Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qoʻshma Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 19-bandiga va “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasining uchinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-164-sonli Farmoni tasdiqlansin.
2. Ushbu Qoʻshma qaror darhol Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 2-iyul,
2267-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 2-iyul,
SQ-560-IV-son