Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 16-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1268-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-sentabr,
48-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2022-yil 29-avgust,
26-2022Q/Q-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2022-yil 30-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 8-sentabrdagi 48-son va 29-avgustdagi 26-2022Q/Q-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2003-yil 24-iyuldagi 83 va 7/12-son “Oʻzbekiston Respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1268, 2003-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 16-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-Q/Q-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1268-1, 2019-yil 13-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 10/19/1268-1/3740-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 19-iyundagi 27 va 23-2020-q/q-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 1-ilovasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1268-2, 2020-yil 8-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 10/20/1268-2/1042-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/1268-3/0830-son)