13.09.2022 yildagi SQ-622-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari tizimida 2022-yilning birinchi yarmida murojaatlar bilan ishlash holati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etish yuzasidan samarali mexanizmlar yaratilib, tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari, davlat organlari va tashkilotlarining “Ishonch telefonlari” tashkil etilishi fuqarolarning ogʻirini yengil qilish bilan bir qatorda turli xil noqulayliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayniqsa, aholi muammolarini joyida hal etish maqsadida muntazam ravishda tashkil etilayotgan sayyor qabullar barcha darajadagi rahbarlarning hududlardagi muammolarni oʻz koʻzi bilan koʻrib, aholi dardini yaqindan eshitishiga zamin yaratmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi muammolari hamda hududlardan koʻtarilayotgan masalalar tizimdagi kamchiliklarni aniqlash bilan birga kelgusi islohotlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, 2022-yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlar oʻrganilganda ayrim davlat organlari va tashkilotlari hamda hududlarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati salbiyligicha qolgani maʼlum boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarga jami 773 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan boʻlib, murojaatlar soni oʻtgan yilga nisbatan 66 mingtaga yoki 8 foizga kamaygan boʻlsa-da, muhtojlarga moddiy yordam koʻrsatish (17 mingtaga yoki 3,7 baravar), fuqarolik ishlari boʻyicha sud qarorlari ijro etilishi (2,2 mingtaga, 2,2 baravar), muhtojlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash (1,7 mingtaga, 2,3 baravar), tabiiy gaz hisoblagichi oʻrnatilishi (1,2 mingtaga, 3,5 baravar), kadastr xodimlarining xatti-harakatlari (981 taga, 3,9 baravar) bilan bogʻliq masalalar keskin oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan murojaatlardan iqtisodiy soha tashkilotlariga 260 mingta, sud-huquq sohasi tashkilotlariga 230 mingta, ijtimoiy soha tashkilotlariga 137 mingta, mahalliy davlat hokimiyati organlariga 129 mingta, mudofaa va xavfsizlik sohasi hamda markaziy muassasalarga 5 mingtasi koʻrib chiqish uchun yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy sohada murojaatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida 13 mingtaga yoki 48 baravarga, Qishloq xoʻjaligi vazirligida 3,5 mingtaga yoki 13 baravarga, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligida 2 mingtaga yoki 2,7 baravarga, Qurilish vazirligida 2,5 mingtaga yoki 2,3 baravarga hamda Davlat soliq qoʻmitasida 16 mingtaga yoki 2 baravarga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sohada murojaatlar soni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida 288 taga yoki 108 foizga, Yoshlar ishlari agentligida 645 taga yoki 70 foizga hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligida 1715 taga yoki 67 foizga keskin ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-huquq sohasida murojaatlar soni Adliya vazirligida 2,7 mingtaga yoki 58 foizga, Ichki ishlar vazirligida 13 mingtaga yoki 20 foizga va Majburiy ijro byurosida 10 mingtaga yoki 20 foizga koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida murojaatlar 52 mingtaga yoki 29 foizga kamaygan boʻlib, eng koʻp murojaatlar Toshkent shahar, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari tizimiga (14 — 18 mingta) kelib tushgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika boʻyicha Virtual qabulxona tizimida vazirliklar, idoralar va hokimliklar tomonidan koʻrib chiqilgan murojaatlarning 35 foizi ijobiy hal etilgan boʻlsa, 63 foizi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgan hamda 2 foizi koʻrmasdan qoldirilgan yoki tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimida (6 foiz), “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (12 foiz), Milliy gvardiya (16 foiz), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (18 foiz), Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi hamda Qurilish vazirliklari (19 foiz), shuningdek, Andijon (11 foiz), Namangan (15 foiz), Navoiy (16 foiz) hamda Qashqadaryo (19 foiz) viloyatlari hokimliklarida murojaatlarni ijobiy hal etish darajasi past boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarning tahlili ayrim davlat organlari va tashkilotlari tizimida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarda murojaatlar bilan ishlash faoliyatida muammolar saqlanib qolayotganligi hamda bir qator tizimli kamchiliklarning mavjudligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Majburiy ijro byurosi faoliyatiga nisbatan eʼtirozlarning yildan-yilga ortib borayotganiga ijro hujjatlari, shu jumladan, aliment undirish haqidagi ijro ishlarini yuritishda qonun talablariga toʻliq rioya etmaslik sabab boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ijro hujjati boʻyicha murojaat qilingan holatlardagina undirish choralari koʻrilayotganligi, aks holda ijro harakatlari oʻz holiga tashlab qoʻyilganligi, qarzdorlarga nisbatan taʼsir choralari koʻrilmaganligi oqibatida, joriy yilning 6 oyida Byuro organlariga 62 mingta murojaat kelib tushib, oʻtgan yilga nisbatan 10 mingtaga yoki 20 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash sohasiga oid murojaatlarda asosan sogʻliqni saqlash xodimlari xatti-harakatlaridan norozilik, nogironlik guruhlarini belgilash, davolash-profilaktika, malakali tibbiy koʻrikdan oʻtish, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy yordam, dori-darmon bilan taʼminlashga doir masalalar koʻtarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, sud tizimiga oid murojaatlarning asosiy qismini sudyalarning xatti-harakatlari hamda fuqarolik, maʼmuriy va jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlari ustidan shikoyatlar tashkil etib, sudlarda fuqarolik ishlarining koʻrilishi bilan bogʻliq murojaatlar 20 foizga oʻsgan (26 mingta).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning ijtimoiy nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi arizasining rad etilishi, avvalroq muayyan muddatga tayinlangan ijtimoiy nafaqa toʻlovi belgilangan muddat tugamasdan toʻxtatilganligi kabi holatlar budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan mualliflar ishtirokida toʻliq va atroflicha oʻrganib chiqilmaganligi va ularga batafsil javob xatlari berilmaganligi oqibatida murojaatchilar tomonidan takror-takror murojaat yoʻllanishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi murojaatlarda muallifning vajlari turli tashkilotlar tomonidan ijobiy hal etilmaganligi hamda mutaxassisligi boʻyicha ish topilmaganligi bilan bogʻliq masalalar koʻtarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimi masʼullari tomonidan ish haqi miqdori past boʻlgan, murojaat etuvchining maʼlumoti va mutaxassisligiga toʻgʻri kelmaydigan, uzoq hududlarda joylashgan ish oʻrinlari taklif qilingani sababli qanoatlantirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gaz taʼminotiga oid murojaatlarda maishiy gaz ballonlarini oʻz vaqtida almashtirish, yetkazib berish hamda qoʻshimcha gaz ballonlari ajratilishi, shuningdek, kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bosimining tushib ketishi bilan bogʻliq eʼtirozlar bildirilgan boʻlsa, elektr energiyasi bilan bogʻliq murojaatlarda elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlar, elektr tarmoqlari va transformatorlarning eskirganligi hamda taʼmirtalabligi kabi muammolar oʻz aksini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar sohasidagi murojaatlarda kredit hamda plastik kartalari bilan bogʻliq masalalar koʻtarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim sohasidagi murojaatlarda farzandini maktabgacha taʼlim tashkilotiga joylashtirishdagi navbatning yillar davomida kelmasligi sababli ayollarni ishlash imkoniyatlari cheklanganidan shikoyat qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi yoʻnalishidagi murojaatlarda asosan farzandini umumtaʼlim maktabiga joylashtirishdagi muammolar, taʼlim sifati, oʻqituvchilar oʻrtasida dars soatlari taqsimoti bilan bogʻliq nizolar, maktabda pul yigʻilishi bilan bogʻliq masalalar koʻtarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim yoʻnalishidagi murojaatlarda talabalarni yotoqxona bilan taʼminlash, taʼlim sifati, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasiga qabul, oʻqishni boshqa oliy taʼlim muassasasiga koʻchirish bilan bogʻliq muammolar qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari bilan bogʻliq murojaatlarda asosan mutasaddi rahbarlar tomonidan aholi bilan qoʻpol muomalada boʻlish, muammolarni hal qilish boʻyicha berilgan vaʼdalar bajarilmasligi, joylarda birinchi rahbarlarning fuqarolarni qabul qilmasligi va boshqa holatlar koʻrsatib oʻtilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlillarga koʻra, hududiy rahbarlarning shaxsiy qabuli boʻyicha arizalar 11 foizga koʻpaygan boʻlib, Xorazm (51 foiz) va Fargʻona (37 foiz) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (26 foizga) oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oshgan. Shuningdek, davlat organlari xodimlari va mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar soni jami hududlar boʻyicha 7 foizga koʻpaygan boʻlsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi (27 foiz) va Xorazm viloyati (23 foiz) hamda Toshkent shahrida (22 foiz) keskin ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu turdagi murojaatlarning soni oshishida quyidagi davlat organlarining hissasi yuqori boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, kadastr (285 foiz), majburiy ijro byurosi (53 foiz), prokuratura (38 foiz), ichki ishlar (35 foiz), sogʻliqni saqlash (24 foiz) tizimlari xodimlari xatti-harakatlari boʻyicha shikoyatlar koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng koʻp Toshkent (1 743 nafar), Namangan (705 nafar), Qashqadaryo (688 nafar), Surxondaryo (681 nafar) va Fargʻona (650 nafar) viloyatlarida yashovchi fuqarolar oʻz muammolariga yashab turgan hududidan yechim topa olmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada fuqarolardan Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi kabi yuqori davlat organlariga 17 mingdan ortiq murojaat qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar tomonidan tuman yoki viloyat darajasida hal etilishi mumkin boʻlgan muammolar joylarda oʻz vaqtida hal etilmaganligi aholining sarsongarchiligiga hamda davlat idoralariga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini uygʻotishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4, 10 va 22-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N. Umarovning davlat organlari va tashkilotlari tizimida 2022-yilning birinchi yarmida murojaatlar bilan ishlash holati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Maktabgacha taʼlim, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Sogʻliqni saqlash, Xalq taʼlimi, Qishloq xoʻjaligi, Qurilish vazirliklari, Milliy gvardiya, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Majburiy ijro byurosi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Kadastr agentligi, Pensiya jamgʻarmasi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari doimiy ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish hamda koʻtarilgan masala va muammolarni zudlik bilan hal qilish choralarini koʻrsin, bunda tuman hamda viloyat darajasida hal etilishi mumkin boʻlgan murojaatlarni joyida hal qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarda eng koʻp koʻtarilgan masalalarni tahlil qilish tizimi joriy qilinib, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash hamda muammolarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilasin va amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan har bir muammo va masalalar yuzasidan oʻz vaqtida hamda asosli munosabat bildirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni oʻrganishda xodimlarning masʼuliyatini yanada oshirish va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan tegishli javobgarlik choralarini belgilasin hamda ichki nazoratni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarning takroriyligini oldini olish maqsadida, shu jumladan bir necha yillar davomida hal etilmagan murojaatlar ishchi guruh tuzgan holda oʻrganilib, mualliflarga yakuniy javob xati berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni koʻrib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga, tashkilotlarga oʻtkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga, tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish holatlariga yoʻl qoʻymasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalaridan kelgan murojaatlarni hal etish natijalari tizimga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha oʻrganish talab qilinadigan murojaatlar boʻyicha muallifga xabardor qilish tartibiga soʻzsiz rioya qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlar boʻyicha yuritiladigan hisobotlar, shuningdek, sayyor hamda shaxsiy qabullar boʻyicha maʼlumotlarni haqqoniy va toʻgʻri yuritilishini nazoratga olsin hamda tasdiqlangan reja-grafiklar asosida sayyor qabullar oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda vazirlik va idoralarning aholi murojaatlari bilan ishlash faoliyatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari, shuningdek, ushbu faoliyatni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni kengaytirilgan yigʻilishda muhokama qilib, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni qabul qilish, har haftada sayyor qabullar oʻtkazish, natijasi yuzasidan deputat soʻrovi va eshituvlari amaliyotidan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishincha hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyati yuzasidan axborotini tanqidiy jihatdan muhokama qilish hamda mazkur Qarorning 2-bandida qayd etilgan masalalarga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda qizgʻin bahslarga sabab boʻlgan, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlar yuzasidan tezkor eshituvlar tashkil qilgan holda mutasaddi shaxslardan izoh talab qilib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning 2-bandi ijrosi yuzasidan joriy yilning 15-oktabriga qadar hamda 3-bandi ijrosi yuzasidan joriy yilning 15-noyabriga qadar Senatga umumlashtirilgan axborot taqdim qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N. Umarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-622-IV-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2022-y., SQ-622-IV-son)