12.10.2022 yildagi PQ-392-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.10.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat ishlab chiqarishida xom ashyo uzluksizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha qulayliklarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 22-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimini yanada soddalashtirish, sanoat korxonalarining xom ashyo taʼminotini yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025-yil 1-yanvarga qadar 1-ilovaga muvofiq xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji nol stavkada qoʻllanilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi doirasida barcha tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash talabi bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga 2-ilovaga muvofiq texnologik asbob-uskunalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar (qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi va ehtiyot qismlar) sotib olish (sotish) boʻyicha shartnomada (kontraktda) ularni montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari, xodimlarni oʻqitish xizmatlari va boshqa shu kabi xizmatlar qiymati alohida koʻrsatilmagan hollarda norezidentning soliq solinadigan daromadini ushbu xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqib hisoblash toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur turdagi shartnomalar (kontraktlar) boʻyicha montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari, xodimlarni oʻqitish xizmatlari va boshqa shu kabi xizmatlar koʻrsatganlik uchun norezidentning soliq solinadigan daromadini shartnoma obyekti qiymatining 20 foiziga teng deb hisoblashning amaldagi tartibini bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur band talablaridan kelib chiqib, Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga kiritilgan, biroq ishlab chiqarilganiga uch yildan koʻp boʻlgan ayrim texnologik asbob-uskunalar roʻyxatini faqat bojxona bojidan ozod qilish sharti bilan tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentabrdagi “Eksportchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6306-son Farmoni 3-bandining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan norma kelib chiqish sertifikati asosida ham qoʻllaniladigan yuqori sifat va nazorat tizimiga ega mamlakatlarni belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikatini taqdim etmagan holda, uni bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida oʻrnatilgan tartibda olish sharti bilan, oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mahsulotlarning bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladigan holatlar roʻyxatini (import qiluvchining kafolat xati asosida) tasdiqlash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 12-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-392-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-392-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-yanvarga qadar import bojxona boji nol stavkada qoʻllaniladigan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xom ashyo va yarim tayyor mahsulot nomi

TIF TN kodi

1.

Himoyalangan tuproq uchun oʻsimliklar, tomir otgan qalamchalar va yosh oʻsimliklar, kaktuslardan tashqari

0602 90 700 0

2.

Himoyalangan tuproq uchun oʻsimliklar, gul yoki gʻunchali gullaydigan oʻsimliklar, kaktuslardan tashqari

0602 90 910 0

3.

Himoyalangan tuproq uchun boshqa oʻsimliklar

0602 90 990 0

4.

Shakarni rafinadlash yoki ajratib olish natijasida olingan melassa

1703

5.

Qayta ishlanmagan yoki dagʻal boʻlaklangan marmar va travertin yoki ohaktoshli tuf

2515 11 000 0

6.

Boshqa rang beruvchi moddalar; 3203, 3204 yoki 3205-tovar pozitsiyalaridagi preparatlardan farqlanuvchi, ushbu guruhning 3-izohida koʻrsatilgan preparatlar; kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq boʻlgan, lyuminoforlar sifatida ishlatiladigan noorganik mahsulotlar: titan dioksidi asosida tayyorlangan boshqa pigmentlar va preparatlar

3206 19 000 0

7.

Konsentratsiyalangan yoki konsentratsiyalanmagan, qattiq yoki qattiq boʻlmagan boshqa siyohlar

3215 90 000 0

8.

Birlamchi shakldagi etilen polimerlari

3901

9.

Birlamchi shakllardagi propilen va boshqa olefinlarning polimerlari

3902

10.

Plastmassadan qilingan boshqa katushkalar, shpulkalar, bobinalar va shunga oʻxshash buyumlar

3923 40 900 0

11.

Yuklama indeksi 121 dan yuqori boʻlgan, avtobuslar yoki yuk tashish uchun belgilangan motorli transport vositalari uchun yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar

4011 20 900 0

12.

Havo kemalarida foydalanish uchun yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar

4011 30 000 0

13.

Qishloq xoʻjaligi yoki oʻrmon xoʻjaligi transport vositalari va mashinalari uchun yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar (9.00-16, 6.50-16 va 260/95-16 oʻlchamli turlaridan tashqari)

4011 70 000 0

14.

Kompleks sintetik iplardan gazlamalar, shu jumladan, 5404-tovar pozitsiyasidagi materiallardan tayyorlanadigan gazlamalar

5407 20 190 0,

5407 20 900 0,

5407 30 000 0,

5407 43 000 0,

5407 44 000 0,

5407 51 000 0,

5407 53 000 0,

5407 54 000 0,

5407 71 000 0,

5407 81 000 0,

5407 91 000 0

15.

Sunʼiy kompleks iplardan gazlamalar, shu jumladan, 5405-tovar pozitsiyasidagi materiallardan tayyorlanadigan gazlamalar

5408 10 000 0,

5408 21 000 0,

5408 22 100 0,

5408 32 000 0,

5408 33 000 0

16.

Tarkibida sintetik tolalar 85 mas.% yoki undan ortiq boʻlgan sintetik tolalardan gazlamalar

5512 11 000 0,

5512 19 100 0,

5512 91 000 0

17.

Tarkibida sintetik tolalar 85 mas.% dan kam, asosan yoki faqat paxta tolalari bilan aralashtirilgan, yuza zichligi 170 g/m² dan ortiq boʻlmagan sintetik tolalardan gazlamalar

5513 11 900 0,

5513 12 000 0,

5513 13 000 0,

5513 19 000 0,

5513 23 100 0,

5513 23 900 0,

5513 31 000 0

18.

Tarkibida sintetik tolalar 85 mas.% dan kam, asosan yoki faqat paxta tolalari bilan aralashtirilgan, yuza zichligi 170 g/m² dan ortiq boʻlgan sintetik tolalardan gazlamalar

5514 12 000 0,

5514 19 100 0,

5514 19 900 0,

5514 23 000 0,

5514 30 500 0,

5514 43 000 0

19.

Sintetik tolalardan boshqa gazlamalar

5515 11 300 0,

5515 12 300 0,

5515 13 190 0,

5515 19 900 0

20.

Sunʼiy tolalardan gazlamalar

5516 12 000 0,

5516 21 000 0,

5516 24 000 0

21.

Poliuretan qoplamali yoki dublirlangan, shimdirilgan, 5902-tovar pozitsiyasidagi materiallardan tashqari toʻqimachilik materiallari

5903 20 100 0,

5903 20 900 0

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-392-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga kiritilayotgan texnologik asbob-uskunalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

TIF TN kodlari

TIF TN boʻyicha nomi

1.

8426120000

Gʻildirakli, harakatlanadigan koʻtarma fermalar va portal yuk ortkichlar

2.

8426200000

Minora kranlari

3.

8428208001

Toʻqimachilik tolalarini transportirovka qilish uchun pnevmatik koʻtargichlar va konveyrlar

4.

8428208009

Boshqa pnevmatik koʻtargich va konveyerlar

5.

8428320000

Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa kovshli elevator va konveyerlar

6.

8428330000

Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa tasmali elevator va konveyerlar

7.

8428392000

Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa rolikli konveyerlar

8.

8428399009

Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa elevatorlar va konveyerlar

9.

8472300000

Pochta joʻnatmalarini saralash, taxlash yoki konvertlarga joylash yoki oʻrab bogʻlash uchun mashinalar, pochta joʻnatmalarini ochish, yopish yoki muhrlash uchun mashinalar hamda pochta markalarini yopishtirish yoki hisobdan chiqarish uchun mashinalar

10.

8478100000

Tamaki tayoqchalari (stiklari)ni ishlab chiqarish uchun uskuna

11.

8501630000

Oʻzgaruvchan tok generatorlari (nominal chiqish quvvati 375 kVA dan 750 kVA gacha)

12.

8501640000

Oʻzgaruvchan tok generatorlari (nominal chiqish quvvati 750 kVA dan yuqori)

13.

8515190000

Yuqori haroratli payvandlash uchun boshqa mashina va apparatlar

14.

8704109000

Yoʻlsiz sharoitlarda foydalanish uchun moʻljallangan, elektromexanik transmissiyaga ega (dizel va elektr dvigatellari oʻrnatilgan) yuk koʻtarish quvvati 50 tonnadan yuqori boʻlgan yuk mashinasi (avtomobil-samosval)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 07/22/392/0910-son; 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son; 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son)