04.10.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3391
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.10.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 4-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3391]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 30-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19/14-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-avgustdagi 19/14-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni (bundan buyon matnda “tartibga solish qumdoni” deb yuritiladi) joriy etish va bekor qilish, shuningdek mazkur rejim doirasida faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — Markaziy bankka yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni (bundan buyon matnda moliyaviy xizmat deb yuritiladi) sinovdan oʻtkazish uchun ariza taqdim etgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikda ariza beruvchi — Markaziy bankka moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish uchun ariza beruvchi bilan birgalikda murojaat etgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning nazorati ostida boʻlgan tashkilotlar — banklar, nobank kredit tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, toʻlov tashkilotlari, kredit byurolari, valyuta birjalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovdan oʻtkazish — yangi moliyaviy xizmatni “tartibga solish qumdoni” doirasida koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi — “tartibga solish qumdoni” doirasida yangi moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazishga ruxsat berilgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni”ning amal qilish muddati — Markaziy bank va “tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga koʻra “tartibga solish qumdoni”ning vaqtinchalik tartibida (bundan buyon matnda vaqtinchalik tartib deb yuritiladi) belgilanadigan, biroq uch yildan ortiq boʻlmagan muddatni oʻz ichiga olgan davr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Tartibga solish qumdoni”ning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatlar bozoridagi raqobatni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatlar mijozlari huquqlarini himoya qilish va moliya tizimi barqarorligini taʼminlash sharti asosida yangi moliyaviy xizmatlarni joriy etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatlar turlarini kengaytirish, ularning ommabopligini hamda mijozlarning talablariga muvofiqlik va ularning qoniqqanlik darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazishning muvaffaqiyatli natijalari boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sinovdan oʻtkazishga ruxsat etiladigan moliyaviy xizmatlar quyidagi mezonlardan biriga muvofiq boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatning respublika moliyaviy xizmatlar bozori uchun yangiligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmat isteʼmol xususiyatlarining mavjud xizmatlarga nisbatan yaxshilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatni koʻrsatishga qonunchilikda cheklovlar yoki noaniqliklarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish uchun Markaziy bankning nazorati ostida boʻlgan tashkilotlar, shuningdek, umumqabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq nazorati moliyaviy sohani tartibga soluvchi (nazorat qiluvchi) organ tomonidan amalga oshiriladigan boshqa yuridik shaxslar ariza beruvchi va birgalikda ariza beruvchi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur Nizom doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati Markaziy bankdan boshqa davlat organlari va tashkilotlar tomonidan tartibga solinuvchi yuridik shaxslarning moliyaviy xizmatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank nazoratidagi tashkilotlarning boshqa davlat organlari va tashkilotlar tomonidan tartibga solinadigan muayyan sohalardagi moliyaviy xizmatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek umum eʼtirof etilgan xalqaro standartlarga (Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi tavsiyalari, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va hokazolar) muvofiq qabul qilingan qonunchilik hujjatlari normalariga amal qilmasdan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlarni sinovdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi va birgalikda ariza beruvchi yuridik shaxs quyidagi talablarning barchasiga muvofiq boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etish va tugatish jarayonida emasligi hamda bankrot deb topilmagan va unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik boʻyicha ish qoʻzgʻatilmagan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar mulkdorlarida, boshqaruv organlari aʼzolarida iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar yoki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolining tarqatilishini moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun tugallanmagan yoxud olib tashlanmagan sudlanganlik holatlari mavjud boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar mulkdorlari, boshqaruv organlari aʼzolari imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor etishni hamda moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazishda axborot taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlat va hududning rezidenti boʻlmasligi, shunday davlat va hududda yashamasligi yoki roʻyxatdan oʻtmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish uchun arizani taqdim etgan kunda Markaziy bankning nazorati ostida boʻlgan ariza beruvchi va birgalikda ariza beruvchiga (mavjud boʻlganda) nisbatan “tartibga solish qumdoni” doirasida moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga doir cheklovlar qoʻllanilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza beruvchi va (yoki) birgalikda ariza beruvchining faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida “benefitsiar mulkdor” tushunchasi belgilanmagan boʻlsa, benefitsiar mulkdor deganda ariza beruvchiga va (yoki) birgalikda ariza beruvchiga haqiqatda egalik qiluvchi yoki uni nazorat qiluvchi jismoniy shaxs tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaziy bankning “tartibga solish qumdoni” doirasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilayotgan yangi moliyaviy xizmat boʻyicha “tartibga solish qumdoni”ni tashkil etishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi, uning muddatini “tartibga solish qumdoni”ning amal qilish muddati doirasida uzaytirish, sinovdan oʻtkazishni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik tartibni hamda “tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi tomonidan moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish jarayoni haqida Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobot shakllarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni” ishtirokchisining moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazishga doir faoliyatini inspeksiya va alohida masalalar yuzasidan tekshiruvdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni” ishtirokchisiga “tartibga solish qumdoni” doirasida amalga oshirayotgan faoliyatiga nisbatan prudensial normativlar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni” doirasida “tartibga solish qumdoni” ishtirokchisining yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tadbirkorlik tavakkalchiligi sugʻurta qilinishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, sinovdan oʻtkazish natijalari muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsizligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish jarayonini har olti oyda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaziy bankning “tartibga solish qumdoni”ga doir vakolatlari Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “Tartibga solish qumdoni”ni joriy etish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. “Tartibga solish qumdoni”ni joriy etish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish uchun ariza beruvchi va birgalikda ariza beruvchi (mavjud boʻlganda) Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq arizani taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovdan oʻtkazish taklif etilayotgan moliyaviy xizmat toʻgʻrisida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq maʼlumotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazishda ariza beruvchi va birgalikda ariza beruvchi (mavjud boʻlganda) oʻrtasida vazifalarning taklif etilayotgan taqsimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish jarayoni haqidagi hisobot shakllarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 9-bandiga muvofiq vaqtinchalik tartib loyihasini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada ariza beruvchining va birgalikda ariza beruvchining (mavjud boʻlganda) elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Arizada elektron manzili koʻrsatilganligi uning (ularning) arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga boʻlgan roziligidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga masʼul boʻlgan organlardan va soliq organlaridan “Elektron hukumat” idoralararo integratsion platformasi orqali ariza beruvchi va birgalikda ariza beruvchining (mavjud boʻlganda) tegishincha taʼsis hujjatlari va moliyaviy hisobotlarini soʻrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vaqtinchalik tartib loyihasida quyidagilar belgilanishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovdan oʻtkaziladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek tegishli biznes-jarayonning tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovdan oʻtkazishning boshlanish va tugash sanalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni” ishtirokchisiga tatbiq etilmaydigan qonunchilik hujjatlari normalari (mavjud boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni” shartlari, “tartibga solish qumdoni” ishtirokchisiga nisbatan joriy etiladigan cheklovlar roʻyxati, shu jumladan mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan cheklovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni” joriy etilishining samaradorligi va natijadorligini baholash tartib-taomillari va mezonlarini, shu jumladan mazkur Nizom 3-ilovasiga asosan maqsadli indikatorlar (miqdor va sifat koʻrsatkichlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish bekor qilinganda yoki muvaffaqiyatsiz deb topilganda “tartibga solish qumdoni” ishtirokchisining keyingi harakatlari (mijozlarga xizmat koʻrsatish yoki shartnomalarni bekor qilish, mablagʻlarni qaytarish tartibi va boshqa shartlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlar huquqlari himoya qilinishini taʼminlovchi qoidalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga doir talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish jarayoni haqida Markaziy bankka hisobot taqdim etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida hisobot taqdim etish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni” doirasida Markaziy bank bilan har qanday aloqa bogʻlash usullari, shu jumladan, elektron aloqa vositalari yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatni joriy etish va qoʻllash uchun zarur boʻlgan boshqa axborotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Tartibga solish qumdoni” doirasida quyidagi cheklovlar oʻrnatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmat taqdim etilishi mumkin boʻlgan mijozlar turi (jismoniy shaxslar, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar) va soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soni va hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovdan oʻtkazishni amalga oshirish joyi (hududi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan toʻlov instrumentlari yoki tuzilgan shartnomalar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir mijoz tomonidan, shu jumladan belgilangan vaqt (kun, hafta, oy, chorak) davomida amalga oshiriladigan operatsiyalarning maksimal hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Arizalarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaziy bank moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish uchun arizani u qabul qilingan kundan eʼtiboran qirq ish kunida koʻrib chiqib, “tartibga solish qumdoni” joriy etilishi maqsadga muvofiq yoki joriy etilishi maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish muddatiga ariza beruvchi va birgalikda ariza beruvchi (mavjud boʻlganda) tomonidan hujjatlarni qayta ishlashga sarflangan vaqt kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish joriy etilganligi aynan shunday moliyaviy xizmatni joriy etish boʻyicha taqdim etilgan boshqa arizani rad etish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Arizani koʻrib chiqishda Markaziy bank quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi va birgalikda ariza beruvchi (mavjud boʻlganda) bilan hamkorlik qilish, shu jumladan ariza beruvchi va birgalikda ariza beruvchidan (mavjud boʻlganda) mazkur Nizom talablariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻliqligini taʼminlash borasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan vaqtinchalik tartib loyihasiga va moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish jarayoni haqidagi hisobot shakliga ariza beruvchi va birgalikda ariza beruvchi (mavjud boʻlganda) bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritish (qayta ishlash), shu jumladan “tartibga solish qumdoni” ishtirokchisiga nisbatan qoʻllaniladigan javobgarlik choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisida oʻzgartirishlar kiritish. Bunda, oʻzgartirishlar loyihasi kelishish uchun ariza beruvchiga va birgalikda ariza beruvchiga (mavjud boʻlganda) yozma ravishda kelishish muddatini koʻrsatgan holda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Tartibga solish qumdoni”ni joriy etish quyidagi hollarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilayotgan moliyaviy xizmat mazkur nizomning 3-bandida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi moliyaviy xizmatni “tartibga solish qumdoni”ni joriy etmasdan koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi va (yoki) birgalikda ariza beruvchi (mavjud boʻlganda) mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri va (yoki) buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek umum eʼtirof etilgan xalqaro standartlarga (Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi tavsiyalari, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va hokazolar) muvofiq qabul qilingan qonunchilik hujjatlari normalariga amal qilmaslikka olib kelishi aniqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazishda unga xos boʻlgan tavakkalchiliklarni boshqarish imkoniyati mavjud boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik tartib loyihasiga va moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish jarayoni haqidagi hisobot shakliga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha kelishuvga erishilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnoma ariza beruvchiga va birgalikda ariza beruvchiga (mavjud boʻlganda), u qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida yozma shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tartibga solish qumdoni” tashkil etilishi maqsadga muvofiq deb qaror qabul qilinganda xabarnomaga Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan vaqtinchalik tartib ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tartibga solish qumdoni” tashkil etilishi maqsadga muvofiq emas deb qaror qabul qilinganda xabarnomada rad etish asoslari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yangi moliyaviy xizmatni “tartibga solish qumdoni”ni joriy etmasdan koʻrsatish imkoniyati mavjudligi sababli “tartibga solish qumdoni”ni joriy etish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchiga va birgalikda ariza beruvchiga (mavjud boʻlganda) mazkur moliyaviy xizmatni koʻrsatish boʻyicha mavjud imkoniyatlar, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida tushuntirish yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi vaqtinchalik tartibga oʻzgartirish kiritish, shu jumladan sinovdan oʻtkazish muddatini “tartibga solish qumdoni”ning amal qilish muddati doirasida uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bilan Markaziy bankka murojaat etishi mumkin. Bunda, sinov muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza sinov muddati tugashidan kamida bir oy oldin berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vaqtinchalik tartibga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi ariza Markaziy bankka kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinovdan oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, vaqtinchalik tartibga sinovdan oʻtkazishni yakunlashning yangi muddatini oʻz ichiga oluvchi oʻzgartirish kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazishni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Markaziy bank tomonidan moliyaviy xizmatlarni sinovdan oʻtkazishni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi tomonidan moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazishni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan Markaziy bankka murojaat etilganda. Bunda, “tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi Markaziy bankka sinovdan oʻtkazishni bekor qilish sabablari va muddatini, tartibga solish qumdoni doirasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish tartibini oʻz ichiga olgan xabarnomani yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi tomonidan moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazishni boshlash vaqtinchalik tartibda belgilangan sanadan eʼtiboran olti oydan ortiq muddatga kechikkanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi tomonidan vaqtinchalik tartib shartlari muntazam ravishda (sinovdan oʻtkazish muddati davomida ikki va undan ortiq marotaba) buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlarda notoʻgʻri koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi fakti aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni” ishtirokchisidan Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziya chaqirib olinganda, uning amal qilishi tugatilganda, bekor qilinganda yoki “tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi Markaziy bank tomonidan yuritiladigan tegishli reyestrdan chiqarilganda yoki u bankrot boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Markaziy bank “tartibga solish qumdoni” amal qilishi bekor qilinganligi toʻgʻrisida, bunday qaror qabul qilinganligi sabablarini koʻrsatgan holda u qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida “tartibga solish qumdoni” ishtirokchisiga xabarnoma yuboradi. “Tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi xabarnomada koʻrsatilgan vaqtdan boshlab moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazishni tugatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi “tartibga solish qumdoni” bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida, mijozlarni “tartibga solish qumdoni” doirasidagi faoliyat tugatilganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi lozim. Bunda, “tartibga solish qumdoni” bekor qilinishi mazkur rejim doirasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha tomonlarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi. Markaziy bank “tartibga solish qumdoni” doirasida faoliyat koʻrsatgan tashkilotlarning “tartibga solish qumdoni” doirasida tuzilgan shartnomalari boʻyicha majburiyatlari bajarilguniga qadar mazkur tashkilotlar ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. “Tartibga solish qumdoni” ishtirokchisining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovdan oʻtkaziladigan moliyaviy xizmatni vaqtinchalik tartibda nazarda tutilgan shartlarda koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish muddatini uzaytirish yoki sinovdan oʻtkazishni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan Markaziy bankka murojaat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik tartib shartlarini oʻzgartirish boʻyicha asoslantirilgan sabablarni koʻrsatgan holda Markaziy bankka murojaat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni” doirasida Markaziy bank tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik tartib shartlariga rioya etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank vakillariga inspeksiya va alohida masalalar yuzasidan tekshiruv oʻtkazishga, shu jumladan sinovdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan axborotlarni olish uchun “tartibga solish qumdoni” ishtirokchisining axborot tizimidan foydalanishga toʻsqinlik qilmaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni moliyaviy xizmat sinovdan oʻtkazish rejimida taqdim etilayotganligi, shuningdek mazkur xizmatdan foydalanishdagi ehtimoliy tavakkalchiliklar toʻgʻrisida xabardor qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlar bilan “tartibga solish qumdoni”ning amal qilish muddatidan ortiq boʻlmagan davrga shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish jarayoni haqidagi hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozga uning roziligisiz, shu jumladan “tartibga solish qumdoni” ishtirokchisining xatosi sababli koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlar natijasida yetkazilgan zararni soʻzsiz qoplab berishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. “Tartibga solish qumdoni”ning amal qilishini yakunlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish yakunlanganidan soʻng, “tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi vaqtinchalik tartibda belgilangan muddatda Markaziy bankka quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni” joriy etilishining samaradorligi va natijadorligi, shu jumladan vaqtinchalik tartibda belgilangan maqsadli indikatorlarga erishilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovdan oʻtkazish davomida “tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi duch kelgan muammolar tavsifini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlar tomonidan yangi moliyaviy xizmatga boʻlgan talabning baholanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarning yangi moliyaviy xizmat taqdim etilishi bilan bogʻliq shikoyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovdan oʻtkazish davomida aniqlangan tavakkalchiliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovdan oʻtkazilgan moliyaviy xizmatni keyinchalik koʻrsatishga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan qonunchilik normalari roʻyxatini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Markaziy bank moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha moliyaviy xizmatni koʻrsatishda unga xos boʻlgan tavakkalchiliklarni boshqarish imkoniyati mavjud boʻlganda, shuningdek “tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi tomonidan maqsadli indikatorlarga (miqdor va sifat koʻrsatkichlariga) erishilgan taqdirda sinovdan oʻtkazishni muvaffaqiyatli deb, aks holda muvaffaqiyatsiz deb topadi. Bunda, tegishli qaror moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Markaziy bank moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqqan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida “tartibga solish qumdoni” ishtirokchisini uni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sinovdan oʻtkazish natijalari muvaffaqiyatli deb topilgan taqdirda, Markaziy bank sinovdan oʻtkazilgan moliyaviy xizmatni cheklovlarsiz amal qilishini joriy etish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha choralarni koʻradi yoki moliyaviy xizmatni joriy qilishga toʻsqinlik qiluvchi huquqiy toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sinovdan oʻtkazish muvaffaqiyatsiz deb topilgan taqdirda, xabarnomada “tartibga solish qumdoni” amal qilishi tugatilganligi koʻrsatilishi lozim. Bunda, Markaziy bank “tartibga solish qumdoni” doirasida faoliyat koʻrsatgan tashkilotlarning “tartibga solish qumdoni” doirasida tuzilgan shartnomalari boʻyicha majburiyatlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. “Tartibga solish qumdoni”ning shaffofligi va ommaviyligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. “Tartibga solish qumdoni” amal qilishining shaffofligi va ochiqligini taʼminlash maqsadida, Markaziy bank oʻzining veb-saytida “tartibga solish qumdon”lari roʻyxatini joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. “Tartibga solish qumdon”lari roʻyxatiga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tartibga solish qumdoni” ishtirokchisining nomi va veb-sayti (mavjud boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovdan oʻtkaziladigan moliyaviy xizmatning qisqacha tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik tartib imzolangan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovdan oʻtkazish boshlanadigan va tugatiladigan sana, shu jumladan sinovdan oʻtkazish muddati uzaytirilganda u tugatiladigan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovdan oʻtkazishning joriy holati (amalga oshirilmoqda, tugatilgan, bekor qilingan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovdan oʻtkazish natijalari (muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar Markaziy bank tomonidan tegishli qaror qabul qilinganidan soʻng uch ish kuni ichida “tartibga solish qumdon”lari roʻyxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy bankiga

Ariza

Sizdan _____________________________________________________________

(ariza beruvchining toʻliq nomi va yuridik manzili, STIR)

________________________________________________________________________________________ga

va ______________________________________________________________________________________ga

(birgalikda ariza beruvchining toʻliq nomi va yuridik manzili, STIR)

__________________________________________________________________________________________

(rejalashtirilgan moliyaviy xizmatning qisqacha tavsifi)

__________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________ sinovdan

oʻtkazishga ruxsat berishingizni soʻraymiz.

Ushbu ariza va hujjatlar bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumot olish uchun bogʻlaniladigan shaxs:

(FIO, lavozimi, telefon raqami, elektron pochta manzili)

Ariza beruvchining rahbari imzosi

Birgalikda ariza beruvchi mavjud boʻlganda uning rahbari imzosi

“___” _____________20__ y.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tartibga solish qumdoni”ni tashkil etish uchun maʼlumotnoma shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot

1. Tashkilotning toʻliq nomi

2. Tashkilotning yuridik manzili

3. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)

4. Tashkilotning veb-sayti

5. Taʼsischilar toʻgʻrisida maʼlumot

6. Ijro etuvchi organ tarkibi (rahbar, bosh buxgalter F.I.O.)

7. Moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish uchun masʼul departament/boʻlim

8. Moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish uchun masʼul departament/boʻlim rahbari F.I.O.

9. Moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish boʻyicha bogʻlaniladigan shaxsning F.I.O.

10. Moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish boʻyicha bogʻlaniladigan shaxsning telefon raqami

11. Moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish boʻyicha bogʻlaniladigan shaxsning elektron manzili

Birgalikda ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot

1. Tashkilotning toʻliq nomi

2. Tashkilotning yuridik manzili

3. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)

4. Tashkilotning veb-sayti

5. Taʼsischilar toʻgʻrisida maʼlumot

6. Ijro etuvchi organ tarkibi (rahbar, bosh buxgalter F.I.O.)

7. Moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish uchun masʼul departament/boʻlim

8. Moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish uchun masʼul departament/boʻlim rahbari F.I.O.

Sinovdan oʻtkazish taklif etilayotgan moliyaviy xizmat toʻgʻrisida maʼlumot

1. Moliyaviy xizmat tavsifi

moliyaviy xizmatning batafsil tavsifi

2. “Tartibga solish qumdoni”ni joriy etish zarurati, shu jumladan moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazishga asos boʻlgan mezon

“tartibga solish qumdoni”ni joriy etish zaruratiga koʻrsatma, shuningdek moliyaviy xizmatning sinovdan oʻtkazishga asos boʻlgan mezoni. Sinovdan oʻtkazishga ruxsat etiladigan moliyaviy xizmatlar mezonlari mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan.

3. Moliyaviy xizmatga mijozlar tomonidan boʻlgan talab va uni joriy etishdan kutilayotgan ijobiy ijtimoiy va iqtisodiy samaralar tavsifi

miqdoriy koʻrsatkichlarni (mavjud boʻlganda) koʻrsatgan holda, moliyaviy xizmatni koʻrsatishdan koʻriladigan ijobiy samaraning tavsifi

4. Ariza beruvchi va birgalikda ariza beruvchining (mavjud boʻlganda) sinovdan oʻtkazishni boshlashga texnik tayyorgarligi, moliyaviy xizmatni koʻrsatishda foydalanilishi moʻljallanayotgan texnologiya tavsifi

texnik tayyorgarlik va foydalaniladigan texnologiya tavsifi

5. Shunga oʻxshash moliyaviy xizmatlarni koʻrsatishning jahon tajribasi tavsifi yoki bunday tajriba mavjud emasligiga koʻrsatma

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida shunga oʻxshash moliyaviy xizmatlarni koʻrsatish tajribasi tavsifi yoki bunday tajriba mavjud emasligiga koʻrsatma

6. Moliyaviy xizmatni koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklar, shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklar tahlili

tavakkalchilik tavsifi;

7. Koʻrsatilgan tavakkalchiliklarni minimallashtirishga yoʻnaltirilgan choralar tavsifi

8. Mijozlarning moliyaviy operatsiyalari boʻyicha axborotlar va ularning shaxsiy maʼlumotlari maxfiyligini taʼminlash tavsifi

9. Moliyaviy xizmatni “tartibga solish qumdoni”ni tashkil etmasdan koʻrsatishga toʻsqinlik qiluvchi qonunchilik hujjatlari qoidalari va boshqa holatlar

Normativ-huquqiy hujjatlar nomi, moddalari, bandlari

10. Moliyaviy xizmatni “tartibga solish qumdoni”ni tashkil etmasdan koʻrsatishga toʻsqinlik qiluvchi boshqa holatlar

Mavjud boʻlganda koʻrsatiladi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy xizmatni sinovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha muvaffaqiyatliligini baholash uchun maqsadli indikatorlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy indikatorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jismoniy shaxs hisoblangan mijozlar soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi jismoniy shaxslar soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik shaxs hisoblangan mijozlar soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Faol mijozlar (oʻtgan oy davomida xizmatdan kamida bir marotaba foydalangan mijozlar) ulushi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Identifikatsiyadan oʻtgan mijozlar ulushi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mijozlarning qoniqqanlik darajasi (anketa/soʻrov natijalari boʻyicha qisman tanlovda qoniqqanlik indeksi asosida).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliyaviy xizmatning isteʼmol xususiyatlari yaxshilanishi natijasida uning shakllangan narxi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki nazorat xizmati tomonidan shubhali deb topilgan operatsiyalar ulushi (operatsiyalar soni boʻyicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ichki nazorat xizmati tomonidan shubhali deb topilgan operatsiyalar ulushi (operatsiyalar hajmi boʻyicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Toʻlovlar va pul oʻtkazmalari doirasidagi loyihalar uchun indikatorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Texnologiyadan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umumiy mijozlar bazasi kesimida va faol mijozlar orasida bir toʻlov instrumentidan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar oʻrtacha miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Umumiy mijozlar bazasi kesimida va faol mijozlar orasida bir toʻlov instrumentidan (bir oy ichida) foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar oʻrtacha soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mijozlarga taqdim etilgan toʻlov instrumentlari soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toʻlovchi uchun operatsiyaning oʻrtacha narxi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qabul qiluvchi uchun operatsiyaning oʻrtacha narxi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Operatsiyalar hajmining oʻrtacha oylik oʻsish surʼati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toʻlov amalga oshirish boʻyicha operatsiyalar hajmining naqd pul yechish boʻyicha operatsiyalar hajmiga nisbati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mijozlar tomonidan bahslashilgan operatsiyalar ulushi (operatsiyalar soni boʻyicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mijozlar tomonidan bahslashilgan operatsiyalar ulushi (operatsiyalar hajmi boʻyicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mijozlarga qoplab berilgan bahslashilgan operatsiyalar ulushi (operatsiyalar soni boʻyicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mijozlarga qoplab berilgan bahslashilgan operatsiyalar ulushi (operatsiyalar hajmi boʻyicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kreditlash sohasidagi loyihalar uchun indikatorlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Berilgan kreditlarning (qarzlarning) umumiy hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Berilgan kreditlarning (qarzlarning) umumiy soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Berilishi maʼqullangan kreditlarning (qarzlarning) oʻrtacha miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kredit (qarz) olish uchun maʼqullangan arizalar ulushi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toʻlovlar boʻyicha kechikishlarga yoʻl qoʻygan mijozlar ulushi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Berilgan kreditlar (qarzlar) boʻyicha qarzdorliklarning oʻrtacha miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Berilgan kreditlar (qarzlar) boʻyicha qarzdorliklarning umumiy hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kredit (qarz) berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishning oʻrtacha vaqti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan belgilangan boshqa indikatorlar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 10/22/3391/0892-son; 09.08.2025-y., 10/25/3658/0713-son)