29.09.2022 yildagi 548-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — DXX) shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiyot muassasalariga yetkazish, jinoyat sodir etgan shaxslarni taʼqib qilish va DXX organlariga olib borish, hodisa joyiga yetib olish uchun davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va fuqarolarning transport vositalaridan, bundan chet davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli transport vositalari hamda maxsus moʻljallangan transport vositalari mustasno, majburiy tartibda foydalanishi mumkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda DXX tomonidan qoplanishi belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXX organlari harbiy xizmatchilarining xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq hollarda davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy tartibda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash masalalari boʻyicha doimiy komissiyalarni tashkil etish, transport vositasidan majburiy tarzda foydalangan DXX harbiy xizmatchisi hamda transport vositasining egasi yoki uning vakili murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi egasiga yetkazilgan mulkiy zarar miqdori toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni toʻplash, mulkiy zarar miqdorini aniqlash hamda mulkiy zararni qoplash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkiy zarar miqdorini aniqlash hamda uning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirish manbalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXX organlari tomonidan mulkiy zarar miqdorini aniqlash hamda uning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq xarajatlar DXXga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXX organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan harbiy xizmatchining noqonuniy xatti-harakatlari tufayli majburiy tarzda foydalanganlik natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni DXXning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXX organlari xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalariga taʼqib qilinayotgan (jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan) shaxslar tomonidan qasddan zarar yetkazilgan holatda, mulkiy zararning oʻrni DXX tomonidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
548-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 548-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — DXX) organlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning (keyingi oʻrinlarda — mulkiy zarar) oʻrnini qoplash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. DXX organlari tomonidan mulkiy zarar miqdorini aniqlash hamda uning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq xarajatlar DXXga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXX organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan harbiy xizmatchining noqonuniy xatti-harakatlari tufayli majburiy tarzda foydalanganlik natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni DXXning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXX organlari xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalariga taʼqib qilinayotgan (jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan) shaxslar tomonidan qasddan zarar yetkazilgan hollarda, mulkiy zararning oʻrni DXX tomonidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. DXX organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. DXX organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. DXX organlari harbiy xizmatchilari oʻz xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq quyidagi hollarda davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiyot muassasalariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etgan shaxslarni taʼqib qilish va DXX organlariga olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hodisa joyiga yetib olish uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatlarda transport vositalarining haydovchilari DXX organlari harbiy xizmatchisining transport vositasidan majburiy tarzda foydalanish talabiga boʻysunishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. DXX organlari tomonidan transport vositasidan majburiy tarzda foydalanilganda, transport vositasining egasiga harbiy xizmatchi harbiy yoki xizmat guvohnomasini koʻrsatishi hamda oʻz ismi-familiyasini yoxud guvohnomasining raqamini maʼlum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasining egasi ushbu maʼlumot bilan sodir boʻlgan hodisa toʻgʻrisida tegishli hududdagi DXX organiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda transport vositasining egasiga murojaat qilingan DXX organi tomonidan transport vositasidan foydalanilganligini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan DXX harbiy xizmatchisini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Identifikatsiyalovchi hujjat namunasi va uni berish tartibi DXX tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasining egasi DXX organlari harbiy xizmatchisi tomonidan transport vositasidan foydalanish uchun harbiy xizmatchi shaxsiy yoki xizmat guvohnomasini koʻrsatmagan hamda oʻz ismi-familiyasini yoxud guvohnomasining raqamini maʼlum qilmagan taqdirda, harbiy xizmatchining talabini bajarmaslik huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagi tashkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalariga tegishli transport vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlarga tegishli boʻlgan transport vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus moʻljallangan transport vositalari (qonunchilikda belgilangan tartibda koʻk yoki koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchalari va maxsus tovushli ishoralari yoqilgan transport vositalari hamda ular tomonidan kuzatib kelinayotgan transport vositalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mulkiy zararning oʻrnini qoplash masalalari boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash masalalarini oʻrganish boʻyicha DXX organlari boshliqlari (komandirlari) tomonidan tasdiqlangan tegishli xizmat mutaxassislaridan iborat boʻlgan doimiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Transport vositasidan majburiy tarzda foydalangan DXX harbiy xizmatchisi holat boʻyicha barcha tasdiqlovchi hujjatlar (tibbiyot muassasalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa vakolatli davlat tashkilotlarining maʼlumotnomalari) ilova qilingan bildirgi bilan birgalikda uch kun muddatda tegishli DXX organi rahbariga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mulkiy zararning oʻrnini qoplash uchun transport vositasining egasi yoki uning qonuniy vakili tegishli DXX organi rahbariga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) transport vositasidan majburiy foydalanganlik natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida ariza. Ushbu arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, bank rekvizitlari (mavjud boʻlsa), yashash manzili va bogʻlanish uchun telefon raqami, elektron manzili (mavjud boʻlsa) toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi, rekvizitlari, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, bank rekvizitlari, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish haqida guvohnoma (texnik pasporti), transport vositasi ishonchnoma orqali boshqarilganda — ishonchnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) transport vositasidan foydalanilganligini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan DXX harbiy xizmatchisini identifikatsiyalovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yuridik yoki jismoniy shaxsning qonuniy vakili uchun (transport vositasi egasining vakili murojaat qilgan taqdirda) — vakil sifatida murojaat qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. DXX organi rahbari bildirgi (ariza) tushgan kundan boshlab bir kun ichida masalani oʻrganib chiqish uchun Komissiyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya kotibi mulkiy zararni qoplash boʻyicha tegishli hujjatlarni hamda transport vositalaridan xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda foydalanilganligi boʻyicha oʻrganish natijalarini Komissiya yigʻilishida koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya transport vositasining egasi yoki uning qonuniy vakillari murojaatlarini mazkur Nizomning 8 va 9-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun ichida, qoʻshimcha hujjatlarni olish (oʻrganish) talab etilganda esa yigirma kun ichida koʻrib chiqadi va natijasi boʻyicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha mulkiy zarar qoplanishi yoki qoplash rad etilishi toʻgʻrisida Komissiyaning qarori qabul qilinadi va Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiya qarori boʻyicha uch kun muddatda transport vositasining egasi yoki uning qonuniy vakiliga yozma maʼlumot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Transport vositasidan foydalanilganligini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan DXX harbiy xizmatchisini identifikatsiyalovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda, DXX organlari tomonidan zarar qoplanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya raisi va aʼzolari zararni qoplash boʻyicha taqdim etiladigan hujjatlarning haqqoniyligi, qabul qilingan qarorning qonuniyligi va toʻgʻri qabul qilinganligiga masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mulkiy zarar miqdorini aniqlash va qoplash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mulkiy zarar miqdori DXX organlari tomonidan baholash tashkilotini belgilangan tartibda jalb qilgan holda oʻn kun muddat ichida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. DXX organlari transport vositasi egasiga yetkazilgan mulkiy zarar miqdorini aniqlash uchun zarur maʼlumotlarni vakolatli davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlaridan talab qilib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiyaning mulkiy zararni qoplash toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq quyidagilar DXX organlari tomonidan qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanganlik natijasida meʼyor boʻyicha sarf qilingan yoqilgʻining haqiqiy xarajat qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXX organlari tomonidan foydalanilgan transport vositasiga yetkazilgan shikastni joriy taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXX organlari tomonidan foydalanilgan transport vositasi butunlay yaroqsiz holga kelgan va tiklash imkoni boʻlmagan hollarda, uning foydalanishdan avvalgi holatidagi bozor qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mulkiy zarar oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli qaror qabul qilingandan soʻng DXX organlari tomonidan oʻn kun muddatda keltirilgan mulkiy zarar qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mulkiy zarar miqdori DXX organlarining moliya boʻlinmalari tomonidan yuridik shaxslarga — hisobvaragʻiga pul oʻtkazish, jismoniy shaxslarga — naqd holda yoki hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mulkiy zararning oʻrnini DXX organlari tomonidan qoplash masalalari boʻyicha nizo va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Transport vositasining egasi Komissiyaning mulkiy zararni qoplash toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi DXX organiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbir nomi

Bajarish muddati

1-bosqich

Davlat xavfsizlik xizmati organlari harbiy xizmatchisi

Transport vositasidan majburiy tarzda foydalanganligi holati yuzasidan DXX organi rahbariga bildirgi bilan murojaat qilish.

Transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida yetkazilgan mulkiy zarar holatini oʻrganish uchun zarur hujjatlarni topshirish.

Uch kunda

2-bosqich

Transport vositasining egasi yoki uning vakili

Mulkiy zararning oʻrnini qoplash uchun tegishli Davlat xavfsizlik xizmati organi rahbariga ariza bilan murojaat qilish.

Murojaat qilishiga koʻra

3-bosqich

Davlat xavfsizlik xizmati organlari rahbari

Mulkiy zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisida bildirgi (ariza)ni oʻrganib chiqish uchun Komissiyaga taqdim etish.

Bir kunda

4-bosqich

Yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash boʻyicha doimiy komissiya kotibi

Mulkiy zararni qoplash boʻyicha tegishli hujjatlarni hamda transport vositalaridan xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda foydalanilganligi boʻyicha oʻrganish natijalarini Komissiya yigʻilishida koʻrib chiqish uchun tayyorlash.

Ikki kunda

5-bosqich

Yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash boʻyicha doimiy komissiya

1. Mulkiy zararni oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha qaror qabul qilish.

Oʻn kunda (qoʻshimcha hujjatlarni olish talab etilganda yigirma kunda)

2. Qarorni transport vositasining egasi yoki uning qonuniy vakiliga yetkazish.

Uch kunda

6-bosqich

Davlat xavfsizlik xizmati organlari

1. Mulkiy zarar miqdorini baholash tashkilotini jalb qilgan holda aniqlash.

Oʻn kunda

2. Yetkazilgan zararni manfaatdor shaxslarga qoplab berish.

Qaror qabul qilingandan soʻng oʻn kunda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/548/0869-son)