03.08.2022 yildagi PQ-344-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash salohiyatini yanada oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 3-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-344-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-avgustdagi PQ-344-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4375-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-band quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiyaning “Temurbeklar maktabi” uchun yillik qabul kvotasi 150 kishini tashkil etadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari uchun qoʻshimcha kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar va fuqaro tarkibidagi xodimlar shtat birliklari tegishli ravishda Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya boʻlinma (qoʻshin)larining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish tizimida “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi mavjud boʻlgan vazirlik va idoralarga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-ilovaning 77-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“77. Moliyalashtirish mablagʻlari “Temurbeklar maktabi” ixtiyorida boʻlib, ulardan qonunchilik hujjatlariga va “Temurbeklar maktabi” ustaviga muvofiq mustaqil ravishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir “Temurbeklar maktabi”da yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va taʼlim-tarbiya jarayoniga shaxsan aniq hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek, xodimlarga mukofotlar toʻlash hamda moddiy yordam koʻrsatish yoʻli bilan ularni ragʻbatlantirish uchun budjet mablagʻlari hisobidan Direktor jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻquv kursi” bloki “106 (1-5-100-0)” raqamlaridan keyin “(158 (1-7-150-0)****)” raqamlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari — oʻquv boʻlimi boshligʻi 1 (0-0-0-1)” blokidan “— oʻquv boʻlimi boshligʻi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻquv boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari 1 (0-0-0-1)” bloki “Oʻquv boʻlimi 2 (0-0-0-2)” bloki bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻquv boʻlimi kotibi 1 (0-0-0-1)” bloki chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aniq fanlar kafedrasi 16**(0-0-0-16)” blokidagi “kafedrasi” soʻzi “oʻquv qismi” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi 12**(0-0-0-12)” blokidagi “kafedrasi” soʻzi “oʻquv qismi” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Avtomobil seksiyasi” blokidagi “5 (0-1-0-4)” raqamlari “5** (0-1-0-4)” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
izoh quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“**** oʻquvchilar soni 150 kishini tashkil etadigan “Temurbeklar maktabi” uchun”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“***** oʻquvchilar soni 150 kishini tashkil etadigan “Temurbeklar maktabi” uchun oʻquv guruhlari soni 6 tadan iborat boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaxsiy tarkib soni” jadvali quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shaxsiy tarkib soni

Jami

Ofitserlar

Serjantlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar

Oʻquvchilar

Ishchi va xizmatchilar (oʻqituvchilar)

Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi”

300

3

13

200

84 (32)

Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi”

404

3

17

300

84 (32)

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4910-son qarorining 18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Belgilansinki, mazkur qarorning 17-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tizimidagi harbiy-akademik litseylar hamda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi akademik litseylarning (“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari, Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashtirilgan maktab-internati va “Yosh chegarachi” harbiy-akademik litseyi bundan mustasno) fuqaro tarkibidagi (shahodatlanmagan) maʼmuriy boshqaruv, pedagog va boshqa xodimlariga nisbatan ham qoʻllaniladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 07/22/344/0704-son)