18.07.2022 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYIShTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI XIZMATIning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Shoyi toʻqish korxonalari uchun gigiyena talablarini (0028-22-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 12-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 103]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6035-sonli Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shoyi toʻqish korxonalari uchun gigiyena talablari (0028-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Shoyi toʻqish korxonalari uchun gigiyena talablari” (0188-05-son SanQvaN, 2005-yil 6-oktabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan kelishilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq B. YuSUPALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 18-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi B. ShARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 18-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022-yil 18-iyuldagi 16-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoyi toʻqish korxonalari uchun gigiyena talablari
(0028-22-son SanQvaN)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (keyingi oʻrinlarda — sanitariya qoidalari) shoyi toʻqish korxonalari uchun sanitariya-gigiyenik talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu sanitariya qoidalari barcha shoyi toʻqish korxonalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangi qurilayotgan yoki qayta taʼmirlangan shoyi toʻqish korxonalarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishga qabul qilishda ushbu sanitariya qoidalari hamda amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shoyi toʻqish korxonalarni loyihalashtirish, qurish va foydalanishga qabul qilishda odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsiz boʻlgan texnikalar, asbob-uskunalar, dezinfeksiya vositalari, qurilish va pardozlash materiallari hamda boshqa buyumlar, shuningdek texnologiyalar foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Shoyi toʻqish korxonalari hududi, qoʻshimcha bino va xonalarining asosiy rejasiga boʻlgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shoyi toʻqish korxonalarini qurish uchun maydon tanlash, bino va inshootlarni joylashtirish, rejalashtirish ShNQ 1.03.01-16 “Korxonalar, binolar va inshootlarni kapital qurilishi, loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi, ishlab chiqilishi, maʼqullanishi va tasdiqlanishi tartibi” va SanQvaN 0350-17 “Aholi yashash joyi atmosfera havosini muhofaza qilishning sanitariya normalari va qoidalari” talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shoyi toʻqish korxonalaridagi qoʻshimcha xonalarni loyihalashda ShNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari” talablari inobatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kiyim almashtirish, yuvinish va boshqa qoʻshimcha xonalar, shuningdek, maxsus kiyimlar saqlanadigan shkaflarda har kuni namli tozalash ishlari oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Isitish va sovutish tizimiga hamda havoning ventilatsiyasiga boʻlgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shoyi toʻqish korxonalari uchun isitish va sovutish hamda ventilatsiya tizimini loyihalashtirganda ShNQ 2.04.05-97 “Havoni moʻtadillash, isitish va shamollatish” hamda SanQvaN 0324-16 “Ishlab chiqarish korxonalari mikroiqlimining sanitariya-gigiyenik normalari” talablari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Barcha ishlab chiqarish, maʼmuriy-maishiy va qoʻshimcha xonalar changni samarali bartaraf qiladigan ventilatsiya tizimiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sexlardan chiqayotgan havo atmosferaga chiqarib tashlanishidan oldin chang tutuvchi vositalar yordamida tozalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi yashaydigan hududlar atmosfera havosida shoyi toʻqish korxonalari tomonidan tashlanadigan zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdori (REM) mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Issiq yuzalarni (trubali oʻtkazgichlar, devorlar, quritish apparatlari va boshqalar) issiqlik izolatsiyalovchi materiallar bilan qoplash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shoyi toʻqish korxonalaridagi havoni sovutish va isitish tizimi xonalarning mikroiqlim koʻrsatkichlarini maqbul darajasini (yilning sovuq davrida havo harorati 15 — 21°C, nisbiy namlik 40 — 60 foiz, havo harakati 0,4 m/sek dan kam emas; yilning iliq davrida havo harorati 21 — 29°C, nisbiy namlik 40 — 60 foiz, havo harakati 0,4-0,7 m/sek) saqlab turishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shoyi toʻqish korxonalarida mikroiqlim koʻrsatkichlari SanQvaN 0324-16 “Ishlab chiqarish korxonalari mikroiqlimining sanitariya-gigiyenik normalari”da keltirilgan mikroiqlimning meʼyoriy koʻrsatkichlari talablariga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoyi toʻqish korxonalaridagi zararli ishlab chiqarish omillari roʻyxati mazkur sanitariya qoidalarining 2-ilovasida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yoritilganlik, shovqin va tebranishga boʻlgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shoyi toʻqish korxonalari uchun yoritilganlik normalari mazkur sanitariya qoidalarining 3-ilovasida keltirilgan normalarga mos kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Binoning bir tekis yoritilishiga erishish uchun yetarlicha yorituvchanlik yuzasiga ega boʻlgan lampalardan foydalaniladi. Sunʼiy yoritish tizimida ishlaydigan shoyi toʻqish korxonalarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan halokatli holatlarning oldini olish uchun navbatchi yoritish tizimi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ish joydagi shovqin darajasi SanQvaN 0325-16 “Ish joylarida ruxsat etilgan shovqin darajasi boʻyicha sanitariya normalari” talablari, tebranish darajasi esa SanQvaN 0326-16 “Ish joylaridagi umumiy va lokal tebranishlarning sanitariya normalari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ish joylaridagi texnologik uskunalardan chiquvchi shovqinni kamaytirish QMQ 2.01.08-19 “Shovqindan himoya” talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Toʻquv va ipni pishitish sexlarida qoʻllaniladigan dastgoh va mashinalar elastik materialdan tayyorlangan maxsus fundamentlarga oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Shaxsiy himoya vositalariga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Shoyi toʻqish korxonalari xodimlari ishlab chiqarish jarayonida quyidagi shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafas olish aʼzolari uchun shaxsiy himoya vositalari — har xil turdagi mato niqoblar, bintlar, respiratorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy sanoat ifloslanishidan himoya qilish uchun mato roʻmollar, xalatlar, koʻylaklar, bluzkalar, fartuklar, yubkalar va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻyash joylarida taʼsir qiluvchi kimyoviy moddalaridan himoya qiluvchi maxsus poyabzallar — rezina etiklar, botinkalar, kalishlar, shippaklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshitish organlari uchun shaxsiy himoya vositalari — quloq suprasini yopib turuvchi quloqchinlar yoki tashqi eshitish kanali uchun maxsus paxtalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Texnologik jarayon natijasida anilin parlari yoki aerozollari ajralib chiqishi kuzatilsa va jarayonni avtomatlashtirish imkoni boʻlmasa, “A-R2” tipidagi (zarrachalar, organik parlar va gazlaridan himoyalovchi kombinirlangan filtri mavjud) protivogazdan foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, texnologik jarayon natijasida uksus kislotasi parlari ajralishi kuzatilsa, “E” tipidagi (kislotalarning gazlaridan himoya qiluvchi), “AVEK” tipidagi (parlar va gazlardan himoyalovchi kombinirlangan filtri mavjud) yoki “AVEK-R2” tipidagi (zarrachalar, organik parlar va gazlardan himoyalovchi kombinatsion filtri mavjud) protivogazlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Boʻyash va pardozlash boʻlimlarida zaharli moddalarni zaharli taʼsiri kam boʻlgan moddalar bilan almashtirish SanQvaN 0294-11 “Ish zonasi havosidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyalari (REK) gigiyenik normativlari” talablariga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati 4-ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoyi toʻqish korxonalari uchun gigiyena talablariga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi yashaydigan hududlar atmosfera havosida shoyi toʻqish korxonalari tomonidan tashlanadigan zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdori (REM)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anilin (xavflilik sinfi — 2)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REM maksimal-bir marotabalik — 0,05 mg/m3
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REM kunlik — 0,04 mg/m3
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REM oylik — 0,035 mg/m3
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REM yillik — 0,03 mg/m3
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirka kislotasi (xavflilik sinfi — 3)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REM maksimal-bir marotabalik — 0,2 mg/m3
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REM kunlik — 0,012 mg/m3
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REM oylik — 0,08 mg/m3
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REM yillik — 0,06 mg/m3
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoyi toʻqish korxonalari uchun gigiyena talablariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoyi toʻqish korxonalaridagi zararli ishlab chiqarish omillari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ishlab chiqarish omillari

Kattalik

(ruxsat etilgan miqdor)

Aniqlash usuli

1. Shoyi changi

6,0 mg/m3

Ish joyi havosidagi chang darajasi elektroaspirator yordamida tarozi orqali (gravimetrik usulda) aniqlanadi.

Bunda AFA-V (“V” tipidagi aerozolli filtr analitik) foydalanish tavsiya qilinadi va namuna olish vaqti kamida 10 daqiqa, havo aspiratsiyasi hajmi kamida 20 l/min boʻlishi kerak. Filtrdan oʻtgan havodagi chang miqdori mg/m3larda hisoblab chiqiladi:

X = (K2-K1):V0= mg/m3, yaʼni:

X — chang konsentratsiyasi

K1 — namuna olinguncha boʻlgan filtr vazni

K2 — namuna olingandan keyingi filtr vazni

V0 — oʻrtacha sharoitda havo hajmi (havo harorati 20°C, barometrik bosim 760 mm. simob ust.).

2. Anilin

0,1mg/m3

Anilinni aniqlash indofenolni (O = C6N4 = № C6N4ON) hosil boʻlishiga asoslangan, yaʼni anilin va fenolni birgalikda oksidlanishi natijasida hosil boʻluvchi koʻk rangdagi eritma kolorimetrik aniqlanadi. 1 m3havoda (X) anilin miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

X = (a·v) : (b·Vo), bunda

a — tahlil qilinayotgan eritma hajmida topilgan moddalarning miqdori, mkg larda;

b — tahlil uchun olingan eritma hajmi, ml larda;

v — barcha namunalardagi suyuqlik hajmi, ml larda;

Vo — normal sharoitlarga keltirilgan, tahlil uchun olingan litrdagi havo hajmi.

3. Sirka kislotasi parlari

5,0 mg/m3

Ishchi zona havosida sirka kislotasi parlarini aniqlash xromatografiya usulida (qogʻozda kamayib boradigan usul) amalga oshiriladi.

Havodagi sirka kislotasi qattiq sorbentda (singdiruvchi modda) yigʻiladi. Xromatografning parlovchi boʻlimida sorbentdan sirka kislotasi ajratib olinib, miqdori aniqlanadi.

4. Shovqin

80 dB

Ish joylaridagi shovqin darajasi quyidagi normativ hujjatlar boʻyicha baholanadi:

GOST ISO 9612-2016-son “Insonlarga taʼsirini baholash uchun shovqinni oʻlchash” davlatlararo standarti;

SanQvaN 0325-16-son “Ish joylarida ruxsat etilgan shovqin darajasi boʻyicha sanitariya normalari” sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari.

5. Umumiy tebranish

92 dB

Ish joylarida umumiy tebranish darajalari chastotali tahlil uslubida aniqlanadi, umumiy tebranish integral chastotali usuli orqali oʻtkaziladi, bunda tebranish davomiyligi va tebranish dozasi hisobga olinishi lozim. Tebranishning haqqoniy holatini gigiyenik baholash SanQvaN 0326-16-son “Ish joylaridagi umumiy va lokal tebranishlarning sanitariya normalari” sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq oʻtkaziladi.

6. Mikroiqlim

Yilning sovuq davridahavo harorati 15 — 21°C, nisbiy namlik 40 — 60 foiz, havo harakati 0,4 m/sekunddan kam emas;

Yilning iliq davrida havo harorati 21 — 29°C, nisbiy namlik 40 — 60 foiz, havo harakati 0,4 — 0,7 m/sekund

Ish joylaridagi mikroiqlimni gigi�nik baholash SanQvaN 0324-16-son “Ishlab chiqarish korxonalari mikroiqlimining sanitariya-gigiyenik normalari” sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga asosan amalga oshiriladi.

Assman aspiratsion psixrometri yordamida havo harorati va nisbiy namlikni oʻlchash, havo harakati tezligi — anemometr yordamida, nurli issiqlik — inspeksion aktinometr yordamida oʻlchanadi.

Mikroiqlim sharoitlarini baholash ish boshlanishida, tushlik tanaffusidan oldin va ish kuni oxirida oʻtkaziladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoyi toʻqish korxonalari uchun gigiyena talablariga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoyi toʻqish korxonalari uchun yoritilganlik normalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Texnologik operatsiya nomlari

Koʻrish ishining razryadi va razryad turkumi

Sunʼiy yoritilganlik

Tabiiy yoritilganlik

Aralash yoritilganlik

Lyuksda

%

%

murakkab yoritish tizimida

umumiy yoritish tizimida

yuqoridan yoritishda

yon tomondan yoritishda

yuqoridan yoritishda

yon tomondan yoritishda

1. Xom shoyini ivitish

VI

-

200

2,0

0,5

1,0

0,6

2. Xom shoyini olib gʻaltaklarga qayta oʻrash

II “v”

2000

500

7,0

2,5

4,2

1,5

3. Bir necha xil iplarni pishitib turgan holda biriktirib, bir xil qilib gʻaltakka oʻrash

II “v”

2000

500

7,0

2,5

4,2

1,5

4. Ipni pishitish

II “v”

2000

500

7,0

2,5

4,2

1,5

5. Pishitilgan ipni qayta oʻrash

II “g”

1000

300

7,0

2,5

4,2

1,5

6. Iplarni tsentrifugada siqish

VI

-

200

2,0

0,5

1,0

0,6

7. Kalava iplarni gʻaltaklarga qayta oʻrash

II “g”

1000

300

7,0

2,5

4,2

1,5

8. Tanda qoʻyish (libitovka qilish)

IV “v”

400

200

4,0

1,5

2,4

0,9

9. Libitlarni boʻyash

VI

-

200

2,0

0,5

1,0

0,6

10. Proborka qilish

II “v”

2000

500

7,0

2,5

4,2

1,5

11. Toʻqish

II “v”

2000

500

7,0

2,5

4,2

1,5

12. Konstruktorlik ishi

VI

-

200

2,0

0,5

1,0

0,6

13. Qadoqlash, markirovkalash, omborxonalarga joylashtirish

VI

-

200

2,0

0,5

1,0

0,6

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoyi toʻqish korxonalari uchun gigiyena talablariga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiquvchilar roʻyxati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.B. Iskandarov

SGvaKK ITIning katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari boʻyicha (PhD) falsafa doktori.

Taqrizchilar:

D.A. Zaredinov

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining “Gigiyena” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor;

N.R. Samigova

Toshkent tibbiyot akademiyasining “Kommunal gigiyena va mehnat gigiyenasi” kafedrasi dotsenti, t.f.n.

A.U. Sadikov

SGvaKK ITIning bosh ilmiy xodimi, t.f.d., professor

N.F. Rasulova

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining “Jamoat sogʻligʻini saqlash, sogʻliqni saqlashni tashkil etish va boshqarish” kafedrasi dotsenti, t.f.n.