29.07.2022 yildagi PQ-337-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-127-son qaroriga muvofiq, shuningdek, taekvondo (WT)ni olimpiya sport turi sifatida ommalashtirish, yoshlar orasidan sportchilarni saralab olish tizimini yaxshilash, milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar 2022 — 2024-yillarda taekvondo (WT) sport turini (keyingi oʻrinlarda — taekvondo) rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taekvondoni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish, iqtidorli sportchilarni, shu jumladan sportchi-ayollarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha yoshdagi bolalarda taekvondoning “Pumse” (poomsae) yoʻnalishiga qiziqish uygʻotish orqali nafas olish, xotira va konsentratsiyani yaxshilash, vestibulyar apparatni chiniqtirish kabi sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish, shuningdek, istiqbolda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda “Kids taekvondo” loyihasini ishga tushirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, koʻp bolali oilalar farzandlarining taekvondo bilan shugʻullanishi uchun hududlarda “Taekvondo (WT) hamma uchun” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur shart-sharoitlar mavjud boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taekvondo boʻyicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalarini tashkil etish, ularga maktab joylashgan hududdagi sport maktabi va boshqa muassasadan trener-oʻqituvchilarni jalb etish, shuningdek, oʻrta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi va talabalari uchun taekvondo boʻyicha fakultativ mashgʻulotlarni joriy etish, taekvondo klublarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taekvondo boʻyicha xalqaro talablarga muvofiq zamonaviy sport majmualarini qurish, mavjud sport majmualarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy terma jamoalarning asosiy tayyorgarlik markazlari sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yengil konstruksiya asosida quriladigan markazlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taekvondoni oʻqitishning zamonaviy metodikalariga asoslangan ilmiy-uslubiy va oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlash hamda tibbiy xizmatni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy korxonalar tomonidan xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda taekvondo boʻyicha xalqaro standartlarga mos zamonaviy inventarlar va jihozlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida sogʻlom turmush tarzining eng muhim tarkibiy qismi sifatida taekvondoni targʻib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajadagi axborot texnologiyalari va multimedia mahsulotlaridan foydalanilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Taekvondo (WT) sport turini 2022 — 2024-yillarda kengroq rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, jamgʻarmalar, klublar, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasining 2023-yildan boshlab har yili anʼanaviy tarzda:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning barcha hududlarida 4-sentabr — Butunjahon taekvondo kuniga bagʻishlangan taekvondo festivali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taekvondo va parataekvondo boʻyicha “G2” darajasidagi nufuzli “Uzbekistan Open” xalqaro turniri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taekvondo boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari, shuningdek, oʻrta-maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarining oʻquvchi va talabalari oʻrtasida “Vazir kubogi” musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov) bilan birgalikda:
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda ushbu bandda koʻrsatilgan musobaqalarga puxta tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandda koʻrsatilgan taekvondo festivali va xalqaro turnirni 2023-yil 1-yanvardan boshlab sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taekvondo festivali va xalqaro turnirda mahalliy taekvondochilar bilan birgalikda yuqori reytingga ega boʻlgan xalqaro darajadagi kuchli taekvondochilar, trenerlar va hakamlarning ishtirokini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur musobaqalarni oʻtkazish jarayonini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kommunikatsiya manbalarida keng yoritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov) yuqoridagi musobaqalarni turistik marshrutlar obyektlari roʻyxatiga kiritsin, ularga xorijiy va mahalliy turistlarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasining assotsiatsiya tizimida Oʻzbekiston taekvondo akademiyasini (keyingi oʻrinlarda — Taekvondo akademiyasi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Taekvondo akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butunjahon “Kukkiwon” taekvondo akademiyasi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda yangi “leadership” imijini yaratish maqsadida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vazirligining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (tabiiy gaz, elektr, telekommunikatsiya, ichimlik va oqova suv tarmoqlari) mavjud obyektlaridan birida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sport vazirligi (A. Ikramov), Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxammedov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov):
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 21-yanvardagi PQ-22-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Butunjahon “Kukkiwon” taekvondo akademiyasining tavsiyalarini inobatga olib, Taekvondo akademiyasi joylashadigan aniq manzilni belgilasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2027-yillarda Taekvondo akademiyasini innovatsion texnologiyalarga asoslangan, qimmat boʻlmagan, energiya tejovchi va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish ishlarini yakunlasin va foydalanishga topshirsin. Bunda, akademiyaning binosi va zarur infratuzilmasini barpo etish 2024-2025-yildagi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-yanvardagi PQ-22-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov) Taekvondo akademiyasini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Taekvondo akademiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taekvondo, shu jumladan parataekvondo (WT) boʻyicha sportchilar, trenerlar, trener-seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taekvondo, shu jumladan parataekvondo (WT) boʻyicha professional, yuqori malakali sportchilar, trenerlar, trener-seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni xalqaro talablar asosida tayyorlashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taekvondo, shu jumladan parataekvondo (WT) boʻyicha oʻquv dasturlar va metodologiyani yangilash, yoshlarning tayyorgarlik jarayoniga ilgʻor innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar, master-klasslar, oʻquv mashgʻulotlari tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Taekvondo akademiyasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taekvondo akademiyasi faoliyatini qoʻshimcha moliyalashtirish uchun Davlat budjeti mablagʻlari ham yoʻnaltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Taekvondo akademiyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov) Qurolli Kuchlar tizimida taekvondoni ommalashtirish va rivojlantirish ishlarini amalga oshirsin, shu jumladan harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida turnirlar hamda musobaqalarni tashkil qilsin, ularni sport zaxirasi va terma jamoalar tarkibiga jalb qilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taekvondo boʻyicha terma jamoalarning asosiy tayyorgarligi uchun 2023-2024-yillarda hududlarda 14 ta ixtisoslashtirilgan taekvondo markazini barpo etish va ularni zamonaviy sport inventarlari va uskunalari bilan jihozlash boʻyicha tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari iqtidorli yosh sportchilarni tanlab oladi hamda ularni kelgusida milliy terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkibiga tayyorlab beradi, shuningdek, hududiy saralash musobaqalarini, klub chempionatlarini tashkil etadi va oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilar ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sport vazirligi (A. Ikramov) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvardan boshlab 3-ilovaga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarining jismoniy tarbiyasiga katta ijobiy taʼsir koʻrsatadigan sport turi — taekvondoga qiziqishini oshirish maqsadida taekvondo boʻyicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalarini tashkil etsin, ularga maktab joylashgan hududdagi sport maktabi va boshqa muassasadan trener-oʻqituvchilarni jalb qilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 2022-yil 1-oktabrdan boshlab Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida “Taekvondo va sport faoliyati” fakulteti huzurida Sportchilarni ilmiy-uslubiy va tibbiy-biologik taʼminlash muammolari laboratoriyasi tashkil qilinsin va uning faoliyati universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov) Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetida taekvondo boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida kasbiy taʼlimni takomillashtirish, ilmiy, ilmiy-uslubiy bazani yaratish va yanada rivojlantirish choralarini koʻrsin.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalariga tegishli shart-sharoitlarni yaratish, ularning moliyaviy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish uchun ularga hududlardagi yirik tashkilotlar va homiylarni biriktirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalarida trener-yoʻriqchi lavozimini joriy etish orqali taekvondo yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim muassasalarini bitirib, terma jamoaga jalb etilmagan yosh trener kadrlarni jalb etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taekvondoni ommalashtirish maqsadida yoshlar oʻrtasida tuman (shahar) va hudud miqyosidagi musobaqalarni muntazam ravishda tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taekvondo boʻyicha tashkil etiladigan mahalliy va xorijiy oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va sport musobaqalarida hududiy sport jamoalari ishtirok etishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosari Sh.Sh. Maxmudov hamda Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi raisi Sh.R. Tashmatov belgilansin va ularga quyidagi vazifalar yuklansin:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli yoshlarni tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional taekvondochilar sifatida tayyorlash ishlarini samarali tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda taekvondo infratuzilmasini barpo etish va kengaytirishga investitsiya va grant mablagʻlarini jalb qilish, boshqa zarur chora-tadbirlarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taekvondoni taʼlim muassasalari, yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish orqali ommalashtirish, aholining ushbu sport turiga qiziqishini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taekvondo boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish, ushbu yoʻnalishda xalqaro va chet el tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2024-yillarda taekvondoni rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlariga toʻlaqonli erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorda belgilangan vazifalar ijrosini har yarim yilda kamida bir marta tanqidiy muhokama qilish, zarur chora-tadbirlarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 29-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-337-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi PQ-337-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taekvondo (WT) sport turini 2022 — 2024-yillarda kengroq rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi huzurida taekvondo (WT) boʻyicha (keyingi oʻrinlarda — taekvondo) U 19 respublika professional klubini tashkil etish.

1. Taekvondo (WT) boʻyicha U 19 respublika professional klubi faoliyatini samarali tashkil qilish.

2022-yil dekabr

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov),

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov)

2. Taekvondo (WT) boʻyicha 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” musobaqasini oʻtkazish.

Har yili mart

2.

Ilgʻor tajribani joriy etish maqsadida Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi yoʻllanmasi asosida hududlarga trenerlarni va mutaxassislarni maʼlum bir muddatga yuborish (rotatsiya qilish).

1. Taekvondo rivojlanmayotgan hududlarga trenerlar va tegishli mutaxassislarni yuborish (rotatsiya qilish), ularni biriktirish, reja va shartlarni ishlab chiqish.

2. Tajriba sifatida Sirdaryo va Xorazm viloyatlarini tanlash.

2022-yil dekabr

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov),

Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov),

Sirdaryo (Gʻ. Mirzayev)

va Xorazm (F. Ermanov)

viloyatlari hokimliklari

3.

Hududlarda taekvondo boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish.

1. Seleksionerlarni jalb qilgan holda hududlardagi iqtidorli yoshlarni aniqlash.

2. Saralab olish (seleksiya) yoʻli bilan aniqlangan iqtidorli yoshlar kelajakda taekvondo boʻyicha oliy mahoratli sportchi boʻlib shakllanishi uchun ularni ixtisoslashtirilgan sport maktablariga yoʻnaltirish.

3. Taʼlim muassasalarida ushbu yoshlarning oʻqish va shugʻullanish jarayonini doimiy nazoratga olgan holda monitoring olib borish.

4. Mahalla, tuman va shaharlarda olimpiya va jahon chempionlari, mashhur sportchilar hamda boshqa xalqaro darajadagi mutaxassislar ishtirokida yosh taekvondochilar uchun doimiy ravishda mahorat darslarini tashkil qilish.

5. Tuman (shahar) saralash bosqichlarining uzluksiz oʻtkazilishini joriy etish.

6. Hududlardagi seleksionerlar tomonidan tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi asosida oʻtkazilayotgan musobaqalarda ishtirok etgan iqtidorli yoshlar roʻyxatini shakllantirish hamda ularning harakatlanish monitoringini yuritishini yoʻlga qoʻyish.

2022 — 2024-yillar davomida

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov),

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Olis va chekka hududlarda joylashgan sport muassasalaridagi taekvondo boʻlimlarini qoʻllab-quvvatlash.

1. Olis va chekka hududlardagi sport muassasalarining taekvondo boʻlimlarini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni belgilash.

2. Olis va chekka hududlardagi sport muassasalarining taekvondo boʻlimlari faoliyatini tahlil qilish va natijadorlikni baholash.

2022-yil oktabr

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda taekvondoning “Pumse” (poomsae) yoʻnalishiga qiziqish uygʻotish.

1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Kids taekvondo” loyihasini ishga tushirish.

2023-yil yanvar

Ijrochilar, homiylar, grant va boshqa mablagʻlar

Maktabgacha taʼlim vazirligi (B. Onorboyev),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov),

Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov),

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (kelishuv asosida)

2. Loyiha doirasida tanlangan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini taekvondo boʻyicha inventar va kiyimlar bilan taʼminlash.

2023-yil aprel

6.

Taekvondochilarning sport tibbiyoti boʻyicha bilimlarini oshirish.

1. Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Andijon va Buxoro davlat tibbiyot institutlari sport tibbiyoti kafedralari tomonidan Koreya Respublikasining yetakchi sport tibbiyoti klinikalari bilan hamkorlikda seminar-treninglar tashkil etish.

2. Seminar-treninglarni sport kardiologiyasi, travmatologiyasi va ortopediyasi, farmakologiyasi, sportchilarning samatik kasalliklarini davolash, immunitetni korreksiyalash (tuzatish), funksional tashxis (diagnostika), sport jarohatidan keyingi reabilitatsiya hamda sportchilarning mashgʻulotlar va musobaqa yuklamalaridan keyingi reabilitatsiyasi kabi mavzularda amalga oshirish.

2022-yil sentabrdan boshlab

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov),

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov)

7.

“Taekvondo (WT) hamma uchun” dasturini amalga oshirish.

1. Taekvondoni taʼlim muassasalari, yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish orqali ommalashtirish, aholining ushbu sport turiga qiziqishini oshirish.

2. Taʼlim muassasalari, mahallalarda taekvondo boʻyicha toʻgaraklarni tashkil qilish.

3. Taekvondo boʻyicha nodavlat sport-taʼlim muassasalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ularni qoʻllab-quvvatlash.

4. Hududlarda taekvondo infratuzilmasini kengaytirish maqsadida investitsiya va grant mablagʻlarini jalb qilish.

2022-yil dekabrdan boshlab

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov),

Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalar farzandlarining taekvondo bilan shugʻullanish xarajatlarini qoplab berish tartibini joriy etish.

“Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Sport-taʼlim muassasalarida taekvondo boʻyicha oʻquv reja va oʻquv dasturlarini takomillashtirish va uni rivojlantirishning ilmiy-metodik taʼminotini yoʻlga qoʻyish.

1. Oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida qayta koʻrib chiqish.

2022-yil oktabr

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Aslonov, Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov),

Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov)

2. Xalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv reja va oʻquv dasturlari, maxsus taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.

3. Ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini joriy qilish.

2022-yil dekabr

9.

Taekvondo bilan shugʻullanishga qiziqishni oshirishga yoʻnaltirilgan adabiyotlarni yaratish.

1. Sport qahramonlari hayoti jozibali bayon etilgan badiiy adabiyotlarni yaratish.

2. Mashhur sportchilar tajribasini koʻrsatib beruvchi oʻquv adabiyotlar yaratish va ulardan mashgʻulotlarda foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

2022-yil davomida

Ijrochilar, homiylar va boshqa mablagʻlar

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov, A. Aslonov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov),

Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov)

10.

Elektron taʼlim resurslarida taekvondo boʻyicha mashq jarayonini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan metodik tavsiyalarning respublika yagona ochiq maʼlumotlar bazasini yaratish.

1. Taekvondo boʻyicha elektron darsliklar, mashq jarayonlarini videolavhalarda aks ettiruvchi elektron metodik qoʻllanmalar yaratish.

2. Elektron darslik va qoʻllanmalarning respublika yagona ochiq maʼlumotlar bazasini yaratish.

2022-yil aprel

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltaboyev),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov),

Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov)

11.

Oʻquv-mashq jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlarni tajriba almashish maqsadida taekvondo rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarga yuborish.

1. Taekvondo boʻyicha yetakchi xorijiy davlatlarning (Koreya Respublikasi, Xitoy, AQSH, Rossiya, Xorvatiya, Serbiya, Italiya va boshq. ) ilgʻor tajribasini oʻrganish.

2022-yil oktabr

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov)

2. Mutaxassislarni xorijiy davlatlarga tajriba almashishga yuborish hamda ushbu mamlakatlar sportchilarining yurtimizga tajriba almashish maqsadida kelish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil noyabr

12.

Xalqaro taekvondo federatsiyasi (World Taekwondo), Osiyo taekvondo uyushmasi (WT Asia) hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning taekvondo boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash.

Taekvondo boʻyicha jahon reytinglarida yuqori oʻrinlarni egallagan davlatlar, shu jumladan Koreya Respublikasi, Xitoy, AQSH, Rossiya, Xorvatiya, Serbiya, Italiya davlatlarining ilgʻor tajribasini oʻrganish va amaliyotga joriy qilish, ularning sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorligini kuchaytirish. Bunda, yoshlarni sportga jalb etish, sportchilar bilan ishlash va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratish.

2022-yildan boshlab

Ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov),

Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov)

13.

Oʻzbekistonda anʼanaviy tarzda taekvondo boʻyicha erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasida (olimpiya va xalqaro vazn toifalari boʻyicha) xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish.

1. Respublikaning barcha hududlarida 4-sentabr — Butunjahon taekvondo kuniga bagʻishlangan taekvondo festivalini oʻtkazish.

2023-yildan boshlab har yili sentabr

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov),

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev),

Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Taekvondo va parataekvondo boʻyicha “G2” darajasidagi nufuzli “Uzbekistan Open” xalqaro turnirini Toshkent shahrida oʻtkazish.

2023-yil noyabr

3. Mazkur musobaqalar gʻolib va sovrindorlarini munosib ragʻbatlantirish.

Musobaqalar yakunlari boʻyicha

14.

Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet orqali taekvondoni keng targʻib qilish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash:

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanalida taekvondo boʻyicha mahalliy va xalqaro musobaqalar, sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlarni muntazam yoritib borish maqsadida “Taekvondo WT” maxsus ruknini tashkil qilish;

hududiy telekanallar va ommaviy axborot vositalarida taekvondoni keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borish;

mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini oʻtkazish;

taniqli sportchilar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini tayyorlash va namoyish etish;

sport jurnalistlarining taekvondo yutuqlari tahliliga bagʻishlangan koʻrsatuvlarini ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish.

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil sentabr

Amalga oshirish — 2022 — 2024-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev),

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja),

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov),

Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi PQ-337-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-yanvardan boshlab taekvondo (WT) boʻyicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalari tashkil etiladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining hududlar kesimida soni
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari soni*

Shundan

2023-yilda

2024-yilda

2025-yilda

2026-yilda

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

110

27

27

28

28

2.

Andijon viloyati

130

33

32

33

32

3.

Buxoro viloyati

130

33

32

33

32

4.

Jizzax viloyati

100

25

25

25

25

5.

Qashqadaryo viloyati

130

33

32

33

32

6.

Navoiy viloyati

100

25

25

25

25

7.

Namangan viloyati

130

33

32

33

32

8.

Samarqand viloyati

180

45

45

45

45

9.

Sirdaryo viloyati

100

25

25

25

25

10.

Surxondaryo viloyati

100

25

25

25

25

11.

Toshkent viloyati

180

45

45

45

45

12.

Fargʻona viloyati

150

37

37

38

38

13.

Xorazm viloyati

100

25

25

25

25

14.

Toshkent shahri

200

50

50

50

50

Jami

1 840

461

457

463

459

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining aniq manzilli roʻyxatini tasdiqlaydi. Bunda, umumiy oʻrta taʼlim maktablari sonini koʻpaytirishga ruxsat beriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi PQ-337-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4583-son qaroriga ilovaning 2-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4881-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandning beshinchi xatboshisidagi va 4-ilovaning nomlanishidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-ilovaning izohida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan kurash mahorat sport maktablarini tashkil etish manzillariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslantirilgan takliflari asosida tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4954-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Qoʻshimcha ustuvor sport turi sifatida shaxmat rivojlanishi lozim boʻlgan respublika tuman (shahar)lari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, qoʻshimcha ustuvor sport turi sifatida shaxmat rivojlantiriladigan tuman (shahar)larda umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari, oʻqituvchi-trenerlar, mahalla aholisi oʻrtasida shaxmat boʻyicha doimiy ravishda musobaqalar va shaxmat haftaliklari oʻtkazib boriladi va ushbu tadbirlar mahalliy budjet hamda boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-pozitsiyada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning “v” kichik bandi “Ijro muddati” ustunidagi “2022-yildan boshlab har yili avgust” soʻzlari “Har yili oktabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning “Ijro muddati” ustunidagi “2022-yildan boshlab har yili avgust” soʻzlari “Har yili noyabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 6-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentabrdagi “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5251-son qaroriga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 14-pozitsiyaning 5-bandi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 20-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-5281-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 13-banddagi “1-iyulga” soʻzlari “1-oktabrga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-pozitsiyaning “Bajarish muddati” ustunidagi “2022-yil iyun” soʻzlari “2023-2024-yillar davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-pozitsiyada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bajarish muddati” ustunidagi “2022-yil dekabr” soʻzlari “2023-2024-yillar davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Ijrochilar mablagʻlari” soʻzlari “Investitsiya dasturida nazarda tutilgan mablagʻlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-pozitsiyada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bajarish muddati” ustunidagi “2022-yil oktabr” soʻzlari “2023-2024-yillar davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-pozitsiyada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bajarish muddati” ustunidagi “2023-yil oktabr” soʻzlari “2023-2024-yillar davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5282-son qaroriga 1-ilovaning 13 va 16-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

13.

Sportni rivojlantirish vazirligi tizimidagi sport-taʼlim muassasalarida yurish, yugurish maydonlarini tashkil etish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash.

1. Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Yoshlik” oʻyingohining yugurish yoʻlakchalarini mukammal taʼmirlash.

2022-yil mart

Respublika budjeti mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi

2. Surxondaryo viloyati Denov tumani markazidagi oʻyingohning yugurish yoʻlaklarini rezina qoplamalarga oʻzgartirish.

2022-yil dekabr

16.

Sportni rivojlantirish vazirligi tizimidagi sport-taʼlim muassasalarida badminton maydonlarini tashkil etish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash.

1. Pop tumanidagi 2-son sport maktabining Chodak filiali uchun “Oltinkon” mahallasida 2 ta badminton maydoni qurish.

2022-yil davomida

Respublika budjeti mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Namangan, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari

2. Bandixon tuman sport maktabida badminton uchun moʻljallangan sport zalini qurish.

2022-yil davomida

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-martdagi “Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-son qarori 6-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Qurilish vazirligi va Toshkent shahar hokimligi 2022-yil 1-avgustga qadar Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 9-mavzeda joylashgan 259-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi hududida zamonaviy boks maktabi tashkil etilishini va 2023-yil yakuniga qadar toʻliq jihozlanishini taʼminlasin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-martdagi “Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-163-son qarori 6-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Qurilish vazirligi va Toshkent shahar hokimligi 2022-yil 1-avgustga qadar Toshkent shahar, Mirobod tumani, Sarakoʻl koʻchasi, 24 m-uy manzilida joylashgan 175-son umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tutash hududda zamonaviy gimnastika maktabi tashkil etilishini va 2023-yil yakuniga qadar toʻliq jihozlanishini taʼminlasin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi “Budjetlararo munosabatlarni va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-208-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda, ushbu band talablari Vazirlar Mahkamasi va mahalliy budjetlarning zaxira jamgʻarmalari mablagʻlariga, shuningdek maktablar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy muassasalar, “Mehribonlik” uylari, sport-taʼlim muassasalariga hamda tarmoqni rivojlantirish davlat dasturlarida belgilangan chora-tadbirlarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilab qoʻyilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi “Davlat sport-taʼlim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-268-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “ikki oy” soʻzlari “uch oy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 6-bandning oltinchi xatboshisidagi “ikki oy” soʻzlari “uch oy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

56.

Forish tumani

11.

Forish tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabi

Forish tumani sport maktabi

12.

Forish tumani 2-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabi

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 591-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

591.

Zafarobod tumani

18.

Zafarobod tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabi

Zafarobod tumani sport maktabi

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-iyundagi “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-286-son qarori 4-bandining toʻrtinchi xatboshisi “Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi” soʻzlaridan keyin “va homiylik” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2022-y., 07/22/337/0690-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son)