Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 9-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3385]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-avgust,
19/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 22-avgustdagi 19/6-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 8-iyundagi 20/1-son “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3022, 2018-yil 9-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2018-y., 10/18/3021/1333-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/10-son “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3022-1, 2019-yil 26-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y. 10/19/3022-1/2669-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-son “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3022-2, 2019-yil 5-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-son “Har bir oila — tadbirkor dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 2019-yil 30-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/4-son “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3022-4, 2020-yil 27-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2020-y., 10/20/3022-4/0218-son).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 31-dekabrdagi 28/7-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3285, 2021-yil 26-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 10/21/3285/0073-son) ilovasining 5-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3385/0813-son)