16.08.2022 yildagi 450-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha namunaviy konsepsiyani tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha namunaviy konsepsiya (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) va uni 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — tadbirlar rejasi) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yoʻnalishlarini) aniqlash va tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga koʻmaklashish va shu orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, aholining kambagʻal qatlami daromadini, “mahallabay” ishlash tizimi orqali kambagʻal aholi bilan manzilli ishlash yoʻllari samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir mahalla infratuzilmasini shakllantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash, davlat tasarrufidagi infratuzilma obyektlari, yer uchastkalari, boʻsh turgan obyektlardan davlat-xususiy sheriklik asosida samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini oʻrganib, ularga aniq yoʻnalishlar (kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, tadbirkorlikka va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga jalb etish) boʻyicha manzilli koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Konsepsiya asosida har bir hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha konsepsiya tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanishi taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha konsepsiya hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ixtisoslashuvi va mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni inobatga olgan holda mahallalar boʻyicha ishlab chiqiladi hamda hududdagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan har bir shaxs bilan individual tarzda ishlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha olib borilishi lozim boʻlgan aniq chora-tadbirlarni nazarda tutadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha konsepsiya har yili yanvar oyida, 2022-yilda, istisno tariqasida, sentabr oyida hokim yordamchisi tomonidan ishlab chiqiladi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida har tomonlama muhokama qilinadi hamda tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimiga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari tasdiqlangan konsepsiyaning ijrosi yuzasidan har oyda — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yigʻinlarida, har chorakda — tegishli tuman (shahar) hokimiga hamda yil yakuni boʻyicha — xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borsin hamda vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bu boradagi oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2022-yil 1-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 16-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
450-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16 avgutdagi 450-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha namunaviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Konsepsiya (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchisi) tomonidan mahallada aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb etish, mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali ularning kambagʻallikni qisqartirish yoʻnalishlaridagi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsepsiya qonuniylik, hokim yordamchilari faoliyatining ijtimoiy maqsadlarga yoʻnaltirilganligi, byurokratik rasmiyatchilikka yoʻl qoʻyilmasligi va xolislik kabi asosiy prinsiplarga tayangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir hokim yordamchisining faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha Konsepsiya tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Konsepsiyaning asosiy maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Konsepsiyaning asosiy maqsadi hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, mahallalarning “oʻsish nuqtalari” va “drayver” loyihalarni aniqlash, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb etish, mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali kambagʻallikni qisqartirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konsepsiya belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi ustuvor vazifalar doirasida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yoʻnalishlarini) aniqlash va tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga koʻmaklashish va shu orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib aholining kambagʻal qatlami daromadini oshirishga safarbar etish, “mahallabay” ishlash tizimi orqali kambagʻal aholi bilan manzilli ishlash yoʻllari samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir mahalla infratuzilmasini shakllantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash, davlat tasarrufidagi infratuzilma obyektlari, yer uchastkalari, boʻsh turgan obyektlardan davlat-xususiy sheriklik asosida samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini oʻrganib, ularga aniq yoʻnalishlar (kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, tadbirkorlikka va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga jalb etish) boʻyicha manzilli koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirishning ustuvor yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yoʻnalishlarini) aniqlash va tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga koʻmaklashish va shu orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalardagi xonadonlar, oilalar, aholi soni, yosh va gender tarkibi, band boʻlganlar va ishsizlar soni, ularning mutaxassisliklari va kasb malakasi, mahalla faollari, maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, professional taʼlim va oliy taʼlim muassasalari, yer maydoni, tomorqa yerlar, boʻsh bino va inshootlar, infratuzilma obyektlari (gaz, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv tizimlari, yoʻl), tadbirkorlar soni va ularning faoliyat turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga qamrab olgan mahallaning pasportini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalardagi mavjud imkoniyatlar, xomashyo resurslari, infratuzilma holati, ishchi kuchining ixtisoslashuvi va sifatidan kelib chiqqan holda har bir mahallani rivojlantirish yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarni rivojlantirish yoʻnalishlaridan kelib chiqib ularning ixtisoslashuvini aniqlash va “drayver” loyihalar roʻyxatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallani oʻrganish va tahlil qilish natijasida uni oʻrta va qisqa muddatda rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib aholining kambagʻal qatlami daromadini oshirishga safarbar etish, “mahallabay” ishlash tizimi orqali kambagʻal aholi bilan manzilli ishlash yoʻllari samaradorligini oshirish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan, tomorqa yerlardan foydalanish hamda daromadli mehnatga boʻlgan intilishi va ehtiyojlarini “xonadonbay” oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini kambagʻallikdan chiqarish dasturlarini shakllantirish va ularning ijrosini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalladagi ish bilan band boʻlmagan aholining tadbirkorlik va doimiy daromad keltiruvchi faoliyat bilan shugʻullanishini yoʻlga qoʻyish maqsadida ularga issiqxona qurish, tomorqasini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash, qishloq xoʻjaligi kooperativiga aʼzo boʻlish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish, bino va inshootning ijara toʻlovi hamda kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqishi uchun subsidiyalar olishda tavsiya berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan aholiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda har tomonlama amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik ishchi kuchiga talab yuqori boʻlgan sohalarda yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi band qilishiga yoki yangi biznes gʻoyalarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustoz-shogird anʼanasi asosida band boʻlmagan aholini ular yashayotgan mahallada faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar hamda hunarmandlarga biriktirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonadonlarda va mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari, sifati va hajmini oshirish maqsadida tegishli soha mutaxassislarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining mavjud muammolarini tezkorlik bilan hal etish va ularning faoliyatini kengaytirish uchun zarur choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) har bir mahalla infratuzilmasini shakllantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash, davlat tasarrufidagi infratuzilma obyektlari, yer uchastkalari, boʻsh turgan obyektlardan davlat-xususiy sheriklik asosida samarali foydalanish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla hududida, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka koʻmaklashish va oʻqitish markazlari kabi infratuzilmani (keyingi oʻrinlarda — infratuzilma obyektlari) yaratishni nazarda tutuvchi loyihalarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla hududidagi infratuzilmani davlat-xususiy sheriklik loyihasi bilan rivojlantirishga qaratilgan maqsadli va manzilli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim asosida amalga oshirilishi moʻljallanayotgan istiqbolli loyihalarni, yer uchastkalarini tegishli hududning ehtiyojlarini hamda salohiyatini inobatga olgan holda oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla hududida infratuzilma obyektlarini yaratish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida ishlash uchun tadbirkorlarni jalb qilish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda aniqlangan qonun buzilishi holatlari boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini oʻrganib, ularga aniq yoʻnalishlar (kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, tadbirkorlikka va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga jalb etish) boʻyicha manzilli koʻmaklashish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
band boʻlmagan aholining, xususan, yoshlar va xotin-qizlarning kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻrgatish bilan bogʻliq talabini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalladagi mavjud boʻsh ish oʻrinlarini hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mavsumiy ishchilarga boʻlgan talabini aniqlash orqali ishsizlarni, birinchi navbatda, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalardagi band boʻlmagan aholini kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻrgatishni tashkil etish orqali ularning bandligiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoitlari yaratish boʻyicha aniq manzilli choralarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Konsepsiya asosida oʻz hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ixtisoslashuvidan kelib chiqib hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga shaxsan masʼul boʻlib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili hokim yordamchisining faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha konsepsiyalar ishlab chiqilishi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida muhokama qilinishi hamda tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan konsepsiya asosida hokim yordamchilarining faoliyati monitoringini olib borish va ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha amaliy choralar koʻrib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilarining faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni oʻrganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini koʻrish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda hokim yordamchilari tomonidan aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tuman (shahar) hokimligi, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari hamda yetakchi tadbirkorlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari tomonidan mahallalarni oʻrganish natijasida har bir mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholini kambagʻallikdan chiqarish chora-tadbirlari dasturlarini ishlab chiqish, ularni xalq deputatlari Kengashiga taqdim etish va ijrosini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari tomonidan aniqlangan aholi va tadbirkorlik subyektlarining hududiy darajadagi muammolarini tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka koʻmaklashish va oʻqitish markazlari kabi infratuzilmani yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va amaliy natijalaridan kelib chiqib ularni ragʻbatlantirish yoki masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish, amalga oshirilgan ishlar boʻyicha ularning axborotlarini eshitish va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot berib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Konsepsiyani amalga oshirish doirasida quyidagilar kutilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasiga oid qonunchilik hujjatlari yanada takomillashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hokim yordamchilarining oʻzaro samarali hamkorlik faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir mahalladagi iqtisodiy holat, shu jumladan, aholining bandlik darajasi, oilalarning daromad manbalari, tomorqa yerlaridan foydalanish holatlari hamda daromadli mehnatga boʻlgan intilishlari va ehtiyojlarini tahlil qilish imkoniyatlari yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha mavjud tuzilmalar faoliyati yanada takomillashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida toʻsiq boʻlayotgan (yer ajratish, qurilish uchun ruxsat berish, turli xil faoliyatlar uchun litsenziya olish, boʻsh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik uchun ajratish, kommunikatsiya tizimlariga ulanish) muammolar tezkorlik bilan hal etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik va xizmatlari koʻrsatish sohasida yangi ish oʻrinlarini yaratiladi hamda aholi bandligi va aholi turmush farovonligi yaxshilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik faoliyatini amalga oshirish orqali mahallalarda boʻsh turgan obyektlar va boʻsh yerlardan foydalanish samaradorligi oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16 avgutdagi 450-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilda hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan namunaviy konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Masʼullar

1.

Mahalla hududida, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka koʻmaklashish va oʻqitish markazlari kabi infratuzilmani yaratishni nazarda tutuvchi loyihalarni aniqlashda hokim yordamchilari bilan hamkorlik qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust — dekabr

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

2.

Hokim yordamchilariga mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilma obyektlarini yaratish faoliyati boʻyicha metodik qoʻllanma tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 20-sentabr

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

3.

Har bir mahalla boʻyicha infratuzilma obyektlarini xatlovdan oʻtkazish.

Xatlov natijasiga koʻra mahallaning ehtiyoji va salohiyatini inobatga olgan holda davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishga muvofiq keladigan infratuzilma obyektlarining roʻyxatini shakllantirish.

Shakllantirilgan roʻyxat hokim yordamchilariga taqdim etilishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 10-oktabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Hokim yordamchilari uchun davlat-xususiy sheriklikning mazmun-mohiyati boʻyicha masofadan onlayn tarzda oʻquv-seminarlarini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2022-yil avgust-sentabr

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Mahallalar hududida infratuzilma obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya, modernizatsiya va ekspluatatsiya qilish uchun tadbirkorlarni jalb qilish maqsadida targʻibot ishlarini olib borish.

Tashkiliy tadbirlar

2022-yil avgust — dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

6.

Mahallalar hududida davlat-xususiy sheriklik boʻyicha infratuzilma yaratishda hokim yordamchilari faoliyatiga har tomonlama koʻmaklashish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust — dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust — dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

8.

Mahallalar hududidagi boʻsh turgan binolar va yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kelgusida mahallaning ehtiyoji va salohiyatini inobatga olgan holda istiqbolli davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish maqsadida hokim yordamchilariga taqdim qilib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust — dekabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 09/22/450/0746-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)