ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Mudofaa vazirligi qoʻshinlaridagi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassislar faoliyatini takomillashtirish | |||
|
1. |
Xotin-qizlar va harbiylarning oilalari bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassislarning (keyingi oʻrinlarda — yetakchi mutaxassislar) funksional vazifalarini yangi talablarni hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil 20-noyabr |
Mudofaa vazirligi |
|
2. |
Yetakchi mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni olib borish maqsadida ular bilan oʻquv-uslubiy yigʻinlar oʻtkazish. |
2023-yil 1-yanvardan boshlab oʻquv yili rejasiga asosan |
Mudofaa vazirligi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti |
|
3. |
Harbiylar oilasini “xonadonbay” oʻrganishlar natijasida oilalarda sogʻlom muhitni barqarorlashtirish, xotin-qizlar ijtimoiy faolligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2023-yil 1-yanvardan boshlab doimiy |
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
|
4. |
Yetakchi mutaxassislarni boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan, xotin-qizlar va oilalar bilan ishlay oladigan yuqori malakali mutaxassis kadrlardan jamlash. |
2023-yil 1-fevral |
Mudofaa vazirligi |
|
5. |
Harbiylarning oilalarida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish: oiladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat; oila aʼzolarining bandlik darajasi; farzandlar taʼlim-tarbiyasi; nogironligi boʻlgan oila aʼzolarining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishi. |
har yili iyun va dekabr oylarida |
Mudofaa vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
6. |
Xizmat faoliyatida alohida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali xizmati bilan harbiylar oilasining shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik, otalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan yetakchi mutaxassislarni munosib ragʻbatlantirib borish. |
2023-yildan boshlab har chorakda |
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
|
II. Mudofaa vazirligi qoʻshinlari xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish | |||
|
7. |
Harbiy xizmatchilarning mehnatga layoqatli va ishsiz boʻlgan oila aʼzolarini oʻzini oʻzi band qilish hamda boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga ishga joylashtirishda amaliy yordam koʻrsatish. |
2022-yil 1-noyabrdan boshlab doimiy |
Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
|
8. |
Harbiy xizmatchilarning ishsiz oila aʼzolarini kasbga tayyorlash maqsadida “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻqitish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish hamda oʻqitishni tashkil etish. |
2022-yil 1-noyabrdan boshlab doimiy |
Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
|
9. |
Harbiy xizmatchilarning ishsiz oila aʼzolari uchun boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkalarini tashkil etib borish. Bunda, respublikaning tadbirkor ayollari ishtirokida xotin-qizlar va harbiylarning oilalariga kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etishiga koʻmaklashish. |
Har chorakda bir marta |
Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
|
10. |
Harbiy xizmatchilarning tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan shugʻullanayotgan oila aʼzolari ish faoliyatini targʻib qilish orqali band boʻlmagan xotin-qizlarni ushbu faoliyatga jalb etish maqsadida “Mahorat darslari”ni oʻtkazish. |
Har chorakda bir marta |
Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
|
11. |
Xotin-qizlar va harbiylarning oilalarini kasb-hunarga oʻrgatish maqsadida harbiy shaharchalarda turli yoʻnalishdagi toʻgaraklarni tashkil etish, ushbu toʻgaraklarga oilalarni jalb etish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish. |
2023-yildan boshlab har chorakda |
Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
|
III. Harbiy xizmatchilarning oilalaridagi muhitni yaxshilash | |||
|
12. |
Harbiy xizmatchilarning oilalarida sogʻlom muhitni qaror toptirish, qaynona-kelin, er-xotin oʻrtasidagi munosabatlarni, ularning oiladagi oʻrinlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish maqsadida “Qaynona-kelin maktabi” mavzusida uchrashuv va jonli muloqotlarni tashkil etish. |
2022-yil 1-noyabrdan boshlab doimiy |
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari, harbiy qism va muassasalar rahbarlari |
|
13. |
Yosh harbiy oilalar oʻrtasida sodir etilayotgan ajrimlarni oldini olish maqsadida “Oila-muqaddas qoʻrgʻon”, “Oilalarda nizoli holatlarning oldini olish usullari” mavzularida malakali huquqshunoslar, tibbiyot xodimlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish. |
2022-yil 1-noyabrdan boshlab har yili |
Mudofaa vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
|
14. |
Soha mutaxassislari bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar oilalarining reproduktiv salomatligiga erishish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish: “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondi mutaxassislari ishtirokida zamonaviy diagnostika va davolash-tibbiyot uskunalaridan foydalanish; harbiy xizmatchi �yollar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish. |
2022-yil 15-noyabrdan boshlab har chorakda |
Mudofaa vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
|
15. |
Mamlakatda yuz berayotgan demokratik islohotlarga muvofiq, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ishlarining ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqish, baholash va ularni takomillashtirish choralari koʻrish. |
2023-yil 1-yanvarga qadar |
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
|
16. |
Xotin-qizlarning faolligini qoʻllab-quvvatlash, farzand tarbiyasi, oila, xotin-qizlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va hal etishga koʻmaklashishda “Oqila ayollar harakati” va mahallalardagi “Ayollar maslahat kengashlari” bilan hamkorlikni amalga oshirish. |
doimiy |
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
|
17. |
Harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining ijodiy salohiyatini rivojlantirish, harbiy oilalarning hayotiy tajribasini ommalashtirish maqsadida “Ibratli harbiylar oilasi” koʻrik-tanlovini tashkil etish. |
har yili mart-may oylarida |
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
|
18. |
Xotin-qizlarning gender tenglik kafolatlarini taʼminlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi oʻrni va faolligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni olib borish. |
har yili alohida reja asosida |
Mudofaa vazirligi, Oila va xot�n-qizlar davlat qoʻmitasi |
|
19. |
Mudofaa vazirligi qoʻshinlaridagi xotin-qizlar oʻrtasida “Toʻmaris izdoshlari”, harbiy xizmatchilarning rafiqalari oʻrtasida bekalik sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan “Balli ayollar” koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish. |
har yili alohida reja asosida |
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
|
20. |
Din vakillarini jalb etgan holda xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oilalari oʻrtasida oila-nikoh munosabatlarini huquqiy tartibga solish, nikoh boʻyicha diniy marosimlarni faqat nikoh rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin amalga oshirish masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarini tashkil etish. |
2023-yildan boshlab har chorakda |
Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi |
|
21. |
Xotin-qizlar va harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining sogʻligʻini saqlash, sogʻlom oilani shakllantirish, ayollar va oila sportini rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish. |
2023-yildan boshlab har chorakda |
Mudofaa vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
|
22. |
Harbiy qism va muassasalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga bagʻishlangan “Mustahkam oilani shakllantirishda ota-onaning masʼuliyati”, “Farzandning ota-ona oldidagi burchi”, “Oilaviy hayot saboqlari” mavzularida uchrashuv, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish. |
har yili alohida rejaga muvofiq |
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
|
23. |
Xotin-qizlar va harbiylarning oila aʼzolarini maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirib borish, ularning mazmunli dam olishlarini tashkil etish maqsadida teatr, madaniyat va maʼrifat maskanlariga tashrif uyushtirish. |
har yili alohida rejaga muvofiq |
Mudofaa vazirligi, Respublika Maʼnaviyat maʼrifat markazi |