O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy ta’minotini yaxshilash hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, Hukumatning ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublikamizda keksa yoshdagi avlod vakillarini hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugungi kunda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligi pastligi ushbu yo‘nalishdagi xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Ikkinchi jahon urushi faxriylari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimini soddalashtirish ularga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam turlarini shaffofligini va manzilliligini ta’minlash va samaradorligini oshirish maqsadida shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy ta’minotini yaxshilash hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 8-iyundagi PQ-274-son qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlarini hamda zarur kiyim-kechak va poyabzallarini;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarini bepul taqdim etish tartiblarini bekor qilish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 4-oktabr,
563-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 563-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 2-bandda:
“a” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. 2-ilovada:
a) 5-bandning oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 52-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Ijtimoiy muhofaza qilish choralariga doir tadbirlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining mas’ul xodimi bilan birgalikda belgilanadi va o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul ta’minlashni, zaruriyat bo‘lganda, nafaqalar va moddiy yordam olishda ko‘maklashishni o‘z ichiga oladi”.
4. 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 563-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga 1-ilovaning 55-bandi “g” kichik bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni)” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga 1-ilovaning 80-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 28-apreldagi 317-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori)” 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 46-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-son Farmoni)” 2020-yil 20-maydagi 307-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12-ilovaning 55-bandi “b” va “g” kichik bandlari hamda 74-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 366-bandi “b” kichik bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 5-avgustdagi 431-son qaroriga 3-ilovaning 20-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-maydagi 204-F-son farmoyishi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/563/0889-son)