Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.08.1997 yildagi 410-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIShLOQ XO‘JALIGI IShLAB ChIQARIShINING TEXNIK JIHATDAN TA’MINLANGANLIGI DARAJASINI OShIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-1998-yillarda qishloq xo‘jaligini yuqori unumli mashina-traktor, yerga ishlov beruvchi va o‘rim-yig‘im texnikasi bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat komissiyasi tomonidan mavjud parkning qishloq xo‘jaligi texnikasi ahvoli kompleks tadqiq etilganligi, respublika agrar sektorini tubdan texnika qayta jihozlashni ta’minlovchi mashinalar bilan har yili to‘ldirib borish normativlari belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “O‘zqishloqxo‘jalik-ta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi tomonidan AQSh Eksimbanki va “O‘zkeysagrolizing” qo‘shma korxonasi bilan birgalikda kredit va moliyaviy lizing shartlarida import qilinadigan texnikaning ayrim turlarini yetkazib berish masalalari ishlab chiqilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi va “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi tomonidan bir qancha yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda yangi qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish, tuzilayotgan qo‘shma korxonalar doirasida xizmat ko‘rsatuvchi servis markazlarini tashkil etish nihoyasiga yetkazilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import bo‘yicha xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mashinalari uchun ulardan foydalanishdagi ishonchlilikni oshirish va respublikada mukammal tuzatish-tiklash ishlarini olib borish uchun baza yaratish maqsadida ehtiyot qismlar va ishchi organlari ishlab chiqarishni sanoat asosida o‘zlashtirish to‘g‘risidagi taklifi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolding tarkibiga kiruvchi korxonalar va xorijiy firmalar bilan qo‘shma korxonalarning qishloq xo‘jaligi mashinalarining asosiy turlarini ishlab chiqarish dasturi to‘g‘risidagi taklifi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mashinalari va agregatlari ishlab chiqaruvchi yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha investitsiyaga oid hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi taklifi 3-ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 1997/98 yillarda respublika sharoitlarida sinab ko‘rilgan qishloq xo‘jaligi texnikasini 4-ilovaga* muvofiq xarid qilishga oid taklifiga rozilik berilsin, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sholi o‘rish kombaynlarini yetkazib berish “O‘zkeysagrolizing” qo‘shma korxonasi tomonidan ta’minlanadigan lizing operatsiyasi shartlarida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydov traktorlari, shuningdek, g‘alla o‘rish kombaynlari yetkazib berish bo‘yicha kontraktlar qiymatining 85 foizi AQSh Eksimbankining sug‘urta qoplamasi ostida xorijiy banklarning to‘lov muddati 5 yil bo‘lgan kreditlari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans to‘lovi hamda haydov traktorlari va g‘alla o‘rish kombaynlari xarid qilish uchun mablag‘ bilan ta’minlashni tashkil etish xarajatlari “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy banklar kreditlarini va ular bo‘yicha foizlarni to‘lash “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi daromadlari hamda respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 24-son, 241-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 24-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha AQSh Eksimbankiga va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bo‘yicha yuridik xulosani belgilangan tartibda bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki belgilangan tartibda kredit bitimini tuzsin va AQSh Eksimbanki sug‘urta qoplamasi ostidagi xorijiy bank mablag‘lari “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasiga qayta moliyalashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi respublikaga import bo‘yicha keltiriladigan traktorlar va kombaynlar uchun boj poshlinalari hamda yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar 1998-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi mashinalarining yangi turlarini xarid qilishni qat’iy ravishda tanlov asosida amalga oshirsinlar. Tushadigan takliflarni tanlov asosida tanlab olish maqsadida maxsus qo‘shma ishchi komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Belgilansinki, mazkur qarorga muvofiq qishloq xo‘jaligiga yetkazib beriladigan barcha texnika mashina-traktor parklari balansiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu texnikalarni ajratish ko‘rsatib o‘tilgan parklarning texnik bazasi, servis holati va umuman ta’minlanganligi bilan bog‘liq ravishda amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari xo‘jaliklar tomonidan ishlab turgan qishloq xo‘jaligi parkidan maqsadli va samarali foydalanilishi, qishloq xo‘jaligi mashinalarining asoslangan holda hisobdan chiqarilishi va yangilanishining nazorat qilinishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasining Toshkent qishloq xo‘jaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzurida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish va unga servis xizmati ko‘rsatish uchun muhandis-texnik xodimlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda chet ellardan sotib olinadigan va chet el texnologiyasidan foydalangan holda qo‘shma korxonalarda tayyorlanadigan traktorlar va murakkab mashinalarda ishlash uchun mexanizatorlar tayyorlovchi hamda ularning malakasini oshiruvchi doimiy ishlaydigan kurslar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
410-son