02.07.1992 yildagi 621-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO VALYUTA FONDI, REKONSTRUKSIYALASh VA RIVOJLANISh XALQARO BANKI, RIVOJLANISh XALQARO ASSOTSIATSIYASI, XALQARO MOLIYA KORPORATSIYASI, KOʻP TOMONLAMA SARMOYA AJRATIShNI KAFOLATLOVChI AGENTLIKKA AʼZOLIGI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining teng huquqlik asosida jahon hamjamiyati tarkibiga kirishi zarur ekanligini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlariga kirishining, bu tashkilotlarga aʼzo boʻlishining hamda ularning imkoniyatlaridan respublikani rivojlantirish uchun foydalanishining huquqiy asoslarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Xalqaro valyuta fondi (quyida Fond deb ataladi), Rekonstruksiyalash va rivojlanish xalqaro banki (quyida Bank deb ataladi), Rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasi (quyida Assotsiatsiya deb ataladi), Xalqaro moliya korporatsiyasi (quyida Korporatsiya deb ataladi), Koʻp tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi agentlik (quyida Agentlik deb ataladi)ning aʼzoligini qabul qilishga va shu tariqa Fond, Bank, Assotsiatsiya, Korporatsiya boshqaruvchilari tegishli Kengashlari, Agentlik boshqaruvchilari Kengashining Oʻzbekiston Respublikasining ana shu tashkilotlarga aʼzoligiga daxldor boʻlgan rezolyutsiyalaridagi muddatlar va shartlarni qabul qilib, matnlari ushbu Qonunning I, II, III, IV va V ilovalarida* keltirilgan barcha tuzatishlari bilan Fond, Bank, Assotsiatsiya, Korporatsiya, Konvensiya, Agentlikning bitimlaridagi tegishli moddalarni qabul etishga vakil qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* I, II, III, IV va V ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Hukumatiga matni ushbu Qonunning VI-ilovasida* berilgan Fond Bitimi moddalariga taqdim etilgan Uchinchi tuzatishni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qabul qilish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* VI-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Prezident tayinlashi mumkin boʻlgan boshqa shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond, Bank, Assotsiatsiya, Korporatsiya, Konvensiya, Agentlik muassasalari bitimlari moddalarining asl nusxasini imzolash, Fondga aʼzolikka doir hujjatlarni va ana shu maqsadlar uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarni tayyorlash hamda kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond Bitimi moddalariga taklif etilgan Uchinchi tuzatishni Hukumat nomidan imzolash vakolati berilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti yoki u tayinlagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi nomidan matni ushbu Qonunning VII ilovasida* keltirilgan Davlatlar va boshqa davlatlarning fuqarolari oʻrtasidagi sarmoyaga doir nizolarni tartibga solish toʻgʻrisidagi Konvensiyaning (quyida SNTSXM Konvensiyasi deb ataladi) asl nusxasini imzolashga, Fond aʼzoligiga doir hujjatlarni va ana shu maqsadlar uchun zarur boʻlib qolishi mumkin boʻlgan boshqa hujjatlarni tayyorlash hamda kiritishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* VII-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondga aʼzo boʻlib kirilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi nomidan oʻzlashtirishning maxsus huquqlar boʻlimiga: Oʻzbekiston Respublikasi ushbu Qonunga muvofiq fondning mazkur boʻlimi ishtirokchisining barcha majburiyatlarini zimmaga oladi deyilgan va Oʻzbekiston Respublikasi oʻzlashtirishning maxsus huquqlari boʻlimi ishtirokchisining barcha majburiyatlari ijrosiga yuridik maqom berilishi uchun barcha chora-tadbir koʻrganligini tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtirish va kiritishga vakil qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Oʻzbekiston Respublikasining ana shu tashkilotlarga aʼzoligiga daxldor boʻlgan rezolyutsiyalardagi shartlar hamda muddatlarda va Bitim yoki Konvensiya moddalariga muvofiq ravishda Fond, Bank, Assotsiatsiya, Korporatsiya va Agentlikka toʻlanishi lozim boʻlgan schyotlarni qarz olish yoxud tegishli yoʻl bilan sotib olish hamda toʻlash, shuningdek Fondning maxsus huquqlarni oʻzlashtirish boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishi bilan bogʻliq toʻlovlarni amalga oshirish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan toʻlovlarni toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankini manbalar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Fond, Bank, Assotsiatsiya va Korporatsiya bitimlarining, Konvensiyaning tegishli moddalariga va Agentlik belgilaydigan moddalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fond, Bank, Assotsiatsiya, Korporatsiya yoki agentlik aʼzoligi uchun zarur boʻlib qolishi mumkin boʻlgan yoki aʼzoligiga muvofiq ravishda har qanday oʻzga qoʻlga oʻtkazilmaydigan foizsiz veksellar xarid qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Fond Bitimi 1-boʻlimining V moddasida va Bank Bitimi 2-boʻlimining III moddasida nazarda tutilgan moliya muassasi sifatida amal qiladi hamda Fond Bitimi va Bank Bitimi moddalarining qoidalarida nazarda tutilgan barcha operatsiyalar va bitimlarni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Korporatsiya Bitimi 10-boʻlimining IV moddasi, Assotsiatsiya Bitimi 10-boʻlimining VI moddasi va Konvensiyaning 38-moddasida koʻzda tutilganidek Agentlik belgilaydigan moddalarga muvofiq aloqa kanali hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Fond va Bank Bitimlari moddalarining turli qoidalarida nazarda tutilgan operatsiyalar va kelishuvlarda toʻlanishi yoki respublikaga oʻtkazilishi mumkin boʻlgan har qanday summani qabul qilib olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Fond, Bank, Assotsiatsiya, Korporatsiya va Agentlik toʻlovlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi kirituvchisi deb tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond, Bank, Assotsiatsiya, Korporatsiya, Konvensiya, Agentlik, SNTSXM Konvensiyasining Bitimlari, shuningdek kuchga kirgan ularga doir tuzatishlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruratga qarab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasining Bitimlar va Konvensiya moddalarida, Agentlik tomonidan va ushbu Qonunning 1-moddasida sanab oʻtilgan rezolyutsiyalarda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish va ushbu Qonunning qoidalariga amaliy kuch berish uchun Farmonlar va boshqa normativ hujjatlar chiqarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
621-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 333-modda)