31.08.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3383
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qarori, 31.08.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3383
Кучга кириш санаси
31.08.2022
Hujjat 08.05.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2025-yil 11-apreldagi 7-son va Adliya vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3383-1, 28.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 10/25/3383-1/0393-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 31-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3383]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Adliya vazirligi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2025-yil 11-apreldagi 7-son va Adliya vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3383-1, 28.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 10/25/3383-1/0393-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. BURXANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2022-yil 31-avgust,

2-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. DAVLETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 31-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2022-yil 31-avgustdagi 2-son, Adliya vazirligining 2022-yil 31-avgustdagi 5-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USLUBIYOTI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2025-yil 11-apreldagi 7-son va Adliya vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3383-1, 28.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 10/25/3383-1/0393-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Uslubiyot davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning (bundan buyon matnda davlat tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2025-yil 11-apreldagi 7-son va Adliya vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3383-1, 28.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 10/25/3383-1/0393-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat tashkilotlarining faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotining korrupsiyaviy xavf-xatarga eng koʻp duch keladigan vazifa va funksiyalarini aniqlash hamda korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori boʻlgan lavozimlar roʻyxatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash quyidagilar ishlab chiqilishini nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dastur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori boʻlgan lavozimlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Uslubiyotda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy xavf-xatar — shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda mavjud sabab va sharoitlarda korrupsiyaviy xatti-harakatlarni sodir etish ehtimoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi — davlat tashkiloti faoliyatida amalga oshiriladigan vazifa va funksiyalar (jarayonlar) bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy xavf-xatarning tavsifi va darajasi, funksiyalarni (jarayonlarni) tartibga soluvchi mexanizmlar, funksiyalarni (jarayonlarni) amalga oshirishga masʼul boʻlgan lavozim, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish choralari, qoldiq korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi, korrupsiyaviy xavf-xatarni bartaraf etish choralarini amalga oshirishga masʼul ijrochilarni oʻz ichiga olgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash — davlat tashkilotining faoliyatini (vazifa va funksiyalarini) tahlil qilish, mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ushbu xavf-xatarlar darajasini baholash boʻyicha faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoldiq xavf-xatar — aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarni bartaraf etish yuzasidan belgilangan choradan keyin saqlanib qoladigan xavf-xatar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus boʻlinma — davlat tashkilotidagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruh — korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari mavjud boʻlmagan davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uchun tuziladigan xodimlar tarkibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash har yili 1-martga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) davlat tashkilotlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish, ushbu yoʻnalishda kamchiliklarning oldini olish boʻyicha koʻrsatmalar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash davlat tashkiloti tizimiga kiruvchi barcha tarkibiy va hududiy boʻlinmalarni qamrab olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash maxsus boʻlinma yoki ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishchi guruh aʼzolari davlat tashkilotining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotining birinchi rahbari tomonidan ishchi guruh tarkibi tasdiqlanadi hamda uning faoliyati muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashda davlat tashkiloti markaziy apparatining maxsus boʻlinmasi (ishchi guruh) tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash boʻyicha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotining korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotining tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan ishlab chiqilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dastur loyihalarini koʻrib chiqish va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar asosida davlat tashkilotining korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dastur loyihasini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat tashkilotining tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar va uning hududiy boʻlinmalaridagi maxsus boʻlinma (ishchi guruh) quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dastur loyihalarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus boʻlinma (ishchi guruh) tomonidan davlat tashkiloti faoliyatining (vazifa va funksiyalarining) tavsifi ushbu Uslubiyotning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat tashkiloti faoliyatidagi (vazifa va funksiyalardagi) korrupsiyaviy xavf-xatarlar ichki va tashqi axborot manbalari asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ichki axborot manbalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkiloti faoliyatining (vazifa va funksiyalarining) huquqiy asosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki tekshiruv materiallari, shu jumladan xizmat tekshiruvi materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odob-axloq komissiyasi majlislarining yigʻilish bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining monitoring natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus boʻlinma (ishchi guruh) tomonidan davlat tashkiloti faoliyati (vazifa va funksiyalari) yuzasidan oʻtkazilgan soʻrovnomalar, shu jumladan sotsiologik tadqiqotlar natijalari va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashqi axborot manbalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkiloti faoliyati toʻgʻrisidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi murojaatlar (xabarlar) va statistik maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik yoki boshqa davlat tashkilotlari tomonidan davlat tashkiloti faoliyati (vazifa va funksiyalari) yuzasidan oʻtkazilgan soʻrovnomalar, shu jumladan sotsiologik tadqiqotlar natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan taqdim etilgan materiallar va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maxsus boʻlinma (ishchi guruh) davlat tashkilotining faoliyatidagi (vazifa va funksiyalaridagi) korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlashda quyidagi holatlar tahlil qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotining xodimi tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkiloti tomonidan faoliyatini (vazifa va funksiyalarini) amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslar uchun sunʼiy toʻsiqlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vaqtida qaror qabul qilmaslik, asossiz tezkor tartibda qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar, elektron maʼlumotlar bazalariga bila turib yolgʻon maʼlumotlarning kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat vakolatlarini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatlarni amalga oshirishda mahalliychilik, homiylik, urugʻ-aymoqchilik kabi holatlarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat tashkiloti faoliyatidagi (vazifa va funksiyalaridagi) korrupsiyaviy xavf-xatarlarning darajasi quyidagi oʻlchovlarda baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
past

oʻrta;

yuqori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maxsus boʻlinma (ishchi guruh) tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatar darajasiga baho berish mazkur Uslubiyotning 2-ilovasidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning darajasini bartaraf etish choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish choralari quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar hamda ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson omilini qisqartirish va davlat tashkiloti faoliyatini (vazifa va funksiyalarini) raqamlashtirish, shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkiloti faoliyatini (vazifa va funksiyalarini) tartibga solish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkiloti xodimlari va jismoniy shaxslar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqani maksimal darajada cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy veb-sayt va boshqa ommaviy axborot vositalarida davlat tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish va tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonini soddalashtirish, asossiz cheklovlarni, ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarni bekor qilish, byurokratik tartibga solish mexanizmlarini yoʻq qilish, taqdim etilgan hujjatlar soni va qaror qabul qilish muddatlarini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan tushuntirish ishlarini amalga oshirish, profilaktik suhbatlar oʻtkazish, ishonch telefonlari va aloqa kanallarida targʻibot ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish boʻyicha ichki hujjatlarga har kuni, oʻzaro va toʻliq rioya qilishlarini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkiloti korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa chora-tadbirlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha mazkur Uslubiyotning 16-bandida belgilangan choralardan kelib chiqib, qoldiq xavf-xatar darajasini baholash mazkur Uslubiyotning 2-ilovasidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat tashkiloti markaziy apparatining maxsus boʻlinmasi (ishchi guruhi) tomonidan mazkur Uslubiyotning 3-ilovasiga muvofiq shaklda markaziy apparatning korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi loyihasi ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat tashkilotining tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan ushbu Uslubiyotning 3-ilovasiga muvofiq shaklda korrupsiyaviy xavf-xatarlar xarita loyihalari va mazkur Uslubiyotning 4-ilovasiga muvofiq shaklda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dastur loyihalari ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur loyihalar davlat tashkiloti markaziy apparatining maxsus boʻlinmasiga (ishchi guruhiga) umumlashtirish uchun taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat tashkiloti markaziy apparatining maxsus boʻlinmasi (ishchi guruhi) tomonidan davlat tashkiloti faoliyatidagi (vazifa va funksiyalaridagi) korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari asosida davlat tashkilotining umumlashtirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqiladi va “E-anticor.uz” elektron platformasiga har yili 1-fevralga qadar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat tashkiloti markaziy apparatining maxsus boʻlinmasi (ishchi guruhi) tomonidan “E-anticor.uz” elektron platformasida joylashtirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasiga asosan avtomatik ravishda quyidagi hujjatlar shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotining korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori boʻlgan lavozimlari roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agentlik tomonidan “E-anticor.uz” elektron platformasida joylashtirilgan davlat tashkilotlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlar xarita loyihalari asosida avtomatik ravishda korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi Agentlik tomonidan jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun oʻn besh kundan kam boʻlmagan muddatga “Eanticor. uz” veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agentlik jamoatchilik muhokamasi natijalari boʻyicha umumlashtirilgan takliflarni muhokama yakunlangan kundan boshlab oʻn kun ichida “E-anticor.uz” elektron platformasi orqali davlat tashkilotiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat tashkiloti markaziy apparatining maxsus boʻlinmasi (ishchi guruhi) Agentlik va jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar asosida davlat tashkilotining korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dasturi loyihalarini takomillashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat tashkilotining birinchi rahbari har yili 1-martga qadar korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dasturini “E-anticor.uz” elektron platformasi orqali tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Uslubiyot talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotiga
1-ILOVA
(1-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2025-yil 11-apreldagi 7-son va Adliya vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3383-1, 28.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 10/25/3383-1/0393-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkiloti faoliyatining (vazifa va funksiyalarining)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI

T/r

Funksiya nomlanishi

Funksiya doirasida bajariladigan jarayon

Jarayonlarni amalga oshirish uchun javobgar shaxslar

(uning F.I.O. hamda lavozimi)

1. Davlat tashkilotining nomi

1.1. Davlat tashkilotining tarkibiy boʻlinmasi

1.1.1.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotiga
2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2025-yil 11-apreldagi 7-son va Adliya vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3383-1, 28.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 10/25/3383-1/0393-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaviy xavf-xatar darajasiga baho berish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLAR

Korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi

Mezonlar

Yuqori*

davlat tashkilotining faoliyati (vazifa va funksiyasi) avtomatlashtirilmagan

davlat tashkilotining faoliyati (vazifa va funksiyasi) tartibga solinmagan

nazoratsiz tartibda ish joyida jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilish imkoniyati mavjud

davlat tashkilotining faoliyati (vazifa va funksiya) doirasida qarorni loyihasini tayyorlashda, koʻrib chiqishda va qabul qilishda bir shaxs ishtirok etishi

davlat tashkilotining faoliyatini (vazifa va funksiyani) bajarishda korrupsiyaviy xatti-harakat sodir etilgan (jinoyat sodir etilganligi sud tomonidan tasdiqlangan)

Oʻrta*

davlat tashkilotining faoliyati (vazifa va funksiyasi) qisman avtomatlashtirilgan

davlat tashkilotining faoliyati (vazifa va funksiyasi) qisman tartibga solingan

nazorat tartibida ish joyida jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilish imkoniyati mavjud

davlat tashkilotining faoliyatini (vazifa va funksiyani) doirasida qarorni loyihasini tayyorlashda, koʻrib chiqishda va qabul qilishda ikkita shaxs ishtirok etishi

davlat tashkilotining faoliyati (vazifa va funksiyasi) bajarishda korrupsiyaviy xatti-harakat sodir etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot mavjud (jinoyat sodir etilganligi sud tomonidan tasdiqlanmagan)

Past**

davlat tashkilotining faoliyati (vazifa va funksiyasi) toʻliq avtomatlashtirilgan

davlat tashkilotining faoliyati (vazifa va funksiyasi) toʻliq tartibga solingan

jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilish imkoniyati mavjud emas

davlat tashkilotining faoliyati (vazifa va funksiyasi) doirasida qarorni loyihasini tayyorlashda, koʻrib chiqishda va qabul qilishda uch va undan ortiq shaxs ishtirok etishi

korrupsiyaviy xatti-harakat va korrupsiyaviy xatti-harakat sodir etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot mavjud emas

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Maxsus boʻlinma (ishchi guruh) tomonidan davlat tashkilotining faoliyatida (vazifa va funksiyasida) aniqlangan xavf-xatarning yuqori yoki oʻrta darajada deb baholash davlat tashkiloti rahbari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**Davlat tashkilotining faoliyatida (vazifa va funksiyasida) aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatar darajasini baholashda, agarda past darajadagi mezonlarning biri mavjud boʻlsa, oʻsha korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi past darajada deb baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotiga
3-ILOVA
(3-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2025-yil 11-apreldagi 7-son va Adliya vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3383-1, 28.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 10/25/3383-1/0393-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLAYMAN”

Davlat tashkilotining rahbari

__________________ F.I.O.

“____” ______________ yil

______________________ning faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning

XARITASI

T/r

Korrupsiyaviy xavf-xatarning tavsifi

Korrupsiyaviy xavf-xatarning darajasi (past, oʻrta, yuqori)

Funksiyalarni (jarayonlarni) amalga oshirishga masʼul boʻlgan lavozim

Funksiyalarni (jarayonlarni) tartibga soluvchi mexanizm

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish choralari

Qoldiq korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi (past, oʻrta, yuqori)

Masʼul ijrochilar

1. Tarkibiy boʻlinmaning nomi*

1.

1. Davlat tashkiloti funksiyasi nomi

1. Funksiyaga oid munosabat nomi

1. Jarayon nomi

2. Jarayon nomi

2. Tarkibiy boʻlinmaning nomi*

2.

1. Davlat tashkiloti funksiyasi nomi

1. Funksiyaga oid munosabat nomi

1. Jarayon nomi

2. Jarayon nomi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotiga
4-ILOVA
(4-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2025-yil 11-apreldagi 7-son va Adliya vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3383-1, 28.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 10/25/3383-1/0393-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish chora-tadbirlari

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun masʼullar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 10/22/3383/0785-son; 30.04.2025-y., 10/25/3383-1/0393-son)