Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Dangʻara, Qoʻshtepa, Toshloq, Fargʻona tumanlari va Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shaharlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 25-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 16-avgustdagi “Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Dangʻara, Qoʻshtepa, Toshloq, Fargʻona tumanlari va Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shaharlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 2426-IV-sonli Qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib:
Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Dangʻara, Qoʻshtepa, Toshloq, Fargʻona tumanlari va Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shaharlari chegaralari oʻzgartirilsin;
Uchkoʻprik tumanidan 424,66 gektar (shundan 179,06 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Qoʻqon shahri tarkibiga;
Oʻzbekiston tumanidan 1 456,0 gektar (shundan 532,9 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Qoʻqon shahri tarkibiga;
Dangʻara tumanidan 814,9 gektar (shundan 327,5 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Qoʻqon shahri tarkibiga;
Qoʻshtepa tumanidan 133,59 gektar (shundan 17,07 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Margʻilon shahri tarkibiga;
Toshloq tumanidan 34,4 gektar yer maydoni Margʻilon shahri tarkibiga;
Fargʻona tumanidan 951,5 gektar (shundan 542,71 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Margʻilon shahri tarkibiga;
Fargʻona tumanidan 811,66 gektar (shundan 73,91 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Fargʻona shahri tarkibiga oʻtkazilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Fargʻona viloyatining Qoʻqon, Margʻilon va Fargʻona shaharlari tarkibiga oʻtkazilayotgan yerlar ularning amaldagi yer fondi toifalari oʻzgartirilmagan holda oʻtkaziladi;
mazkur yerlarni bir toifadan boshqasiga oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
bunda yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari ular qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzgartirilishiga yoki bekor qilinishiga qadar saqlab qolinadi;
Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan Fargʻona viloyatining Dangʻara tumani 15-Katta Ganjirovon saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Dangʻara tuman Kengashining deputati xalq deputatlari Qoʻqon shahar Kengashining deputati hisoblanadi;
Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumani 29-Togʻay saylov okrugidan hamda 30-Mingtut saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Oʻzbekiston tuman Kengashining deputatlari xalq deputatlari Qoʻqon shahar Kengashining deputatlari hisoblanadi;
Fargʻona viloyatining Fargʻona shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan Fargʻona viloyatining Fargʻona tumani 16-Chekshoʻra saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Fargʻona tuman Kengashining deputati xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashining deputati hisoblanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Dangʻara, Qoʻshtepa, Toshloq, Fargʻona tumanlari va Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shaharlarining oʻzgartirilayotgan hududlari chegaralarining tavsifi va grafik chizmalari tegishincha 1 — 14-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Qarorning ijrosi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 13-sentabr,
SQ-624-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 13-sentabrdagi SQ-624-IV-sonli Qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidan Qoʻqon shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalarining tavsifi
1-uchastka
A dan B gacha 1 — 2-nuqtalar oraligʻi Dangʻara tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidan Qoʻqon shahriga oʻtkazilayotgan yer uchastkasida, Qoʻqon shahar, Dangʻara hamda Uchkoʻprik tumanlari bilan chegaradosh boʻlgan joy (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°33ʼ45.36,59”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°57ʼ53.75,24”).
1-nuqtadan chegara chizigʻi nomsiz ariqning suv oqimi boʻylab ariqning chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda, avval shimoli-sharqiy yoʻnalishda 115 metr, soʻngra shimoliy yoʻnalishda 280 metr masofada oʻtadi va ariq chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°34ʼ03.81,42”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°57ʼ52.59,37”).
B dan V gacha 2 — 9-nuqtalar oraligʻi Uchkoʻprik tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
2-nuqtadan chegara chizigʻi ariqning suv oqimi boʻylab ariqning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda sharqiy-shimoli-sharqiy yoʻnalishda 350 metr masofada oʻtadi va ariq chetida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°34ʼ09.73,26”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58ʼ03.06,77”).
3-nuqtadan chegara chizigʻi ariqning suv oqimiga qarshi yoʻnalishda ariqning chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda, avval janubiy-janubi-sharqiy yoʻnalishda dala tuproq yoʻlini va ariqni kesib oʻtadi, soʻngra 1015 metr masofadan soʻng chegara chizigʻi sharqiy yoʻnalishda mahalliy yoʻlni kesib oʻtadi va ariq boʻylab 340 metr masofada oʻtib, “Jiyda” mahallasidagi nomsiz zovur chetida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°33ʼ52.92,87”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58ʼ29.17,05”).
4-nuqtadan chegara chizigʻi nomsiz zovurning suv oqimiga qarshi yoʻnalishda zovurning chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda janubiy-janubi-sharqiy yoʻnalishda Qoʻqon — Buvayda yoʻlini kesib oʻtadi va 900 metr masofadan keyin zovur chetida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°33ʼ26.36,51”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58ʼ44.82,00”).
5-nuqtadan chegara chizigʻi nomsiz zovurning suv oqimiga qarshi yoʻnalishda zovurning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda gʻarbiy-janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 315 metr masofada oʻtadi va dala tuproq yoʻl chetida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°33ʼ20.59,88”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58ʼ33.13,63”).
6-nuqtadan chegara chizigʻi dala tuproq yoʻlini Uchkoʻprik tumanida qoldirib, yoʻlning gʻarb tomonidan janubiy-janubi-sharqiy yoʻnalishda 580 metr masofada oʻtadi va ariq chetida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°33ʼ04.41,43”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58ʼ42.84,06”).
7-nuqtadan chegara chizigʻi ariqning suv oqimiga qarshi yoʻnalishda ariqning oʻng tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda sharqiy-shimoli-sharqiy yoʻnalishda 410 metrda oʻtadi va ariq chetida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°33ʼ07.32,05”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58ʼ59.12,32”).
8-nuqtadan chegara chizigʻi ariqning suv oqimiga qarshi yoʻnalishda ariqning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda janubiy yoʻnalishda 290 metr masofada oʻtadi va qishloq ichki yoʻlini kesib oʻtadi, soʻngra “Sovurjon” arigʻi bilan tutashadi, keyin ariqning suv oqimiga qarshi tomoniga oʻtib, ariqning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda janubiy yoʻnalishda 650 metr masofada oʻtadi va qishloq ichki yoʻlining chetida joylashgan 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°32ʼ43.51,89”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59ʼ01.01,58”).
V dan A gacha 9 — 1-nuqtalar oraligʻi mavjud Qoʻqon shahar hududi yerlari.
2-uchastka
“Jiyda” mahallasidagi mahalliy yoʻl bilan “Sovurjon” arigʻining oʻng tomoni tutashgan joy (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°32ʼ37.73,69”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59ʼ02.05,87”).
A dan B gacha 1 — 2-nuqtalar oraligʻi Uchkoʻprik tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlini Uchkoʻprik tumanida qoldirgan holda sharqiy-shimoli-sharqiy yoʻnalishda 166 metrda oʻtadi va A. Navoiy nomli koʻchaning (Yangiqoʻrgʻon — Qoʻqon avtomobil yoʻli) chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°32ʼ32.96,74”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59ʼ04.97,48”).
B dan A gacha 2 — 1-nuqtalar oraligʻi mavjud Qoʻqon shahar hududi yerlari.
3-uchastka
Qoʻqon shahar bilan Uchkoʻprik tumani tutashgan joydagi Fargʻona — Qoʻqon avtomobil yoʻlining sharq tomonidagi belgilangan joy (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°32ʼ20.50,02”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59ʼ23.65,90”).
A dan B gacha 1 — 5-nuqtalar oraligʻi Uchkoʻprik tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi Fargʻona — Qoʻqon avtomobil yoʻlining sharq tomoni boʻylab janubi-sharqiy yoʻnalishda 1570 metr masofada oʻtadi va avtomobil yoʻli chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31ʼ41.54,61”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°00ʼ05.79,76”).
2-nuqtadan chegara chizigʻi Qoʻqon — Fargʻona avtomobil yoʻlini kesib oʻtib ariq bilan tutashadi, keyin ariqning suv oqimiga qarshi yoʻnalishda ariqning oʻng tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda gʻarbiy-janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 465 metr masofada Bekboʻta arigʻini kesib oʻtadi va ariq chetida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31ʼ36.04,15”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59ʼ48.18,51”).
3-nuqtadan chegara chizigʻi Bekboʻta arigʻining suv oqimiga qarshi yoʻnalishda ariqning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda avval janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 700 metr masofada qishloq ichki yoʻli hamda ariqni kesib oʻtadi, soʻngra ariqning suv oqimiga qarshi yoʻnalishda ariqning chap tomonidan shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 70 metr masofada oʻtadi va ariqning chetida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31ʼ13.67,60”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59ʼ42.34,06”).
4-nuqtadan chegara chizigʻi nomsiz ariqning suv oqimiga qarshi yoʻnalishda ariqning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda gʻarbiy-janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 560 metrda oʻtib, Oʻzbekiston tumanidan Qoʻqon shahriga qoʻshiladigan Sohibkor (Sovurjon) kanalini kesib oʻtadi va kanal chetida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31ʼ06.66,69”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59ʼ21.05,19”).
B dan V gacha 5 — 8-nuqtalar oraligʻi Oʻzbekiston tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
5-nuqtadan chegara chizigʻi Sohibkor kanalining suv oqimi boʻylab kanalning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda gʻarbiy-shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 405 metr masofada oʻtadi va mahalliy yoʻl chetida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31ʼ18.25,63”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59ʼ14.26,10”).
6-nuqtadan chegara chizigʻi mahalliy yoʻlning janub tomonidan gʻarbiy yoʻnalishda 70 metr, soʻngra gʻarb tomonidan shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 155 metr masofada oʻtib ariq chetida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31ʼ21.71,43”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59ʼ08.55,71”).
7-nuqtadan chegara chizigʻi ariqning suv oqimi boʻylab ariqning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda gʻarbiy-janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 200 metr masofada mahalliy yoʻlni kesib oʻtadi, soʻngra yoʻlning gʻarb tomoni boʻylab gʻarbiy-shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 710 metr masofadan keyin avtomobil yoʻlini kesib oʻtadi va yoʻl chetida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31ʼ35.10,94”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58ʼ39.88,86”).
V dan A gacha 8 — 1-nuqtalar oraligʻi mavjud Qoʻqon shahri hududi yerlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 13-sentabrdagi SQ-624-IV-sonli Qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidan Qoʻqon shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan hudud chegarasining
ChIZMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 13-sentabrdagi SQ-624-IV-sonli Qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidan Qoʻqon shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalarining tavsifi
1-uchastka
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidan Qoʻqon shahriga oʻtkazilayotgan yer uchastkasida, Qoʻqon shahar, Oʻzbekiston va Uchkoʻprik tumanlari tutashgan Navbahor koʻchasining mahalliy yoʻl bilan kesishgan joyi (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°31ʼ35.10,94”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58ʼ39.88,86”).
A dan B gacha 1 — 3-nuqtalar oraligʻi Uchkoʻprik tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi Navbahor koʻchasining janub tomonidan koʻchani Qoʻqon shahrida qoldirgan holda sharqiy-janubi-sharqiy yoʻnalishda 905 metr masofada oʻtadi, soʻngra shimoli-sharqiy yoʻnalishda 225 metr masofani oʻtib Sohibkor (Sovurjon) kanali chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31ʼ18.25,63”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59ʼ14.26,10”).
2-nuqtadan chegara chizigʻi Sohibkor kanalining suv oqimiga qarshi yoʻnalishda kanalning chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda janubiy-janubi-sharqiy yoʻnalishda 1600 metr oʻtadi, soʻngra Katta Fargʻona kanalini kesib oʻtib, janubiy-janubi-sharqiy yoʻnalishda 1600 metr masofada Toshkent — Andijon temir yoʻlini kesib oʻtadi, soʻng janubiy-janubi-sharqiy yoʻnalishda 4640 metr masofani oʻtib avtomobil yoʻli chetida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°27ʼ27.25,77”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°00ʼ02.77,53”).
B dan V gacha 3 — 11-nuqtalar oraligʻi Oʻzbekiston tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
3-nuqtadan chegara chizigʻi avtomobil yoʻlining shimol tomonidan janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 725 metr masofada oʻtadi va soʻngra telefon aloqasi hamda markaziy gaz quvuri muhofaza chizigʻi chetida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari N40°27ʼ32.43,00”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59ʼ31.41,28”).
4-nuqtadan chegara chizigʻi telefon aloqasi hamda markaziy gaz quvuri muhofaza chizigʻi boʻylab shimoliy yoʻnalishda 1660 metr masofani oʻtib mahalliy yoʻl chetida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°28ʼ27.91,40”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59ʼ05.41,72”).
5-nuqtadan chegara chizigʻi mahalliy yoʻlning shimol tomonidan shimoli-sharqiy yoʻnalishda 100 metrdan keyin dala tuproq yoʻli bilan kesishib, shimoliy yoʻnalishda dala tuproq yoʻlining gʻarb tomonidan toʻlqinsimon koʻrinishda 960 metr masofani oʻtib avtomobil yoʻli chetida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°28ʼ47.42,22”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°59ʼ04.08,47”).
6-nuqtadan chegara chizigʻi avtomobil yoʻlning janub tomonidan shimoli-sharqiy yoʻnalishda 100 metr masofada oʻtib mahalliy yoʻl bilan tutashadi va mahalliy yoʻlni Qoʻqon shahar hududida qoldirgan holda gʻarbiy-shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 380 metr masofani oʻtib mahalliy yoʻl chetida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°28ʼ51.99,05”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58ʼ50.08,35”).
7-nuqtadan chegara chizigʻi mahalliy yoʻlni Qoʻqon shahar hududida qoldirgan holda shimoliy-shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 500 metr oʻtadi, soʻngra gʻarbiy yoʻnalishda 30 metr oʻtib dala tuproq yoʻli bilan tutashadi va dala tuproq yoʻlining sharq tomonidan shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 450 metr oʻtadi va avtomobil yoʻl bilan tutashadi, soʻngra shimoliy yoʻnalishda 20 metr masofa oʻtib Oxunqaynar kanali chetida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°29ʼ20.60,30”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58ʼ38.93,09”).
8-nuqtadan chegara chizigʻi Oxunqaynar kanalini Oʻzbekiston tumanida qoldirgan holda gʻarbi-shimoliy yoʻnalishda 1370 metr masofada oʻtib Katta Fargʻona kanali chetida joylashgan 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°29ʼ50.42,47”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°58ʼ09.80,06”).
9-nuqtadan chegara chizigʻi Katta Fargʻona kanalini Qoʻqon shahar hududida qoldirib, kanalning janub tomonidan gʻarbiy-janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 3700 metr masofadan soʻng, kanalni shimoliy yoʻnalishda 100 metrda kesib oʻtadi va ariq chetida joylashgan 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°29ʼ48.96,25”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°55ʼ42.94,15”).
10-nuqtadan chegara chizigʻi ariqning suv oqimi boʻylab uning chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda umumiy shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 120 metr shimoliy, 110 metr gʻarbiy, 30 metr shimoliy, 40 metr gʻarbiy, 50 metr shimoliy, 120 metr gʻarbiy yoʻnalishda mahalliy yoʻlni kesib oʻtadi va ariq bilan tutashadi, soʻngra 200 metr shimolga va 100 metr gʻarbga oʻtadi, jami 770 metr masofadan soʻng chegara chizigʻi Paxtaqaynar massivi bilan chegaradosh Yaypan — Qoʻqon mahalliy avtomobil yoʻlini kesib oʻtib, yoʻnalishini shimoliy-shimoli-sharqiy yoʻnalishda davom ettiradi hamda Qoʻqon — Beshariq (Naymancha) avtomobil va aylanma harakat yoʻli chetida joylashgan 11-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°30ʼ06.34,32”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°55ʼ23.17,75”).
V dan A gacha 11 — 1-nuqtalar oraligʻi mavjud Qoʻqon shahar hududi yerlari.
2-uchastka
Qoʻqon shahar va Oʻzbekiston tumaniga chegaradosh boʻlgan Beshariq — Qoʻqon avtoyoʻli bilan Nomsiz kollektor tutashgan joy (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°30ʼ49.35,76”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°53ʼ48.58,78”).
A dan B gacha 1 — 2-nuqtalar oraligʻi Oʻzbekiston tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi Beshariq — Qoʻqon avtomobil yoʻlini Oʻzbekiston tumanida qoldirib, yoʻlning shimol tomonidan janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 740 metr masofada oʻtadi va “Naymansoy”ning chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°30ʼ35.26,26”, sharqiy uzunlik 70°53ʼ23.28,92”).
B dan V gacha 2-3 nuqtalar oraligʻi Furqat tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
2-nuqtadan chegara chizigʻi “Naymansoy”ning qirgʻogʻi boʻylab soy boʻyidagi dala yoʻlini Qoʻqon shahar hududida qoldirgan holda shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda toʻlqinsimon shaklda Toshkent — Andijon temir yoʻlini 1465 metr masofada kesib oʻtadi va temir yoʻlning muhofaza chizigʻi chetida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31ʼ12.31,90”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°52ʼ47.33,05”).
V dan G gacha 3 — 4-nuqtalar oraligʻi Dangʻara tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
3-nuqtadan chegara chizigʻi Toshkent-Andijon temir yoʻli muhofaza chizigʻining shimol tomonidan shimoliy-sharqiy yoʻnalishda 1100 metr masofada oʻtadi va 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°31ʼ20.51,79”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°53ʼ32.88,72”).
G dan A gacha 4 — 1-nuqtalar oraligʻi mavjud Qoʻqon shahri hududi yerlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 13-sentabrdagi SQ-624-IV-sonli Qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidan Qoʻqon shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan hudud chegarasining
ChIZMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 13-sentabrdagi SQ-624-IV-sonli Qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Fargʻona viloyati Dangʻara tumanidan Qoʻqon shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalarining tavsifi
1-uchastka
Fargʻona viloyati Dangʻara tumanidan Qoʻqon shahriga oʻtkazilayotgan yer uchastkasida, Qoʻqon shahar va Dangʻara tumani (Naymancha massivi) bilan tutashgan Qoʻqon — Namangan temir yoʻlining muhofaza chizigʻidagi joy (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°33ʼ22.87,39”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°55ʼ01.21,02”).
A dan B gacha 1 — 7-nuqtalar oraligʻi Dangʻara tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi Naymancha massividagi Qoʻqon — Namangan temir yoʻlining gʻarb tomonidan shimoli-sharqiy yoʻnalishda muhofaza chizigʻi (temir yoʻlni Qoʻqon shahar hududida qoldirgan holatda) boʻylab 1620 metr oʻtadi, soʻngra Dangʻara massividan 2450 metr oʻtadi va “Ishonch” massivi hududiga oʻtib, yana shu yoʻnalishda temir yoʻl muhofaza chizigʻida 1150 metrdan keyin nomsiz zovur chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°35ʼ22.57,21”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°56ʼ34.87,30”).
2-nuqtadan chegara chizigʻi nomsiz zovurning suv oqimi boʻylab zovurning chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda janubiy-janubi-sharqiy yoʻnalishda 170 metr oʻtadi va boshqa ariqning suv oqimi boʻylab chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda sharqiy tomonga 240 metr masofada oʻtadi va dala tuproq yoʻlni kesib oʻtib nomsiz zovur bilan tutashadi, keyin zovurning chap tomonidan janubiy-janubi-sharqiy yoʻnalishda 200 metr masofani oʻtib 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°35ʼ07.62,26”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°56ʼ47.47,44”).
3-nuqtadan chegara chizigʻi nomsiz zovurning suv oqimi boʻylab chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda shimoli-sharqiy yoʻnalishda 190 metr Toʻlaboy — Urganji (“Kolxoz”) avtomobil yoʻlini kesib oʻtadi va qishloq ichki yoʻliga tutashadi, mazkur yoʻlni Dangʻara tumanida qoldirgan holda 350 metrdan keyin nomsiz zovur chetida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°35ʼ17.26,33”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°57ʼ08.05,08”).
4-nuqtadan chegara chizigʻi nomsiz zovurning suv oqimi boʻylab chap tomondan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda nomsiz zovurni Dangʻara tumanida qoldirib oʻtadi va janubiy yoʻnalishda 850 metrdan keyin qishloq ichki yoʻli chetida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°34ʼ49.72,92”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°57ʼ13.77,72”).
5-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlining shimol tomonidan shimoli-sharqiy yoʻnalishda 450 metr masofani oʻtib nomsiz zovur chetida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°34ʼ55.56,67”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°57ʼ31.93,04”).
6-nuqtadan chegara chizigʻi nomsiz zovurni Dangʻara tumanida qoldirib nomsiz zovurning chap tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda janubi-sharqiy yoʻnalishda 600 metr oʻtadi, keyin dala tuproqli yoʻlini va ariqni kesib oʻtib, ariqning suv oqimi boʻylab janubi-sharqiy yoʻnalishda 275 metr masofadan soʻng (Uchkoʻprik tumani bilan chegaradosh, xaritadagi — B), ariq chetida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°34ʼ29.66,14”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°57ʼ45.22,62”).
Xaritadagi B dan V gacha 7 — 9-nuqtalar oraligʻi Uchkoʻprik tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
7-nuqtadan chegara chizigʻi nomsiz ariqning suv oqimiga qarshi yoʻnalishda ariqning chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda avval gʻarbiy-janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 270 metr, soʻngra sharqiy-janubi-sharqiy yoʻnalishda 250 metr, keyin janubiy-janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 480 metr masofani oʻtib ariq chetida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°34ʼ05.10,73”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°57ʼ42.74,51”).
8-nuqtadan chegara chizigʻi nomsiz ariqning suv oqimiga qarshi yoʻnalishda ariqning chap tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda avval sharqiy-janubi-sharqiy yoʻnalishda 245 metr, soʻngra janubiy yoʻnalishda 500 metr, keyin gʻarbiy-janubi-gʻarbiy yoʻnalishida 115 metrdan soʻng (Qoʻqon shahri bilan chegaradosh Uchkoʻprik tumani chegarasida joylashgan xaritadagi — V), 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°33ʼ45.36,59”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°57ʼ53.75,24”).
V dan A gacha 9 — 1-nuqtalar oraligʻi mavjud Qoʻqon shahar hududi yerlari.
2-uchastka
Qoʻqon shahar “Neftbaza” devorining shimol tomonidagi burchagi bilan Dangʻara tumani tutashgan (“Neftbaza” devorining) joy (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, (shimoliy kenglik koordinatalari 40°32ʼ53.0721”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°54ʼ30.0601”).
A dan B gacha 1 — 2-nuqtalar oraligʻi Dangʻara tumani yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi “Neftbaza” devorining burchagidan janubi-sharqiy yoʻnalishda 90 metr oʻtadi va Qoʻqon — Namangan temir yoʻlining gʻarbiy muhofaza chizigʻida joylashgan (temir yoʻlni Qoʻqon shahar hududida qoldirgan holatda) 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°32ʼ51.29,65”, sharqiy uzunlik koordinatalari 70°54ʼ33.01,49”).
B dan A gacha 2 — 1-nuqtalar oraligʻi mavjud Qoʻqon shahri hududi yerlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 13-sentabrdagi SQ-624-IV-sonli Qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Fargʻona viloyati Dangʻara tumanidan Qoʻqon shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan hudud chegarasining
ChIZMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 13-sentabrdagi SQ-624-IV-sonli Qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidan Margʻilon shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalarining tavsifi
1-uchastka
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidan Margʻilon shahriga oʻtkazilayotgan yer uchastkasida, Fargʻona — Qoʻqon avtoyoʻlining janubiy tomonida Margʻilon shahri, Qoʻshtepa hamda Fargʻona tumanlari tutashgan chegara nuqtasi (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°25ʼ31.38,47”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°41ʼ14.61,23”).
A dan B gacha 1 — 2-nuqtalar oraligʻi Fargʻona tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi Qoʻqon — Fargʻona avtomobil yoʻlining sharq tomonidan avtomobil yoʻlini Margʻilon shahrida qoldirgan holda gʻarbiy-janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 585 metr masofada oʻtadi va Satkak — Qoʻshtepa avtomobil yoʻlining sharq tomoni, Qoʻqon — Fargʻona avtomobil yoʻlining janub tomoni bilan tutashgan Satkak aylanma yoʻlining chetida joylashgan (xaritadagi — B) 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°25ʼ24.65,15”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°40ʼ51.38,01”).
B dan V gacha 2 — 4-nuqtalar oraligʻi Qoʻshtepa tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
2-nuqtadan chegara chizigʻi Qoʻqon — Fargʻona avtomobil yoʻlining janub tomoni bilan tutashgan Satkak aylanmasidan davlat avtomobil nazorat binosini va Qoʻshtepa — Satkak avtomobil yoʻlini Margʻilon shahrida qoldirgan holda Janubiy Fargʻona kanalini kesib oʻtadi, soʻngra Satkak — Qoʻshtepa yoʻlining gʻarb tomonidan shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 710 metr masofada oʻtadi va Andijon — Toshkent temir yoʻlining chetida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°25ʼ48.52,57”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°40ʼ36.12,36”).
3-nuqtadan chegara chizigʻi Andijon — Toshkent temir yoʻlining janub tomonidan shimoli-sharqiy yoʻnalishda temir yoʻl muhofaza zonasini Qoʻshtepa tumanida qoldirgan holda 790 metr masofada oʻtadi va beton arigʻi chetida joylashgan (xaritadagi — V) 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 40°25ʼ57.96,31”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°41ʼ07.33,17”).
V dan A gacha 4 — 1-nuqtalar oraligʻi mavjud Margʻilon shahar hududi yerlari.
2-uchastka
Margʻilon shahri va Qoʻshtepa tumani tutashgan Oʻqituvchilar koʻchasi boshlanishining gʻarb tomonidagi joy (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°29ʼ36.87,32”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°41ʼ48.36,94”).
A dan B gacha 1 — 4-nuqtalar oraligʻi Qoʻshtepa tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi Oʻqituvchilar koʻchasining gʻarb tomonidan (koʻchani Margʻilon shahar hududida qoldirib) shimoliy yoʻnalishda 850 metr masofada oʻtadi, soʻngra Oltin diyor koʻchasining chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°30ʼ03.86,46”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°41ʼ45.55,03”).
2-nuqtadan chegara chizigʻi Oltin diyor koʻchasining shimol tomonidan shimoli-sharqiy yoʻnalishda 360 metr masofada oʻtadi va Langar — Margʻilon avtomobil yoʻlining chetida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°30ʼ11.75,07”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°41ʼ55.91,07”).
3-nuqtadan chegara chizigʻi Langar — Margʻilon avtomobil yoʻlining gʻarb tomonidan (avtomobil yoʻlini Qoʻshtepa tumani hududida qoldirib) janubi-sharqiy yoʻnalishda 1410 metr masofada oʻtadi va Navnihol koʻchasining chetida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°29ʼ36.6970”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°42ʼ29.9286”).
B dan A gacha 4 — 1-nuqtalar oraligʻi mavjud Margʻilon shahar hududi yerlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 13-sentabrdagi SQ-624-IV-sonli Qaroriga
8-ILOVA
8-ILOVA
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidan Margʻilon shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan hudud chegarasining
ChIZMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 13-sentabrdagi SQ-624-IV-sonli Qaroriga
9-ILOVA
9-ILOVA
Fargʻona viloyati Toshloq tumanidan Margʻilon shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalarining tavsifi
Fargʻona viloyati Toshloq tumanidan Margʻilon shahriga oʻtkazilayotgan yer uchastkasida, Margʻilon shahri va Toshloq tumani tutashgan Shodlik koʻchasining sharq tomoni va Nurxon koʻchasining shimol tomoni tutashgan joy (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°28ʼ27.34,20”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°46ʼ06.88,34”).
A dan B gacha 1 — 5-nuqtalar oraligʻi Toshloq tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi Nurxon koʻchasining shimol tomonidan koʻchani Margʻilon shahar hududida qoldirgan holda sharqiy yoʻnalishda 220 metr oʻtadi, soʻngra chegara chizigʻi koʻchaning janub tomonga kesib oʻtib, boshqa mahalliy koʻcha chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°28ʼ25.14,88”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°46ʼ18.25,49”).
2-nuqtadan chegara chizigʻi mahalliy koʻchaning janub tomonidan koʻchani Margʻilon shahrida qoldirgan holda, janubiy-janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 1030 metr masofada oʻtadi, soʻngra Intizor koʻchasini kesib oʻtadi va yoʻl chetida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°27ʼ53.10,33”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°46ʼ15.83,45”).
3-nuqtadan chegara chizigʻi Intizor koʻchasini Margʻilon shahrida qoldirgan holda sharqiy yoʻnalishda 530 metr masofada oʻtadi, soʻngra Oqoltin MChJ devori chetida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°27ʼ52.63,31”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°46ʼ36.69,13”).
4-nuqtadan chegara chizigʻi Oqoltin MChJ devori boʻylab, janubiy yoʻnalishda hamda Moturidiy koʻchasini Margʻilon shahrida qoldirib, devor boʻylab ariqni kesib oʻtadi va 230 metrdan soʻng mahalliy yoʻlning sharq tomonida joylashgan (xaritadagi — A) 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°27ʼ44.61,08”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°46ʼ37.87,90”).
B dan A gacha 5 — 1-nuqtalar oraligʻi mavjud Margʻilon shahar hududi yerlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 13-sentabrdagi SQ-624-IV-sonli Qaroriga
10-ILOVA
10-ILOVA
Fargʻona viloyati Toshloq tumanidan Margʻilon shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan hudud chegarasining
ChIZMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 13-sentabrdagi SQ-624-IV-sonli Qaroriga
11-ILOVA
11-ILOVA
Fargʻona viloyati Fargʻona tumanidan Margʻilon shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalarining tavsifi
Fargʻona viloyati Fargʻona tumanidan Margʻilon shahriga oʻtkazilayotgan yer uchastkasida Margʻilon, Fargʻona shaharlari va Fargʻona tumani tutashgan nuqta (xaritadagi — A) 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°25ʼ16.92,57”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43ʼ14.71,30”).
A dan B gacha 1 — 2-nuqtalar oraligʻi Fargʻona shahri hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi ariqning suv oqimiga qarshi yoʻnalishda ariqning oʻng tomonidan barcha burilishlarni hisobga olgan holda janubi-gʻarbiy yoʻnalishda Fargʻona — Qoʻqon avtomobil yoʻlini kesib oʻtadi va 380 metr masofadan keyin avtomobil yoʻli chetida joylashgan (xaritadagi — B) 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°25ʼ06.07,26”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43ʼ12.00,80”).
B dan V gacha 2 — 13-nuqtalar oraligʻi Fargʻona tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
2-nuqtadan chegara chizigʻi avtomobil yoʻlining janub tomonidan avtomobil yoʻlini Margʻilon shahar hududida qoldirgan holda shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 290 metrda Chekshoʻra — Margʻilon avtomobil yoʻlini kesib oʻtadi va yoʻl chetida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°25ʼ10.83,62”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43ʼ01.77,27”).
3-nuqtadan chegara chizigʻi Chekshoʻra — Margʻilon avtomobil yoʻlini Fargʻona tumani hududida qoldirgan holda, avtomobil yoʻlining gʻarbiy tomonidan janubiy yoʻnalishda oʻtib, 220 metr masofada mahalliy yoʻl bilan tutashadi, soʻngra shimol tomonidan gʻarbiy yoʻnalishda 95 metr masofada, keyin janubiy yoʻnalishda dala tuproqli yoʻl bilan tutashib, yoʻlning gʻarb tomonidan oʻtadi va 380 metr masofadan keyin nomsiz ariq bilan tutashadi, keyin ariqning suv oqimiga qarshi chap tomonidan sharqiy yoʻnalishda 335 metrda oʻtib Chekshoʻra — Margʻilon avtomobil yoʻli chetida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°24ʼ47.69,35”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43ʼ13.49,50”).
4-nuqtadan chegara Chekshoʻra — Margʻilon avtomobil yoʻlining gʻarbiy tomonidan janubiy yoʻnalishda 880 metr masofada, soʻng Shoʻro arigʻini kesib oʻtib, ariqning suv oqimi boʻylab chap tomonidan gʻarbiy yoʻnalishda 120 metr masofada oʻtadi va mahalliy yoʻl bilan tutashadi, keyin mahalliy yoʻlning gʻarbiy tomonidan janubiy yoʻnalishda 600 metr masofada oʻtib yoʻl chetida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°24ʼ01.23,95”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43ʼ06.81,31”).
5-nuqtadan chegara chizigʻi mahalliy yoʻlning shimol tomonidan shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 760 metr masofada oʻtadi, keyin aholi punkti yerlari va nomsiz ariq bilan tutashib, ariqning suv oqimi boʻylab oʻng tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda shimoliy yoʻnalishda 350 metr masofada oʻtadi, soʻngra Shoʻro-2 arigʻini hamda mahalliy yoʻlni kesib oʻtadi, yoʻlning shimol tomonidan gʻarbiy yoʻnalishda 80 metr masofada Ibrohimjon Mahammadjon fermer xoʻjaligiga qarashli ferma devoriga boradi, keyin devor boʻylab shimoliy yoʻnalishda 170 metr masofani oʻtib Shoʻro-1 arigʻi chetida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°24ʼ31.75,39”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°42ʼ41.34,07”).
6-nuqtadan chegara chizigʻi Shoʻro-1 arigʻining suv oqimi boʻylab oʻng tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda shimoliy-shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 870 metr masofada oʻtadi va mahalliy yoʻl bilan tutashadi, soʻngra yoʻlni Fargʻona tumanda qoldirib, ariqning suv oqimiga qarshi yoʻnalishda ariqning chap tomonidan janubiy yoʻnalishda 320 metr masofani oʻtadi va ariq chetida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°24ʼ39.52,07”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°42ʼ13.51,36”).
7-nuqtadan chegara chizigʻi ariqning suv oqimi boʻylab oʻng tomonidan janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 250 metr masofada oʻtadi va Fargʻona — Satkak avtomobil yoʻli bilan tutashadi, soʻngra yoʻlning janub tomonidan shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 1975 metr, keyin Fargʻona — Satkak avtomobil yoʻlini kesib oʻtadi va yoʻl chetida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°25ʼ18.41,06”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°41ʼ03.37,27”).
8-nuqtadan chegara chizigʻi mahalliy yoʻlning gʻarbiy tomonidan sharqiy-janubi-sharqiy yoʻnalishda 300 metr masofada oʻtadi va yoʻl chetida joylashgan 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°25ʼ05.36,68”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°41ʼ07.63,93”).
9-nuqtadan chegara chizigʻi mahalliy yoʻlning burilish joyidan janubi-sharqiy yoʻnalishda 200 metr masofada, soʻngra gʻarbiy yoʻnalishda 500 metr masofada oʻtadi va mahalliy yoʻl bilan tutashadi, keyin yoʻlning shimol tomoni boʻylab gʻarbiy-janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 1180 metr masofada oʻtadi va boshqa mahalliy yoʻl bilan tutashadi, keyin yoʻlning shimol tomonidan gʻarbiy yoʻnalishda 180 metr masofani oʻtib ariq chetida joylashgan 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°24ʼ29.23,94”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°40ʼ22.19,84”).
10-nuqtadan chegara chizigʻi ariqning suv oqimiga qarshi yoʻnalishda ariqning oʻng tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda janubiy yoʻnalishda 1390 metr masofada oʻtadi va dala yoʻli bilan tutashadi, soʻngra yoʻlning shimol tomonidan janubiy-janubi-sharqiy yoʻnalishda 690 metr masofada oʻtib Oqbilol — Satkak avtomobil yoʻliga tutashadi, keyin yoʻlning gʻarb tomonidan janubiy-janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 380 metr masofada oʻtadi va M-1 kanali chetida joylashgan 11-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°23ʼ19.08,92”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°40ʼ25.86,90”).
11-nuqtadan chegara chizigʻi M-1 kanalining suv oqimi boʻylab oʻng tomonidan oʻtadi, soʻngra barcha burilishlarni hisobga olgan holda gʻarbiy-shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 1550 metr masofada oʻtadi, keyin dala tuproq yoʻlini kesib oʻtib beton ariq chetida joylashgan 12-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°23ʼ35.35,71”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°39ʼ28.51,27”).
12-nuqtadan chegara chizigʻi beton ariqning suv oqimi boʻylab oʻng tomonidan shimoliy-shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 1500 metr oʻtadi, soʻngra shimoliy yoʻnalishda 710 metr oʻtadi va Qoʻshtepa tumani chegarasi bilan tutashgan joydagi Janubiy Fargʻona kanalining chetida joylashgan (xaritadagi — V) 13-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°24ʼ45.07,89”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°39ʼ16.03,72”).
V dan G gacha 13 — 15-nuqtalar oraligʻi Qoʻshtepa tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
13-nuqtadan chegara chizigʻi Janubiy Fargʻona kanalining suv oqimiga qarshi yoʻnalishda kanalning chap tomonidan, kanalni Qoʻshtepa tumanida qoldirgan holda, shimoli-sharqiy yoʻnalishda 1840 metr masofada oʻtadi va Qoʻqon — Fargʻona avtomobil yoʻli chetida joylashgan 14-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°25ʼ24.89,41”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°40ʼ47.26,66”).
14-nuqtadan chegara chizigʻi Qoʻqon — Fargʻona avtomobil yoʻlini kesib oʻtadi, soʻngra yoʻlning shimol tomonidan avtomobil yoʻlini Margʻilon shahrida qoldirib shimoliy-sharqiy yoʻnalishda 780 metrdan keyin Qoʻqon –Fargʻona hamda Satkak — Qoʻshtepa aylanma yoʻli chetida joylashgan (xaritadagi — G) 15-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°25ʼ31.38,47”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°41ʼ14.61,23”).
G dan A gacha 15 — 1-nuqtalar oraligʻi mavjud Margʻilon shahar hududi yerlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 13-sentabrdagi SQ-624-IV-sonli Qaroriga
12-ILOVA
12-ILOVA
Fargʻona viloyati Fargʻona tumanidan Margʻilon shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan hudud chegarasining
ChIZMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 13-sentabrdagi SQ-624-IV-sonli Qaroriga
13-ILOVA
13-ILOVA
Fargʻona viloyati Fargʻona tumanidan Fargʻona shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalarining tavsifi
Fargʻona viloyati Fargʻona tumanidan Fargʻona shahriga oʻtkazilayotgan yer uchastkasida, Fargʻona shahar, Aeroport koʻchasidagi, Fargʻona shahar va Fargʻona tumani tutashgan nuqta 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 40°22ʼ40.64,72”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°45ʼ09.63,82”).
A dan B gacha 1 — 13-nuqtalar oraligʻi Fargʻona tumani hududi yerlari bilan chegaradosh. Tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi Fargʻona tumanining Chekshoʻra — Mashrab — Bobur massividan qoʻshimcha yer maydoni ajratilayotgan joydan oʻtadi va chegara chizigʻi yoʻnalishini oʻzgartirib, Fargʻona — Chimyon avtomobil yoʻlining janub tomonidan gʻarbiy yoʻnalishda 630 metr masofada oʻtadi va aeroportning devori chetida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°22ʼ49.70,20”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°44ʼ43.49,96”).
2-nuqtadan chegara chizigʻi aeroportning devori burilgan joyidan janubiy yoʻnalishda devor boʻylab 250 metr oʻtadi, soʻngra gʻarbiy yoʻnalishda 285 metr masofada oʻtadi va aeroport devori tugagandan keyin gʻarbiy yoʻnalishda 255 metr masofada oʻtib Harbiy qoʻmondonlik hududidagi ajratilayotgan yer maydonlaridagi 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°22ʼ37.83,72”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°44ʼ21.54,19”).
3-nuqtadan chegara chizigʻi Harbiy qoʻmondonlik hududida janubiy yoʻnalishda 1060 metr masofada oʻtgandan soʻng 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°22ʼ03.46,82”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°44ʼ18.62,58”).
4-nuqtadan chegara chizigʻi Harbiy qoʻmondonlik hududida gʻarbiy-janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 2560 metr masofada oʻtadi va Sharqiy harbiy okrugi Fargʻona dala oʻquv maydonlariga kirish joyidagi avtomobil yoʻlining chetida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°21ʼ36.89,36”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°42ʼ35.88,65”).
5-nuqtadan chegara chizigʻi avtomobil yoʻlini Fargʻona tumanida qoldirgan holda, yoʻlning sharq tomonidan shimoliy-shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 1050 metr masofada oʻtadi, soʻngra Fargʻona — Chimyon avtomobil yoʻlini kesib oʻtib, mazkur avtomobil yoʻlining gʻarb tomonidan shimoli-sharqiy yoʻnalishda 100 metr masofada oʻtadi va gaz quyish shoxobchasining shimoliy burchagida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°22ʼ10.51,60”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°42ʼ19.61,62”).
6-nuqtadan chegara chizigʻi gaz quyish shoxobchasi shimoliy burchagidan gʻarbiy yoʻnalishda shoxobchaning devori boʻylab 210 metr oʻtadi, soʻngra shimoliy yoʻnalishda 70 metr masofada oʻtadi va mahalliy yoʻl bilan tutashib, yoʻlning janub tomonidan gʻarbiy yoʻnalishda mazkur yoʻlni Fargʻona shahrida qoldirgan holda 245 metr masofada oʻtadi va Otchopar toʻsigʻi chetida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°22ʼ18.43,90”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°42ʼ03.40,39”).
7-nuqtadan chegara chizigʻi Otchopar toʻsigʻi boʻylab shimoliy yoʻnalishda 480 metr oʻtadi, soʻngra sharqiy yoʻnalishda 125 metr masofada oʻtib, ariq bilan tutashadi va ariqning suv oqimi boʻylab uning oʻng tomonidan barcha burilishlarini hisobga olgan holda shimoliy-shimoli-sharqiy yoʻnalishda 1050 metr masofada oʻtadi va ariq chetida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°22ʼ55.94,67”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°42ʼ37.84,67”).
8-nuqtadan chegara chizigʻi ariqning suv oqimi boʻylab ariqning chap tomonidan sharqiy yoʻnalishda 35 metr masofada oʻtadi va mahalliy yoʻl bilan tutashadi, soʻngra mazkur yoʻlning shimol tomonidan sharqiy yoʻnalishda 110 metr masofada oʻtadi, keyin Fargʻona — Chimyon avtomobil yoʻli bilan tutashib, avtomobil yoʻlini Fargʻona shahrida qoldirgan holda yoʻlning shimol tomonidan sharqiy yoʻnalishda Fargʻona — Satkak avtomobil yoʻlini kesib oʻtadi va sharqiy yoʻnalishda 1000 metr masofada oʻtib, Qirgʻizshoʻro avtomobil yoʻli chetida joylashgan 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°22ʼ58.32,25”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43ʼ27.15,96”).
9-nuqtadan chegara chizigʻi Qirgʻizshoʻro avtomobil yoʻlining sharq tomonidan shimoliy yoʻnalishda 570 metr masofada oʻtadi va mahalliy yoʻlni kesib oʻtib, sharqiy yoʻnalishda mahalliy yoʻlni Fargʻona shahrida qoldirgan holda 495 metr masofada oʻtadi, soʻngra mahalliy yoʻlning gʻarb tomonidan shimoliy yoʻnalishda uni Fargʻona shahrida qoldirgan holda 75 metr masofada kesib oʻtib oʻtadi va yoʻl chetida joylashgan 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°23ʼ21.42,42”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43ʼ43.70,99”).
10-nuqtadan chegara chizigʻi mahalliy yoʻlning shimol tomonidan sharqiy yoʻnalishda 270 metr masofada oʻtadi va yoʻl chetida joylashgan 11-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°23ʼ19.86,50”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°43ʼ54.82,39”).
11-nuqtadan chegara chizigʻi mahalliy yoʻlning burilgan joyidan yoʻlning sharqiy tomonidan janubiy yoʻnalishda 70 metr masofada oʻtadi, keyin sharqiy yoʻnalishda 995 metr masofada oʻtadi va ariq chetida joylashgan 12-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°23ʼ17.89,40”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°44ʼ36.40,24”).
12-nuqtadan chegara chizigʻi ariqning suv oqimi boʻylab uning oʻng tomonidan, barcha burilishlarini hisobga olgan holda shimoliy yoʻnalishda 280 metr masofada oʻtadi va aholi tomorqa yerlari bilan tutashadi, soʻngra mavjud aholi tomorqalarini Fargʻona shahrida qoldirgan holda shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 185 metr masofada oʻtadi, keyin shimoliy yoʻnalishda 20 metr masofada oʻtib, Fargʻona shahrining Umid nihollari koʻchasi chetida joylashgan (xaritadagi — B nuqta) 13-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik koordinatalari 40°23ʼ33.76,48”, sharqiy uzunlik koordinatalari 71°44ʼ32.29,87”).
B dan A gacha 13 — 1-nuqtalar oraligʻi mavjud Fargʻona shahri hududi yerlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 13-sentabrdagi SQ-624-IV-sonli Qaroriga
14-ILOVA
14-ILOVA
Fargʻona viloyati Fargʻona tumanidan Fargʻona shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan hudud chegarasining
ChIZMASI