29.09.2022 yildagi 549-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kosmik faoliyat sohasida litsenziyalash tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda dunyoning yetakchi va koʻplab rivojlanayotgan davlatlari tomonidan kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq etish, tijoriy kosmik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash hamda kosmik xizmatlar bozorini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur yoʻnalishlarda mamlakatimizda kosmik faoliyatning alohida turlarini litsenziyalash tizimini liberallashtirish hamda institutsional isloh qilishning yangi bosqichini boshlash uchun mustahkam huquqiy asos yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizomga quyidagilarni oʻz ichiga olgan kosmik texnologiyalarni qoʻllovchi tashkilotlarning faoliyatini litsenziyalash pasportini tasdiqlashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimcha ilovaga muvofiq kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlanmalar, kosmik texnikaning sinov, tajriba va tijorat namunalarini tayyorlash hamda sinovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi isteʼmolchilarga kosmik xizmatlarni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya olish boʻyicha ariza berish, toʻlanadigan yigʻim miqdori, arizani koʻrib chiqish muddati, litsenziya olishga oid talab va shartlarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bosh direktori v.b. Sh.M. Kadirov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
549-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 549-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “32” raqami “33” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 33-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
33-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kosmik texnologiyalarni qoʻllovchi tashkilotlarning faoliyatini litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Litsenziya nomi:

Kosmik texnologiyalarni qoʻllovchi tashkilotlarning faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlanmalar*, kosmik texnikaning sinov, tajriba va tijorat namunalarini tayyorlash hamda sinovdan oʻtkazish;

b) oxirgi isteʼmolchilarga kosmik xizmatlar koʻrsatish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi;

b) faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili;

v) kerakli litsenziya toifasini, uning kichik turini va yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirish, uzaytirish maqsadini tanlash;

g) litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

mavjud emas

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

20 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziat tomonidan kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi;

b) xizmatlar koʻrsatish shartlari, tariflar va axborot maʼlumotlarini rasmiy veb-saytlarida joylashtirish;

v) umumdavlat vazifalarini hal etish uchun kosmik sohani rivojlantirishning milliy dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

Oxirgi isteʼmolchilarga kosmik xizmatlar koʻrsatish litsenziyaning ushbu kichik turida oxirgi isteʼmolchilarga yoʻldoshli aloqa va yoʻldoshli navigatsiya xizmatlarini koʻrsatish nazarda tutilmaydi.

* texnologik ishlanmalar sunʼiy yoʻldosh apparatlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi.

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/549/0873-son)