16.08.2022 yildagi 451-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son Farmoni hamda “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 4-avgustdagi PQ-345-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-345-son qaroriga muvofiq oilaviy bolalar uylarini tashkil etish va ularni moliyalashtirish, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ushbu uylarga berish tartibini tasdiqlash belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Oilaviy bolalar uyini tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
z) hayotga, sog‘liqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, o‘zgalarning mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar, jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulkni olish yoki o‘tkazish, tijoratda pora evaziga og‘dirib olish yoxud nodavlat tijorat tashkilotning yoki boshqa nodavlat tashkilotning xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek, odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish mustasno), giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
18. Bolalar nomzodlar tomonidan ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda tanlangandan so‘ng oilaviy bolalar uyini tashkil etish va unga bolalarni tarbiyalash uchun berish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarori loyihasi vakolatli organ tomonidan nomzodlar to‘g‘risidagi ijobiy xulosa va mazkur Nizomning 10, 11-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda bir ish kunida tuman (shahar) hokimiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
bolani oilaga qabul qilishda mazkur Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq taqdim etilishini talab qilish;

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oilaviy bolalar uyini tashkil etishni xohlovchi er-xotin (nomzodlar)

Oilaviy bolalar uyini tashkil etishni xohlovchi er-xotin (nomzodlar) o‘zining yashash joyidagi tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basiga ariza bilan murojaat qiladi.

Xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basi

Er-xotinning (nomzodlar) turmush va ta’minot sharoitlarini o‘rganadi hamda bu haqida dalolatnoma tuzadi.

Etti ish kuni mobaynida

3-bosqich

Tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basi

O‘rganish yakunlari bo‘yicha er-xotinning (nomzodlar) tutingan ota-ona bo‘la olishi mumkinligi (mumkin emasligi) to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.

Uch ish kuni mobaynida

4-bosqich

Tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basi

Ijobiy xulosa tayyorlangan er-xotin (nomzodlar) oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun hisobga (navbatga) qo‘yiladi.

Ijobiy xulosa tayyorlangan kunning o‘zida

5-bosqich

Tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basi

Salbiy xulosa tayyorlanganda, asoslangan sabablari ko‘rsatilgan holda er-xotinga (nomzodlar) yetkaziladi va barcha hujjatlar �aytarib beriladi.

Uch ish kuni mobaynida

6-bosqich

Tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basi

Er-xotin (nomzodlar) tomonidan oilaviy bolalar uyiga tarbiyaga olinadigan bolalar tanlangandan so‘ng oilaviy bolalar uyini tashkil etish va bolalarni tarbiyalash uchun berish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarori loyihasi tegishli hujjatlar bilan birgalikda tuman (shahar) hokimiga tasdiqlash uchun kiritiladi.

Bir ish kuni mobaynida

7-bosqich

Tuman (shahar) hokimi

Oilaviy bolalar uyini tashkil etish va unga bolalarni tarbiyalash uchun berish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Ikki ish kuni mobaynida

8-bosqich

Tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basi

Tuman (shahar) hokimining oilaviy bolalar uyini tashkil etish va unga bolalarni tarbiyalash uchun berish to‘g‘risida qabul qilgan qarori er-xotinga (nomzodlar) yetkaziladi.

Bir ish kuni mobaynida

9-bosqich

Tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basi yoki ixtisoslashtirilgan tarbiya, davolash muassasalari, ijtimoiy himoya muassasalari

Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun berilayotgan har bir bolaning tegishli hujjatlari er-xotinga (nomzodlar) taqdim etiladi.

Bola oilaviy bolalar uyiga qabul qilingan kundan ikki ish kuni mobaynida

Oilaviy bolalar uyi tashkil etishni xohlovchi er-xotinning (nomzod) turmush va yashash sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha ____-son

DALOLATNOMA

20___ yil “___” ______________

______________________________

(dalolatnoma tuzilgan joy)

Nomzodning F.I.O. ____________________________________
Tugilgan yili va sanasi ________________________________
Kasbiy faoliyat turi ___________________________________
Yashash manzili ________________________________________
Biz kuyida imzo chekuvchilar, __________________________________________________________

(tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basi vakili lavozimi, F.I.O.,)

va _______________________________________________________________________________,

(tuman (shahar) mahalla va oilani ko‘llab-quvvatlash bo‘limi vakili, lavozimi, F.I.O.)

_________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________
Nomzod ishtirokida uning yashash xonadonida turmush va yashash sharoitlari o‘rganish vaqtidagi holat quyidagilardan iborat:
1. Fuqaroligi _____________________________________________________________________
2. Oilaviy ahvoli __________________________________________________________________
3. Qachondan buyon nikohda turadi ______________________________________________________
4. Farzandlarining mavjudligi, soni __________________________________________________
5. Nafaqa olishi haqida ma’lumot _____________________________________________________
6. Moddiy ta’minlanganligi _________________________________________________________
7. Yashash xonadoni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi
_________________________________________________________________________________
8. Xonadondagi xonalar soni, holati va jihozlanganligi ___________________________________
9. Bolalar uchun ajratilgan xonalar soni ________________________________________________
10. Har bir xonada yaratilgan sharoitlar holati ___________________________________________
Nomzod bilan birga yashayotgan har bir oila a’zosining F.I.O, yoshi va ularning roziligi.
1. _______________________________________________________________________________
2. _______________________________________________________________________________
��

Yuqoridagilardan kelib chiqib tuman hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basi, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi nomzodlar (er-xotin) _________________________________ ning turmush va yashash sharoitlarining holati va oila a’zolarining roziligidan kelib chiqib ushbu xonadonda oilaviy bolalar uyini tashkil etish hamda unda bolalarni tarbiyalash uchun barcha zarur sharoitlar yetarli/yetarli emas deb hisoblaydi.

_________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________
Tuman hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basi xodimi:

_______________

_______________

(imzo)

(F.I.O.)

Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimi:_______________ _______________

(imzo)

(F.I.O.)

Nomzodga amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq oilaviy bolalar uyini tashkil etish hamda oilaga bolani tarbiyalashga olish tartiblari tushuntirildi.
Nomzod:

_______________

_______________

(imzo)

(F.I.O.)

_____________ tumani (shahar) hokimi

______________________________ ga

19____ yil _____da_____________ Respublikasi, _______________________________,

(sana)

(davlat)

(viloyat, shahar)

____________________ da tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ___________________ ga

(tuman, shahar)

(F.I.O.)

oilaviy bolalar uyini ochish bo‘yicha tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish sho‘basining
XULOSASI

______________________________ tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basi

tomonidan ______________________ tuman (shahar), ____________________________ mahallasi,

_________________________________ ko‘chasi _____-uy, _________-xonadonda istiqomat qiluvchi

_____________________________________________________ ning oilaviy bolalar uyini ochish

(F.I.O.)

to‘g‘risidagi arizasi, tegishli hujjatlari ko‘rib chiqildi va quyidagilar aniqlandi:
__________________________________________________ ning moddiy ahvo�i va yashash sharoiti

(F.I.O)

qoniqarli/qoniqarsiz (tagiga chiziladi).

Ish va turar joyidan ijobiy/salbiy (tagiga chiziladi) tavsiflanadi, muqaddam sudlanmagan/sudlangan (tagiga chiziladi). Uni qoralovchi hujjatlar bor/yo‘q (tagiga chiziladi). Oilada o‘zaro munosabatlar yaxshi/noqobil (tagiga chiziladi).

O‘zi va o‘zining oila a’zolaridan tashqari ______ nafar bola yashashi uchun yetarli sharoit mavjud/mavjud emas (tagiga chiziladi).

Yuqorida qayd etilganlarni inobatga olgan holda voyaga yetmagan bolalarning manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 194, 195, 196, 197, 198, 199 va 200-moddalariga asosan tuman hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basi
__________________________________________ ga ____________ nafar bolani tarbiyalash uchun

(F.I.O)

(soni)

oilaviy bolalar uyi ochish yuzasidan ijobiy/salbiy (tagiga chiziladi) xulosaga keldi.
Izoh. Boshqa tuman (shahar)lardan bo‘lgan murojaatlar bo‘yicha qaror chiqarish uchun tuman (shahar) hokimligiga tavsiya qiladi so‘zlari qo‘shiladi.
Tuman hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basi mudiri

(imzo)

________________________________

(F.I.O)

Tuman hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basi bosh mutaxassisi

(imzo)

________________________________

(F.I.O)

Hududiy Milliy gvardiya mas’ul xodimi

(imzo)

________________________________

(F.I.O)