Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 5-avgust,
SQ-599-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 5-avgustdagi SQ-599-IV-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarorlarining
roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-iyuldagi “M.B. Azimovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi etib saylash toʻgʻrisida”gi KQ-391-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-iyuldagi “Z.T. Mirzayevni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tarkibidan chiqarish toʻgʻrisida”gi KQ-392-IV-sonli qarori.