1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.02 Homiladorlik va tugʻish nafaqasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sugʻurta tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli “Aholiga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga muvofiq budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga Davlat budjeti hisobidan homiladorlik va tugʻish nafaqasi (keyingi oʻrinlarda — nafaqa) toʻlanishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son Farmoniga muvofiq Moliya vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa Jamgʻarma hisobidan toʻlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning farzandi tugʻilgunga qadar minimal isteʼmol xarajatlarining 4 baravari miqdorida nafaqa toʻlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi toʻgʻrisida Sogʻliqni saqlash vazirligining “Tibbiyot” axborot tizimidan olingan elektron maʼlumotlar asosida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yagona reyestr” AT) tomonidan fuqarolarning murojaatlarisiz “proaktiv shakl”da tayinlanishi va toʻlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona reyestr” AT tomonidan AT “Xalq banki”ga taqdim etilgan nafaqa boʻyicha toʻlov roʻyxatlari asosida Jamgʻarmadan zarur mablagʻlarning mazkur bankka oʻtkazilishi hamda bank va uning boʻlimlari tomonidan nafaqa oluvchilarning bank plastik kartalariga yoki naqd pul koʻrinishida toʻlab berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari Moliya vazirligining respublika miqyosida alohida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida yigʻilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarajatlar Moliya vazirligi departamenti direktori tomonidan tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan daromadlar hamda xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarining budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda mehnat shartnomasi boʻyicha oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash uchun yoʻnaltirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob, hisobotlar va monitoring Moliya vazirligi tomonidan yuritilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2022-yil 20-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi — hududiy ambulator-poliklinikalar va tugʻruqxona muassasalari tomonidan homiladorlik hamda tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan maʼlumotlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ayollarning bandligi va ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi — “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tugʻilgan bolalar, shu jumladan, oʻlik tugʻilgan bolalar hamda farzandlikka olingan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi — ayolning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Yagona reyestr” ATga onlayn rejimda taqdim etib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 20-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
515-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 515-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda (keyingi oʻrinlarda — yuridik shaxslar) mehnat shartnomasiga asosan oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini (keyingi oʻrinlarda — nafaqa) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining alohida moduli — idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik asosida homiladorlik va tugʻish nafaqasini “proaktiv” shaklda tayinlash va toʻlashni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining tarkibiy qismi (keyingi oʻrinlarda — “Yagona reyestr” AT);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi — Moliya vazirligida (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi) yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Davlat budjeti hamda boshqa mablagʻlar hisobidan shakllantiriladigan Jamgʻarma (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa oluvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yuridik shaxsda mehnat shartnomasiga asosan oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayol;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov roʻyxat (vedomost)lari — nafaqa oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, pasport maʼlumotlari, bank plastik kartasi orqali toʻlanganda tegishli tijorat banki hamda nafaqa oluvchining bank plastik kartasi rekvizitlari va toʻlanishi lozim boʻlgan nafaqa summasiga doir maʼlumotlar aks ettirilgan, AT “Xalq banki”ga elektron koʻrinishda taqdim etiladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi — hududiy ambulator-poliklinikaning akusher-ginekologi tomonidan beriladigan, nafaqani tayinlash va toʻlash uchun asos hisoblanadigan hujjat (keyingi oʻrinlarda — mehnatga layoqatsizlik varaqasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom budjet tashkilotlarida, shu jumladan, oʻrindoshlik asosida ishlaydigan ayollarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nafaqa xodimning farzandi tugʻulguniga qadar minimal isteʼmol xarajatlarining (keyingi oʻrinlarda — MIX) 4 baravari miqdorida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIX miqdori oʻzgarganda, MIX miqdori eʼlon qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab nafaqa miqdori eʼlon qilingan MIXning yangi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlarga nafaqa tayinlashda tuman koeffitsiyenti qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nafaqani toʻlash va toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nafaqa “Yagona reyestr” AT tomonidan fuqarolarning murojaatlarisiz “proaktiv shakl”da Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tayinlanadi va toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nafaqa ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha tayinlanadi va toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Nafaqani tayinlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va toʻlash uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida undagi maʼlumotlar hududiy ambulator-poliklinikaning yoki tugʻruqxona muassasasining masʼul xodimi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligining “Tibbiyot” axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Tibbiyot” AT) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Tibbiyot” ATga mehnatga layoqatsizlik varaqasining seriyasi, raqami, sanasi hamda nafaqa oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — JSHSHIR), telefon raqami va mehnatga layoqatsizlik davri kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Tibbiyot” AT tomonidan ushbu Nizomning 10-bandidagi maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Tibbiyot” AT tomonidan tekshirilgan maʼlumotlar avtomatik ravishda “Yagona reyestr” ATga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Yagona reyestr” AT tomonidan nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
usluksiz ish stajiga ega ekanligi — “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi oʻrinlarda — “YAMMT” IDAK) orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari mavjudligi — Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasi (keyingi oʻrinlarda — DSQ bazasi) orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarida ishlashi yoki ishlamasligi Moliya vazirligining “UzASBO” dasturiy majmuasi (keyingi oʻrinlarda — “UzASBO” DM) orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nafaqa oluvchining oxirgi 6 oy davomidagi uzluksiz ish stajini hisoblashda, “YAMMT” IDAKdagi budjet tashkilotlaridan tashqari yuridik shaxslarda mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kunga qadar 6 oy uzluksiz ish staji inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu davrda oʻttiz bir kundan koʻp boʻlmagan tanaffuslar boʻlganda, mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kundan oldingi oʻn ikki oy davomidagi ketma-ket davrlar ish stajini hisoblashda qoʻllaniladi. Agar oxirgi 6 oy davomidagi uzluksiz ish staji davrida xodimning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari mavjud boʻlmasa, ushbu davr ish stajini hisoblashda inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolani parvarishlash uchun taʼtilda boʻlgan ayolning ish stajini DSQ bazasi orqali tekshirishda uning taʼtilga chiqishidan oldingi davri hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Nafaqa xodim yillik (asosiy va qoʻshimcha) mehnat taʼtilida, bolani parvarishlash uchun taʼtilda, ishni vaqtincha toʻxtatish yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, taʼlim tashkilotlarida tahsil olishi munosabati bilan berilgan taʼtilda boʻlganda hamda ish joyi saqlanadigan boshqa hollarda ham toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji davridagi mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari mavjud boʻlsa va “YAMMT” IDAKda ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumot boʻlmagan taqdirda, bu haqda “Yagona reyestr” AT tomonidan ikki ish kuni ichida nafaqa oluvchining “Tibbiyot” ATda qayd etilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar, shuningdek, ish beruvchining DSQ bazasidagi va “YAMMT” IDAKdagi shaxsiy kabinetlariga xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa oluvchining ish staji nomutanosibligi (notoʻgʻri kiritilganligi yoki kiritilmaganligi) xabarnoma olingan oydan keyingi oyning oxirgi ish kuniga qadar “YAMMT” IDAKda ish beruvchi tomonidan toʻgʻrilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xabarnoma yuborilgan nafaqa oluvchilarning oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji xabarnoma yuborilgan oydan keyingi oyning oxirgi ish kunida qayta tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomutanosiblik toʻgʻrilanmagan hollarda, nafaqa tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Yagona reyestr” AT tomonidan nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji, mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari va uning yuridik shaxslarda ishlashi tasdiqlanganda, nafaqani tayinlash toʻgʻrisidagi qaror avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Yagona reyestr” AT tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, nafaqaning toʻlov shakli va muddati boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, rad etish sabablari boʻyicha nafaqa oluvchining “Tibbiyot” ATda qayd etilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar, shuningdek, ish beruvchining DSQ bazasidagi va “YAMMT” IDAKdagi shaxsiy kabinetlariga avtomatik tarzda xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Nafaqani toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Yagona reyestr” AT tomonidan har oyning 4-sanasiga qadar nafaqa boʻyicha toʻlov roʻyxat (vedomost)lari AT “Xalq banki”ga taqdim etiladi hamda Jamgʻarmaning gʻazna hisobvaragʻidan zarur mablagʻlar belgilangan tartibda AT “Xalq banki”ga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan muddatning oxirgi kuni bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri kelganda, toʻlov roʻyxat (vedomost)lari va zarur mablagʻlar keyingi 2 ish kuni mobaynida AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etilishi va moliyalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nafaqani toʻlash uchun AT “Xalq banki” va uning boʻlimlarida alohida maxsus bank hisobvaraqlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Yagona reyestr” AT tomonidan toʻlov roʻyxat (vedomost)lari bank plastik kartasi boʻyicha shakllantiriladi. Bunda tegishli banklararo reprotsessing markazlaridan nafaqa oluvchining nomiga ochilgan, aktiv holatda boʻlgan, oxirgi 60 kun davomida oxirgi tranzaksiya amalga oshirilgan bank plastik kartasi tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa oluvchining bank plastik kartasi boʻlmaganda, toʻlov naqd pul koʻrinishida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. AT “Xalq banki” va uning boʻlimlari tomonidan nafaqa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa oluvchilarning bank plastik kartasiga toʻlov amalga oshiriladigan oyning 10-sanasiga qadar oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pul koʻrinishida toʻlov amalga oshiriladigan oyning 27-sanasiga qadar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. AT “Xalq banki” va uning boʻlimlari tomonidan nafaqani naqd pul koʻrinishida nafaqa oluvchining murojaatiga asosan, biroq nafaqa tayinlanganligi toʻgʻrisida SMS-xabar yuborilgan kundan boshlab toʻqson kun davomida belgilangan tartibda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Joriy oy mobaynida nafaqa oluvchilar tomonidan talab qilinmagan mablagʻlarni AT “Xalq banki” maxsus hisobvaraqlardan kelgusida toʻlash uchun Jamgʻarmaning gʻazna hisobvaragʻiga qaytarishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. AT “Xalq banki” va uning boʻlimlari har oyning oxirgi ish kuniga qadar ushbu oy uchun va yil boshidan amalga oshirilgan toʻlovlar hamda toʻlanmagan mablagʻlar haqidagi maʼlumotlarni “Yagona reyestr” ATga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nafaqa toʻlovlari boʻyicha AT “Xalq banki” koʻrsatadigan xizmatlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda Moliya vazirligi bilan AT “Xalq banki” oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “Yagona reyestr” AT tomonidan nafaqa tayinlangandan keyin toʻqson kunda “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda bola tugʻilganligi, shu jumladan, oʻlik tugʻilganligi yoki tugʻilgan bolani farzandlikka olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijasida bola tugʻilganligi, shu jumladan, oʻlik tugʻilganligi yoki tugʻilgan bolani farzandlikka olish qayd etilmagan holatlar boʻyicha nafaqa oluvchilarning roʻyxati hududlar kesimida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Shakllantirilgan roʻyxat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari masʼul xodimlari va (yoki) tuman (shahar) moliya boʻlimlari xodimlari tomonidan har oy yakuniga qadar FHDY organlari va (yoki) tibbiyot muassasasiga borgan holda tanlov asosida oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalari boʻyicha FHDY organlari va (yoki) tibbiyot muassasasining masʼul xodimlari ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda “Yagona reyestr” ATda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Nafaqa xodimga noqonuniy toʻlanganligi aniqlangan taqdirda, xatolikka yoʻl qoʻygan tashkilotning boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi tashkilotiga masʼul xodimlarning xatti-harakatiga baho berish uchun yozma xabar beriladi hamda tuman (shahar) moliya boʻlimlarining masʼul xodimlari tomonidan notoʻgʻri toʻlangan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1030-moddasiga muvofiq qaytarish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa oluvchining vijdonsizligi yoki hisob-kitoblardagi xatoliklar tufayli notoʻgʻri toʻlangan nafaqa nafaqa oluvchi tomonidan Jamgʻarmaga bir oy ichida qaytarilishi lozim. Bunda ixtiyoriy ravishda Jamgʻarmaga qaytarilmagan yoki toʻliq qaytarilmagan mablagʻ sud tartibida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan asoslardan boshqa sabablar bilan notoʻgʻri toʻlangan nafaqa xatolikka yoʻl qoʻygan tashkilot xodimidan belgilangan tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan nafaqa oluvchi toʻgʻrisida elektron shaklda avtomatlashtirilgan tarzda olingan maʼlumotlar “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq himoyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli davlat organlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida nafaqa oluvchi toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Nafaqa bola tirik yoki oʻlik tugʻilishi, tugʻilgan bolani farzandlikka olish yoxud homila tushishidan qatʼi nazar toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. “Yagona reyestr” ATda hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlarida texnik nosozliklar hamda maʼlumotlar almashinuvi jarayonida uzilishlar yuzaga kelganda, ushbu holatlar toʻliq bartaraf etilgunga qadar mehnatga layoqatsizlik varaqasidagi elektron maʼlumotlarni kiritish, nafaqani tayinlash va toʻlash muddatlari uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Jamgʻarma hisobidan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga layoqatsizlik varaqasining sanasi, seriyasi va raqami, fuqaroning telefon raqami va mehnatga layoqatsizlik davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning belgilangan tartibda, toʻliq, toʻgʻri va oʻz vaqtida kiritilishi uchun — hududiy ambulator-poliklinikalar yoki tugʻruqxona muassasasining maʼlumotlarni kirituvchi masʼul xodimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa tayinlanishi lozim boʻlgan ayolning “YAMMT” IDAKda mehnat shartnomasi va bandligi haqidagi maʼlumotlarning kiritilishi hamda ish staji boʻyicha nomutanosibliklarning oʻz vaqtida toʻgʻrilanishi uchun — ish beruvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus hisobvaraqlardagi mablagʻlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun — tuman (shahar) AT “Xalq banki” boʻlimi rahbarlari masʼul etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash hamda toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Hududiy ambulator-poliklinika, tugʻruqxona muassasasi masʼul xodimi
Homilador xodimning mehnatga layoqatsizlik varaqasidagi elektron maʼlumotlarni “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritadi.
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida
2-bosqich
“Tibbiyot” axborot tizimi
1. Kiritilgan maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi orqali tekshiradi.
1. Nafaqa oluvchining oxirgi 6 oy davomida usluksiz ish staji, mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari, budjet tashkilotlarida ishlashi yoki ishlamasligini tekshiradi.
2. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni avtomatik tarzda shakllantiradi.
3. Toʻlov roʻyxatlarini shakllantiradi.
4. Nafaqaning toʻlov shakli va muddati boʻyicha nafaqa oluvchiga SMS-xabar yuboradi.
5. Toʻlov roʻyxatlarini AT “Xalq banki”ga taqdim etadi
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi tizimga kiritilgan oydan keyingi oyning 4-sanasiga qadar
4-bosqich
Moliya vazirligi
Nafaqa toʻlash uchun mablagʻlarni AT “Xalq banki”ga oʻtkazib beradi.
Toʻlov amalga oshiriladigan oyning 4-sanasiga qadar
5-bosqich
AT “Xalq banki”
Nafaqa oluvchilarning bank plastik kartalariga toʻlovni amalga oshiradi.
Toʻlov amalga oshiriladigan oyning 10-sanasiga qadar
Nafaqa oluvchining bank plastik kartasi boʻlmaganda, nafaqani naqd pul koʻrinishida toʻlaydi.
Toʻlov amalga oshiriladigan oyning 27-sanasiga qadar
Amalga oshirilgan toʻlovlar hamda toʻlanmagan mablagʻlar haqidagi elektron maʼlumotlarni “Yagona reyestr” ATga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) maqomi, mablagʻlarini shakllantirish, ulardan foydalanish, hisob va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma mablagʻlari Moliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi) respublika miqyosida alohida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida yigʻiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasi kelgusi yilda kelib tushishi kutilayotgan mablagʻlar prognozi hamda joriy yilda homiladorlik va tugʻish nafaqalari boʻyicha xarajatlarning kutilayotgan ijrosidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kelgusi yilga manbalar va xarajat yoʻnalishlari boʻyicha Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining prognozlari Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarajatlar Moliya vazirligining masʼul departamenti direktori tomonidan tasdiqlangan hamda roʻyxatdan oʻtkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Jamgʻarmaga ajratish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar Davlat budjeti parametrlarida Moliya vazirligi uchun ajratilgan mablagʻlar tarkibida alohida satrda rejalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarma mablagʻlaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda mehnat shartnomasi boʻyicha oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlashni moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari budjetga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobot taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. AT “Xalq banki” Jamgʻarmadan moliyalashtirilgan homiladorlik va tugʻish nafaqasi uchun ajratilgan mablagʻlarning ishlatilishi toʻgʻrisida har oyda tegishli hisobotlarni belgilangan tartibda Moliya vazirligiga taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tuman (shahar) moliya boʻlimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar oʻtkazilgan monitoring natijalari boʻyicha maʼlumot berib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari Moliya vazirligining masʼul departamentiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar hududlar boʻyicha toʻlangan va toʻlanmagan homiladorlik va tugʻish nafaqalari toʻgʻrisidagi tezkor axborotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan shakl boʻyicha belgilangan muddatlarda choraklik va yillik hisobotlarni taqdim etadi.