01.08.2022 yildagi 419-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida kadrlar tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Davlat budjeti mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalarini bir talaba uchun toʻgʻri keladigan oʻrtacha xarajat miqdoridan kelib chiqib moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalariga moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmini aniqlashda qoʻllaniladigan xarajatlarning bazaviy normativlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya yilida xarajatlarning bazaviy normativlarini qoʻllash yoʻli bilan moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalari uchun budjet mablagʻlari hajmini hisoblash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalarini moliyalashtirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalariga moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmini xarajatlar smetasida rejalashtirish hamda moliya yili davomida qayta koʻrib chiqish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida taʼlim olayotgan talabalarni oʻqitishni moliyalashtirish maqsadida buyurtmachi hamda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida imzolanadigan namunaviy bitim loyihasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Respublika oliy taʼlim kengashi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili, zaruratdan kelib chiqib, yangi oʻquv yili boshlanguniga qadar, moliyaviy mustaqillik berilmagan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun oliy taʼlim muassasalarida oʻqitishning haqiqiy xarajatlarini inobatga olgan holda, taʼlim shakli va yoʻnalishlari boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish miqdorlarini ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga tasdiqlashga kiritishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan tasdiqlangan budjetdan tashqari toʻlov-kontrakt mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida xarajat moddalariga mustaqil ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritishga “UzASBO” dasturiy majmuasi moslashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda oliy taʼlim muassasalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha “yoʻl xarita”larini ishlab chiqib, ularning oliy taʼlim muassasalari Kuzatuv kengashlarida tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
419-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-avgustdagi 419-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalarini bir talaba uchun toʻgʻri keladigan oʻrtacha xarajat miqdoridan kelib chiqib moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida taʼlim olayotgan talabalarni oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻlarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi), turi, bosqichi va shaklidan kelib chiqib, har bir davlat granti asosidagi oʻrin uchun sarflanadigan xarajatlar normativini hisoblash metodologiyasini, ajratilgan mablagʻlarni moliyalashtirish hamda sarflash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom maqsadli mablagʻlar, shu jumladan talabalarga stipendiya toʻlovlari, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim xarajatlari, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan talabalar moddiy taʼminoti boʻyicha xarajatlar, kapital qoʻyilmalar xarajatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida ajratiladigan mablagʻlar miqdorlarini aniqlash uchun qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xarajatlarning bazaviy normativlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — OTM) bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi)dan kelib chiqib, davlat granti asosidagi har bir oʻrin uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmini hisoblash maqsadida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik va idoralar oʻz boʻysunuvidagi OTM uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmini xarajatlarning bazaviy normativlarini qoʻllash yoʻli bilan hisoblab, navbatdagi moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni bilan tasdiqlangan mablagʻlar doirasida taqsimlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moliya yili uchun OTMga ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmini aniqlashda quyidagi xarajatlarning bazaviy normativlari qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlari, shu jumladan soatbay toʻlovlar, yagona ijtimoiy toʻlov hamda ish haqiga tenglashtirilgan boshqa turdagi toʻlovlarni oʻz ichiga oluvchi bir nafar talabani oʻqitish uchun joriy xarajatlarning bazaviy normativlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlari hamda ish haqiga tenglashtirilgan toʻlovlarni oʻz ichiga oluvchi bir nafar talabani oʻqitish uchun joriy xarajatlarning bazaviy normativlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) OTMni saqlash bilan bogʻliq boshqa joriy xarajatlar (kommunal xizmatlar, foydalanish va oʻqitish xarajatlari, joriy taʼmirlash, chiqimga oid materiallar va kam baholi inventarlar va boshqa xarajatlar) hamda asosiy aktivlarni xarid qilish va kapital taʼmirlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning bazaviy normativlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Nizomning 5-bandi “a” kichik bandida keltirilgan bazaviy normativlar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari (tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida klinik ordinatura mutaxassisliklari ham qoʻshiladi) boʻyicha alohida ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan jadval asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur nizomning 5-bandi “b” kichik bandida keltirilgan bazaviy normativlar miqdori mazkur Nizomning 5-bandi “a” kichik bandida keltirilgan bazaviy normativlarga muvofiq hisoblangan OTM uchun jami summaning yigʻindisiga nisbatan 20 foiz miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Nizomning 5-bandi “v” kichik bandida keltirilgan bazaviy normativlar miqdori mazkur Nizomning 5-bandi “a” va “b” kichik bandlarida keltirilgan bazaviy normativlarga muvofiq hisoblangan OTM uchun jami summaning yigʻindisiga nisbatan 10 foiz miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xarajatlarning bazaviy normativlarini qoʻllash yoʻli bilan oliy taʼlim muassasasi uchun budjet mablagʻlari hajmini hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. OTMga ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmining hisobi quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

s

a

b

 

BMH = (Σ(BNXi * NB-i) + ΣMNXi * NM-i) + Σ(ONXi * NO-i)) + SHNX + BSNX

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMH — OTMga joriy moliya yili uchun ajratiladigan jami budjet mablagʻlari hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i — bakalavriat boʻyicha taʼlim sohalari va yoʻnalishlari hamda magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklari nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BNXi — i bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlarini oʻz ichiga oluvchi bir nafar talaba uchun xarajatlarning bazaviy normativi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ONXi — i klinik ordinatura mutaxassisligi boʻyicha professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlarini oʻz ichiga oluvchi bir nafar talaba uchun xarajatlarning bazaviy normativi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHNX — OTMning boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlarini oʻz ichiga oluvchi bir nafar talaba uchun xarajatlarning bazaviy normativi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BSNX — boshqa saqlash xarajatlari hamda asosiy aktivlarni xarid qilish va kapital taʼmirlash uchun ajratiladigan xarajatlarning bazaviy normativi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NB-i, NM-i va NO-i — i bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi) boʻyicha oʻrtacha yillik talabalar soni (B-bakalavr, M-magistr, O-klinik ordinator).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, OTMda taʼlim bakalavriat yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha talabalarning oʻrtacha yillik soni — moliya yilida rejalashtiriladigan talabalar sonining oʻzgarishini inobatga olgan holda aniqlanadi (bitiruv va qabul oʻrtasidagi farq) va quyidagi formula asosida hisoblanadi (oʻrtacha yillik koʻrsatkichlarni hisoblashda sirtqi taʼlim shakli talabalari uchun 0,1 koeffitsiyent qoʻllaniladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, talabalarning oʻrtacha yillik soni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari (tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida klinik ordinatura mutaxassisliklari) boʻyicha alohida-alohida hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N = Tyb + Tq/3 — Tb/2
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N — davlat granti asosida oʻrtacha yillik talabalar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tyb — yil boshiga talabalar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tq — moliya yili davomida talabalarni qabul qilishning kutilayotgan soni (tegishli qaror bilan tasdiqlangan oxirgi qabul koʻrsatkichlari boʻyicha);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tb — moliya yili davomida bitiruvchi talabalarning kutilayotgan soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oliy taʼlim muassasasini moliyalashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat buyurtmasini bajarishni moliyalashtirish, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq “Buyurtmachi (vazirlik, idora) hamda oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida taʼlim olayotgan talabalarni oʻqitishni moliyalashtirish boʻyicha Namunaviy bitim”ga (keyingi oʻrinlarda — Bitim) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, har moliya yili uchun vazirlik va idoralar tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda oʻz boʻysunuvidagi OTM uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmi hisoblanganidan soʻng boʻysunuvi boʻyicha tegishli buyurtmachi (vazirlik, idora) va OTM oʻrtasida Bitim imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bitim imzolangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 18-bobi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq OTM budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. OTMning budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasini tuzishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat buyurtmasi asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun bazaviy normativlarga muvofiq hisoblangan budjet mablagʻlari miqdori budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy tasnifi boʻyicha 48 21 190 “Boshqa xarajatlar” xarajatlar moddasida bir satrda, yilning choraklari va oylari kesimida rejalashtirilgan holda aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maqsadli mablagʻlar, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi stipendiyalar miqdorlari va stipendiya bilan taʼminlash tartibiga muvofiq toʻlanadigan stipendiya xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan OTM talabalarining moddiy taʼminoti boʻyicha xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kapital qoʻyilmalar xarajatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida ajratiladigan boshqa maqsadli mablagʻlar OTMning budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasida budjet tizimi budjetlari xarajatlari iqtisodiy tasnifining tegishli xarajat moddalari kesimida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat buyurtmasi asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun ajratilgan mablagʻlar (maqsadli mablagʻlar bundan mustasno) OTMning budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt) mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi hamda OTMning budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt) mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasining daromad qismida alohida qatorda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davri oxirida mablagʻlarning qoldigʻi oliy taʼlim muassasasining ixtiyorida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasida rejalashtirilgan maqsadli mablagʻlarning ishlatilmay qolgan qismi moliya yili oxirida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi, qonunchilik hujjatlarida alohida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. OTMning budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt) mablagʻlarini rejalashtirish (daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish) va xarajatlarni amalga oshirish OTMning Kuzatuv kengashi tomonidan muhokama qilingan va tasdiqlangan biznes-rejalariga muvofiq tegishli xarajatlarni moliyalashtirishning ketma-ketligi taʼminlangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya yili davomida budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt) mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish OTM tomonidan “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Joriy yil uchun OTMga qabul parametrlari tasdiqlangandan soʻng moliya yili boshida OTM uchun davlat buyurtmasi sifatida rejalashtirilgan grant asosida oʻqitish qabul parametriga zarurat tugʻilganda (haqiqiy parametr rejalashtirilgan parametrdan kam yoki koʻp boʻlganda) har bir OTMga davlat granti asosidagi oʻrinlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmi qayta koʻrib chiqiladi va belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, OTMning har yili 1-noyabr holatiga davlat buyurtmasi asosida oʻqiyotgan oʻrtacha yillik talabalar sonining joriy yil uchun yillik rejalashtirilgan oʻrtacha talabalar soniga nisbatan oʻzgarishi 3 foizdan yuqori boʻlgan taqdirda, bazaviy normativlarga muvofiq hisoblangan budjet mablagʻlari miqdoriga tegishli oʻzgartirish kiritilishi mumkin. Mazkur oʻzgarishga qarab buyurtmachi hamda OTM oʻrtasida imzolangan Bitimga qoʻshimcha kelishuv imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrtacha talabalar sonining joriy yil uchun rejalashtirilgan talabalar soniga nisbatan oʻzgarishlar 3 foizgacha boʻlganda, joriy yil uchun bazaviy normativlarga muvofiq hisoblangan budjet mablagʻlari miqdorlari oʻzgartirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu oʻzgartirishlar tizimida OTM boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon hamda qarorlariga asosan moliya yili davomida xodimlar ish haqi miqdorlari oshganda, bir nafar talaba uchun xarajatlarning bazaviy normativlari qolgan davr uchun qayta koʻrib chiqiladi hamda qoʻshimcha mablagʻ belgilangan tartibda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. OTMning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldida yuzaga kelgan kreditor qarzdorligi mazkur OTMning oʻz mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. OTMning bazaviy normativlarini hisoblab chiqish hamda xarajatlar smetasining toʻgʻri tuzilishi va roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun taqdim etgan hisob-kitoblarida koʻrsatilgan barcha ishlab chiqarish koʻrsatkichlari (talabalar va bitiruvchilar soni, maydoni, kubaturasi, sarflanayotgan kommunal xizmatlar boʻyicha natural koʻrsatkichlar hajmi va ular boʻyicha xarajatlarning tasdiqlangan xarajatlar smetasiga va pasport maʼlumotiga, shartnomalarga va hokazolarga mosligi)ning toʻgʻriligi va asoslanganligi uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq OTM rahbari, bosh buxgalteri va reja-moliya boʻlimi boshligʻi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari hamda Kuzatuv kengashlari OTM tomonidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlaydi, taqdim etilgan miqdoriy koʻrsatkichlari, shuningdek, ishlab chiqarish koʻrsatkichlarining toʻgʻriligi va ulardan xarajatlarning bazaviy normativlarini hisoblashda foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hap etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalarini bir talaba uchun toʻgʻri keladigan oʻrtacha xarajat miqdoridan kelib chiqib moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sohalari bloklari boʻyicha professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga haq toʻlash xarajatlarini oʻz ichiga oluvchi bir nafar talabani oʻqitish uchun joriy xarajatlarning bazaviy normativlarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

(i)

Taʼlim sohalari va yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) nomi

Bakalavriat (magistratura, klinik ordinatura)

Bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbati*

Professor-oʻqituvchilarning oʻrtacha oylik ish haqi**

(ming soʻm)

Professor-oʻqituvchilar yillik ish haqi fondi ajratmasi bilan

(ming soʻm)

Professor-oʻqituvchilar yillik soatbay fondi ajratmasi bilan (4%)

(ming soʻm)

Moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi ajratmasi bilan

(15%)

(ming soʻm)

BNXi (MNXi ONXi)

(ming soʻm)

A

1

2

3

4 = ( 3-ust. x 12 oy x 1,12 ) / 2-ust.

5 = 4-ust. x 0,04

6 = 4-ust. x 0,15

7 = 4-ust. + 5-ust. + 6-ust.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Taʼlim sohalari va yoʻnalishlari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbati normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan katta oʻqituvchi lavozimining, magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisligi boʻyicha ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan dotsent lavozimining bazaviy lavozim maoshlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalarini bir talaba uchun toʻgʻri keladigan oʻrtacha xarajat miqdoridan kelib chiqib moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Buyurtmachi (vazirlik, idora) xamda oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida taʼlim olayotgan talabalarni oʻqitishni moliyalashtirish boʻyicha

‎NAMUNAVIY BITIM LOYIHASI ‎‎
‎№ ______________

Toshkent sh. ‎‎

‎‎“___” __________ 20___ yil

‎‎___________________________________________________________________________________ nomidan

‎‎(vazirlik yoki idora)

(keyingi oʻrinlarda — Kadr buyurtmachisi) Nizom asosida harakat qiluvchi ______________________________ __________________________________________ bir tarafdan hamda ________________________________ ‎‎

(rahbarning familiyasi, ismi va otasining nomi, lavozimi)

‎‎_____________________________ nomidan (keyingi oʻrinlarda — “Ijrochi”) Ustav asosida harakat qiluvchi oliy taʼlim muassasasi rektori ______________________________________ ikkinchi tarafdan mutaxassis tayyorlash boʻyicha mazkur bitimni (bundan buyon Shartnoma deb yuritiladi) quyidagilar haqida tuzdilar.

1. Shartnoma predmeti va tomonlarning umumiy majburiyatlari

‎‎1.1. Ijrochi Kadr buyurtmachisi talablari asosida Davlat taʼlim standartlariga muvofiq mazkur shartnomaning ilovasiga muvofiq bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha davlat buyurtmasi asosida mutaxassis kadrlar tayyorlashga oid taʼlim xizmatlari koʻrsatish majburiyatini oladi.
‎1.2. Kadr buyurtmachisi Ijrochiga ushbu shartnomaga asosan belgilangan normativlarga muvofiq hisoblab chiqilgan davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida taʼlim olayotgan talabalarni oʻqitish xarajatlarini toʻliq toʻlab beradi.

‎‎2. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

‎‎2.1. Ijrochining huquqlari quyidagilardan iborat:
‎Kadr buyurtmachisi bilan kelishilgan holda mustaqil ravishda davlat taʼlim standartlari hamda oʻquv rejasi boʻyicha oʻqitish jarayonini amalga oshirish;
‎amaldagi qonunchilik hujjatlari hamda Ijrochining ichki hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish;
‎ Kadr buyurtmachisidan mazkur Shartnomaning 1,2-bandida nazarda tutilgan oʻqitish xarajatlarini toʻliq toʻlab berilishini talab qilish.
‎2.2. Kadr buyurtmachisining huquqlari quyidagilardan iborat:
‎Ijrochidan mazkur Shartnomaning 1.1-bandida nazarda tutilgan taʼlim xizmatlari talab darajasida tashkil etilishiga oid maʼlumotlarni olish;
‎taʼlim xizmatlarini tashkil etishga oid takliflar berish.
‎2.3. Ijrochining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
‎mazkur Shartnomaning 1.1-bandida nazarda tutilgan taʼlim xizmatlarini talab darajasida tashkil etish va koʻrsatilishini taʼminlash;
‎Kadr buyurtmachisining yuridik manzili yoki joylashgan joyi oʻzgarishi, Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi shaxsiy hisobvaraqlari, faoliyati qayta tashkil qilinishi va tugatilishi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish;
‎taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun moliyalashtirish (tasdiqlangan xarajatlar smetasini)ni Kadr buyurtmachisidan qabul qilish.
‎2.4. Buyurtmachining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
‎Ijrochi tomonidan koʻrsatilgan taʼlim xizmatlari uchun ushbu shartnomaning 1.2-bandi asosida belgilangan miqdor va tartibda oʻz vaqtida toʻlovni amalga oshirish;
‎ Ijrochi yuridik manzili yoki joylashgan joyining oʻzgarishi, bank rekvizitlari, faoliyati qayta tashkil qilinishi va tugatilishi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish;
‎Ijrochiga ushbu shartnoma boʻyicha taʼlim xizmatlari koʻrsatish uchun moliyalashtirish (tasdiqlangan xarajatlar smetasi)ni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini taqdim etish.

3. Tomonlarning javobgarligi‎‎

‎‎3.1. Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmagan yoki maʼlum darajada bajarmagan hollarda, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javobgar hisoblanadi.
‎3.2. Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha fors-major holatlari, shu jumladan amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar, majburiyatlarni bajarishga xalaqit beradigan qonunchilik hujjatlari qabul qilingan hollarda, majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday holatlar yuzaga kelganda, ushbu Shartnoma shartlarini bajara olmaydigan tomon majburiyatni oʻn kun ichida boshqa tomonga xabardor qilishi va ushbu shartnoma shartlarini bajarilishi tomonlarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
‎ 3.3. Agar taʼlim xizmatlari koʻrsatishda kamchiliklar aniqlansa, shu jumladan taʼlim dasturining toʻliq taʼminlanmaganligi (oʻquv dasturining qismiga koʻra) aniqlansa, Kadr buyurtmachisi Ijrochidan quyidagilarni talab qilishga haqli:
‎taʼlim xizmatlarini bepul taqdim etish;
‎taʼlim xizmatlarining narxlarini mos ravishda pasaytirish;
‎ koʻrsatilgan taʼlim xizmati yuzasidan kamchiliklarini bartaraf etish xarajatlarini qoplash.
‎3.4. Kadr buyurtmachisi, agar Ijrochi taqdim etilgan taʼlim xizmatida nuqson yoki shartnoma shartlariga nomuvofiqlik aniqlansa, shartnomani bajarishni rad etishga va yetkazilgan zararning toʻliq qoplanishini talab qilishga haqli.

4. Shartnomaning amal qilish muddati va boshqa shartlari‎

‎‎4.1.Ushbu Shartnoma uni tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi va 20 yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
‎4.2. Ushbu shartnomaning amal qilish muddati tugatilganligi tomonlarning Shartnoma shartlarini buzganliklari uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
‎ 4.3. Ushbu Shartnoma tomonlarning yozma ravishda kelishuvi boʻyicha oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
‎4.4. Tomonlar oʻzaro kelishuvga binoan ushbu Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga haqlidirlar.
‎ 4.5. Ijrochi, mazkur shartnomaning 4.4.-bandida koʻrsatilgan holatlarga qoʻshimcha ravishda, ushbu shartnomani istalgan vaqtda yozma ravishda, Buyurtmachini 30 kun oldin xabardor qilib, bajarishni rad etish huquqiga ega.
‎ 4.6. Shartnoma quyidagi holatlarda muddatidan oldin bekor qilinadi:
‎ Ijrochi faoliyati belgilangan tartibda tugatilganda;
‎Ijrochiga nisbatan bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni joriy etish yoki Ijrochi toʻlovga qodir emas deb topilganda (bankrot deb eʼlon qilinganda).
‎4.7. Tomonlarning ushbu Shartnoma shartlarini toʻliq yoki qisman bajarmasligi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, shartnomani bekor qilish uchun asos boʻladi.
‎4.8. Ijrochi ushbu shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli.
‎4.9. Ijrochi ushbu shartnomaning 1.1-bandiga muvofiq majburiyatni bajarmagan holatlarda Buyurtmachi ushbu shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli.

‎5. Nizolarni hal qilish

‎‎5.1. Shartnoma matnida keltirilmagan masalalar boʻyicha tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan barcha kelishmovchiliklar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi.
‎5.2. Muzokaralar paytida nizolar hal etilmagan taqdirda kelishmovchiliklar sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda hal qilinadi.

‎‎6. Yakuniy qoidalar

6.1. Ushbu Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan 2 nusxada tuzilgan.
‎6.2. Tomonlarning nomi, manzili, gʻaznachilik shaxsiy hisobvaraqlari, pochta va boshqa maʼlumotlari oʻzgarishi holatlarini ikkinchi tomonga oʻz vaqtida maʼlum qilmasligi hisobiga yetkazilgan zararlar uchun javobgarlik xabar berishni kechiktirishga sababchi boʻlgan tomon zimmasiga yuklanadi.

‎‎7. Tomonlarning yuridik manzillari:

‎‎

Buyurtmachining rekvizitlari:

‎‎Vazirlik va idora rahbari (vazir, rais, direktor)

‎ _______________________________F.I.O

Ijrochining rekvizitlari:

‎‎Oliy taʼlim muassasasi rektori

‎_______________________________F.I.O

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 09/22/419/0694-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)