Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligi boʻyicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 9-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1670-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 50-son “Gʻildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2007-yil 28-fevraldagi 1-p, 80-TK-son “Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligi boʻyicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1670, 2007-yil 7-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 159-modda);
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2020-yil 21-fevraldagi k-2, 1-son “Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligi boʻyicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1670-1, 2020-yil 16-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 10/20/1670-1/0338-son).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori D. SATTAROV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-iyul,
k-6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N. OBLOMURADOV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-iyul,
01-03/2-320-son
Kelishildi:
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A. MAVLONOV
2022-yil 19-iyul
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/1670-2/0729-son)