1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.06.00 Ayrim tashkilotlar auditining xususiyatlari]
[TSZ:
1.Moliya / Auditorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5210-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5210-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika hududlarida auditorlik faoliyati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashning ilgʻor usullarini joriy etish va auditorlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 10-bandiga muvofiq auditorlik tashkiloti faoliyati natijalarini tavakkalchilik tahlili asosida auditorlik tashkiloti ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish tartibini belgilash nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Audit” dasturiy majmuasi axborot tizimi va idoralararo axborot hamkorligi doirasida olingan maʼlumotlar asosida auditorlik tashkilotining tavakkalchilik tahlilini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchilik tahlili natijasi va tavakkalchilik darajasini baholash yakunlari boʻyicha auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazorati natijasida auditorlik tashkiloti faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklar va koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya vazirligi auditorlik tashkilotlariga mazkur qarorning maqsadi va mazmunini tushuntirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 28-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
538-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 538-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi) tomonidan auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — tashqi sifat nazorati) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashqi sifat nazorati oxirgi ikki moliyaviy hisobot davrida majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazgan auditorlik tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklari moliyaviy hisobotini majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazgan auditorlik tashkilotlarini tashqi sifat nazoratidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashqi sifat nazorati Moliya vazirligi tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmalari vakil(lar)ini jalb etgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Auditorlik tashkilotlari auditorlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan tashqi sifat nazoratidan ixtiyoriy asosda oʻtishi mumkin. Nazoratning mazkur turi ushbu Nizomga muvofiq Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi sifat nazoratini oʻtkazish deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Auditorlik xizmatlarini koʻrsatishda “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga rioya qilinishi lozim boʻlgan auditorlik tashkilotlari faoliyati tashqi sifat nazoratining obyekti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi sifat nazoratini oʻtkazishda auditorlik tashkilotining moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashuvga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonuniylik va tashqi sifat nazorati natijalarining oshkoraligi tashqi sifat nazoratining asosiy tamoyillari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Auditorlik tashkilotining tashqi sifat nazoratidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotlarni taqdim etmasligi uni Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarishga asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Auditorlik tashkilotining tashqi sifat nazorati mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Auditorlik tashkilotlarini tashqi sifat nazoratdan oʻtkazish muddati oʻn ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tavakkalchilik tahlili va tashqi sifat nazoratini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashqi sifat nazorati tavakkalchilik tahlili natijasi va auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishi sodir etilishi tavakkalchiligi darajasini (keyingi oʻrinlarda — tavakkalchilik darajasi) baholash yakunlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tavakkalchilik darajasi uch toifaga ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarliklar sodir etilishi tavakkalchiligi yuqori boʻlgan auditorlik tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarliklar sodir etilishi tavakkalchiligi oʻrtacha boʻlgan auditorlik tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarliklar sodir etilishi tavakkalchiligi past boʻlgan auditorlik tashkilotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Eng koʻp sodir etiladigan qoidabuzarliklar roʻyxati Moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi va moliya vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Davriy yangilangan roʻyxat har yili 1-yanvarga qadar Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tavakkalchilik darajasi quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha tahlil qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan oldingi tashqi sifat nazorati natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan oʻtkazilgan tashqi sifat nazorati natijalari (mavjud boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotlarining xalqaro auditorlik tashkilotlariga yoki assotsiatsiyalariga aʼzoligi (mavjud boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotini tashkil etish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish boʻyicha majburiy talablarga rioya etish, shuningdek, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan majburiyatlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablarini buzadigan harakatlari (harakatsizligi) ustidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotining muassislari (ishtirokchilari) tarkibida ilgari auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun faoliyati tugatilgan auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) boʻlgan jismoniy shaxslarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tavakkalchilik tahlili oʻtkazilganda quyidagi maʼlumot manbalaridan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Audit” dasturiy majmuining axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Audit” dasturiy majmuasi) orqali tushgan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlarning respublika jamoat birlashmalarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar, shuningdek, auditorlik tashkilotining hamda auditorlarning ishchanlik obroʻsi toʻgʻrisidagi axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo axborot hamkorligi doirasida boshqa davlat organlari (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi)dan tushgan (olingan) maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligiga tushgan murojaatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish uchun ochiq boʻlgan boshqa axborotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tavakkalchilik darajasini tahlil qilish Moliya vazirligi tomonidan har yili 1-fevralga qadar amalga oshiriladi, bundan auditorlik tashkiloti yoki auditorning harakatlari (harakatsizligi) ustidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari tushgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Moliya vazirligi tavakkalchilik tahlili natijalari boʻyicha aniqlangan tavakkalchilik darajasi toʻgʻrisida “Audit” dasturiy majmuasi orqali hisobot yilidan keyingi yilning 10-fevraliga qadar auditorlik tashkilotini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Auditorlik tashkiloti uch ish kuni mobaynida aniqlangan qoidabuzarliklarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi asoslantiruvchi maʼlumot va hujjatlarni “Audit” dasturiy majmuasi orqali taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Belgilangan muddatda auditorlik tashkiloti tomonidan qoidabuzarlik holatlari bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tegishli hujjatlar taqdim etilmasa, tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan auditorlik tashkilotlariga Moliya vazirligi tomonidan auditorlik tashkilotini tashqi sifat nazoratidan oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) bilan kelishish boʻyicha buyurtmanoma tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavakkalchilik darajasi oʻrtacha boʻlganda Moliya vazirligi auditorlik tashkiloti tomonidan qoidabuzarlik holatlarini bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda bartaraf etish boʻyicha auditorlik tashkilotlariga ogohlantirish xati yuboradi. Qoidabuzarlik holatlari belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, u auditorlik tashkiloti tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan auditorlik tashkiloti deb hisoblanadi va tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan auditorlik tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladigan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavakkalchilik darajasi oʻrtacha va past boʻlganda Moliya vazirligi tomonidan vakolatli organga tashqi sifat nazoratini oʻtkazish boʻyicha buyurtmanoma qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tashqi sifat nazoratini oʻtkazish boʻyicha kelishuv buyurtmanomasi vakolatli organga quyidagilar ilova qilingan holda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchilik tahlili natijalari toʻgʻrisida axborot yoki auditorlik tashkiloti yoxud auditorning harakatlari (harakatsizligi) ustidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaati nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazoratini oʻtkazish dasturi (savolnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashqi sifat nazoratini oʻtkazish vakolatli organ bilan kelishilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazoratini oʻtkazish uchun asos boʻladigan hujjatning nomi, raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotining nomlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazoratini oʻtkazish muddati va davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazoratini oʻtkazishda ishtirok etadigan shaxslar tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazoratini oʻtkazish dasturi (savolnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Moliya vazirligi “Audit” dasturiy majmuasi orqali tashqi sifat nazoratini oʻtkazishning muddati va predmeti koʻrsatilgan holda tashqi sifat nazoratining boshlanish sanasidan kamida oʻn kun oldin auditorlik tashkilotini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Moliya vazirligi zarurat boʻlganda, maxsus bilim va koʻnikmalarga ega auditorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ekspertlarni tashqi sifat nazoratida qatnashishga jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tashqi sifat nazorati boshlanishidan oldin Moliya vazirligining tashqi sifat nazoratini oʻtkazuvchi masʼul vakili quyidagilarni amalga oshirishga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkiloti rahbariga oʻz xizmat guvohnomasi va tashqi sifat nazoratini oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkiloti rahbarini tashqi sifat nazoratini oʻtkazishning maqsadi va dasturi bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi”ni toʻldirish, kitob yoki uning elektron shaklini toʻldirish imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda, bu haqida tashqi sifat nazorati dalolatnomasida qayd etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazoratini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqning bir nusxasini auditorlik tashkiloti rahbariga tilxat asosida taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazoratini oʻtkazish vakolati va dasturiga (savolnomaga) rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tashqi sifat nazoratini oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi auditorlik tashkilotiga tilxat asosida taqdim etilgan kun tashqi sifat nazoratini oʻtkazish boshlangan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkilotining ushbu hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortishi tashqi sifat nazoratini oʻtkazishni toʻxtatishga asos hisoblanmaydi. Bunday holatda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va unda keltirilgan sana tashqi sifat nazorati boshlangan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tashqi sifat nazorati natijalarini rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tashqi sifat nazorati natijalari boʻyicha dalolatnoma tuziladi va unda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnoma tuzilgan sana, vaqti, joyi va roʻyxatga olish raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazoratini oʻtkazgan vakolatli organlarning masʼul shaxslari familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazorati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi raqami va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotining nomi va joylashgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazoratini oʻtkazishda ishtirok etish uchun jalb qilingan mutaxassislarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazoratini oʻtkazish boshlangan sana va uni tugatish sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazorati natijalari boʻyicha xulosa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tashqi sifat nazorati natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan sana koʻrsatilgan holda tashqi sifat nazoratida ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi va kamida ikki nusxada tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Auditorlik tashkilotiga tashqi sifat nazorati natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma taqdim etilgan sanada tashqi sifat nazoratini oʻtkazish yakunlangan hisoblanadi. Auditorlik tashkiloti tashqi sifat nazorati natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani olishdan bosh tortsa, bu haqida Moliya vazirligi tomonidan tashqi sifat nazorati natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Bunday holatda tashqi sifat nazorati natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasi auditorlik tashkilotiga buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tashqi sifat nazorati natijalariga koʻra aniqlangan qoidabuzarliklar boʻyicha Moliya vazirligi ularni bartaraf etish majburiyatini auditorlik tashkilotiga yuklaydigan va bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydigan bildirishnoma yuboradi. Bildirishnomada qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddati bir oydan koʻp boʻlmasligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Auditorlik tashkiloti bildirishnoma boʻyicha zarur hujjat va maʼlumotlarni taqdim etmagan taqdirda, Moliya vazirligi “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga muvofiq auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlari reyestridan chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Moliya vazirligi auditorlik tashkilotining quyidagi qoidabuzarliklari aniqlanganda sudga murojaat qilishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatidan tashqari boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanish yoki faoliyat turining oʻzgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan auditorlik tekshiruvini oʻtkazish chogʻida cheklovlarning buzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzganlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tashqi sifat nazorati natijalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan koʻrilgan choralar koʻrsatilgan holda Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazorati tugatilganidan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tashqi sifat nazorati natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma kamida besh yil saqlanadi. Tashqi sifat nazorati natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma manfaatdor shaxslarga faqat taqdim etish toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan sud qarori asosida taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tashqi sifat nazorati oʻtkaziladigan shaxslarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Auditorlik tashkiloti rahbari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazoratini oʻtkazish jarayonida bevosita qatnashish va tashqi sifat nazoratiga tegishli masalalar boʻyicha tushuntirish berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligining tashqi sifat nazorati bilan bogʻliq masalalarga aloqasi boʻlmagan talablarini bajarmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazorati natijalari bilan tanishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Auditorlik tashkiloti rahbari quyidagi majburiyatlarni zimmasiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazoratini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjat va axborotlarni, shu jumladan, elektron axborot tizimlarida saqlanadigan hujjat va axborotlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sifat nazorati natijasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tashqi sifat nazoratini amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Auditorlik tashkiloti davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Auditorlik tashkiloti
Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Moliya vazirligiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etadi.
Har yili 20-yanvarga qadar
2-bosqich
Moliya vazirligi
Taqdim etilgan maʼlumotlar asosida “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining talablari boʻyicha eng koʻp sodir etiladigan qoidabuzarliklarning namunaviy roʻyxatidan kelib chiqib, auditorlik tashkiloti tomonidan qoidabuzarliklar sodir etilishi tavakkalchiligi darajasini aniqlaydi.
Har yili 1-fevralga qadar
3-bosqich
Moliya vazirligi
Aniqlangan tavakkalchilik darajasi va qoidabuzarliklar toʻgʻrisida “Audit” dasturiy majmuasi orqali auditorlik tashkilotini xabardor qiladi.
Har yili 10-fevralga qadar
4-bosqich
Auditorlik tashkiloti
Aniqlangan qoidabuzarliklarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumot va hujjatlarni “Audit” dasturiy majmuasi orqali Moliya vazirligiga taqdim etadi.
3 ish kuni ichida
5-bosqich
Moliya vazirligi
Tavakkalchilik darajasi past va oʻrtacha boʻlgan, shuningdek, belgilangan muddatda qoidabuzarliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida Moliya vazirligiga hujjatlarni taqdim etgan tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan auditorlik tashkilotlarida tashqi sifat nazoratini oʻtkazmaydi.
Tavakkalchilik darajasi oʻrtacha boʻlganda auditorlik tashkiloti tomonidan qoidabuzarlik holatlarini bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda bartaraf etish boʻyicha auditorlik tashkilotlariga ogohlantirish xati yuboriladi.
Tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan auditorlik tashkilotlari tomonidan qoidabuzarliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida huj�atlar taqdim etilmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga tashqi sifat nazoratini oʻtkazish toʻgʻrisida buyurtmanoma yuboradi.
Tavakkalchilik tahlili natijalariga koʻra
6-bosqich
Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishgan holda tashqi sifat nazoratini oʻtkazish haqida buyruq chiqaradi.
7 ish kuni ichida
7-bosqich
Moliya vazirligi
“Audit” dasturiy majmuasi orqali tashqi sifat nazoratini oʻtkazish boʻyicha auditorlik tashkilotini xabardor qiladi.
Tashqi sifat nazoratining boshlanish sanasidan kamida 10 kun oldin
8-bosqich
Auditorlik tashkiloti
Tashqi sifat nazoratini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjat va axborotlarni, shu jumladan, elektron axborot tizimlarida saqlanadigan hujjat va axborotlarni taqdim etadi.
Tashqi sifat nazorati boshlangan kunda
9-bosqich
Moliya vazirligi
Tashqi sifat nazoratini oʻtkazadi va uning natijalari boʻyicha dalolatnomani rasmiylashtiradi.
10 kundan oshmagan muddatda
10-bosqich
Moliya vazirligi
Aniqlangan qoidabuzarliklar va koʻrilgan choralar toʻgʻrisida rasmiy veb-saytda eʼlon qiladi.
Tashqi sifat nazorati natijalarini ular tugatilganidan keyin Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritadi.
3 ish kuni ichida
11-bosqich
Moliya vazirligi
Quyidagi taʼsirchan choralardan birini koʻradi:
sudga murojaat qilish;
auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlari reyestridan chiqarish.
Qoidabuzarliklar aniqlanganda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 538-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalardagi ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 6-banddagi “auditorning malaka” soʻzlari “auditor” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi 241-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“241. Korxonaning kuzatuv kengashi ichki audit xizmati xodimlarini tanlov asosida tayinlaydi, shuningdek, auditorlik yoki nazorat qiluvchi organlar tekshiruvida ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati bilan bogʻliq kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularning vakolatini muddatidan oldin tugatadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 38-son qarori bilan tasdiqlangan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha oʻqitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 16-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat organi xodimi, oliy taʼlim tashkiloti pedagog kadri yoki talabasi ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi yoxud maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi (ushbu hujjat faqat oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari uchun taqdim etiladi)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш