1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.01.00 Referendum]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasining referendumida qatnashadigan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari toʻgʻrisidagi nizom haqida” 2001-yil 27-dekabrdagi 150-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 13-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1177-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 13-iyuldagi 1177-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunining 8 va 9-moddalari, shuningdek referendumlarni tashkil etish va oʻtkazish borasidagi xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining referendumida (bundan buyon matnda referendum deb yuritiladi) xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar faoliyati tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarning (bundan buyon matnda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar deb yuritiladi) faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi) qarorlari hamda ushbu Nizom bilan, shuningdek umum eʼtirof etilgan xalqaro standartlar va xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni taklif etish va ularni akkreditatsiya qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Referendum tayinlash toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilinganidan keyin MSK xorijiy davlatlar saylov organlari va xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali taklifnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻz tashabbusiga koʻra yoki davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, boshqa tashkilot va muassasalar takliflariga koʻra referendumga xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni taklif etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar ham referendumda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida ishtirok etish istagini izhor etib, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Referendumda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklif etilgan, shuningdek bunday istakni izhor etgan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar oʻz kuzatuvchilarining roʻyxati, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari nusxalari, elektron foto suratlari (jpeg formatda, kamida 100 KV, 600x600rx) hamda ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq anketalarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar tegishli hujjatlarni ovoz berish kunidan kamida oʻn kun oldin taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tegishli xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining hujjatlarini ilova qilgan holda MSKga taqdimnoma kiritadi. MSK besh kunlik muddatda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya qilingan xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning roʻyxati MSKning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagi hollarda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya uchun taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizom talablariga javob bermasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar ushbu Nizomda belgilangan muddatdan kech taqdim qilinsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy (xalqaro) kuzatuvchining yoki uning nomzodini koʻrsatgan tashkilotning faoliyati milliy qonunchilikka zid boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va milliy manfaatlariga xavf solsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. MSK akkreditatsiya qilingan xorijiy (xalqaro) kuzatuvchiga ushbu Nizomning 2-ilovasidagi namunaga muvofiq mandat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mandat xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning vakolatlari va faoliyat koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning majlislarida hozir boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referendum uchastkasida hozir boʻlish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va ovoz berish qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning roʻyxatga olinishini, ovoz berish byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berish kuni ovoz berish jarayonini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti va joyi haqida xabardor boʻlish hamda ushbu jarayonni kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning turgan joyida uning ruxsati bilan ovoz berishi jarayonini, yashirin ovoz berish prinsipini buzmagan holda kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovozlarni sanab chiqishda va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnomasini tuzishda hozir boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi hujjatlarning tegishli referendum oʻtkazuvchi komissiya tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv olib borish davomida oʻzi yollagan tarjimon hamrohligida boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga hamda ovoz berish jarayoniga xalaqit bermasdan va ovoz berishning yashirinligini buzmasdan foto, video, audio yozuvlarni amalga oshirish (qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari, harbiy qismlar, davolash muassasalari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv natijalari boʻyicha ommaviy axborot vositalari vakillariga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashviqot belgilari boʻlmagan, familiyasi, ismi va otasining ismi, oʻzi vakillik qilayotgan tashkilotning nomi koʻrsatilgan koʻkrak nishonlarini taqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasi tomonidan uchastka komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarni qabul qilib olish hamda okrug boʻyicha ovoz berish yakunlarini aniqlash jarayonida hozir boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin tegishli uchastka komissiyasini belgilangan tartibda xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar referendum uchastkasida referendumga oid milliy qonunchilik va xalqaro normalar talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan deb hisoblash uchun asoslar boʻlsa, oʻz kuzatuvlari toʻgʻrisida ushbu uchastka komissiyasi aʼzolariga ularning ishiga aralashmagan holda maʼlum qilish, shuningdek yuqori turuvchi referendum oʻtkazuvchi komissiyalarga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referendum toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari haqida hamda referendumga tayyorgarlik koʻrish va uning oʻtkazilishi boʻyicha oʻz fikrini bayon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, jumladan Oʻzbekistonda boʻlish qoidalariga, referendumni tashkil etish va oʻtkazish borasidagi xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan norma va prinsiplariga amal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referendum ustidan xalqaro kuzatuvni amalga oshirish borasidagi oʻz vazifalarini xolislik, siyosiy betaraflik prinsiplariga amal qilgan holda bajarish, referendum oʻtkazuvchi komissiyalar, davlat organlari, mansabdor shaxslar, referendum ishtirokchilariga nisbatan qanday boʻlmasin biron-bir tarzda afzallik bildirishdan voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha darajadagi referendum oʻtkazuvchi komissiyalarga, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga hamda boshqa tashkilotlarga kirganida MSK tomonidan berilgan mandatni shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xulosalarini oʻtkazilgan kuzatuv va haqiqiy materiallar bilan asoslantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz beruvchi ovoz berish byulleteniga oʻz belgisini qoʻyayotgan paytda ovoz berish kabinasida yoki xonasida boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz beruvchilarga taʼsir oʻtkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz beruvchilardan ular qanday ovoz berganliklarini surishtirish yoki ularga ovoz berish byulleteniga belgi qoʻyishda biron-bir tarzda yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan ovoz berish qutilarini muhrlash, ularni ochish, ovozlarni sanab chiqish chogʻida aralashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referendum kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, referendum natijalari prognozlarini, oʻtkazilayotgan referendum bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni eʼlon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan tadbirlarda ishtirok etishi MSK tomonidan oldindan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning vakolat muddati ularga mandat berilgan kundan boshlanadi va referendum yakunlari rasman eʼlon qilingan kuni tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar faoliyatining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi himoyasi ostida boʻladilar va ularning qonun hujjatlarida belgilangan huquq va erkinliklari taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, MSK, referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari oʻz vakolatlari doirasida xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar faoliyatiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Referendum oʻtkazuvchi komissiyalar xorijiy (xalqaro) kuzatuvchini mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga asosan roʻyxatga olgandan keyin unga oʻz vakolatlarini toʻlaqonli hamda toʻsqinliksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar oʻz faoliyatlarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Referendum toʻgʻrisidagi qonunchilikni va xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar mazkur Nizomda belgilangan oʻz vakolatlari doirasidan chetga chiquvchi faoliyatni amalga oshirishga, shuningdek referendumga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish va referendumni kuzatish bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat bilan shugʻullanishda oʻz maqomidan foydalanishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining talablarini, xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan qoidalari va normalarini buzsa, MSK xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning huquqlarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida akkreditatsiya qilish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ANKETA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
APPLICATION FORM
for registration as a foreign (international) observer
1.
Familiyasi
Family name
Ismi
First name
Otasining ismi
Patronymic
2.
Tugʻilgan sanasi (kun, oy, yil)
Date of birth (day, month, year)
Tugʻilgan joyi
Place of birth
3.
Fuqaroligi
Present nationality
4.
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat
Identification document
Raqami
Number
Berilgan vakti
Date of issue
Qachongacha haqiqiy (kun, oy, yil)
Date of expiry (day, month, year)
5.
Qaysi tillarda soʻzlashadi
Knowledge of languages
6.
Ish joyi (toʻliq nomlanishi, manzili, telefon, faks)
Place of work (full name, address, phone, fax of the organization)
7.
Lavozimi
Position/Designation
8.
Sizni xorijiy (xalkaro) kuzatuvchi sifatida tavsiya etgan mamlakat (tashkilot) nomi
Name of organization/state You represent as foreign (international) observer
Telefon (faks)
Phone (fax)
9.
Uymanzili
Present home address
Telefon
Phone
Faks
Fax
E-mail
10.
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilik tajribasi, shu jumladan Oʻzbekistonda (mamlakat, yil, qaysi missiya tarkibida)
Experience from election observation, including in Uzbekistan (country, year, mission)
11.
Oʻzbekiston Respublikasiga kelish sanasi
Date of arrival to the Republic of Uzbekistan
12.
Oʻzbekiston Respublikasidan ketish sanasi
Date of departure from the Republic of Uzbekistan
13.
Sana
Date
Imzo
Signature
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORIJIY (XALQARO) KUZATUVCHI MANDATINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNASI VA TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi referendumi (oʻtkazish sanasi)
Ushbu mandat shaxsini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatilganida haqiqiy hisoblanadi va referendum yakunlari rasman eʼlon qilingan kungacha amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchining mandati uning maqomini tasdiqlovchi hujjatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mandat namunada rekvizitlari keltirilgan 140 x 100 mm. oʻlchamdagi ikki tarafli (oʻzbek va rus yoki oʻzbek va ingliz tillarida) namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mandatni tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ramzlari, Markaziy saylov komissiyasining logotipi, shuningdek turli bezak va ranglardan foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mandatda uning tartib raqami, xorijiy (xalqaro) kuzatuvchining familiyasi, ismi, uni vakil sifatida yuborgan mamlakat (xorijiy davlatlarning kuzatuvchilari uchun) va (yoki) tashkilot (xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun) nomi koʻrsatiladi va Markaziy saylov komissiyasi raisining imzosi qoʻyilib, komissiyaning gerbli dumaloq muhri bilan tasdiqlanadi. Texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, mandat QR-kod orqali tasdiqlanishi mumkin.