03.08.2022 yildagi 427-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Aliment toʻlovlari jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, aliment toʻlovlari jamgʻarmasi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmonining 20-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida (keyingi oʻrinlarda — Majburiy ijro byurosi) yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Aliment toʻlovlari” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi va unga Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 50 milliard soʻm ajratilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aliment toʻlash majburiyati yuklatilgan shaxslardan undirilgan mablagʻlar;

vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro institutlar va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

Keyingi tahrirga qarang.

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma hisobidan toʻlovlar faqat voyaga yetmagan farzandini moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan qarzdorga nisbatan tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyatini boshqarish Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan toʻlovlarni toʻlash tartib-taomillari ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish maqsadida barcha amaliyotlar Majburiy ijro byurosining Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda toʻlovlar ushbu tizim bilan integratsiya qilingan aliment oluvchilarning bank kartalariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarmaning mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini, shu jumladan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan aliment toʻlovlaridan qarzdorlik toʻlanadigan holatlar va shaxslar toifasini belgilashni nazarda tutuvchi Aliment toʻlovlari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ijro byurosi tuzilmasida umumiy shtat birliklari doirasida Moliya-rejalashtirish boʻlimiga 1 ta shtat birligi ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishni taʼminlash boʻyicha samaradorlik va natijadorlik koʻrsatkichlarida (KPI) Jamgʻarmadan qoplangan aliment mablagʻlarini undirishni asosiy mezonlardan biri sifatida belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Majburiy ijro byurosi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 30-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmani shakllantirish manbalarini kengaytirish, shu jumladan ijro hujjatlari boʻyicha undirilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning bir qismini Jamgʻarmaga yoʻnaltirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuroning Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimini Moliya vazirligining Gʻaznachiligi elektron tizimi bilan integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 3-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
427-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-avgustdagi 427-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aliment toʻlovlari jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi oʻrinlarda — Byuro) Aliment toʻlovlari jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarmaning maqsadi Byuro organlari ish yurituvidagi aliment undirish bilan bogʻliq sud hujjati asosida berilgan ijro hujjati yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjati bilan aliment toʻlash majburiyati yuklatilgan shaxslardan belgilangan va undirish imkoni boʻlmagan mablagʻlarni ushbu Nizomda belgilangan hollarda, Jamgʻarma mablagʻlaridan aliment toʻlovlari boʻyicha shakllangan qarzdorlikni biryoʻla toʻlash uchun moliyalashtirish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklida tashkil etiladi va Moliya vazirligining Gʻaznachiligi hisobvaragʻida mablagʻlari milliy va chet el valyutasida bank hisobvaraqlarida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aliment toʻlovlari jamgʻarmasidan foydalanish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aliment toʻlash majburiyati yuklatilgan shaxslardan undirilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro institutlar va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma mablagʻlari voyaga yetmagan farzandini moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlaganlik uchun qarzdor jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, aliment toʻlovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni (ushbu jinoyat natijasida yetkazilgan zararni) qoplab berishga (biryoʻla undiruvchiga toʻlab berishga) yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarmadan aliment toʻlovlarini qoplab berish uchun majburiy ijro harakatini amalga oshirgan davlat ijrochisining aliment toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi qarori asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Aliment toʻlovlarini qoplab berish Byuroning Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda toʻlovlar ushbu tizim bilan integratsiya qilingan aliment oluvchilarning bank kartalariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Byuro Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari budjetga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi davrda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish, ularni qaytarish va hisobdan chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Voyaga yetmagan farzandini moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan qarzdordan jinoyat ishlari boʻyicha suddan kelib tushgan aliment toʻlovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni (ushbu jinoyat natijasida yetkazilgan zararni) undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati boʻyicha davlat ijrochisi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan undirish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha choralar natijasiz boʻlgan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan aliment toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi hamda ikki ish kunidan kechiktirilmagan holda toʻlovlarni amalga oshirish uchun tizim orqali Jamgʻarmaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Aliment toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aliment undirish toʻgʻrisidagi va jinoyat ishlari boʻyicha sudning ijro hujjati boʻyicha yuritilgan ijro ishi raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aliment toʻlovlari qoplab berilishi lozim boʻlgan jami mablagʻlar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aliment toʻlovlari qoplab berilishi lozim boʻlgan davr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undiruvchining bank rekvizitlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Aliment toʻlovlarini qoplab berish Jamgʻarma tomonidan aliment toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan boshlab ikki ish kunidan kechiktirilmagan holda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.Jamgʻarma mablagʻlari aliment toʻlovlarini qoplab berish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, aliment toʻlovlari Jamgʻarmaga mablagʻlar kelib tushgan kundan boshlab qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, toʻlovlar aliment toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi qarorlar kelib tushgan ketma-ketlikka muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat ijrochisi jamgʻarmadan qoplangan aliment toʻlovlari boʻyicha qarzdordan mablagʻlarni Jamgʻarmaga qaytarish boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda ijro harakatlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlari boʻlmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qonunda yoʻl qoʻyiladigan doirada koʻrilgan barcha choralar natijasiz boʻlsa, ijro hujjati va ijro ishi yuritishda tarafni almashtirish toʻgʻrisidagi qarori “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasida belgilangan tartibda davlat ijrochisining qaroriga asosan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat ijrochisining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasiga asosan qabul qilingan qarori Jamgʻarma tomonidan qabul qilinib, ikki oy davomida ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari boʻyicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali muntazam ravishda mulkiy ahvoli oʻrganilib boriladi. Mulkiy ahvoli oʻzgarmagan taqdirda qarzdorlik Jamgʻarma tomonidan hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamgʻarmani boshqarish, shu jumladan, Jamgʻarma joriy faoliyatiga rahbarlik qilish, mablagʻlari toʻplanishi va sarflanishini tezkor boshqarish Byuro tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Byuro Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlar ajratishga kelib tushgan qarorlar boʻyicha maʼlumotlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undirilgan va Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan pul mablagʻlarining amalda kelib tushgan summasi boʻyicha tijorat banklari va tegishli tashkilotlardan axborotlar hamda statistika maʼlumotlarini soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish va yuritish, belgilangan tartibda ular boʻyicha tegishli operatsiyalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma boʻsh mablagʻlarini milliy va chet el valyutasida Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, shuningdek, chet el valyutasidagi pul mablagʻlari boʻyicha ayirboshlash va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Byuro Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish doirasida quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish, shuningdek, ular boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish tartibini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Byuro hududiy boshqarmalari tomonidan har hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan Jamgʻarmaga yuborilgan aliment toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi qarorlar va Jamgʻarmaga undirilgan mablagʻlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobot har chorakda Byuro tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aliment toʻlovlari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aliment toʻlovlari jamgʻarmasidan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat ijrochisi

(Majburiy ijro byurosi masʼul xodimi)

Voyaga yetmagan farzandini moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlaganlik uchun qarzdor jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, aliment toʻlovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni (ushbu jinoyat natijasida yetkazilgan zararni) qoplab berish (biryoʻla undiruvchiga toʻlab berish) maqsadida Aliment toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Zarurat yuzaga kelganda

2-bosqich

Davlat ijrochisi

(Majburiy ijro byurosi masʼul xodimi)

Aliment toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi qarorni unga jinoyat ishlari boʻyicha sudning ijro hujjatini ilova qilgan holda Jamgʻarmaga yuboradi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab 2 ish kunidan kechiktirilmagan holda

3-bosqich

Aliment toʻlovlari jamgʻarmasi

Aliment toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi qaror asosida aliment toʻlovlari qoplab beriladi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab 2 ish kunidan kechiktirilmagan hol?a

4-bosqich

Davlat ijrochisi

(Majburiy ijro byurosi masʼul xodimi)

Jamgʻarmadan qoplangan aliment toʻlovlari boʻyicha qarzdordan mablagʻlarni Jamgʻarmaga qaytarish boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda ijro harakatlari amalga oshiriladi.

Qarzdorlik bartaraf etilgunga qadar

5-bosqich

Davlat ijrochisi

(Majburiy ijro byurosi masʼul xodimi)

Qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlari boʻlmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan qonunda yoʻl qoʻyiladigan doirada koʻrilgan barcha choralar natijasiz boʻlsa, ijro hujjati va ijro ishi yuritishda tarafni almashtirish toʻgʻrisidagi qaror belgilangan tartibda Jamgʻarmaga qaytariladi.

Undirishni imkoni boʻlmagan taqdirda

6-bosqich

Aliment toʻlovlari jamgʻarmasi

Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorning mulkiy ahvoli yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali muntazam ravishda oʻrganib boriladi hamda mulkiy ahvoli oʻzgarmagan taqdirda qarzdorlik hisobdan chiqariladi.

2 oy muddatda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 09/22/427/0706-son; 25.06.2025-y., 07/25/202/0541-son)