonamiz muammolari barqaror rivojlanish uchun jiddiy xavf tugʻdirayotganligi xususidagi fikrlari sammit ishtirokchilari tomonidan eʼtirof etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Prezidentimiz maʼruzasida “umumiy xavfsizlik va farovonlik yoʻlidagi Samarqand birdamligi” hamda tashkilotning 2040-yilgacha rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish tashabbuslari oʻzaro qoʻllab-quvvatlash va sheriklikni mustahkamlash orqali mintaqada tinchlik, barqarorlik va farovonlikni taʼminlashga hamda Shanxay hamkorlik tashkilotini uzoq muddatli rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berishga xizmat qilishi tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu nuqtai nazardan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari Kengashi 22-majlisining yakuniy hujjatlarida belgilangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslarning amalga oshirilishi boʻyicha taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatish hamda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning qonun chiqaruvchi organlari bilan oʻzaro aloqalarni yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu esa Samarqand sammitida qabul qilingan hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalarning bajarilishini taʼminlashga qaratilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda faol targʻibot ishlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib hamda bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari Kengashi 22-majlisining yakuniy hujjatlarida belgilangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslar toʻliq qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari Kengashi 22-majlisining yakuniy hujjatlarida belgilangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat ishchi guruh ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishchi guruh (D. Fayziyeva):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari Kengashi 22-majlisining yakuniy hujjatlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilashga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqish va uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining muhokamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini muntazam ravishda monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijalari toʻgʻrisida har olti oyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga axborot kiritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 20-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2489-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 20-sentabrda qabul qilingan 2489-IV-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari Kengashi 22-majlisining yakuniy hujjatlarida belgilangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Fayziyeva Dilorom Xusnitdinovna

—

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining raisi

Jumayev Nodir Xosiyatovich

—

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining aʼzosi

Xusanova Muxtabar Akbarovna

—

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Vafayev Ulugʻbek Nazarovich

—

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Saydganiyeva Gulbaxor Sharabidinovna

—

Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Xushvaqtov Islom Nortashovich

—

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining aʼzosi