05.08.2022 yildagi PQ-347-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-iyun — Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni munosabati bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional shaxmatga jalb qilish, nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallash, jahon standartlariga mos keladigan shaxmat infratuzilmasini kengaytirish, shuningdek, Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturini izchil amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, “Toʻdakoʻl” dam olish bazasi hududida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan maktabdan tashqari davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblangan Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Xalqaro shaxmat maktabining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur shaxmat anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnik hamda oʻquv-mashgʻulot bazalarini yaratish va turli darajadagi xalqaro va mintaqaviy musobaqalar — Shaxmat olimpiadasi va Osiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, universiadalar hamda boshqa musobaqalarda Oʻzbekistonning sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan xalqaro darajadagi shaxmatchilarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro darajadagi shaxmatchilarni tayyorlash uchun shaxmat boʻyicha yuqori malakali mutaxassis-trenerlar, psixologlar va uslubchilarni, shu jumladan jahonning mashhur xalqaro grossmeysterlarini keng jalb etish orqali trenerlar tarkibini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxmatchilarning oʻquv-mashgʻulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, oʻquv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan shaxmatchilarni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxmat boʻyicha terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida oʻquv-mashq yigʻinlari, respublika va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish hamda muntazam ravishda oʻtkazib borish, trenerlar hamda shaxmatchilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish boʻyicha xorijiy shaxmat maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda shaxmatni rivojlantirishni xalqaro talablar va standartlarga moslashtirish, oʻgʻil bolalar va qizlarni shaxmatga jalb qilish va ularning ushbu sport turiga qiziqishini kuchaytirish, shaxmatchilarning professional mahoratini doimiy ravishda oshirib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Xalqaro shaxmat maktabi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat ixtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan va maktabning ustavidagi vazifalarga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi hamda Sportni rivojlantirish vazirligining har yili oʻtkazib kelinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirining final bosqichini 2023-yildan boshlab Xalqaro shaxmat maktabida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4954-son qarorida belgilangan turnirlar va musobaqalar bilan bir qatorda qoʻshimcha ravishda quyidagi musobaqalar 2023-yildan boshlab har yili tizimli ravishda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yoshlar oʻrtasida barcha hududlarda “Rokirovka” turniri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda keksa avlod vakillari oʻrtasida “Nuroniylar” kubogi uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda nogironligi boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida “Cheksiz imkon” turniri;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan 50 000 AQSH dollari miqdorida mukofot fondiga ega “Womenʼs Chess Championship” xalqaro turniri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar shaxmatchilari oʻrtasida anʼanaviy “Uzbekistan Chess Open” xalqaro turniri.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi (A. Saʼdullayev), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M.Tashxodjayev), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) bilan birgalikda mazkur bandda koʻrsatilgan:
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli musobaqalar 2023-yil 1-yanvardan boshlab sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musobaqalarni oʻtkazish jarayonini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kommunikatsiya manbalarida keng yoritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov) mazkur bandda koʻrsatilgan musobaqalarni turistik marshrutlar obyektlari roʻyxatiga kiritsin, ularga xorijiy va mahalliy turistlarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Prezident taʼlim muassasalari agentligi (X. Umarova), Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim maktablari, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida shaxmat toʻgaraklari faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Navoiy viloyat hokimligi (N. Tursunov), “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (Q. Sanaqulov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Xalqaro shaxmat maktabida jahonning mashhur xalqaro grossmeysterlari ishtirokida yosh shaxmatchilar uchun trening va mahorat darslarini oʻz ichiga olgan mavsumiy oromgohlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻdakoʻl” brendini ishlab chiqish va targʻib qilish orqali Xalqaro shaxmat maktabi faoliyatini ommalashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan kreativ koʻrgazmali uslublardan foydalangan holda jamoat joylari va istirohat bogʻlarida shaxmat maydonchalarini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlarining miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ushbu ilovada nazarda tutilgan ragʻbatlantirish xarajatlari Davlat budjetidan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga mazkur maqsadlar uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Xalqaro shaxmat maktabi faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq zarur mablagʻlarni 2023-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi (A. Saʼdullayev):
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shaxmat maktabini zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar, trenerlar va boshqa mutaxassislar bilan bosqichma-bosqich toʻldirish choralarini koʻrsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Xalqaro shaxmat maktabining hamda Xalqaro shaxmat akademiyasining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Yoshlar” telekanali hamda tegishli hududiy telekanallarda shaxmat musobaqalarini keng yoritish va targʻib qilish ishlarini muntazam tashkil etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi A.Z. Saʼdullayev va sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 5-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-347-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-avgustdagi PQ-347-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlarining miqdorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Musobaqalar

(unvon)

Medal

Shaxmatchiga beriladigan pul mukofoti miqdori*

Trenerga beriladigan pul mukofoti miqdori*

1.

Butunjahon shaxmat olimpiadasi (kattalar oʻrtasida)

Oltin

2 000

1 000

Kumush

1 000

500

Bronza

500

250

2.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tasnifiga koʻra jahon miqyosidagi musobaqalar

Oltin

300

150

Kumush

150

75

Bronza

75

37,5

3.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tasnifiga koʻra Osiyo miqyosidagi musobaqalar

Oltin

70

35

Kumush

35

17,5

Bronza

17,5

8,75

4.

Xalqaro grossmeyster sport unvonini olgan taqdirda

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bazaviy hisoblash miqdorining baravari.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2022-y., 07/22/347/0714-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son)