Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2001 11.03.1993 yildagi 127-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2001
Hujjat 07.04.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI TIZIMIDAGI ORGANLAR FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 75-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish sohasida taʼsirchan ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun va bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq aholining ish bilan taʼminlanish darajasini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va mehnatga haq toʻlashni bundan buyon ham takomillashtirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining tarkibiy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirining uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikning hayʼati 7 kishidan iborat boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vaziri lavozimiga koʻra hayʼat tarkibiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning barcha mehnat organlari xodimlarining soni koʻpi bilan 3940 kishidan, shu jumladan, Mehnat vazirligi markaziy apparati boʻyicha — 70 kishidan (binoga xizmat koʻrsatish va qoʻriqlash xodimlaridan tashqari) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari xodimlarini mablagʻ bilan taʼminlash davlat budjetidan, tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimlari (mehnat birjalari) xodimlari esa ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻzbekiston ijtimoiy tadqiqotlar respublika markazi va Tarmoq axborot-hisoblash markazi tugatilib, Oʻzbekiston mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish muammolarini oʻrganish respublika markazi tashkil etilsin. Mehnat vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, hokimliklar, vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar buyurtmalariga binoan xoʻjalik hisobi asosida tashkil etish maqsadga muvofiq deb topilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ishdan boʻshab qolganlarni kasbga yoʻnaltirish va qayta oʻqitish Oʻzbekiston respublika metodologik markazi tugatilib, uning oʻqish rejalari, dasturlari va qoʻllanmalar ishlab chiqishga doir vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi markaziy apparati zimmasiga yuklatilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi boʻyicha Respublika markaziy laboratoriyasi faoliyatini xoʻjalik hisobi asoslarida tashkil etish maqsadga muvofiq deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bosh boshqaruv organi etib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demografik jarayonlarni hisobga olgan holda, mehnatdan foydalanish va ish bilan taʼminlash, aholini ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini, mehnatga haq toʻlash, mehnat meʼyorlari va sharoitlarini takomillashtirish, ijtimoiy mehnat munosabatlari masalalariga doir xalqaro shartnomalarni bajarish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha— Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining turmush darajasini, tarkibini, sonini tahlil qilish va prognozlash, hisobga olib borish, demografiya, mehnat resurslari balanslarini ishlab chiqish boʻyicha “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalarining hamda tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimlari (mehnat birjalari)ning namunaviy tuzilmalari va xodimlarining cheklangan soni 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2, 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari tegishli hokimliklarning tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi, hokimliklar va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga boʻysunadi va ularga hisob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimlari tegishli hokimliklarning tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi, hokimliklar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalariga boʻysunadi va ularga hisobga beradi, ularga uslubiy rahbarlik qilish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish esa Mehnat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-apreldagi 175-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari boshliqlarini ishga tayinlash viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimlari (mehnat birjalari) rahbarlarini ishga tayinlash tegishli viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan, tuman (shahar) hokimlari tavsiyasiga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi mehnat organiga uslubiy rahbarlik qiladi va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mehnat organlari tizimi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatdan foydalanish va ish bilan taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya jarayonlarini boshqarish, demografik vaziyatni oʻrganish va uni yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish bilan band boʻlmagan aholini hisobini olish va ishsizlar sonini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozorining talab va ehtiyojlarini tahlil qilish va prognozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlarni va ish bilan band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish bilan taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa davlatlarning mehnat organlari bilan ishchi kuchlaridan foydalanish boʻyicha aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirish, xorijiy mehnat bozorlarining aloqa va ehtiyojlarini oʻrganish, ishchi kuchlarini eksport qilish hamda tuzilgan shartnoma va kontraktlarga muvofiq chet ellarga ishga ketayotgan respublika fuqarolari manfaati va huquqlarini himoya qilishni taʼminlash mexanizmini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ijtimoiy himoya qilish va mehnatga haq toʻlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhtojlarga, ularning haqiqiy daromadlarini hisobga olgan holda, koʻrsatilayotgan yordamlarning maqsadga yoʻnaltirilganligini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash yagona umumdavlat siyosatini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning eng kam miqdorlarini belgilash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnoma va kontraktlarga muvofiq chet ellarga ishga ketayotganlar mehnatiga haq toʻlash va ularni ijtimoiy kafolatlash shartlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun kvotalanadigan ish oʻrinlari yaratish va ushbu oʻrinlarning toʻldirilishini nazorat qilib borishni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va uning samaradorligini tahlil etish uchun sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat normativlari va sharoitlari sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga ishtiyoq va ragʻbatni kuchaytirish chora-tadbirlarini, normalarni, normativlarni, tarif stavkalari va maoshlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlarini, mehnat qonunchiligi bajarilishini davlat ekspertizasidan oʻtkazish va nazorat qilishning normativ-huquqiy hujjatlarini, mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlar uchun imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlarini, faoliyat turlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, muassasalar, tashkilotlar va korxonalar, mahalliy boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning bajarishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mehnat munosabatlari yuzasidan kasaba uyushmalari va ishga yollovchilar ishtirokida tuziladigan uch tomonlama bitimlarda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga davlat manfaatlarini himoya qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻyicha viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman boʻlimlari mehnat birjalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufdagi tashkilotlarning vazifalarini qayta koʻrib chiqsin tuzilmasini va nizomlarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qaroriga mazkur qarordan kelib chiqadigan zarur oʻzgarishlarni kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini, vazirlikning yangi vazifalari va faoliyati yoʻnalishlarini hisobga olgan holda, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziriga vazirlikning markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgarishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi bosqichini hisobga olgan holda aholini ish bilan taʼminlashning mintaqaviy dasturlari mazmunini, ularni yangi ishchi oʻrinlari barpo etishga, xodimlar tayyorlash va qayta tayyorlash, jamoat ishlarini kengaytirishga koʻproq yoʻnaltirgan tarzda, qayta koʻrib chiqsinlar, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali foydalanishni taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda mehnat boʻyicha respublika, viloyat, shahar va tuman organlari faoliyatini koʻrib chiqsinlar, ularning tuzilmalarini aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilishni boshqarish masalalarini hal qilishga yoʻnaltirish, ularning oʻzaro va respublika Mehnat vazirligi boʻlinmalari bilan puxta hamkorlik qilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar. Mehnat organlari zimmasiga yuklatilgan yangi vazifalardan kelib chiqqan holda xodimlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazsinlar, ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mehnat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, Tashqi ishlar vazirliklari va boshqa idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda respublikadan ishchi kuchlarini eksport qilishni, chet ellarda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari manfaatlari va huquqlarini himoya qilishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, xorijiy davlatlar mehnat bozorini oʻrganish mexanizmini ishlab chiqish, mehnat kontraktlari boʻyicha chet ellarga joʻnab ketish hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga “Mehnat” gazetasini taʼsis etish va xoʻjalik hisobi asosida nashr qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 4-uyga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 10-oktabrdagi 253-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yilning iyulida koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127-son