14.10.2022 yildagi 599-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi huzuridagi Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 18-maydagi PQ-5114-son qaroriga muvofiq paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanadigan trenerlar, uslubchi-yo‘riqchilar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga ixtisoslashgan ilmiy-ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parasport bo‘yicha faoliyat yuritayotgan trenerlar, yo‘riqchi-uslubchilarva boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish, bunda xalqaro ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar va trenerlarni ta’lim jarayoniga shartnoma asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan sport-ta’lim muassasalari xodimlari uchun qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha pullik asosda parasport bo‘yicha qayta tayyorlash va qisqa muddatli maxsus kurslarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parasport bo‘yicha sportchilarni o‘qitish va tayyorlashning barcha darajalarida sport mahoratidan bilim berishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parasport bo‘yicha qobiliyatli yosh sportchilarni aniqlash hamda ular orasidan xalqaro sport maydonlarida munosib qatnashishni ta’minlashga qodir bo‘lgan professional sportchilarni tayyorlash mahorati va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy hamda samarali o‘qitish dasturlari va usullarini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshitish qobiliyati past bo‘lgan karlar sporti, aqli zaif bo‘lgan shaxslar o‘rtasida sport turlari hamda ko‘zi ojizlar sport turlari uchun trener va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi ijroiya qo‘mitasi raisiga, zarur hollarda, institut tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Sportni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti ustavining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, belgilangan tartibda uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash institutini o‘qitishning zamonaviy uslublarini qo‘llash ko‘nikmalariga va ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda iqtidorli mutaxassislar hamda Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash institutini professor-o‘qituvchilarini xorijiy davlatlarda malakasini oshirish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan birgalikda paralimpiya va noparalimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, darsliklarni ishlab chiqsin va Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutini ta’minlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sport vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati trenerlar, o‘qituvchilar, jismoniy tarbiya instruktorlari, yo‘riqchi-metodistlar va sport faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa mutaxassislarning egallab turgan lavozimiga ko‘ra malaka oshirish kurslaridan o‘tishi bo‘yicha belgilangan davriylikni inobatga olgan holda keyingi kalendar yilda malaka oshirish kurslariga o‘qishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini shakllantirib, O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasiga taqdim etib borsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengashi Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatini moliyalashtirishda homiylik xayriyalari, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tizimiga yetakchi xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari tajribasini joriy etish va xorijiy ekspertlarni jalb etish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Toshkent shahri, Beshyog‘och ko‘chasi, 126-uy manzili bo‘yicha vaqtinchalik joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kelgusida Toshkent shahrida barpo qilinayotgan “Olimpiya shaharchasi”da joylashtirilishi nazarda tutilsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilab qo‘yilsinki, Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash institutini saqlash xarajatlari uchun zarur mablag‘lar 2022-yilda respublika budjeti mablag‘lari doirasida, 2023-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston karlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar noparalimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash institutini zarur telekommunikatsiya xizmatlari bilan va Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 14-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
599-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 599-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Ilmiy-metodik kengash

Direktorning o‘quv va ilmiy-metodik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

1

Moliya-iqtisodiyot bo‘limi

2

Axborot-resurs markazi

2

Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini tashkil etish bo‘limi

3

Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis

1

O‘quv-mashg‘ulot jarayonini ilmiy axborot bilan ta’minlash hamda ilmiy-metodika bo‘limi

2

Bosh yuriskonsult

1

Xalqaro tajribani o‘rganish va o‘qitishning zamonaviy metodikalarini joriy etish bo‘limi

2

Devonxona va arxiv

1

Xo‘jalik bo‘limi*

1

Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib borish va sifatini baholash bo‘limi

2

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Kafedralar*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibidan tashqari) — 20 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 13 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Institut Xo‘jalik bo‘limining texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari hamda kafedralarining o‘quv-yordamchi xodimlari soni qonunchilik hujjatlarida oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 599-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom paralimpiya sport turlari bo‘yicha rahbar kadrlarni, sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, sport maktablarining paralimpiya sport turlari bo‘yicha yo‘riqchi-uslubchilari va trenerlarini hamda shu sohadagi boshqa mutaxassislarni (keyingi o‘rinlarda — paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar), shuningdek, inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar, eshitish qobiliyati past bo‘lgan karlar sporti, aqli zaif bo‘lgan shaxslar o‘rtasida sport turlari hamda ko‘zi ojizlar sport turlari uchun trener va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish yo‘nalishlari Sport vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Assotsiatsiya) tomonidan tasdiqlanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar tizimidagi ta’lim muassasalarining paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislari — Assotsiatsiya tomonidan tasdiqlangan reja asosida nodavlat ta’lim tashkilotlarining xodimlari va jismoniy shaxslar esa — ular bilan tuzilgan shartnoma asosida Assotsiatsiya huzuridagi Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (keyingi o‘rinlarda — Institut) qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tadilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorijiy davlatlarda ta’lim muassasalarini tamomlagan paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ularning bazaviy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar to‘rt yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslari yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalari yoki mehnat bozorining talablari bilan belgilanadigan ayrim pedagoglarning qayta ixtisoslashuvi yoxud yangi mutaxassislikka ega bo‘lishi munosabati bilan Institut tashabbusiga ko‘ra shartnoma asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarning egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan modullari (fanlari) bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borish, ularni ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, materiallar va ilmiy-o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash, o‘qitishning innovatsion usullari bo‘yicha kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalarini muntazam ravishda yangilab borish, ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarning kasbiy bilimi, ko‘nikmasi va mahoratini oshirish, zamon talablariga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning pedagogik yangilikka intilishni rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana bilish darajasini oshirish, ularni ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarning o‘quv mashg‘ulotlari, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda ilg‘or ta’lim texnologiyalari va xalqaro tajribadan foydalanish, ilmiy va o‘quv-metodik tadqiqotlar olib borish hamda amaliyotga joriy etish ko‘nikmalarini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasblar va lavozimlarga bo‘lgan malaka talablariga muvofiqlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati asosiy yo‘nalishlarining, ta’lim turlari va bosqichlari bo‘yicha davlat ta’lim talablarining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlashga, tinglovchilarning bilimlarini yangilash va chuqurlashtirishga, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishga, kasbiy malaka va ko‘nikmalarni hosil qilishga, ta’limning samarali usullari hamda texnologiyalarini egallash va takomillashtirishga qaratilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ta’lim talablari hajmi va mazmunining qayta tayyorlash va malaka oshirish muddatlariga muvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qayta tayyorlash va malaka oshirish sifati paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi, bilim, amaliy va kasbiy mahoratning mazkur mutaxassislarga qo‘yiladigan talablariga muvofiqligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv jarayoni o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi hamda uning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar tegishli ta’lim dasturlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogik qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus o‘quv kurslarda o‘qitish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagogik qayta tayyorlash — oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagog bo‘lmagan mutaxassislarning bazaviy kasbiy ma’lumotini ta’limning tegishli turi malaka talablari bilan belgilanadigan o‘quv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli bo‘lgan tayyorgarlikka muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni paralimpiya sport turlari bo‘yicha qayta tayyorlash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy qayta tayyorlash — oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotga ega mutaxassislar tomonidan ta’limning tegishli turi malaka talablari bilan belgilanadigan, o‘qitishning talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada o‘quv fani yoki kurs bo‘yicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun paralimpiya sport turlari bo‘yicha zarur hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus o‘quv kurslarida o‘qitish — sport faoliyatini yakunlagan va kamida birinchi sport razryadiga ega bo‘lgan sportchilarning paralimpiya sport turlari bo‘yicha trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari, pedagogik faoliyatni yuritish, zarur va yetarli hajmda yangi bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘rgatishi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish (ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasasida tajriba orttirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda tajriba orttirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil o‘qib bilim orttirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy ta’lim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish — ta’lim dasturlari va mehnat bozorining takliflari asosida paralimpiya sohasiga oid ta’limning tegishli turi o‘quv-tarbiya jarayonining monitoringi natijalari va mutaxassislar tayyorlash sifatini hisobga olgan holda, davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan modullar bo‘yicha maqsadli kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot muassasalarida tajriba orttirish — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, markazlar, laboratoriyalar va boshqa muassasalarda fanning zamonaviy yutuqlari, tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, ilmiy tadqiqot uslublarini o‘rganishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda tajriba orttirish — Assotsiatsiya, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish uchun ajratilgan grantlarga muvofiq, shuningdek, ta’limni boshqarish organlari bilan ta’lim va sport ta’limi muassasalari hamda sport tashkilotlari tajribalarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
(13-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil o‘qib bilim orttirish — paralimpiya sohasiga oid ta’lim darajasi va sifatiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq o‘qitiladigan modullar bo‘yicha yangi bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni mustaqil o‘zlashtirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofaviy ta’lim — onlayn (videoma’ruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida o‘tkazish) va offlayn (masofaviy ta’lim tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) shaklida amalga oshiriladigan ta’lim turi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining davomiyligi hamda o‘quv yuklamasining hajmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash davomiyligi va o‘quv yuklamasining hajmi quyidagi muddatlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogik qayta tayyorlash — kamida 4 oy (576 soat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy qayta tayyorlash — kamida 4 oy (576 soat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus o‘quv kurslarda o‘qitish — 3 oy (432 soat), 6 oy (864 soat).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish davomiyligi uni tashkil etish shakllariga hamda kasbiy malaka darajasi va individual kasbiy ehtiyoj tizimida paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar faoliyat yuritadigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar (buyurtmachilar) talablarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shakllari umumiy davomiyligi kamida 4 hafta (144 soat) etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shakllari uchun auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda malaka oshirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shakllari umumiy davom etish muddati asosiy ishdan ajralgan holda o‘qitishda kamida 3 hafta (144 soat), auditoriya mashg‘ulotlarining va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 48 soat etib belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ishlarning haftalik yuklamasi eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari 80 daqiqa davom etadi, o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv jarayonlari 15 — 20 nafar tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchilar kontingenti yetarli bo‘lmagan yo‘nalishlarda, shu jumladan, rus tilida dars olib boriladigan guruhlarda, tinglovchilar kontingenti guruh tarkibida yig‘ilmaydigan kam sonli alohida paralimpiya sport turlarida o‘quv jarayonini tashkil etishda tinglovchilar soni, istisno tariqasida, kamida 5 nafar etib belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus o‘quv kurslari uchun guruh talab etilgan tinglovchilar soni shakllanmagan taqdirda, tinglovchilar kontingentini o‘qitish qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslari bo‘yicha guruhlar tarkibida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kasbiy qayta tayyorlash mumkin bo‘lgan turdosh mutaxassisliklar ro‘yxati Assotsiatsiya tomonidan belgilanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kurslarga tinglovchilarni qabul qilish tasdiqlangan rejaga muvofiq Institut direktorining buyrug‘i bilan kurslar boshlanishi sanasidan boshlab uch kun mobaynida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qayta tayyorlash yoki malaka oshirishga yuborilgan paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar Institut direktorining buyrug‘i bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi. Tinglovchilar guruhini shakllantirishda, kursning o‘quv reja va dasturlarini tayyorlashda bazaviy ma’lumot, mutaxassislik, toifa va egallab turgan lavozimi shuningdek, buyurtmachining talablari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari boshlangandan keyin uch kun mobaynida kelmagan tinglovchilar, sabablaridan qat’i nazar, kurslarga qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tinglovchilarning qayta tayyorlash, maxsus o‘quv va malaka oshirish kurslariga o‘z vaqtida kelmaganligining hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablari bo‘lgan taqdirda, ularga o‘qishning tegishli yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha navbatdagi kurslarda o‘qishga ruxsat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Institut tinglovchilarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga o‘z vaqtida kelmaganligi holatlari to‘g‘risida buyurtmachi va Assotsiatsiyaga darhol xabar beradi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv mashg‘ulotlari ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar, trening, ko‘chma mashg‘ulot, mahorat saboqlari, interfaol va boshqa shakllarda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ko‘chma, amaliy mashg‘ulotlar ilg‘or ta’lim muassasalari, sport majmualari va boshqa tashkilotlarda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, ularni talab darajasida o‘tkazish, ta’lim samaradorligini ta’minlash uchun sharoitlar yaratish mas’uliyati Institutga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Joriy yilda rejaga kiritilmagan paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar Institut bilan tuzilgan shartnoma asosida malaka oshirish kurslaridan o‘tishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Shartnoma asosida paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni hamda kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan sport ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari buyurtmachi talabi va mehnat bozorining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, Institutda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Institut buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Institutda 3 va 6 oylik maxsus o‘quv kurslari murojaat etilgan yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv jarayoni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejasi va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi o‘quv rejasi va dasturlar asosida amalga oshiriladi hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Namunaviy o‘quv rejasi va dasturlar sport, fan, texnika, texnologiyalar hamda sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida takomillashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Institut xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish va homiylardan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari lavozim maoshlariga yagona tarif setkasi (bazaviy lavozim maoshi) bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra 200 foizgacha ustama haq to‘lanadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tinglovchilari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Assotsiatsiya tomonidan tasdiqlangan rejaga kiritilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun o‘qishning barcha davrida ularning asosiy ish joyi bo‘yicha egallagan lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi, ularning o‘quv yuklamasi esa boshqa a’zolar o‘rtasida taqsimlanadi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ishdan ajralgan holda Institutda qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan tinglovchilar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qishga borish va undan qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l haqi xarajatlari safarga yuboruvchi tashkilot hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tinglovchi quyidagi sabablarga ko‘ra kursdan chetlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z xohishiga ko‘ra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasalligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv intizomini va ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kursida 18 akademik soatdan, qayta tayyorlashda 36 akademik soatdan ortiq o‘quv mashg‘ulotlarini sababsiz qoldirgani uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida o‘qiyotgan tinglovchilar shartnoma bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmagani uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi sababli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganligi sababli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tinglovchilar malaka oshirish yoki qayta tayyorlash kursidan chetlatilganda, sabablari ko‘rsatilgan holda buyurtmachiga ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Malaka oshirish kursidan chetlatilgan yoki yakuniy nazoratdan o‘ta olmagan tinglovchi malaka oshirish kursida bir yil mobaynida takroran o‘qiydi. Malaka oshirish kursida takroran o‘qish tinglovchining o‘z hisobidan shartnoma asosida amalga oshiriladi va bunda buyurtmachi tashkilot tomonidan unga ish haqi saqlanmagan holda, ta’til berish tartibida malaka oshirishga qayta yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish kursiga qayta yuborilgan mutaxassislar o‘qish yakunlari bo‘yicha yakuniy attestatsiyadan takroran o‘tmagan bo‘lsa, shartnoma bo‘yicha to‘langan to‘lov mablag‘lari qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan takroran o‘tmagan yoki asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan takroran o‘tmagan taqdirda, ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatidan hamda bo‘sh turgan pedagog lavozimini egallash tanlovi davrining tugagan muddatidan qat’i nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Ular o‘z faoliyatini boshqa ta’lim muassasalarida (amalda faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalaridan tashqari) davom ettirishi yoxud boshqa tashkilotlarda ishlashi hamda o‘zining kasbiy malakasini mustaqil ravishda oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi va uni boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Assotsiatsiya;
(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimida paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Assotsiatsiya:
(41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut tizimiga umumiy rahbarlik qiladi hamda uning faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birga muvofiqlashtiradi;
(41-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyingi kalendar yil uchun malaka oshirish kurslari bo‘yicha taqdim etilgan buyurtmalar asosida reja va jadvallarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut tomonidan buyurtma va rejalar bajarilishi yuzasidan umumiy nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 15-noyabrga qadar buyurtmachilarning buyurtmanomalari asosida hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tish davriyligiga muvofiq keyingi kalendar yil uchun oylar va ta’lim yo‘nalishlari rejasi va ro‘yxatini shakllantiradi, shuningdek, 5-dekabrga qadar yillik reja va ro‘yxatni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus o‘quv kurslarida o‘qitish bo‘yicha murojaatlarni qabul qiladi, o‘rganib chiqadi, kontingentni shakllantiradi hamda kurslarni tashkil etish muddatini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining namunaviy o‘quv rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlari hamda pedagoglar tarkibining xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Buyurtmachi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi kalendar yilga paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar haqida ma’lumotlarni ularning familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi ta’lim muassasasini bitirganligi, diplom bo‘yicha mutaxassisligi, ish joyi va staji, lavozimi, oxirgi malaka oshirgan vaqti ko‘rsatgan holda Assotsiatsiyaga taqdim etadi;
(42-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan reja va jadval asosida paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni belgilangan muddatda Institutga o‘qishga yetib borishlarini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tizimida paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 15-noyabrga qadar buyurtmachilarning buyurtmanomalari asosida hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tish davriyligiga muvofiq keyingi kalendar yil uchun oylar va ta’lim yo‘nalishlari rejasi va ro‘yxatini shakllantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakllantirilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga o‘qishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini Assotsiatsiyaga taqdim etib boradi.
(43-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Qayta tayyorlash va maxsus o‘quv kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan o‘tkazish va baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tinglovchilar qayta tayyorlash va maxsus o‘quv kurslari ta’lim dasturlarini o‘zlashtirib bo‘lgandan so‘ng Institut tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi. Attestatsiya yakuniy onlayn test sinovlari, bitiruv malakaviy ish himoyasi va suhbatdan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Attestatsiya komissiyasi tarkibi kamida 5 kishidan iborat tarkibda Institut tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Attestatsiya komissiyasi tarkibiga Institut, Assotsiatsiya, oliy ta’lim muassasalari, oliy sport mahorati maktablari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari vakillari jalb qilinishi mumkin.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Attestatsiya komissiyasi tarkibining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Yakuniy onlayn test qayta tayyorlash o‘quv rejasidagi barcha modullar bo‘yicha savollarni qamrab olgan holda tayyorlangan test savollari asosida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy onlayn test asosida tinglovchining bilim darajasi 80 daqiqa davomida 80 ta test savollari asosida 80 ballik baholash tizimi orqali aniqlanadi. Onlayn test natijasi test yakunlanishi bilan darhol ekranda aks ettiriladi. Ushbu test sinovlarini o‘tkazish Institutning serverida joylashtirilgan elektron tizimga kompyuterlarning ulanishi va test sinovlarini markazlashgan holda videokuzatuvini yozib borish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Yakuniy onlayn test qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun belgilangan umumiy 80 balldan kamida 44,8 ball (56 foiz) to‘plagan tinglovchi test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi va unga bitiruv malakaviy ishni himoya qilishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus o‘quv kurslari tinglovchilari bitiruv malakaviy ishni himoya qiladi. Bitiruv malakaviy ishi jami 50 ball bilan baholanadi, umumiy balldan kamida 28 ball (56 foiz) to‘plagan tinglovchilari bitiruv malaka himoyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi va unga yakuniy attestatsiya komissiyasi suhbatiga kirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun bitiruv malakaviy ishining himoyasi umumiy 20 ball bilan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus o‘quv kurslari tinglovchilari uchun yakuniy attestatsiya komissiyasi suhbati tasdiqlangan savol-javoblar va tinglovchining sportda erishgan natijalari hamda kasbiy bilimi maksimal 50 ball bilan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurs sinovlarida umumiy 100 balldan kamida 56 ball (56 foiz) va undan yuqori ball to‘plagan tinglovchi kurslardan va yakuniy attestatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi hamda unga tegishlicha mazkur Nizomga 1, 2-ilovalarida keltirilgan davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurs sinovlarida 56 ball (56 foiz)dan kam ball to‘plagan tinglovchi kurs sinovlaridan o‘tmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Malaka oshirish kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan o‘tkazish va baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Tinglovchilarning malaka oshirish kursi davomida olgan bilimlarini baholash maqsadida ular Institut tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Attestatsiya yakuniy onlayn test sinovlari va suhbatdan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Attestatsiyani o‘tkazish uchun Attestatsiya komissiyasi kamida 5 kishidan iborat tarkibda Institut tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Attestatsiya komissiyasi tarkibiga Institut, Assotsiatsiya, oliy ta’lim muassasalari, oliy sport mahorati maktablari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari vakillari jalb qilinishi mumkin.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Attestatsiya komissiyasi tarkibining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Attestatsiya komissiyasi o‘z qarorini onlayn test sinovlari, tinglovchining yakuniy suhbat natijalarini hisobga olgan holda qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Attestatsiya komissiyasining qarori malaka oshirish ta’lim muassasasi rahbarining kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat berish to‘g‘risidagi buyrug‘ini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Yakuniy onlayn test malaka oshirish o‘quv rejasidagi har bir modul bo‘yicha savollarni qamrab olgan holda tayyorlangan test savollari asosida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy onlayn test asosida tinglovchilarning bilim darajasi 50 daqiqa davomida 50 ta test savollari asosida 50 ballik baholash tizimi orqali aniqlanadi. Onlayn test natijasi test yakunlanishi bilan darhol ekranda aks ettiriladi. Ushbu test sinovlarini o‘tkazish Institutning serverida joylashtirilgan elektron tizimga kompyuterlarning ulanishi va test sinovlarini markazlashgan holda videokuzatuvini yozib borish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Yakuniy onlayn test uchun belgilangan umumiy 50 balldan kamida 28 ball (56 foiz) to‘plagan tinglovchi test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi va yakuniy attestatsiya komissiyasi suhbatiga kirishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Yakuniy attestatsiya komissiyasi suhbati tasdiqlangan savol-javoblar, tinglovchining oxirgi 4 yillik faoliyati davomida hamda uning o‘quvchilari (shogirdlari) tomonidan erishilgan natijalar, shuningdek, sport va ta’lim sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha va kasbiy bilim darajasi maksimal 50 ballik tizimda baholanadi. Yakuniy onlayn test va attestatsiya komissiyasi suhbati jami 100 ballik tizimda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Kurs sinovlarida umumiy 100 balldan kamida 56 ball (56 foiz) to‘plagan tinglovchi kurslar va yakuniy attestatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi hamda unga mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy onlayn testga ajratilgan 50 balldan 28 ball (56 foiz)dan va kurs sinovlarida 56 ball (100 ballning 56 foizi)dan kam ball to‘plagan tinglovchi kurs sinovlaridan o‘tmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarning malaka toifalarini olishi (o‘zgartirishi) va egallab turgan lavozimlariga mosligi attestatsiyadan o‘tkazishda ular qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatning (diplom, sertifikat) mavjudligi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qayta tayyorlash haqida
‎DIPLOM
‎ (tavsifi) ‎

‎‎Qayta tayyorlash haqidagi davlat namunasidagi diplom A5 formatdagi oq qog‘ozda, ofset usulida, besh xil rangdan: diplom muqovasi uchun — to‘q yashil rang, matn uchun — qora rang, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k va qizil ranglardan, fon uchun — och pushti rangdan foydalangan holda bosib chiqariladi.
‎Varaqning chap yuqori qismida Paralimpiya bayrog‘i tasviri va davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar joylashtiriladi:
‎(O‘zbekiston Respublikasi paralimpiya ramzi tasviri)
O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi
‎Qayta tayyorlash haqida
‎DIPLOM
‎QT № 000000
‎Qayd raqami: ____________
‎Berilgan joy: ____________
‎Berilgan sana: 20__ yil “___” _________
‎QR-kod joyi
‎Diplomning o‘ng qismida davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar ko‘rsatiladi:
‎tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎o‘qish davri;
‎ta‘lim muassasasi (tashkilot) nomi;
‎qayta tayorlash kursining nomi va umumiy nomi;
‎ta‘lim muassasasi (tashkilot) rahbarining imzosi va familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎muhr o‘rni.
‎Diplom:
‎tartib raqami ikkita lotin harfidan “QT” va olti raqamli sondan iborat bo‘lishi;
‎barcha matn va tasvirlar naqshli rastrdan iborat och-pushti rang fonda aks ettirilishi;
‎takrorlanmaydigan raqamlardan, oltita himoyaga ega va ketma-ket o‘zgaruvchi raqamlardan iborat bo‘lishi;
‎yuqori sifatli maxsus himoyalangan ofset qog‘ozda chop etilishi;
‎yorug‘lik vositasida naqshli rastr nusxasi ko‘chirilishini murakkablashtirish uchun bo‘yoq ochiq ranglardan iborat bo‘lishi;
‎turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastr to‘rlaridan foydalanish yo‘li bilan himoyaga ega maxsus qog‘ozlardan tayyorlanishi lozim.
‎Diplomning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega bo‘ladi.
‎QR-kod diplomning chap qismi o‘ng tomoniga joylashtiriladi.
‎Mazkur diplom bosma qog‘oz yoki elektron shaklda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QAYTA TAYYORLASH HAQIDAGI DIPLOMNING SHAKLI
Diplomning muqovasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Maxsus o‘quv kursi haqida
‎ DIPLOM
‎ (‎tavsifi) ‎

‎‎Maxsus o‘quv kursi haqidagi davlat namunasidagi diplom A5 formatdagi oq qog‘ozda, ofset usulida, besh xil rangdan: diplom muqovasi uchun — to‘q ko‘k rang, matn uchun — qora rang, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k va qizil ranglardan, fon uchun — och pushti rangdan foydalangan holda bosib chiqariladi.
‎Varaqning chap yuqori qismida Paralimpiya bayrog‘i tasviri va davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar joylashtiriladi:
‎(O‘zbekiston Respublikasi paralimpiya ramzi tasviri)
‎O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi
‎Maxsus o‘quv kursi haqida
‎DIPLOM
‎MK № 000000
‎Qayd raqami: ____________
‎Berilgan joy: ____________
‎Berilgan sana: 20__ yil “___” _________
‎QR-kod joyi
‎Diplomning o‘ng qismida davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar ko‘rsatiladi:
‎tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎o‘qish davri;
‎ta‘lim muassasasi (tashkilot) nomi;
‎maxsus o‘quv kursining nomi va umumiy soati;
‎ta‘lim muassasasi (tashkilot) rahbarining imzosi va familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎muhr o‘rni.
‎Diplom:
‎tartib raqami ikkita lotin harfidan “QT” va olti raqamli sondan iborat bo‘lishi;
‎barcha matn va tasvirlar naqshli rastrdan iborat och-pushti rang fonda aks ettirilishi;
‎takrorlanmaydigan raqamlardan, oltita himoyaga ega va ketma-ket o‘zgaruvchi raqamlardan iborat bo‘lishi;
‎yuqori sifatli maxsus himoyalangan ofset qog‘ozda chop etilishi;
‎yorug‘lik vositasida naqshli rastr nusxasi ko‘chirilishini murakkablashtirish uchun bo‘yoq ochiq ranglardan iborat bo‘lishi;
‎turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastr to‘rlaridan foydalanish yo‘li bilan himoyaga ega maxsus qog‘ozlardan tayyorlanishi lozim.
‎Diplomning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega bo‘ladi.
‎QR-kod diplomning chap qismi o‘ng tomoniga joylashtiriladi.
‎Mazkur diplom bosma qog‘oz yoki elektron shaklda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAXSUS O‘QUV KURSI HAQIDAGI DIPLOMNING SHAKLI
Diplomning muqovasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Malaka oshirish haqida
‎SERTIFIKAT
‎ (tavsifi) ‎

‎Malaka oshirish kurslarini tugatganlik to‘g‘risidagi SERTIFIKAT A5 formatdagi oq qog‘ozda, ofset usulida, besh xil rangdan: sertifikat muqovasi uchun — to‘q ko‘k rang, matn uchun — qora rang, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k va qizil ranglardan, fon uchun — och pushti rangdan foydalangan holda bosib chiqariladi.
‎Varaqning chap yuqori qismida Paralimpiya bayrog‘i tasviri va davlat tilida lotin yozuvi bilan quyidagilar joylashtiriladi:
‎(O‘zbekiston Respublikasi paralimpiya ramzi tasviri)
O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi
‎Malaka oshirganlik haqida
‎SERTIFIKAT
‎MO № 000000
‎Qayd raqami: ____________
‎Berilgan joy: ____________
‎Berilgan sana: 20__ yil “___” _________
‎Amal qilish muddati: 20__ yil “___” _________ gacha
‎(QR-kod joyi)
‎Sertifikatning o‘ng qismida davlat tilida lotin yozuvida quyidagilar joylashtiriladi:
‎tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎o‘qish davri;
‎malaka oshirish kursining nomi va umumiy nomi;
‎ta‘lim muassasasi (tashkilot) rahbarining imzosi va familiyasi, ismi, otasining ismi;
‎muhr o‘rni.
‎Sertifikat:
‎tartib raqami ikkita lotin harfidan “MO” va olti raqamli sondan iborat bo‘lishi;
‎barcha matn va tasvirlar naqshli rastrdan iborat och-pushti rang fonda joylashtirilishi;
‎takrorlanmaydigan raqamlardan, oltita himoyaga ega va ketma-ket o‘zgaruvchi raqamlardan iborat bo‘lishi;
‎yuqori sifatli maxsus himoyalangan ofset qog‘ozda chop etilishi;
‎yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirilishini murakkablashtirish uchun bo‘yoqning ochiq ranglaridan iborat bo‘lishi;
‎turli ranglarni hosil qilish uchun turli rangdagi rastr to‘rlaridan foydalanish yo‘li bilan himoyaga ega maxsus qog‘ozdan tayyorlanishi lozim.
‎Sertifikatning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega bo‘ladi.
‎QR-kod sertifikat chap qismining o‘ng tomoniga joylashtiriladi.
‎Mazkur sertifikat qog‘oz yoki elektron shaklda berilishi mumkin.‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* O‘quv kurslari takrorlanmas bo‘lgan taqdirda, amal qilish muddati “ — ” chiziqcha belgisi bilan amal qilish muddatini qo‘ymaslik tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MALAKA OSHIRISH HAQIDAGI SERTIFIKATNING SHAKLI
Sertifikatning muqovasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/599/0924-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)