05.08.2022 yildagi 432-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni hamda “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-maydagi PQ-263-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PQ-263-son qarorining 2-bandi “a” kichik bandiga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya berish, talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirishining amaldagi tartibi saqlangan holda, “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi va rasmiylashtirib borilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qaroriga muvofiq litsenziyalash tartib-taomillarini belgilovchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik faoliyatini litsenziyalash uchun talabgorning xohishiga koʻra “Litsenziya” axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik faoliyatini litsenziyalashni fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy va jinoiy sud ishlarini yuritish ixtisosliklari boʻyicha amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning advokatlik litsenziyasini olishi uchun talablar va shartlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari) tomonidan oʻn ish kuni ichida “Litsenziya” AT orqali talabgorning arizasini koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor yoki litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organ yoki uning mansabdor shaxsi qarorlari yoxud harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish hamda uni koʻrib chiqish muddatlari, tartibi va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatga advokatlik guvohnomasini bergan tegishli adliya organi tomonidan advokatning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini nazorat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyati uchun berilgan litsenziyalarning davlat reyestrini “Litsenziya” axborot tizimida elektron shaklda yuritish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq advokatlik faoliyatini litsenziyalashni “Litsenziya” axborot tizimi va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 5-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
432-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom advokatlik faoliyatini “Litsenziya” axborot tizimi orqali litsenziyalash, litsenziya talab va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish hamda ularning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik faoliyati uchun litsenziya (keyingi oʻrinlarda — litsenziya) — shaxsning advokatlik faoliyatini amalga oshirishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, cheklanmagan muddatga beriladigan elektron hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik faoliyatini litsenziyalash — litsenziya olish toʻgʻrisidagi arizani topshirish, qabul qilish va koʻrib chiqish, litsenziyani berish, amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash, shuningdek, litsenziyani tugatish, qayta rasmiylashtirish va oʻzgartirish jarayoni bilan bogʻliq tartib-taomillar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — litsenziyani olish uchun murojaat qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organ — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat — advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) — litsenziyalash tartib-taomillari bilan bogʻliq barcha jarayonlarni qamrab olgan, idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻlgan maxsus elektron tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlari — advokatlik faoliyati bilan shugʻullanishda advokat tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Advokatlik faoliyatini litsenziyalash pasportida (keyingi oʻrinlarda — pasport) belgilangan talablar va shartlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalar reyestri — berilgan, amal qilishi toʻxtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, oʻzgartirilgan va tugatilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Advokatlik faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Advokatlik faoliyatini litsenziyalash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy va jinoiy sud ishlarini yuritish ixtisosliklari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslik faqat fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy va jinoyat ishlarini yuritishda advokatlar tomonidan malakali yuridik yordam koʻrsatishda talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat tanlangan ixtisoslik yoʻnalishlaridan qatʼi nazar, huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonunchilik hujjatlari yuzasidan ogʻzaki va yozma maʼlumotnomalar berish, huquqiy tusdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzish, davlat organlarida (sud organlaridan tashqari), jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat koʻrsatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir advokat tegishli ixtisoslikni mustaqil tanlash va u boʻyicha belgilangan tartibda malaka imtihoni topshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Talabgor litsenziya olish uchun quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 628-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 09/23/628/0907-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik tuzilmasida kamida uch oy stajirovka oʻtagan boʻlishi (davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalarining yuridik xizmati xodimi sifatida, sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajiga ega boʻlgan shaxslar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Advokatlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari pasportning 9-bandi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan holatlarda advokatlik faoliyati bilan shugʻullanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Talabgor litsenziya olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda, navbatdagi ish kuni ariza litsenziyalovchi organga kelib tushgan va litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) avtomatik ravishda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor litsenziya olish uchun taqdim qilgan arizasining koʻrib chiqilish holatini “Litsenziya” AT orqali onlayn kuzatib borishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlangan har bir ixtisoslik boʻyicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun uch oy ichida tegishli litsenziyalovchi organga murojaat qilishi kerak. Bu muddatni oʻtkazib yuborgan talabgor litsenziya olish uchun qayta malaka imtihonini topshirganidan keyingina murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Litsenziya talabgorning doimiy yashash joyi boʻyicha litsenziyalovchi organ tomonidan cheklanmagan muddatga beriladi va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Litsenziya olish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Talabgor oʻz elektron raqamli imzosidan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda litsenziya olish uchun “Litsenziya” AT yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi hamda ixtisoslik turini tanlab, elektron shaklda ariza toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor amalga oshirmoqchi boʻlgan ixtisoslik turi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning malaka imtihonidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishlicha Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi va Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari tomonidan talabgorning malaka imtihonidan oʻtganidan soʻng darhol “Litsenziya” ATga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talabgordan ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilmagan maʼlumotlarni va boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Talabgor kelgusida oʻz faoliyatini advokatlik byurosini tashkil qilgan holda amalga oshirish istagini bildirsa, litsenziya olish uchun toʻldiriladigan arizaga qoʻshimcha tarzda advokatlik byurosi ustavini ilova qilgan holda uni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani ixtiyoriy ravishda toʻldirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, talabgor advokatlik faoliyatini litsenziyalash va advokatlik byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun toʻlovlarni alohida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Talabgor ariza berish vaqtida litsenziya talablari va shartlariga mosligini va ularga rioya etishini tasdiqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Talabgor arizaga notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilganligini aniqlagan taqdirda, maʼlumotlarni arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻimni toʻlashdan oldin oʻzgartirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Arizani koʻrib chiqish uchun pasportning 6-bandida belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — YAIDXGT orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — litsenziyalovchi organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Arizaga kiritilgan maʼlumotlar “Litsenziya” AT orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud maʼlumotlar asosida dastlabki tarzda avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza quyidagi hollarda avtomatik tarzda qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar kiritilganligi “Litsenziya” AT orqali aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasportning 6-bandida nazarda tutilgan yigʻim toʻlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi tasdiqlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya reyestrida talabgor tanlagan ixtisoslik (ixtisosliklar) boʻyicha kiritilgan va amalda boʻlgan litsenziyasi mavjud boʻlgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning advokatlik faoliyati muayyan muddatga toʻxtatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning tegishli faoliyat bilan shugʻullanishi sudning qaroriga asosan muayyan muddatga taqiqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda koʻrsatilganlardan tashqari boshqa asoslar bilan arizani qabul qilmaslikka yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yigʻim toʻlanganidan soʻng ariza “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda talabgorning doimiy yashash joyidagi litsenziyalovchi organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror pasportning 8-bandida belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Litsenziyalovchi organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida hujjatlarni tekshirishi, zaruratga koʻra boshqa davlat organlarida mavjud, qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni “Litsenziya” AT orqali mustaqil ravishda olishi, shuningdek, talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini belgilaydigan qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni “Litsenziya” AT orqali litsenziyalovchi organ rahbarining ERIsi bilan tasdiqlash orqali qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Talabgorning advokatlik byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha arizasi mavjud boʻlganda, litsenziyalovchi organ arizaga ilova qilingan hujjatlarni litsenziya berish muddati ichida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga ilova qilingan hujjatlar qonunchilikka muvofiq boʻlganda, advokatlik byurosini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning axborot tizimi orqali oʻz axborot tizimida davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va bu haqida tegishli davlat xizmatlari markaziga real vaqt rejimida avtomatik tarzda barcha tegishli maʼlumotlarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agar litsenziyalovchi organ pasportning 8-bandida belgilangan arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida talabgorga litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, talabgor bu haqida litsenziyalovchi organni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, litsenziya “Litsenziya” AT orqali avtomatik ravishda rasmiylashtiriladi va talabgor ushbu Nizomning 29-30 va 32-bandlarida nazarda tutilgan tartibda davlat bojini toʻlaganidan soʻng advokatlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning litsenziyani olishni kutishga roziligini bildirishi, uning keyinchalik litsenziyalovchi organni xabardor etish orqali faoliyatni amalga oshirish huquqini cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda, talabgor belgilangan davlat boji toʻlovini amalga oshirgandan keyin “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. Bunda, talabgor advokatlik faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas va tegishli litsenziyalovchi organ yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Talabgorda “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlsa yoki 31-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmasa yoxud beshinchi qismida nazarda tutilgan muddatda litsenziya olish uchun murojaat qilmasa litsenziya berish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Talabgorning advokatlik byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha soʻrovnomasi mavjud boʻlganda litsenziya berish rad etilgan hollarda advokatlik byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish ham rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, talabgor litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatlarda bartaraf etgan holda advokatlik byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha toʻlov toʻlamasdan qayta murojaat qilishi yoki amalga oshirilgan toʻlov asosida kelgusida Davlat xizmatlari markazida advokatlik byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor tomonidan litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan hollarda, advokatlik byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilgan toʻlov uning murojaatiga asosan toʻlov taqsimlangan manbalar hisobidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Litsenziyani berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror talabgorga rad etish sabablari, qonunchilik hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda, shu kunning oʻzida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berish rad etilgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Talabgor litsenziya berish rad etilganligi, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining litsenziyalash tartib-taomillari bilan bogʻliq harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziyalovchi organ bu haqida shu kunning oʻzida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnoma yuborilganligi toʻgʻrisida maʼlumot hamda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladigan boshqa maʼlumotlar talabgorning xohishiga koʻra mobil aloqa qurilmasiga SMS-xabar shaklida ham yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab uch oydan ortiq boʻlmagan muddatda davlat boji toʻlovini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani berish uchun davlat boji toʻlovi belgilangan muddatda amalga oshirilmasligi litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyani berish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilinishi uchun asos boʻladi. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilinganligi haqidagi maʼlumot “Litsenziya” AT orqali avtomatik tarzda talabgorga yuboriladi. Bunda, talabgor litsenziyani olish uchun umumiy tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji toʻlovi amalga oshirilganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68,25 foizi — budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — YIDXP orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek 0,5 foizi yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Davlat boji toʻlanganidan soʻng “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Berilgan litsenziyalar haqidagi maʼlumot “Litsenziya” ATda litsenziyalar reyestriga avtomatik ravishda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Litsenziatning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda u besh ish kuni ichida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun asos boʻladigan maʼlumotlarni va qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ariza yuborishi bilan murojaat qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻimning yarmi undiriladi va ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun davlat boji undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalovchi organga tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida litsenziya qayta rasmiylashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Litsenziatning arizasiga asosan advokatlik faoliyatini boshqa ixtisoslik turi bilan kengaytirishda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani oʻzgartirish litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi, bunda arizani koʻrib chiqish uchun yigʻimning yarmi undiriladi va ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida tegishli litsenziyani berganlik uchun toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi va ushbu Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Litsenziat bir ixtisoslik turi boʻyicha amalga oshirayotgan advokatlik faoliyatini boshqa ixtisoslik turi bilan kengaytirish huquqiga ega, bunda advokat litsenziyani oʻzgartirish haqida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali ariza taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, litsenziyalovchi organ tomonidan advokatning avvalgi litsenziyasiga qoʻshimcha ixtisoslik turiga oid maʼlumotlar kiritilgan holda oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish “Litsenziya” AT orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Adliya organi advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organi advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, advokatga nisbatan intizomiy ish qoʻzgʻash haqida Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga taqdimnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Advokatga nisbatan intizomiy ishni koʻrib chiqish natijalariga koʻra, Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi yoki Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining qaroriga asosan, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan intizomiy choralar qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida, advokat litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda, adliya organiga aniqlangan huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qaror chiqqanda, litsenziyalovchi organ yoki advokatlik guvohnomasini bergan tegishli bu toʻgʻrisida advokat maqomi toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan shaxsni, shuningdek Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasini va surishtiruv, dastlabki tergov organlari hamda sudni, shu jumladan “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali real vaqt rejimida uch kun muddat ichida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Litsenziyalovchi organning qarorlari va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Talabgor yoki litsenziat litsenziyalovchi organning qarorlari yoki mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Talabgor yoki litsenziat shikoyatni litsenziyalovchi organga nisbatan Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor yoki litsenziat belgilangan tartibda litsenziyalovchi organning qarori va uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bevosita sudga ham shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat boshqa vakolatli organlarga ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Shikoyat qaror toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan, talabgor yoki litsenziatga litsenziyalovchi organ qarori va uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) haqida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat berish muddati, agar u uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, shikoyatni koʻrib chiquvchi organ tomonidan tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Shikoyat yozma, ogʻzaki (shaxsiy qabul yoki ishonch telefoni orqali) yoki elektron shaklda (“Litsenziya” ATdagi shaxsiy kabinet, elektron pochta yoki vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali) beriladi va unda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorni qabul qilgan yoki harakatni amalga oshirgan litsenziyalovchi organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat bergan jismoniy shaxsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat bergan shaxsning talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati (mavjud boʻlgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat berilgan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat yozma shaklda berilganda shikoyat qiluvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar shikoyat vakil tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning koʻchirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Jismoniy shaxs ogʻzaki shikoyat (shaxsiy qabul orqali) qilayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda beriladigan shikoyatlarda talabgor yoki litsenziatning elektron manzili va yagona identifikatori (JSHSHIR) hamda boshqa rekvizitlar koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatda elektron manzilning koʻrsatilganligi talabgor yoki litsenziatning shikoyatini koʻrib chiqish natijalarini axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilishga boʻlgan roziligini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Adliya vazirligi shikoyat berilayotgan qaror, harakat (harakatsizlik) toʻgʻrisidagi tegishli axborotni shikoyat olingan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida oʻrganish uchun soʻrab olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Talabgor yoki litsenziatning talabiga koʻra shikoyat uning ishtirokida koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Adliya vazirligi talabgor yoki litsenziatning xohishiga koʻra muhokamani videokonferensaloqa vositalaridan foydalangan holda oʻtkazishni taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Shikoyatni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha bayonnoma tuzilib, u adliya vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Adliya vazirligi shikoyat boʻyicha oʻn besh kun ichida qaror qabul qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Shikoyat bergan talabgor yoki litsenziat shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar uni chaqirib olishga haqli. Shikoyatni chaqirib olish yozma yoki elektron shaklda (“Litsenziya” AT orqali) rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Adliya vazirligi shikoyat boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorni oʻzgarishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorga oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorni bekor qilish va zarur boʻlgan taqdirda, yangi qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organ yoki uning mansabdor shaxsi zimmasiga berilgan shikoyat mohiyati boʻyicha muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Litsenziyalovchi organning qarori ustidan shikoyat qilingan taqdirda, shikoyat Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran qarorning amal qilishi va ijro etilishi toʻxtatib turiladi, bundan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Litsenziyalar reyestrini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Litsenziyalar reyestri “Litsenziya” ATda elektron shaklda yuritiladi va undagi maʼlumot barcha uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Litsenziyalar reyestri avtomatik tarzda shakllantiriladi, uning doimiy yuritilishi va unga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish litsenziyalovchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organlar litsenziyalar reyestrini yuritishda ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblarga rioya qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Litsenziya olgan quyidagi maʼlumotlarni litsenziyalar reyestriga oʻz vaqtida kiritib borishga javob beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi, oʻzgartirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilishi qayta tiklanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilishi tugatilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya bekor qilinganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatning reyestr tartib raqami, uning familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), ixtisosligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organ nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestrga kiritilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat olib borish manzili (hisob roʻyxatiga olinganidan keyin);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning holati (amalda, toʻxtatib turilgan, tugatilgan, bekor qilingan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya holati har bir oʻzgarishining asoslari va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Litsenziatlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar bazasi litsenziyalovchi organlar foydalanishi uchun shakllantiriladi va unda litsenziyalashda kiritiladigan maʼlumotlar saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Litsenziat litsenziya talab va shartlarining bajarilganligi yuzasidan litsenziyalovchi organga soxta, yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar berganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. Litsenziya nomi:

Advokatlik faoliyati uchun litsenziya.

2. Litsenziyalanadigan ixtisoslik turlari:

Fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish.

Maʼmuriy va jinoiy sud ishlarini yuritish.

3. Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (oliy yuridik maʼlumotga hamda yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yil ish stajiga ega boʻlishi, shuningdek advokatlik tuzilmasida kamida uch oy stajirovka oʻtagan, malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan boʻlishi talab etiladi).

4. Litsenziyalovchi organ:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.

5. Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi;

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);

telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);

ixtisoslik turi;

doimiy yashash joyi.

6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

7. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.

8. Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari:

10 ish kuni.

9. Litsenziya talablari va shartlari:

Quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

qonunchilik talablariga, Advokatlarning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etish;

advokatga yuridik yordam soʻrab murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qonunda taqiqlanmagan vositalar va usullardan foydalanish;

qonunda nazarda tutilgan hollarda tayinlov asosida jinoiy ishlarni koʻrib chiqishda qatnashish (fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish ixtisosligi boʻyicha olingan litsenziyalar bundan mustasno);

har uch yilda kamida bir marta oʻzining kasbiy malakasini oshirish;

litsenziya olish va (yoki) uni qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning soxta, yolgʻon va notoʻgʻri emasligini taʼminlash;

xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga oʻzgartirish kiritish va ularni bekor qilish holatlarini, shuningdek amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda yuritish;

litsenziatning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgargan taqdirda, litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun murojaat qilish.

10. Nazorat tartibi:

Advokatga guvohnoma bergan tegishli adliya organi advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi.

11. Litsenziya berishda kelishiladigan organlar

Kelishish talab etilmaydi.

12. Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

13. Izoh:

Talabgorning xohishiga koʻra, advokatlik faoliyati uchun litsenziya berish haqidagi ariza bilan bir vaqtda advokatlik byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun soʻrovnoma ham toʻldirilishi mumkin. Soʻrovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

(Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi)

1. “Litsenziya” AT yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtib, elektron shaklda ariza toʻldiradi.

1. Oʻz xohishiga koʻra

2. Litsenziya talabi va shartlariga rioya etishini tasdiqlaydi.

3. Yigʻimni toʻlaydi.

2. Murojaat qilinganda

2-bosqich

“Litsenziya” AT, YIDXP

Arizani litsenziyalovchi organga yuboradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Litsenziyalovchi organ

(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari)

Talabgorning hujjatlarini oʻrganib chiqib, litsenziyani berish yoki litsenziya berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

10 ish kuni mobaynida

4-bosqich

“Litsenziya” AT

Litsenziyani berish yoki litsenziya berishni rad etish haqida qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani talabgorga yuboradi.

Qaror qabul qilingandan soʻng real vaqt rejimida

5-bosqich

Talabgor

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda davlat bojini toʻlaydi.

3 oy mobaynida

6-bosqich

“Litsenziya” AT

Davlat boji toʻlanganidan soʻng talabgorga elektron shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziyani yuboradi.

Avtomatik tarzda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Advokatlik faoliyatini litsenziyalash va advokatlik tuzilmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2009-yil 9-martdagi 60-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 95-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qarori)” 2017-yil 25-oktabrdagi 873-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)” 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-avgustdagi 675-son qarori 5-bandi, shuningdek unga 3-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 83-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga 4-ilovaning 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari koʻrsatishning infratuzilmasi takomillashtirilganligi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 28-oktabrdagi 661-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/432/0717-son; 29.11.2023-y., 09/23/628/0907-son)