Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 1-avgusta roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3377]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-iyul,
14/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/11-son “Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida (roʻyxat raqami 2989, 2018-yil 30-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 10/18/2989/0968-son):
a) nomi va 1-bandidagi “mikrokredit” degan soʻzlar “mikromoliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) Ilovada:
nomidagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
muqaddima, 1, 2-bandlar, 3-bandning birinchi xatboshisi, 9-bandning ikkinchi xatboshisi, 13-bandning ikkinchi xatboshilaridagi “mikrokredit” degan soʻzlar “mikromoliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-bob nomi, 11-band, 13-bandning birinchi xatboshisidagi “Mikrokredit” degan soʻzlar “Mikromoliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/6-son “Mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida (roʻyxat raqami 3260, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3260/1079-son):
a) nomi va 1-bandidagi “Mikrokredit” degan soʻzlar “Mikromoliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) Nizomda:
nomidagi “Mikrokredit” degan soʻz “Mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
muqaddimadagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 6-sentabrdagi 20/5-son qarori (roʻyxat raqami 3322, 2021-yil 30-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/3322/0923-son) bilan tasdiqlangan Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasidagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-son qarori (roʻyxat raqami 3336, 2021-yil 26-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2021-y., 10/21/3336/1101-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi 3-bobida:
“13201 Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvaragʻi taʼrifidagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“13205 Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalarga berilgan muddati oʻtgan kreditlar” hisobvaragʻi taʼrifidagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“13209 Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvaragʻi taʼrifidagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“13299 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)” hisobvaragʻi taʼrifidagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“15401 Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaragʻi taʼrifidagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“15405 Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaragʻi taʼrifidagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“15499 Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvaragʻi taʼrifidagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“20216 Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” hisobvaragʻi taʼrifidagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“21624 Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalarga toʻlanishi lozim boʻlgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvaragʻi taʼrifidagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“22024 Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalarga toʻlanishi lozim boʻlgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaragʻi taʼrifidagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son; 13.01.2023-y., 10/23/3415/0028-son)