20.09.2022 yildagi 513-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va aholining xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori 4-bandiga muvofiq qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga 50 mln soʻmgacha mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish amaliyotini yoʻlga qoʻyish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, 50 mln soʻmgacha boʻlgan bir martalik subsidiyalar tadbirkorlik subyekti boʻlgan nodavlat taʼlim tashkilotlariga kamida 6 oy muddat davomida qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyati bilan shugʻullanish sharti bilan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2022-yil 1-oktabrdan boshlab amalga kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni baholash orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qarori asosida har chorakda subsidiya ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat taʼlim tashkilotlariga baholash mezonlari asosida toʻplangan ballarga mutanosib ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining hududiy boshqarmalari tomonidan 50 mln soʻmgacha subsidiya ajratib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratiladigan qishloq hududlari roʻyxatini shakllantirsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qishloq hududlari roʻyxatiga har yili bir marta oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish mumkinligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatish YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentning talablari buzilgan hollarda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi bilan birgalikda mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil va undan keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini tasdiqlash boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqilishida zarur mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari parametrlarida nazarda tutish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 20-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
513-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 513-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya (keyingi oʻrinlarda — subsidiya) ajratish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglament jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga, respublika boʻysunuvidagi shaharlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻysunuvidagi shaharlar, shaharlardagi tumanlar, tuman boʻysunuvidagi shaharlar va shaharchalarda joylashgan nodavlat taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya vazirligi tomonidan har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari parametrlarini shakllantirishda nodavlat taʼlim tashkilotlariga ajratiladigan subsidiyaning eng koʻp miqdori inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Subsidiya nodavlat taʼlim tashkilotlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va oʻquv xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, oʻqitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur darsliklar, oʻquv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan taʼminlash, taʼlim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq toʻlash uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nodavlat taʼlim tashkilotlariga subsidiya Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining hududiy vakili, Davlat soliq boshqarmasi va Moliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — masʼul tashkilotlar) tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — mahalliy hokimliklar) tomonidan baholash asosida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahalliy hokimliklar tomonidan aynan bir nodavlat taʼlim tashkilotiga bir martadan koʻp subsidiya ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahalliy hokimliklar tomonidan nodavlat taʼlim tashkilotlariga xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun bir martalik subsidiya kalendar yilning har choragida mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiya ajratish boʻyicha hujjatlarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nodavlat taʼlim tashkilotining rahbari yoki ishonchnoma berilgan vakili (keyingi oʻrinlarda — talabgor) subsidiya olish uchun kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) elektron roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor tomonidan subsidiya olish uchun mazkur Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq soʻrovnoma toʻldiriladi hamda quyidagi hujjatlar elektron (“pdf”) shaklda ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat taʼlim tashkilotining taʼlim faoliyatini rivojlantirish boʻyicha kamida ikki yilga moʻljallangan biznes rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat taʼlim tashkilotining mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni (xizmatlarni) bajarish toʻgʻrisida tuzilgan va amal qilish muddati tugamagan xoʻjalik shartnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy sertifikati yoki xalqaro tan olingan sertifikatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki oʻquv xonalarining ijara shartnomasi (koʻchmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgordan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun toʻlov amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soʻrovnoma toʻldirilib, tegishli hujjatlarning nusxalari ilova qilingandan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, elektron raqamli imzosi bilan, elektron raqamli imzo boʻlmaganda esa jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamidan foydalangan holda tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Talabgor YIDXP orqali taqdim etilgan hujjatlar va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabgor tomonidan YIDXP orqali tasdiqlangan soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar avtomatik tarzda tegishli mahalliy hokimlikka yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mahalliy hokimlikning masʼul xodimi bir ish kunida elektron soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq toʻldirilganligini tekshiradi. Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, bu haqda talabgorga YIDXP orqali hokimlik masʼul xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan xabarnoma yuborilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirish beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor mavjud kamchiliklarni bartaraf qilib, belgilangan hujjat topshirish muddati ichida takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mahalliy hokimlik va masʼul tashkilotlar oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni qoʻllash orqali idoralararo elektron hamkorlik tizimi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soʻrovnoma toʻgʻri toʻldirilgan va hujjatlar toʻliq ilova qilingan taqdirda, mahalliy hokimlikning masʼul xodimi tomonidan bir ish kunida YIDXP orqali talabgorga hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Subsidiya olish toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish va baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mahalliy hokimlik soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda, jumladan, nodavlat taʼlim tashkilotining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasini maxsus elektron axborot tizimi hamda taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya yoki tasdiqnomani “Litsenziya” axborot tizimi orqali mustaqil ravishda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq ekanligi tekshirilgandan soʻng soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar mahalliy hokimlik tomonidan bir ish kunida masʼul tashkilotlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul tashkilotlar har chorakning birinchi oyi 20-sanasiga qadar mavjud maʼlumotlar bazasi orqali soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqib, elektron shaklda quyidagi maʼlumotlarni mahalliy hokimlikka taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya boshqarmasi — nodavlat taʼlim tashkilotiga ajratiladigan subsidiyaning miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq boshqarmasi — nodavlat taʼlim tashkilotining bino yoki oʻquv xonalari boʻyicha ijara shartnomasi (koʻchmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun), pedagog kadrlar va taʼlim oluvchilar bilan tuzilgan shartnomalar hamda hisobvaragʻidagi mablagʻlar aylanmasi davriyligi va miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining hududiy vakili — nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan biznes-rejaning maqsadga muvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (Toshkent viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari)ga boʻysunuvchi tegishli tarkibiy boʻlinmasi tomonidan masʼul tashkilotlar taqdim etgan maʼlumotlar har chorakning birinchi oyi soʻnggi sanasiga qadar tahlil qilinib, mazkur Reglamentga 3-ilovada keltirilgan baholash mezonlariga muvofiq baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Talabgorlar masʼul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni baholash jarayonida bevosita yoki masofadan turib (onlayn tarzda) ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimlik tomonidan talabgorlarga murojaati koʻrib chiqilishidan kamida uch kun oldin elektron tarzda yoki boshqa aloqa vositasi orqali xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Subsidiya olish yuzasidan berilgan soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar mahalliy hokimlikka kelib tushgan sanasiga koʻra roʻyxatga olingan ketma-ketlikka muvofiq koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul tashkilotlarning maʼlumotlari asosida oshkoralik va xolislikni taʼminlagan holda baholash jarayoni videotasvirga tushiriladi hamda videotasvir mahalliy hokimlikda uch yil saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Baholash natijalariga koʻra viloyat hokimining (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining) nodavlat taʼlim tashkilotiga mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qarori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimlikning subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlarining elektron reyestri yuritiladi. Reyestrga subsidiya berilgan yoki berilmagan nodavlat taʼlim tashkilotining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik manzili, subsidiya berishga asos boʻlgan mahalliy hokimlik qarori raqami va sanasi, berilgan subsidiya miqdori yoki subsidiya berishni rad etish sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Nodavlat taʼlim tashkilotiga subsidiya ajratish quyidagi hollarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan notoʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar taqdim etilganda, soxta maʼlumotlar mavjud boʻlganda, shu jumladan, taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmaganligi aniqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda notoʻgʻri va buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlsa yoki taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar baholash mezonlariga mos kelmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash natijalariga koʻra subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari subsidiya olgan nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan takroriy murojaat qilinsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror rad etishning sabablari koʻrsatilib, QR-kod qoʻyilgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtirilgan holda bir ish kunida YIDXP orqali talabgorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Baholash natijasida toʻplangan ballar ketma-ketligiga qatʼiy amal qilgan holda talabgorlarga subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki yoki undan ortiq talabgorlarning ballari teng boʻlib qolganda, kalendar tartibida YIDXP orqali oldin murojaat qilgan talabgorga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat taʼlim tashkilotlarining toʻplagan ballariga koʻra mazkur Reglamentga 4-ilovada belgilangan miqdorlarda subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yoki viloyat hokimining subsidiya berish toʻgʻrisidagi qarori asosida har chorakning ikkinchi oyi 10-sanasiga qadar mazkur Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq buyurtmanoma tasdiqlanadi hamda elektron hujjat shaklida QR-kod qoʻyilgan holda, idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli hududiy boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik boshqarmalari) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Gʻaznachilik boshqarmalari tomonidan mahalliy hokimliklarning buyurtmanomalari asosida subsidiya ajratiladi hamda har chorakning ikkinchi oyi 15-sanasiga qadar buyurtmanomada koʻrsatilgan miqdorda nodavlat taʼlim tashkilotlarining hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. YIDXP orqali belgilangan tartibda murojaat qilgan va subsidiya berish rad etilmagan talabgorlar mahalliy budjetda joriy chorakka subsidiya ajratish uchun mablagʻlar yetarli boʻlmaganligi sababli subsidiya olish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda, keyingi chorakda subsidiya oluvchilar roʻyxatiga avtomatik ravishda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ajratilgan subsidiyaning hisobi va hisobotini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Moliya vazirligining tegishli hududiy boshqarmalari mahalliy hokimliklar bilan birgalikda nodavlat taʼlim tashkilotlariga berilgan subsidiyalarning hisobi va hisobotini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Nodavlat taʼlim tashkilotlariga subsidiya ajratish boʻyicha har choraklik hisobot mahalliy hokimliklar tomonidan kalendar yilning har choragidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar Moliya vazirligiga kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mahalliy hokimliklar nodavlat taʼlim tashkilotlariga subsidiya ajratish jarayonida aniqlangan qonun buzilishi holatlarini hamda subsidiya ajratishga doir hisobotlar haqidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Nodavlat taʼlim tashkilotlariga ajratilgan subsidiyaning sarflanishi ustidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiyadan maqsadsiz foydalanilgan holatlar aniqlangan taqdirda, nodavlat taʼlim tashkilotlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash hamda subsidiyani sud tartibida undirish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mahalliy hokimliklar va masʼul tashkilotlar oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan nodavlat taʼlim tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga bir martalik subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Nodavlat taʼlim tashkiloti (talabgor)

1. Subsidiya olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da roʻyxatdan oʻtadi va soʻrovnomani toʻldiradi.

1. Har chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar

2. Soʻrovnomani tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimligiga yuboradi.

2. Avtomatik tarzda

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari (mahalliy hokimliklar)

1. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq toʻldirilganligini tekshiradi.

Bir ish kunida

2. Soʻrovnoma toʻgʻri toʻldirilgan va hujjatlar toʻliq ilova qilinganda, YIDXP orqali talabgorga hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.

Bir ish kunida

3. Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, bu haqda talabgorga YIDXP orqali xabarnoma yuborib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirish beradi.

Bir ish kunida

3-bosqich

Mahalliy hokimliklar

Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni masʼul tashkilotlarga yuboradi.

Bir ish kunida

4-bosqich

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining hududiy vakili, Davlat soliq boshqarmasi, Moliya boshqarmasi

Mavjud maʼlumotlar bazasi orqali soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganadi hamda tegishli maʼlumotlarni mahalliy hokimliklarga taqdim etadi.

Har chorak birinchi oyining 20-sanasiga qadar

5-bosqich

Mahalliy hokimliklar

1. Talabgorlarga baholash jarayoni oʻtkazilishi haqida elektron tarzda yoki boshqa aloqa vositasi orqali xabar beradi.

Baholash jarayonidan uch kun oldin

2. Talabgorlarni baholaydi va ularning natijalariga koʻra subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Har chorak birinchi oyining soʻnggi sanasiga qadar

3. Subsidiya ajratishni rad etish haqidagi qarorni rad etishning sabablarini koʻrsatib, YIDXP orqali talabgorga yuboradi.

Bir ish kunida

6-bosqich

Mahalliy hokimliklar

Baholash natijalari asosida subsidiya ajratish boʻyicha buyurtmanomani tasdiqlab (elektron hujjat shaklida QR-kod orqali), Moliya vazirligi Gʻaznachiligining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

Har chorak ikkinchi oyining 10-sanasiga qadar

7-bosqich

Moliya vazirligi Gʻaznachiligining hududiy boshqarmalari

Buyurtmanomada koʻrsatilgan miqdordagi subsidiyani ajratadi va nodavlat taʼlim tashkilotlarining hisobvaraqlariga oʻtkazadi.

Har chorak ikkinchi oyining 15-sanasiga qadar

8-bosqich

Mahalliy hokimliklar

Nodavlat taʼlim tashkilotlariga subsidiya ajratish boʻyicha har choraklik hisobotni Moliya vazirligiga kiritib boradi.

Har chorak keyingi oyning 25-sanasiga qadar

9-bosqich

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

Nodavlat taʼlim tashkilotlariga ajratilgan subsidiyaning sarflanishini nazorat qiladi.

Muntazam ravishda

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

SOʻROVNOMA

_________________

_________________

(sana)

(raqam)

I. Nodavlat taʼlim tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Yuridik shaxsning toʻliq nomi:

2. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami:

3. Tashkiliy-huquqiy shakli:

4. Taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya yoki xabardor qilish tartibida faoliyat yuritishi uchun berilgan tasdiqnoma raqami:

5. Joylashgan joyi (pochta manzili):

6. Xizmat koʻrsatayotgan bank nomi:

7. Asosiy faoliyat turi:

8. Bankdagi hisobvaragʻi:

9. STIR:

10. MFO:

11. Telefon raqami:

12. Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa):

13. Yuridik shaxsning rahbari yoki ishonchli vakili F.I.O. va JSHSHIR maʼlumotlari:

14. Telefon raqami:

II. Soʻrovnomaga ilova:

Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga bir martalik subsidiya ajratish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning elektron shakli:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat taʼlim tashkilotiga bir martalik subsidiya berish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BAHOLASH MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkichlar

Ball

1.

Nodavlat taʼlim tashkilotiga shartnoma asosida jalb etilgan pedagog kadrlar soni*

6 ball

10 nafar va undan koʻp boʻlsa

6 ball

7 — 9 nafar boʻlsa

5 ball

4 — 6 nafar boʻlsa

4 ball

1 — 3 nafar boʻlsa

3 ball

2.

Nodavlat taʼlim tashkilotidagi xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy sertifikat yoki xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega boʻlgan pedagog kadrlar soni

6 ball

3 nafar va undan koʻp boʻlsa

6 ball

2 nafar boʻlsa

4 ball

1 nafar boʻlsa

2 ball

3.

Nodavlat taʼlim tashkilotida oʻqitiladigan xorijiy tillarning soni**

6 ball

3 ta va undan koʻp xorijiy til oʻqitilsa

6 ball

2 ta xorijiy til oʻqitilsa

4 ball

1 ta xorijiy til oʻqitilsa

2 ball

4.

Nodavlat taʼlim tashkilotining faoliyat koʻrsatish davriyligi*

4 ball

tashkil etilganiga 6 oydan oshmagan boʻlsa

4 ball

tashkil etilganiga 6 oydan 1 yilgacha muddat oʻtgan boʻlsa

3 ball

tashkil etilganiga 1 yildan oshgan boʻlsa

2 ball

5.

Bino va oʻquv xonalarining mulkiy hamda boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishliligi*

4 ball

ijara shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan boʻlsa

4 ball

mulkdan tekin foydalanish shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan boʻlsa

3 ball

oʻziga tegishli binoda faoliyat yuritayotgan boʻlsa

2 ball

6.

Nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan biznes-rejaning maqsadga muvofiqligi***

9 ball

“aʼlo” deb baholansa

9 ball

“yaxshi” deb baholansa

6 ball

“qoniqarli” deb baholansa

3 ball

Jami

35 ball

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Nodavlat taʼlim tashkilotiga oid maʼlumotlarni oʻrganish jarayonida mazkur baholash mezonlarida belgilangan koʻrsatkichlarga mos keladigan maʼlumotlar aniqlanmasa ball berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Koʻrsatkichlar Davlat soliq boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Koʻrsatkichlar “Litsenziya ” axborot tizimidagi maʼlumotlar asosida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Koʻrsatkichlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining hududiy vakili tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat taʼlim tashkilotiga toʻplagan baliga koʻra ajratiladigan subsidiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Toʻplanadigan ball

Subsidiyaning ajratiladigan miqdori

1.

26 va undan yuqori ball uchun

50 mln soʻm

2.

21 — 25 ball uchun

45 mln soʻm

3.

16 — 20 ball uchun

40 mln soʻm

4.

11 — 15 ball uchun

35 mln soʻm

5.

6 — 10 ball uchun

30 mln soʻm

6.

2 — 5 ball uchun

25 mln soʻm

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat taʼlim tashkilotlariga subsidiya ajratish yuzasidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYURTMANOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nodavlat taʼlim tashkiloti nomi

Nodavlat taʼlim tashkilotining yuridik manzili

Nodavlat taʼlim tashkilotining bank rekvizitlari

Subsidiya ajratishga asos boʻlgan qaror sanasi va raqami

Subsidiya miqdori

1.

2.

3.

Hokimning (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining) moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (Toshkent viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari)

QR-kod

_______________________

(F.I.O.)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2022-y., 09/22/513/0835-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)