O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAHALLIY SANOATNI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy sanoatni boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 15-avgustdagi PF-1828-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hududiy “Mahalliy sanoat” ishlab chiqarish-savdo aksiyadorlik kompaniyalarining tashkiliy tuzilmasi, ularga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar tarkibi, shuningdek “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari ijro etuvchi apparati namunaviy tuzilmasi 1, 2 va 3-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
* 1—3-ilovalar berilmaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tugatilayotgan “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasining 4-ilovaga* muvofiq bir qator obyektlarini “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari, respublikaning boshqa vazirliklari va idoralari tarkibiga belgilangan tartibda berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
* 4-ilova berilmaydi.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Toshkent “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga kiruvchi “Tarx” ochiq turdagi aksiyadorlik ilmiy-ishlab chiqarish jamiyati, “O‘zmahalliysanoatloyiha” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, “Mahalliy sanoatinvest” ochiq turdagi moliya-investitsiya kompaniyasi, “O‘zmahalliyta’minotsotish” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, “Qadoqlovchi” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, ularning hududiy joylashishidan qat’i nazar, “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalarining barcha korxonalari va tashkilotlariga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 5-6-son, 34-modda)
4. Davlat mulki qo‘mitasi, “Fayz” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati va u ta’sis etgan korxonalarning ular negizida, uni “Mahalliy sanoat” tizimidan chiqargan holda, “Fayz” xolding kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 20-iyundagi 258-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 12-son, 77-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-avgustdagi 403-sonli qarori asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 33-son, 375-modda)
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
“Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalarining ustav jamg‘armasi hududiy “Mahalliy sanoat” sanoat-savdo konsernlaridan qabul qilinadigan o‘z aktivlari, aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat aksiyalari paketini kompaniyalarga berish, shuningdek mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar paylari hisobidan tashkil topadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 26-modda)
“Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash, jumladan, ijro etuvchi apparat xarajatlari o‘z xo‘jalik faoliyati, xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi;
“Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari:
tarkibiga kiruvchi korxonalarni o‘ziga berilgan vakolatlarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyadorlik jamiyatlari bo‘lgan korxonalarni korxonalarning o‘ziga berilgan aksiyalar paketiga muvofiq boshqaradi. Bunda “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari o‘zlarining tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari bo‘yicha yig‘ma balans tuzadilar.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 26-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalarining o‘zlarining tarkibiga kiruvchi qo‘shma korxonalardagi davlatga tegishli aksiyalar paketi (ulushlar) ham beriladi.
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 26-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi mahalliy hokimiyat organlari va “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari bilan birgalikda:
bir oy muddatda ta’sis yig‘ilishlari o‘tkazilishini, kuzatuvchi kengashlar tashkil etilishini va “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari ustavlari tasdiqlanishini ta’minlasin. Belgilansinki, “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari raislari kompaniyalar qatnashchilari yig‘ilishida saylanadilar va tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadilar. Hududiy “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari kuzatuvchi kengashlari tarkibiga mahalliy hokimiyat organlari vakillari kiritilishi maqsadga muvofiq deb hisoblansin;
“Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyalar paketini 1997-yil oxirigacha 6-ilovaga* muvofiq qayta taqsimlasin va joylashtirsin.
* 6-ilova berilmaydi.
7. 1997—2000-yillarda mahalliy sanoatni rivojlantirish investitsiya dasturi 7-ilovaga* muvofiq ma’qullansin. Mazkur dasturning amalga oshirilishi uchun javobgarlik “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklansin.
* 7-ilova berilmaydi.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtirish Kengashi, tegishli mintaqaviy kengashlar, Xorijiy investitsiyalar bo‘yicha agentlik, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, tijorat banklari mahalliy sanoat tizimining kichik va o‘rta biznes korxonalarini tashkil etish va texnika bilan qayta jihozlash investitsiya loyihalari uchun xorijiy banklar va xalqaro moliya tashkilotlarining kredit liniyalari bo‘yicha kredit olishda “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalariga har tomonlama ko‘maklashsinlar.
8. “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari 1998—2000-yillar uchun eksport imkoniyatini rivojlantirish dasturini mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslardan eng ko‘p foydalanishni hisobga olgan holda ishlab chiqsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalariga mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari bo‘yicha jahon bozorini marketing tadqiq etishda, ularni sertifikatsiyalash va respublika tashqarisida sheriklar izlashda har tomonlama ko‘maklashsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan va “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalari korxonalariga yetkazib berilayotgan ip-kalava, gazmol va boshqa mahsulotlarning sotish narxlari darajasi ustidan nazoratni ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi ikki oy muddatda “Mahalliy sanoat” aksiyadorlik kompaniyalarining barcha korxonalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin va mahalliy sanoat korxonalari moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari hamda Soliq va to‘lov intizomini mustahkamlash Hukumat komissiyalariga takliflar kiritsin.
* 8-ilova berilmaydi.
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi qonunda belgilangan tartibda tugatilsin. Tugatish davrida “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasiga rahbarlik qilish funksiyasi davlat korporatsiyasi raisi va uning o‘rinbosarlarida saqlab qolinsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 420-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari M.3. Usmonov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 18-avgust,
405-son