Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 18-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2467-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22 va 7/4-son qarori (roʻyxat raqami 2467, 2013-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 11-oktabr,
2022-31-son
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi A. MAVLONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-sentabr,
13/02-22-36-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 29-sentabr,
20/3-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2022-yil 19-sentabr
Vazir D. KUChKAROV
2022-yil 20-sentabr
Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshligʻi D. RAXIMOV
2022-yil 19-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 11-oktabrdagi 2022-31-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 30-sentabrdagi 13/02-22-36-son va Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 29-sentabrdagi 20/3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning birinchi xatboshisidan “tegishliligi boʻyicha hududiy davlat soliq boshqarmalariga yoki Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga, shuningdek” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 3-banddagi “aloqa kanallari” degan soʻzlar “soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga quyidagi faktlar aniqlangan taqdirda maʼlumotni mazkur Nizomning 5 va 6-ilovalariga muvofiq shakllarda onlayn rejimda elektron koʻrinishda joʻnatadi:”.
4. 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2022-y., 10/22/2467-5/0946-son)