1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmlari |
Amalga oshirish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Mas’ul ijrochilar | |
|
1. |
Sport kurashlari rivojlanmagan hududlarda ushbu sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Hududlarda sport kurashlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar va muammolarni o‘rganish uchun ishchi guruh tuzish. |
2022-yil sentabr |
Ijrochilar mablag‘lari |
Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
2. Sport kurashlari rivojlanmagan hududlarning mavjud imkoniyatlari va salohiyatini tahlil qilish, sport-ta’lim muassasalari va klublarining qamrovi va resurs ta’minoti, aholining sport kurashlariga bo‘lgan qiziqishini o‘rganish. |
2022-yil sentabr-oktabr | ||||
|
3. Hududlarda sport kurashlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil noyabr |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |||
|
2. |
Sport kurashlari bilan shug‘ullanuvchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislar haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish. |
1. Kurashchilar va trenerlar haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish hamdaiqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasiga joylashtirish. |
2022-yil dekabr |
Ijrochilar mablag‘lari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov, M. Ismailov), Adliya vazirligi (X. Meliyev), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
2. Sport kurashlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan klublarni xatlovdan o‘tkazish va ularning reyestrini yuritish. |
2022-yil oktabr | ||||
|
3. Tahlil asosida natijadorligi past bo‘lgan bosh trenerlar va mutaxassislar o‘rnini yuqori natijador xorijiy trenerlar va mutaxassislarbilan to‘ldirish. Ular ishtirokida mahorat darslari, seminar, konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazish. |
Rejaga asosan | ||||
|
3. |
Sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya maktablari hamda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarida sport kurashlari bo‘yicha seksiya va bo‘limlar tashkil etish hamda ular faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish. |
1.Sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya maktablari hamda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarida faoliyat ko‘rsatayotga? sport kurashlari seksiya va bo‘limlarini xatlovdan o‘tkazish. |
2022-yil noyabr |
Ijrochilar mablag‘lari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Xatlov natijalariga ko‘ra quyidagilarni: sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida sport kurashlarining kamida bitta turi bo‘yicha; ixtisoslashtirilgan sport maktablarida sport kurashlarining ikkita turi bo‘yicha seksiya va bo‘limlar tashkil etish. |
2023-yildan boshlab |
Ijrochilar mablag‘lari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
|
3. Tashkil etilgan seksiya va bo‘limlarni sport-ta’lim muassasalariga trenerlar uchun ajratilgan shtat birliklari doirasida sport kurashlari bo‘yicha trenerlar bilan ta’minlash. |
|
| |||
|
4. |
Hududlarda sport kurashlari bo‘yicha iqtidorli yoshlarni tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish. |
1. Seleksionerlarni jalb qilgan holda hududlardagi iqtidorli yoshlarni aniqlash. 2. Saralab olish (seleksiya) yo‘li bilan aniqlangan iqtidorli yoshlarni kelajakda oliy mahoratli sportchi bo‘lib shakllanishi uchun sport-ta’lim muassasalariga yo‘naltirish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Ijrochilar mablag‘lari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida sport kurashlarini ommalashtirish. |
1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi ta’lim tashkilotlarida sport kurashlari bo‘yicha klublar tashkil etish va malakali trenerlar bilan to‘ldirish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Ijrochilar mablag‘lari |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
2. O‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarida o‘tkaziladigan sport turlari ro‘yxatiga sport kurashlarini kiritish. |
2022-yil dekabr | ||||
|
6. |
2025-yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo o‘yinlariga sport kurashlari bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rish va unda munosib ishtirok etish uchun zarur choralar ko‘rish. |
1. Sport kurashlari turlari bo‘yicha terma jamoaga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. |
2022-yildan boshlab |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida ajratilgan mablag‘lar |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
2. O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi tomonidan 2025-yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish dasturini ishlab chiqish. |
2022-yil sentabr | ||||
|
3. Dasturga muvofiq terma jamoa a’zolari uchun respublikada mahalliy va xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish. |
2022 — 2024-yillar davomida | ||||
|
4. Terma jamoa a’zolarini nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash. |
| ||||
|
7. |
Sport kurashlari bo‘yicha trener, hakam va boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish, o‘quv-mashq jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlar o‘rtasida tajriba almashish. |
1. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida sport kurashlari turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish. 2. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik asosida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda masofaviy ta’limni tashkil etish. |
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab rejaga asosan |
Ijrochilar mablag‘lari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
8. |
Sport kurashlari bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga zamonaviy ilmiy-innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga jalb etish. |
1. Yosh tadqiqotchilarni sport kurashlari bo‘yicha ilmiy faoliyatga keng jalb etish. 2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq sport kurashlarini rivojlantirish bilan bog‘liq muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan loyihalar tanlovini tashkil etish. 3. Sport kurashlari bilan shug‘ullanishga qiziqishni oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘quv adabiyotlari va qo‘llanmalarni tayyorlash hamda nashr etish. |
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab |
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablag‘lar |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
9. |
Sport kurashlari turlarini rivojlantirish bilan bog‘liq muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. |
1. Sport kurashlari turlarini rivojlantirish bilan bog‘liq muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan loyiha mavzularini shakllantirish va tanlov e’lon qilish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga o‘rnatilgan tartibda taqdim etish. |
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab |
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablag‘lar |
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov) |
|
2. Taqdim etilgan loyiha mavzularini saralab olib, amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovini e’lon qilish. 3. Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyiha ijrochilari tarkibiga yosh tadqiqotchilarni jalb qilish. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Sh. Turdikulova) | ||||
|
10. |
Sport kurashlari bilan shug‘ullanishni ommalashtirish va rivojlantirish. |
1. Har bir hududda 23-may — Sport kurashlari kuniga bag‘ishlab musobaqalar va fleshmoblar tashkil etish. |
Har yili may |
Ijrochilar mablag‘lari |
Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
2. Aholiga qulay joylarda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va Internet saytlarida sport kurashlari inshootlari (zallar, klublar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni lokatsiya ko‘rsatilgan holda joylashtirish. |
2022-yil avgustdan boshlab, doimiy | ||||
|
11. |
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda sport kurashlari turlarini rivojlantirish va ommalashtirish. |
1.Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya tizimida sport kurashlarini ommalashtirish va rivojlantirish, harbiy xizmatchi va xodimlarini ushbu sport turlariga keng jalb qilish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil sentabr |
Ijrochilar mablag‘lari |
Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qo‘ldoshev), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
2. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni sport kurashlari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda foydalanilayotgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, adabiyotlar va boshqa axborot materiallari bilan ta’minlash. |
2022-yil noyabr | ||||
|
3.Qurolli Kuchlar tizimi harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari orasidan sifatli sport zaxirasi va mamlakat terma jamoalari tarkibini shakllantirish. |
2022 — 2024-yillar davomida | ||||
|
12. |
Birlashgan kurash dunyosi, Osiyo sport kurashlari federatsiyasi hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning sport kurashlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash. |
1. Birlashgan kurash dunyosi, Osiyo sport kurashlari federatsiyasining mas’ul lavozimlariga mamlakatimizdagi sport kurashlari turlari bo‘yicha yetuk mutaxassis, sportchi va trenerlari orasidan nomzodlarni ilgari surish. 2. Sport kurashlari bo‘yicha jahon reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallagan davlatlar, jumladan AQSH, Armaniston, Vengriya, Gruziya, Kuba, Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Eron, Yaponiya va boshqa davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish va amaliyotga joriy qilish, ularning sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni kuchaytirish. Bunda, yoshlarni sportga jalb etish, sportchilar bilan ishlash va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratish. |
2022-yildan boshlab |
Ijrochilar va homiylar mablag‘lari |
Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
13. |
O‘zbekistonda an’anaviy tarzda sport kurashlari bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida (olimpiya va xalqaro vazn toifalari bo‘yicha) xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish. |
1.Yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro sport musobaqalarini Toshkent shahrida o‘tkazish. |
2023-yil mart |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida ajratilgan mablag‘lar |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Surxondaryo viloyati (U.Qosimov) va Toshkent shahar (Sh. Umurzakov) hokimliklari |
|
2.O‘smirlar o‘rtasida “Uzbekistan-Grand Prix” xalqaro sport musobaqalarini Termiz shahrida o‘tkazish. |
2023-yil iyun | ||||
|
3.Kattalar o‘rtasida “New Uzbekistan” xalqaro sport musobaqalarini Nukus shahrida o‘tkazish. |
2023-yil oktabr | ||||
|
4.Har bir xalqaro sport musobaqasi g‘olib va sovrindorlarini munosib rag‘batlantirish. |
| ||||
|
14. |
Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet orqali sport kurashlarini keng targ‘ib qilish. |
1.Quyidagilarni nazarda tutuvchi media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash: O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanalida sport kurashlari bo‘yicha mahalliy va xalqaro musobaqalar, sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlarni muntazam yoritib borish maqsadida “Sport kurashlari” maxsus ruknini tashkil qilish; hududiy telekanallar va ommaviy axborot vositalarida sport kurashlarini keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borish; mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini o‘tkazish; sport jurnalistlarining sport kurashlari yutuqlari tahliliga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlarini ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish. |
Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil sentabr |
Ijrochilar mablag‘lari |
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxo‘ja), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
2. O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining veb-saytini yangilash, videoroliklarni joylashtirish, uning ijtimoiy tarmoqlar va videoxostinglardagi sahifasini ochish. |
2022-yil noyabr |
O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi mablag‘lari |
O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |