04.11.2020 yildagi PQ-4881-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadimiy qadriyatlarimiz, xususan mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, gumanizm g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan milliy sportimiz bo‘lgan kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda ushbu qadriyatimizni umumjahon durdonasiga aylantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, kurashning tobora ommalashib borayotganligi nufuzli xalqaro musobaqalarni tashkil qilishga, mavjud infratuzilma va moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilishga, sport inventarlari va kiyimlari ta’minotini yaxshilashga, bu borada ishlab chiqarishni kengaytirishga, shuningdek, soha uchun malakali kadrlar, trenerlar va hakamlar tayyorlashga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan kurash sportining boy an’analari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish, o‘zbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon arenasidagi rolini oshirish, yoshlarning milliy sportga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning, shuningdek, jahon xalqlarining mazkur sport turi bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kurash milliy sport turini (keyingi o‘rinlarda — kurash) rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlarini kurash bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish hamda O‘zbekistonda kurashni umumxalq sport turiga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni ommalashtirish, uning jahon sporti durdonasiga aylanishiga va Xalqaro olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishiga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash bilan shug‘ullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida bosqichma-bosqich kurashni ustuvor sport turlari sifatida kiritish;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash bo‘yicha professional trenerlar, hakamlar tayyorlash, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, kurashning ilmiy-metodologik bazasini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zbek kurashi brendini yaratish, investitsiyalarni jalb etgan holda yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlarini ishlab chiqarish, kurashni tijoratlashtirish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni aholi o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston kurash federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik), Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yildan boshlab har yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kurash turnirini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor ravishda xorijiy davlatlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha xalqaro turnirlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha “O‘zbek polvoni” respublika musobaqasini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2023 — 2027-yillarda viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan quriladigan hamda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Vazirlik huzuridagi kurash mahorat maktablarini (keyingi o‘rinlarda — kurash mahorat maktablari) bosqichma-bosqich tashkil etish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston kurash federatsiyasi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Vazirlik bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2025-yillarda kurashni ommalashtirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlar) 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023 — 2027-yillarda viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida yangi quriladigan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarining manzilli ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishning pirovard maqsadi kurashning Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan olimpiya sport turi sifatida tan olinishiga hamda Xalqaro olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishiga erishish deb e’tirof etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida kurashni rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirib borish uchun bir nafar mas’ul xodim biriktirilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar kurash mahorat maktablari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh istiqbolli sportchilarni tanlab olish va tarbiyalash masalalari bo‘yicha sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish, ularga o‘quv-uslubiy va me’yoriy-axborot yordam ko‘rsatishni ta’minlash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan o‘quv-mashg‘ulot bazalarini yaratish hamda kurash bo‘yicha respublika va xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishga qodir bo‘lgan sportchilarni tayyorlashda ushbu bazalardan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash mahorat maktablari bazasida milliy terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy sport bellashuvlarini tashkil etish hamda muntazam ravishda o‘tkazib borish, xorijiy davlatlar trener va hakamlari bilan o‘zaro tajriba almashish maqsadida chet elning kurash klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida 14 ta kurash milliy sport turiga ixtisoslashtirilgan sport inshootlari quriladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan sport inshootlarini saqlash xarajatlari ular tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlardan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumta’lim maktablari va sport ta’lim muassasalarida kurash bo‘yicha o‘quv, o‘quv-mashq, o‘quvchilarni saralab olish (seleksiya) hamda ularda musobaqalarni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston kurash federatsiyasi va Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlik tomonidan belgilanadi va muvofiqlashtirib boriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash mahorat maktablari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan boshlang‘ich professional davlat sport-ta’lim muassasalari hisoblanadi va ularning faoliyati kurash bo‘yicha qobiliyatli va iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish va ularni asosan milliy terma jamoalarga tayyorlashga yo‘naltiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash mahorat maktablarining o‘quvchilariga bepul ta’lim olish, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining o‘quvchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat bilan ta’minlanish hamda o‘quvchilar turar joyida bepul yashash huquqi beriladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda sport gilamlari mavjud bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish asosida kurash guruhlari tashkil etiladigan maktablar ro‘yxatini O‘zbekiston kurash federatsiyasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston kurash federatsiyasi bilan kelishgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sport zallarini kurash guruhlari tashkil etish uchun jismoniy tarbiya o‘quv fanidan bo‘sh vaqtda o‘rnatilgan tartibda bepul vaqtincha foydalanishga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlik, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari va sport maktablarida kurash bo‘yicha amaldagi o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini ikki baravarga oshirish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda boshqa jismoniy madaniyat yo‘nalishlari mavjud oliy ta’lim muassasalarida kurash bo‘yicha mutaxassislikni ochish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘zbekiston kurash federatsiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash bilan shug‘ullangan xodimlar va harbiy xizmatchilar tomonidan yoshlarni ushbu sportga yanada keng jalb etish orqali sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib qilish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yoshlarni “Polvonlari ko‘p yurt qudratli bo‘lur” degan yagona shior ostida birlashtirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bepul kurash guruhlarini (keyingi o‘rinlarda — kurash guruhlari) tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida bosqichma-bosqich kurashni ustuvor sport turlari sifatida kiritish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlik, O‘zbekiston kurash federatsiyasi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining O‘zbekiston kurash federatsiyasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Kurash milliy sport turini rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin hamda quyidagilar Jamg‘armani shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston kurash federatsiyasiga a’zolik badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylar — jismoniy va yuridik shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘laridan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini moliyalashtirish;
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro kurash instituti, O‘zbekiston kurash federatsiyasi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘linmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari va boshqa sport maktablarining kurash bo‘limlari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish;
(9-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni ommalashtirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida kurashchilar, trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarning xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil etishga ko‘maklashish maqsadlari uchun foydalanilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston kurash federatsiyasiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish, mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro kurash instituti, O‘zbekiston kurash federatsiyasi va uning Toshkent shahar bo‘linmasi xodimlarining oylik ish haqi hamda ularni saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjetining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa hududiy bo‘linmalar xodimlarining oylik ish haqi va ularni saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining va viloyatlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha daromadlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kurash mahorat maktablari faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, ularni yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari bilan ta’minlash uchun zarur mablag‘larni 2021-yilda ajratsin va 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Davlat budjetidan har yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash xalqaro assotsiatsiyasi hisob raqamiga uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 milliard so‘m, 2026-yildan boshlab esa 13 milliard so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirib borish, shuningdek, Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida kurash bo‘yicha o‘tkaziladigan respublika va xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazib borish uchun 10 milliard so‘m, 2026-yildan boshlab esa — 14 milliard so‘m miqdorida mablag‘lar Vazirlikka Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida ajratib borilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Vazirlikning buyurtmanomasiga asosan 2020-yildan boshlab kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirib borish, shuningdek, Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida kurash bo‘yicha o‘tkaziladigan respublika va xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazib borish uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Belgilab qo‘yilsinki, 2030-yil 31-dekabrga qadar belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq olib kiriladigan kurash gilamlari, ularni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, ularning ehtiyot va butlovchi qismlari, shuningdek, xomashyolari bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston kurash federatsiyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, Vazirlik, Milliy antidoping agentligi va O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni Xalqaro ko‘zi ojizlari sport federatsiyasi (IBSA) o‘yinlar dasturiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni Islom birdamlik o‘yinlari dasturiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni Butunjahon antidoping tashkilotining Sportchining biologik pasporti gematologik moduliga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, Vazirlik, Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dominikan Respublikasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Amerika va Karib o‘yinlari doirasida kurashning rasmiy taqdimotini qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash xalqaro assotsiatsiyasini AIMS (Alliance of Independent Recognised Members of Sport) xalqaro tashkiloti a’zoligiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni Xalqaro harbiy sport kengashi o‘yinlar dasturiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni Xalqaro maktab sporti federatsiyasi o‘yinlar dasturiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, Vazirlik va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda 2027-yil yakuniga qadar kurashni Qohira shahrida (Misr) bo‘lib o‘tadigan Afrika o‘yinlari dasturiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va Vazirlik bilan birgalikda kurashni Xalqaro olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish uchun har yili amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining kurash bilan shug‘ullangan xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kurash guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning muntazam faoliyat yuritishlarini ta’minlash choralarini ko‘rish tavsiya etilsin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlik uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, ularda kurash bo‘limlarini tashkil etish hamda mazkur bo‘limlarning faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston kurash federatsiyasi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalari bilan birgalikda xalqaro talablarni inobatga olgan holda yaktak sport kiyimlari hamda kurash gilamlarining davlat standartlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda xalqaro standartlashtirish tizimiga kiritilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sport zallarini jihozlashning normativlariga kurash gilamlarini kiritsin va mazkur maktablarni bosqichma-bosqich ta’minlash dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) o‘n kun muddatda mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida videokonferensaloqa vositalaridan foydalangan holda majlis o‘tkazib, mazkur qarorga muvofiq amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida axborot bersin, shuningdek, har chorakda ijrosini muhokama qilsin va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vazirlik (A. Ikramov):
(16-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror va “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishning pirovard maqsadiga erishilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda bir yilga mo‘ljallangan media-rejani tasdiqlasin hamda kurashni targ‘ib qilishga qaratilgan mavzuli va ko‘chma dasturlar, tok-shoular, intervyular va roliklar namoyish etilishini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda mazkur qaror va “Yo‘l xaritasi”ning bajarilishi holati, mavjud muammo va kamchiliklar, maqsadli ko‘rsatkichlarda belgilangan natijalarga erishish holati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hisobot berib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Yo‘l xaritasi”ning bajarilishiga va baholash mezonlarida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga erishishga mas’ul vazirlik hamda idoralar ular zimmasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish, “Yo‘l xaritasi”ni ijro etish holati to‘g‘risida har chorak yakuni bo‘yicha Vazirlikka axborot taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) O‘zbekiston kurash federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, shuningdek, sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishda mas’ul vazirlik va idoralarga doimiy ravishda har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori N.T. Yo‘ldoshev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 4-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4881-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yilda O‘zbekiston kurash federatsiyasining tashkil etilishi muhim tarixiy voqea bo‘ldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatimizning bevosita ko‘llab-quvvatlashi va O‘zbekiston kurash Federatsiyasi tomonidan kurashni ommalashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida jahonning turli qit’alarida joylashgan xorijiy davlatlarda milliy kurash federatsiyalari tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 6-sentabrda dunyoning beshta qit’asidagi 129 ta milliy federatsiyalarni birlashtirgan Kurash xalqaro assotsiatsiyasi ta’sis etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda Kurash xalqaro assotsiatsiyasi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish uchun buyurtma berishda muhim talab hisoblangan Jahon dopingga qarshi agentligining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 20-sentabrda bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashining 36-Bosh assambleyasida tarixda ilk bor kurash sport turi 2018-yilda Indoneziyada o‘tgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga alohida sport turi sifatida hamda 2022-yilda — Xitoyda, 2026-yilda — Yaponiyada o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlari dasturlariga kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash bo‘yicha xalqaro sport tadbirlarida sportchilarimiz sovrinli o‘rinlarni egallab mamlakatimiz nufuzini munosib himoya qilib kelmoqdalar. Xususan, yurtimiz sportchilari 2019-yilda xalqaro sport tadbirlarida 1 231 ta, shu jumladan 378 ta oltin, 402 ta kumush, 451 ta bronza medallarini qo‘lga kiritganlar. Bunda, kurashchilar xalqaro sport tadbirlarida jami 73 ta, shu jumladan 37 ta oltin medalga sazovor bo‘lganlar va bu avvalgi yilda mamlakat bo‘yicha sportchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan oltin medallarning 10 foizini tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda kurashni yanada ommalashtirish va tizimli rivojlantirish, Yevropa, Afrika va Panamerika qit’aviy o‘yinlari qatoriga rasman kiritish va xalqaro “GAISF — Global Association of International Sports Federations” tashkilotining e’tirofiga sazovor bo‘lish, Xalqaro olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish maqsadida Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish Konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda kurashni tizimli rivojlantirishning maqsadi, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda kurashni rivojlantirish dasturlari va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda ushbu sohada to‘planib qolgan muammolarni bartaraf etish orqali kurashning jahondagi nufuzini yanada oshirish, barcha aholi qatlami, ayniqsa yoshlarning sog‘lom turmush tarziga intilishlarini ta’minlash, ularni mardlik, sadoqat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, milliy xalq o‘yinlaridan jahon sport turiga aylangan kurashga nisbatan g‘urur, iftixor va faxrlanish hissini uyg‘otish Konsepsiyaning asl mohiyatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kurash milliy sport turini yanada ommalashtirish va rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan tizimli muammolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda O‘zbekistonda kurashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan 226 ta sport ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi, shundan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170 tasi sport maktablari;
(ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 tasi ixtisoslashtirilgan sport maktablari;
(uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 tasi yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari;
(to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 tasi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;
(beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 tasi olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 tasi nodavlat kurash klublari hamda kurashchilar tayyorlovchi boshqa sport muassasalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda yurtimizda kurash bo‘yicha trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar soni 1,5 ming nafardan ortiqni tashkil etadi. Tahlillar ayrim hududlarda trenerlar sonining umumiy aholi soni bilan yuqori nomutanosibligini ko‘rsatmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1,8 milliondan ortiq aholi soniga nisbatan 179 nafar (0,009 foiz), Toshkent shahrida 2,5 milliondan ortiq aholi soniga nisbatan 39 nafar (0,001 foiz), Andijon viloyatida 3 milliondan ortiq aholi soniga nisbatan 43 nafar (0,001 foiz) kurash treneri to‘g‘ri kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining 6 tadan, Andijon viloyatining 5 ta, Navoiy viloyatining 2 ta tuman va shaharlarida kurash bo‘yicha birorta trener mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda kurash bilan shug‘ullanuvchilar 2017-yilda 25 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 40 ming nafardan oshib, mamlakatdagi umumiy aholi sonining 0,1 foizini tashkil etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, ularda aholining aksariyat qismi milliy sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib keladi. Jumladan, 1936-yilda Xalqaro olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan basketbol o‘yinining vatani AQSHda aholining 10 foizga yaqini yoki 25 million nafari ushbu sport turi bilan muntazam shug‘ullanadi. Shuningdek, mazkur davlatda 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan aholining 27 foizi, 30 dan 49 yoshgacha bo‘lganlarning 23 foizi, 50 dan 64 yoshgacha bo‘lganlarning 7 foizi so‘nggi 12 oyda basketbol milliy sporti bilan shug‘ullangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1964-yildan Xalqaro olimpiya o‘yinlari dasturiga kirgan Yaponiya milliy sport turi — dzyudo bilan ushbu davlatning 10 million (qariyb 10 foiz) aholisi shug‘ullanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yildan Xalqaro olimpiya o‘yinlariga kiritilgan taekvondo WTF sporti bilan Koreyada maxsus maktablar faoliyati tashkil etilganligi va yo‘lga qo‘yilganligi sababli 55 million nafar aholining aksariyati shug‘ullanadi. Taekvondoning jahonda ommalashuvi sababli Koreyada turizmning alohida yo‘nalishi — “taekvondo turizmi” yo‘lga qo‘yilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiyada milliy sport turi bo‘lgan samboni ommalashtirish va unga aholini jalb qilish borasida qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, 2015-yildan boshlab amalga oshirilayotgan “Maktabda sambo” loyihasiga 74 ta hududda joylashgan 800 ta maktab jalb qilinishi natijasida unda ishtirok etayotgan maktab o‘quvchilarining soni 120 mingga yetdi. Shu bilan birga, Rossiya maktablarida sambo bilan shug‘ullanuvchilar soni har yili 10 foizga oshmoqda va 2018-yilda davlat budjetidan 5 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilgan. Shu tarzda AQSHda — “beysbol”, Yaponiyada — “karate”, “dzyudo”, “sumo”, Xitoyda — “ushu” milliy sport turlari davlat tomonidan muntazam moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurashni ommalashtirish va rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muhim masalalardan biri ushbu sport bilan shug‘ullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va sport infratuzilmasining yetarli emasligidir. Jumladan, hududlarda O‘zbekiston kurash federatsiyasi va uning filiallari o‘quv-mashg‘ulot o‘tkazish zallariga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va O‘zbekiston kurash federatsiyasining tizimli moliyalashtirish manbalari mavjud emasligi, xorijiy davlatlar milliy federatsiyalarining kurashga oid zarur sport anjomlari bilan ta’minlanmaganligi ushbu sport bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan sportchilarni kurashga jalb qilish imkonini bermasdan kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarini kurash sporti bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, trenerlar, yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari bilan tizimli ta’minlash yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli chet ellik sportchilar o‘rtasida mazkur sport turini ommalashtirish hamda uning insonparvar g‘oyalari haqida yetarlicha ma’lumot yetkazish imkoni berilmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, kurashning Panamerika, Afrika o‘yinlarida ko‘rgazmali chiqishlari, yakkama-yakka jangovar Osiyo o‘yinlari, Osiyo sohil o‘yinlari, yopiq inshootlardagi va yozgi Osiyo o‘yinlari hamda bir qator xalqaro o‘yinlar dasturlariga kiritilganligi, qolaversa, o‘zbekcha so‘zlar va O‘zbekiston davlat bayrog‘i ramzi aks ettirilgan kurash yaktaklari orqali mamlakat va millat nomini tarannum etayotgan bir paytda uning O‘zbekiston va jahonda yanada ommalashuvi hamda rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan quyidagi tizimli muammolar mavjud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekistonda kurashni ommalashtirish va rivojlantirishdagi tizimli muammolar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
so‘nggi yillarda kurashni yanada rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lsada, ushbu sportni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadli chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan alohida dastur ishlab chiqilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda va jahon miqyosida malakali professional kurash trenerlari hamda hakamlarini tayyorlash tizimi mavjud emas. Jumladan, bugungi kunda yurtimizda oliy malakali kurash trenerlari va hakamlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tayyorlanib, uni har yili ushbu sport yo‘nalishi bo‘yicha 30 nafar bitiruvchi tamomlaydi. Biroq, xorijiy davlatlar fuqarolaridan professional kurash trenerlari va hakamlarini tizimli tayyorlash yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli ularning mazkur mutaxassislarni tayyorlashga amaliy yordam berish haqidagi murojaatlari javobsiz qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 4-dekabrda Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan ta’sis etilgan Xalqaro kurash instituti bugungi kunga qadar amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida ta’lim muassasasi sifatida tashkil etilmagan va faoliyati to‘laqonli yo‘lga qo‘yilmagan. O‘tgan 20 yil davomida ushbu institut tomonidan kurash sportini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot yoki izlanishlar deyarli olib borilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash sportining asosiy ajralmas qismi bo‘lgan yaktak sport kiyimlari mahsulotlarini ishlab chiqarish kurash vatanida yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli o‘zbek kurashi brendi yaratilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston kurash federatsiyasining hududiy kurash markazlari o‘z bino hamda sport maydonlariga ega emas. Shu bilan birga, ayni paytda respublikaning 12 ta hududlarida kurash milliy sport turi markazlari qurilishi ta’minlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash sporti va milliy mentalitetimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xotin-qizlarga mo‘ljallangan kurash yo‘nalishi tashkil etilmagan, ular uchun trenerlar va hakamlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash sportini, ushbu sohada muvaffaqiyatlarga erishayotgan sportchilarni bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish ishlari qoniqarsiz ahvolda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Jahonda kurashni ommalashtirish va rivojlantirishdagi tizimli muammolar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning London, Parij, Afina, Rio de-Janeyro, Istanbul, Tehron va boshqa shaharlaridagi an’anaviy kurash musobaqalari so‘nggi yillarda o‘tkazilmasdan qolayotgan bo‘lib, bu kurashning jahondagi nufuzi va ommalashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, Kurash xalqaro assotsiatsiyasining 2017-yilgi rejasiga muvofiq xorijiy mamlakatlarda rejalashtirilgan jami 29 ta kurash musobaqalaridan 14 tasi, 2018-yilda 27 ta musobaqalardan 16 tasi, 2019-yilda 32 ta musobaqalardan 18 tasi moliyalashtirilmaganligi sababli o‘tkazilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash bo‘yicha milliy va xalqaro musobaqalarni mamlakatdagi hamda jahonning yetakchi ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritish tizimi yo‘lga qo‘yilmagan. Jumladan, kurashni o‘rgatuvchi va targ‘ib qiluvchi videoroliklar, mobil ilovalar hamda boshqa elektron materiallar tayyorlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni jahonda ommalashtirish va unga xorijiy davlatlar aholisini keng jalb etish maqsadida mavjud 129 ta xorijiy federatsiyalarga yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari deyarli yetkazib berilmagan. Jumladan, o‘tgan davrda Germaniya, Rossiya, Belarus va Afg‘onistonga faqat 50 ta yaktak sport kiyimlari yetkazish bilan cheklanilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash bo‘yicha mamlakat va xorijiy davlatlarda professional sportchilar tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kurashni O‘zbekistonda va jahonda yanada ommalashtirish hamda rivojlantirishning asosiy maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurashni yanada rivojlantirish va ommalashtirish mamlakatimiz aholisining barcha qatlamlarini yoshidan qat’i nazar sog‘lom turmush tarziga jalb qilish, yoshlarni Vatanga sadoqatli etib tarbiyalash, kurashni jahon xalqlarining sevimli sport turlaridan biriga aylantirish, uning halollik, adolatlilik, bag‘rikenglik kabi insonparvar g‘oyalarini dunyo ahliga yanada keng targ‘ib qilish, ushbu sohaga investitsiyalarni faol jalb etish orqali uni tijoratlashtirish hamda chinakam o‘zbek kurashi brendini ommalashtirishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konsepsiyaning asosiy maqsadi — kurashni Yevropa, Afrika, Panamerika qit’aviy o‘yinlariga rasman kiritish va xalqaro “GAISF — Global Association of International Sports Federations” tashkilotining e’tirofiga sazovor bo‘lishi orqali uning Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan tan olinishiga erishish hamda 2028-yilgacha Xalqaro olimpiya o‘yinlari dasturiga kirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar kurashni yanada rivojlantirishning muhim vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash bilan shug‘ullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va sport infratuzilmasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshidan qat’i nazar aholining barcha qatlamlari, shu jumladan yoshlarni kurash sportiga faol jalb qilish orqali mamlakatda ushbu sportning ommaviyligini yanada oshirish, O‘zbekistonda kurashni umumxalq sport turiga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash trenerlari va hakamlarini tayyorlash, ular malakalarini bosqichma-bosqich oshirib borish, xorijiy davlatlar milliy federatsiyalariga trenerlarni “eksport” qilish tizimini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashning yangi turlarini (xotin-qizlar kurashi, sohil kurashi, jangovar kurash va boshqalarni) ommalashtirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash sport turiga investitsiyalarni keng jalb etish va ularni rag‘batlantirish, kurash xususiy klublari tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari ishlab chiqarishni hamda xorijiy davlatlar kurash federatsiyalariga muntazam yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni xorijiy davlatlarda yanada ommalashtirish va rivojlantirish, uni jahon xalqlarining eng ommabop sport turlaridan biriga aylantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. O‘zbekistonda va jahonda kurashni yanada ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarning asosiy bosqichlari hamda ustuvor yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonda va jahonda kurashni yanada ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich (2020 — 2023-yillar) — kurash musobaqalari soni va ko‘lamini yanada kengaytirish, uning mamlakat hamda xorijiy davlatlardagi infratuzilmasini yaxshilash, trener va hakamlarga bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantirish, xorijiy davlatlar federatsiyalarini moliyaviy hamda moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash orqali ushbu sport turini yanada ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich (2024-yildan) — kurashning insonparvar xususiyatlarini butun dunyoga faol targ‘ib qilish, sport musobaqalariga aholining barcha qatlamlarini keng jalb etish orqali jahon xalqlarining sevimli sport turiga aylantirish, Xalqaro olimpiya o‘yinlariga kirishiga erishish, dunyoda o‘zbek kurashi brendi nufuzini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§1. O‘zbekistonda kurashni yanada ommalashtirish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar 2025-yilga qadar O‘zbekistonda kurashni yanada ommalashtirish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aholining barcha qatlamlarini kurash bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish, O‘zbekistonda kurashni umumxalq sport turiga aylantirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash sport turi bilan shug‘ullanuvchilar va trenerlar haqida ma’lumotlarni to‘liq shakllantirish maqsadida faoliyat yuritayotgan barcha kurash klublarini xatlovdan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashga ixtisoslashgan tuman (shahar)lar umumta’lim maktablarining o‘quv dasturiga kurashni kiritish va ularni moddiy-texnik bazasini takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari va sport maktablarida kurash bo‘yicha qabul kvotalarini ikki baravarga oshirish;
(“a” kichik bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi kasb-hunar maktablari, kollejlari, texnikumlari va oliy ta’lim muassasalarining sport klublari tarkibida kurash seksiyalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi hamda talabalarining kurash bo‘yicha musobaqalarda qo‘lga kiritgan yutuqlari asosida “Ta’lim muassasalarining “Kurash” milliy sport turi bo‘yicha milliy reytingi”ni tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash mezonlariga oliy ta’lim muassasasida kurash seksiyalari tashkil etilganligi va faoliyati muntazam yo‘lga qo‘yilganligi, unda qatnashuvchi talabalarning musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallashlarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha “O‘zbek polvoni” respublika musobaqasini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashning yangi turlarini (xotin-qizlar kurashi, sohil kurashi, jangovar kurash va boshqalar) tashkil etish, ularni ommalashtirish choralarini ko‘rish, ushbu turlar bo‘yicha trenerlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonda 2023-yildan boshlab bolalar, xotin-qizlar va faxriylar o‘rtasida muntazam ravishda hududiy va respublika musobaqalari o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kurash bilan shug‘ullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida 2021 — 2025-yillarda yangi quriladigan Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarining namunaviy loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida yangi quriladigan Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarini qurish va ularni kurash gilamlari hamda zarur sport inventarlari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarini jihozlash normativlarini ishlab chiqish;
(“b” kichik bandining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumta’lim maktablarining sport zallarini jihozlashning normativlariga “kurash gilamlari”ni kiritish va mazkur maktablarni bosqichma-bosqich ta’minlash dasturini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar ko‘chasida joylashgan 1 gektar yer maydoniga xalqaro kurash musobaqalarini o‘tkazishga mo‘ljallangan “Kurash” milliy sport turi markazini qurish;
Oldingi tahrirga qarang.
(“b” kichik bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida bosqichma-bosqich kurash hamda jangovar kurashni ustuvor sport turlari sifatida kiritish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi va xodimlarning jismoniy tayyorgarliklarida kurash hamda jangovar kurash mashg‘ulotlariga ustuvorlik bergan holda ularni bosqichma-bosqich joriy etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi va xodimlarning jismoniy tayyorgarliklarida kurash hamda jangovar kurash mashg‘ulotlarining amaliy va uslubiy qo‘llanmalarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash hamda jangovar kurash mashg‘ulotlarini o‘tkazuvchi trenerlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar sport musobaqalari yillik kalendar rejasiga kurash bo‘yicha musobaqalarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida respublika chempionatini tashkil etish hamda o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kurash bo‘yicha professional trenerlar, hakamlar tayyorlash, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, kurashning ilmiy-metodologik bazasini kuchaytirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va O‘zbekiston kurash federatsiyasi muassisligida Xalqaro kurash instituti faoliyatini qayta tashkil etish hamda uning asosiy vazifalarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda boshqa jismoniy madaniyat yo‘nalishlaridagi oliy ta’lim muassasalarida kurash bo‘yicha mutaxassisliklar ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashga ixtisoslashgan tuman (shahar)lar umumta’lim maktablari uchun kurash fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash trenerlari va hakamlarining xorijiy davlatlarga “eksport” qilinishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning chet tillarini o‘rganishlarini rag‘batlantirish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni o‘qitishga bag‘ishlangan “Kurash usullari”, “Kurash texnikasi va o‘qitish metodikasi”, “Yangi o‘rganuvchilar uchun kurash”, “Kurash hamma uchun”, “Kurash usullarini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash va chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yil treneri”, “Yil hakami” va boshqa nominatsiyalardagi respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va jahon sport yulduzlari ishtirokida o‘zbek, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kurash usullarini o‘rgatishga bo‘yicha maxsus videoroliklar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarni, seminarlarni va forumlarni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahondagi barcha kurash turlarini ilmiy jihatdan o‘rganib, olimlarning mazkur yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlarini tahlil qilgan holda, kurash sport turlarini rivojlanish strategiyasini belgilab beradigan “Xalqaro kurash forumi”ni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) o‘zbek kurashi brendini yaratish, investitsiyalarni jalb etgan holda yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlarini ishlab chiqarish, kurashni tijoratlashtirish choralarini ko‘rish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaktak sport kiyimlari turlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ularning davlat standartini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlarni, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish orqali yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston kurash federatsiyasiga bukmeykerlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini berish orqali yakka va jamoaviy kurash o‘yinlari hamda kurash bilan bog‘liq boshqa o‘yinlarni yo‘lga qo‘yish, ulardan olingan daromadlarni faqat kurashni rivojlantirishga yo‘naltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda “KURASHLOTTO” lotereyalarini tashkil etish va lotereya o‘yinlari o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston kurash federatsiyasi huzurida unga a’zo kurash sportchilaridan iborat jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida qo‘riqlash xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha taklif kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash klublarini tashkil etish, reklama xizmatlaridan foydalanish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish orqali kurashning tijoratlashuvini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) kurashni aholi o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy reklama orqali kurashning ommaviyligini keng targ‘ib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash bo‘yicha Osiyo o‘yinlari, Osiyo va jahon chempionatlari g‘oliblari, milliy terma jamoalar a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron bazaga joylashtirish dasturini ishlab chiqish va unga barcha nufuzli musobaqalar, kurash bo‘yicha trenerlar, terma jamoa a’zolari, xalqaro va respublika toifasidagi hamda zaxiradagi hakamlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar joylashtirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro va respublika musobaqalarini muntazam yoritib borish, kurash musobaqalarining sovrindor sportchilari oila a’zolari, trenerlari ishtirokida “Kurashchining onasi”, “Kurashchining otasi”, “Chempionning ustozi” kabi turkum teleko‘rsatuvlar tayyorlash va namoyish etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kurash milliy sport turining rivojlanish tarixi”, “Kurash qahramonlari”, “Yil kurashchisi” va boshqa nomdagi kitoblar chop etish, o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi “UZBEK KURASH” nomli oylik ilmiy-ommabop elektron jurnalini ta’sis etish va uni elektron ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kurashchilar uchun badantarbiya”, “Bolalar uchun kurash”, “Kattalar uchun kurash”, “Kurash malikasi”, “Kurash milliy g‘ururimiz”, “Kurash millat faxri” va boshqa nomlardagi maxsus roliklar tayyorlash hamda efir vaqtida, jumladan tomoshabop vaqtlarda har kun namoyish etish, “Kurash yulduzi”, “Kurash faxriysi”, “Kurash tarixi”, “Kurash xalq sayli” nomli teleko‘rsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar tashkil etish, yoshlar o‘rtasida kurashni keng targ‘ib etish, ularda vatanparvarlik hissini uyg‘otish, ularni sog‘lom turmush tarziga amal qilishga undashga qaratilgan ko‘rsatuvlar namoyish etish orqali ommalashtirish bo‘yicha media-reja ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, umumxalq harakati sifatida turli kurash sayillarini, bayram va tadbirlarda kurash bo‘yicha ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. Kurashni jahon xalqlarining sevimli sport turlaridan biriga aylantirish, uning insonparvar g‘oyalarini keng targ‘ib qilish orqali jahonda O‘zbekiston nufuzini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurashni jahon xalqlarining sevimli sport turlaridan biriga aylantirish, uning insonparvar g‘oyalarini keng targ‘ib qilish orqali jahonda O‘zbekiston nufuzini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni amalga oshirish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kurashni jahonda ommalashtirish, kurash bilan bog‘liq turli tadbirlarga turistlarni keng jalb etish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurash bo‘yicha xalqaro sport tadbirlari g‘oliblari ishtirokida Buxoro, Samarqand, Xiva va boshqa sayyohlar gavjum bo‘lgan joylarda kurash mahorat darslarini muntazam tashkil etish hamda ularni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida milliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xalqaro kurash musobaqasini tashkil etish hamda o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har ikki yilda o‘tkaziladigan “Jahon kurash o‘yinlari”ni (“World Kurash games”) yo‘lga qo‘yish bo‘yicha O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga taklif kiritish orqali ushbu xalqaro musobaqa muntazam o‘tkazilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor ravishda xorijiy davlatlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha xalqaro turnirlarni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni YUNESKOning etnosport milliy o‘yinlari nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda Islom hamda Afrika o‘yinlari, 2024-yilda Yevropa o‘yinlari va 2025-yilda Panamerika o‘yinlari sport musobaqalari dasturiga kurash sportini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va uning a’zolari bilan hamkorlikni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiya mezonlari asosida, xalqaro maydonda bolalar, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida kurash sportini ommaviylashtirish va sport musobaqalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, kurash infratuzilmasini shakllantirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, shuningdek, Afrika, Yevropa, Panamerika, Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kattalar va yoshlar o‘rtasida qit’aviy musobaqalarni tashkil etish hamda o‘tkazish maqsadida ular faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tasdiqlagan jadvalga muvofiq belgilangan standartlarga javob beradigan 2 000 dona yaktak sport kiyimlari hamda 50 komplekt kurash gilamlarini xorijiy davlatlar kurash federatsiyalariga yetkazib berilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarining so‘roviga binoan kurash mutaxassislarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish amaliyotini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan davlatlar tengligi tamoyili asosida tuzilgan jadvalga muvofiq har yili 50 nafar kurash bo‘yicha chet ellik trener va hakamlarning ikki haftalik bepul malakasini oshirish o‘quv kurslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kurash bo‘yicha milliy va xalqaro musobaqalarni yetakchi ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritishni yo‘lga qo‘yish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda o‘tadigan kurash musobaqalari, “to‘y kurashlari”, “kurash sayillari”, “kurash festivallari” va boshqa tadbirlar haqida rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda materiallar tayyorlash, ularni elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston kurash federatsiyasining ingliz, rus va o‘zbek tillarida veb-saytini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashni jahon bo‘ylab targ‘ib qilish bo‘yicha roliklar tayyorlash va ESPN (Entertainment and Sports Programming Network), Sky Sports, Setanta Sports, Fox Sports, Euronews, Eurosport CNN hamda boshqa yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalarida namoyish etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konsepsiyada belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish mo‘ljallanmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda kurash trenerlari va hakamlari tayyorlash tizimini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish orqali mamlakatning va xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarining ularga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilda kurashni xalqaro “GAISF — Global Association of International Sports Federations” tashkilotining e’tirofiga sazovor bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda kurashni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olinishiga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilga qadar O‘zbekiston kurash federatsiyasi va uning hududiy bo‘linmalari moddiy-texnik bazasini shakllantirish hamda ularni kurash gilamlari bilan ta’minlashga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilga qadar kurash bilan muntazam shug‘ullanuvchi maktab o‘quvchilarini jami maktab o‘quvchilarining kamida 12 foiziga yetkazishga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilga qadar kurash bilan muntazam shug‘ullanuvchi aholi sonini kamida 8 foizga hamda xorijiy davlatlarda kurash bilan muntazam shug‘ullanuvchi sportchilar sonini kamida 12 millionga yetkazishga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2028-yilda kurashning Xalqaro olimpiya o‘yinlari dasturiga kirishiga erishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbek kurashini mamlakatimizda va jahonda ommalashtirish hamda yanada rivojlantirish, ushbu sport turi orqali mamlakatimiz sha’ni va nufuzini oshirish nafaqat uning rivojiga javobgar tashkilotlarning yuksak mas’uliyatini, balki har bir fuqaroning har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyada belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishi mamlakatimiz aholisi barcha qatlamlarini sportga jalb etgan holda jismonan sog‘lom avlod shakllanishini yanada rag‘batlantirishga, o‘zbek va jahon sportchilarini yagona maqsadga — jahonning insonparvar sport turlaridan biri bo‘lgan kurashni rivojlantirish yo‘lida birlashishlariga xizmat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qaroriga
2-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2025-yillarda kurashni ommalashtirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

Yillar kesimida

Mas’ul ijrochilar

2020

2021

2022

2023

2024

2025

1.

Respublikadagi umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlari va oliy ta’lim muassasalarining kurash bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchi hamda talabalari sonini oshirish.

foiz

2

4

6

8

10

12

Sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi

2.

Kurash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida professional trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash.

son

600

600

600

600

600

3000

Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,O‘zbekiston kurash federatsiyasi

3.

Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarini har yili davlat standartlariga muvofiq quyidagi namunaviy (etalon) sport jihozlari bilan ta’minlash:

son

2050

2050

2050

2050

2050

10250

O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Moliya vazirligi, O‘zstandart agentligi

yaktak sport kiyimlari

2000

2000

2000

2000

2000

10000

kurash gilamlari

50

50

50

50

50

250

4.

Kurash bo‘yicha xorijiy trener va hakamlar malakasini oshirish.

son

100

100

100

100

100

500

O‘zbekiston kurash federatsiyasi

5.

Xorijiy davlatlarda kurash bilan muntazam shug‘ullanuvchi sportchilar sonini oshirish.

son

(mln)

1

4

6

8

10

12

O‘zbekiston kurash federatsiyasi, Sport vazirligi

6.

Kurash bilan muntazam shug‘ullanuvchi aholi qamrovini umumiy aholiga nisbatan oshirish.

Foiz

(jami aholi soniga nisbatan)

1

2,5

4,5

6

7,5

8

Sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston kurash federatsiyasi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023 — 2027-yillarda viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida yangi quriladigan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MANZILLI RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kurash markazining manzili

Muddati

Jami respublika bo‘yicha: (14 ta obyekt)

2023 — 2027-yillar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Taxiatosh guzari

2025-yil

2.

Andijon viloyati, Andijon shahri, Yusuf Otabekov ko‘chasi

2026-yil

3.

Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Namozgoh ko‘chasi

2026-yil

4.

Jizzax viloyati, Jizzax shahri, “Obod” MFY

2025-yil

5.

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi

2025-yil

6.

Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Yoshlik” MFY

2027-yil

7.

Namangan viloyati, Namangan shahri, “Yuksalish” MFY

2026-yil

8.

Samarqand viloyati, Samarqand shahri, “Qorasuv” massivi

2026-yil

9.

Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, “Bog‘i shamol” MFY

2027-yil

10.

Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, “Zarbdor” suv iste’molchilari uyushmasi

2027-yil

11.

Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Birlik” MFY

2027-yil

12.

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Marg‘ilon ko‘chasi, 1-uy

2026-yil

13.

Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, “Do‘stlik” MFY (rekonstruksiya qilish hisobiga)

2023-yil

14.

Toshkent shahri, Yashnobod tumani, “Olmos” MFY

2027-yil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport vazirligi tomonidan har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda mazkur obyektlar Dasturga kiritilishi ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport vazirligi tomonidan kurash mahorat sport maktablarini tashkil etish manzillariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslantirilgan takliflari asosida tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
(3-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2020-y., 07/20/4881/1468-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son; 29.07.2022-y., 07/22/337/0690-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)