1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmlari |
Amalga oshirish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
1. |
Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi huzurida taekvondo (WT) boʻyicha (keyingi oʻrinlarda — taekvondo) U 19 respublika professional klubini tashkil etish. |
1. Taekvondo (WT) boʻyicha U 19 respublika professional klubi faoliyatini samarali tashkil qilish. |
2022-yil dekabr |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov) |
|
2. Taekvondo (WT) boʻyicha 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” musobaqasini oʻtkazish. |
Har yili mart | ||||
|
2. |
Ilgʻor tajribani joriy etish maqsadida Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi yoʻllanmasi asosida hududlarga trenerlarni va mutaxassislarni maʼlum bir muddatga yuborish (rotatsiya qilish). |
1. Taekvondo rivojlanmayotgan hududlarga trenerlar va tegishli mutaxassislarni yuborish (rotatsiya qilish), ularni biriktirish, reja va shartlarni ishlab chiqish. 2. Tajriba sifatida Sirdaryo va Xorazm viloyatlarini tanlash. |
2022-yil dekabr |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov), Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov), Sirdaryo (Gʻ. Mirzayev) va Xorazm (F. Ermanov) viloyatlari hokimliklari |
|
3. |
Hududlarda taekvondo boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish. |
1. Seleksionerlarni jalb qilgan holda hududlardagi iqtidorli yoshlarni aniqlash. 2. Saralab olish (seleksiya) yoʻli bilan aniqlangan iqtidorli yoshlar kelajakda taekvondo boʻyicha oliy mahoratli sportchi boʻlib shakllanishi uchun ularni ixtisoslashtirilgan sport maktablariga yoʻnaltirish. 3. Taʼlim muassasalarida ushbu yoshlarning oʻqish va shugʻullanish jarayonini doimiy nazoratga olgan holda monitoring olib borish. 4. Mahalla, tuman va shaharlarda olimpiya va jahon chempionlari, mashhur sportchilar hamda boshqa xalqaro darajadagi mutaxassislar ishtirokida yosh taekvondochilar uchun doimiy ravishda mahorat darslarini tashkil qilish. 5. Tuman (shahar) saralash bosqichlarining uzluksiz oʻtkazilishini joriy etish. 6. Hududlardagi seleksionerlar tomonidan tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi asosida oʻtkazilayotgan musobaqalarda ishtirok etgan iqtidorli yoshlar roʻyxatini shakllantirish hamda ularning harakatlanish monitoringini yuritishini yoʻlga qoʻyish. |
2022 — 2024-yillar davomida |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
4. |
Olis va chekka hududlarda joylashgan sport muassasalaridagi taekvondo boʻlimlarini qoʻllab-quvvatlash. |
1. Olis va chekka hududlardagi sport muassasalarining taekvondo boʻlimlarini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni belgilash. 2. Olis va chekka hududlardagi sport muassasalarining taekvondo boʻlimlari faoliyatini tahlil qilish va natijadorlikni baholash. |
2022-yil oktabr |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. |
Maktabgacha yoshdagi bolalarda taekvondoning “Pumse” (poomsae) yoʻnalishiga qiziqish uygʻotish. |
1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Kids taekvondo” loyihasini ishga tushirish. |
2023-yil yanvar |
Ijrochilar, homiylar, grant va boshqa mablagʻlar |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (B. Onorboyev), Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov), Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (kelishuv asosida) |
|
2. Loyiha doirasida tanlangan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini taekvondo boʻyicha inventar va kiyimlar bilan taʼminlash. |
2023-yil aprel | ||||
|
6. |
Taekvondochilarning sport tibbiyoti boʻyicha bilimlarini oshirish. |
1. Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Andijon va Buxoro davlat tibbiyot institutlari sport tibbiyoti kafedralari tomonidan Koreya Respublikasining yetakchi sport tibbiyoti klinikalari bilan hamkorlikda seminar-treninglar tashkil etish. 2. Seminar-treninglarni sport kardiologiyasi, travmatologiyasi va ortopediyasi, farmakologiyasi, sportchilarning samatik kasalliklarini davolash, immunitetni korreksiyalash (tuzatish), funksional tashxis (diagnostika), sport jarohatidan keyingi reabilitatsiya hamda sportchilarning mashgʻulotlar va musobaqa yuklamalaridan keyingi reabilitatsiyasi kabi mavzularda amalga oshirish. |
2022-yil sentabrdan boshlab |
Ijrochilar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov) |
|
7. |
“Taekvondo (WT) hamma uchun” dasturini amalga oshirish. |
1. Taekvondoni taʼlim muassasalari, yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish orqali ommalashtirish, aholining ushbu sport turiga qiziqishini oshirish. 2. Taʼlim muassasalari, mahallalarda taekvondo boʻyicha toʻgaraklarni tashkil qilish. 3. Taekvondo boʻyicha nodavlat sport-taʼlim muassasalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ularni qoʻllab-quvvatlash. 4. Hududlarda taekvondo infratuzilmasini kengaytirish maqsadida investitsiya va grant mablagʻlarini jalb qilish. |
2022-yil dekabrdan boshlab |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalar farzandlarining taekvondo bilan shugʻullanish xarajatlarini qoplab berish tartibini joriy etish. |
|
“Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
|
8. |
Sport-taʼlim muassasalarida taekvondo boʻyicha oʻquv reja va oʻquv dasturlarini takomillashtirish va uni rivojlantirishning ilmiy-metodik taʼminotini yoʻlga qoʻyish. |
1. Oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida qayta koʻrib chiqish. |
2022-yil oktabr |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Aslonov, Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov) |
|
2. Xalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv reja va oʻquv dasturlari, maxsus taʼlim dasturlarini ishlab chiqish. 3. Ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini joriy qilish. |
2022-yil dekabr | ||||
|
9. |
Taekvondo bilan shugʻullanishga qiziqishni oshirishga yoʻnaltirilgan adabiyotlarni yaratish. |
1. Sport qahramonlari hayoti jozibali bayon etilgan badiiy adabiyotlarni yaratish. 2. Mashhur sportchilar tajribasini koʻrsatib beruvchi oʻquv adabiyotlar yaratish va ulardan mashgʻulotlarda foydalanishni yoʻlga qoʻyish. |
2022-yil davomida |
Ijrochilar, homiylar va boshqa mablagʻlar |
Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov, A. Aslonov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov) |
|
10. |
Elektron taʼlim resurslarida taekvondo boʻyicha mashq jarayonini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan metodik tavsiyalarning respublika yagona ochiq maʼlumotlar bazasini yaratish. |
1. Taekvondo boʻyicha elektron darsliklar, mashq jarayonlarini videolavhalarda aks ettiruvchi elektron metodik qoʻllanmalar yaratish. 2. Elektron darslik va qoʻllanmalarning respublika yagona ochiq maʼlumotlar bazasini yaratish. |
2022-yil aprel |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltaboyev), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov) |
|
11. |
Oʻquv-mashq jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlarni tajriba almashish maqsadida taekvondo rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarga yuborish. |
1. Taekvondo boʻyicha yetakchi xorijiy davlatlarning (Koreya Respublikasi, Xitoy, AQSH, Rossiya, Xorvatiya, Serbiya, Italiya va boshq. ) ilgʻor tajribasini oʻrganish. |
2022-yil oktabr |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov), Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov) |
|
2. Mutaxassislarni xorijiy davlatlarga tajriba almashishga yuborish hamda ushbu mamlakatlar sportchilarining yurtimizga tajriba almashish maqsadida kelish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil noyabr | ||||
|
12. |
Xalqaro taekvondo federatsiyasi (World Taekwondo), Osiyo taekvondo uyushmasi (WT Asia) hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning taekvondo boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash. |
Taekvondo boʻyicha jahon reytinglarida yuqori oʻrinlarni egallagan davlatlar, shu jumladan Koreya Respublikasi, Xitoy, AQSH, Rossiya, Xorvatiya, Serbiya, Italiya davlatlarining ilgʻor tajribasini oʻrganish va amaliyotga joriy qilish, ularning sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorligini kuchaytirish. Bunda, yoshlarni sportga jalb etish, sportchilar bilan ishlash va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratish. |
2022-yildan boshlab |
Ijrochilar va homiylik mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov) |
|
13. |
Oʻzbekistonda anʼanaviy tarzda taekvondo boʻyicha erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasida (olimpiya va xalqaro vazn toifalari boʻyicha) xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish. |
1. Respublikaning barcha hududlarida 4-sentabr — Butunjahon taekvondo kuniga bagʻishlangan taekvondo festivalini oʻtkazish. |
2023-yildan boshlab har yili sentabr |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Taekvondo va parataekvondo boʻyicha “G2” darajasidagi nufuzli “Uzbekistan Open” xalqaro turnirini Toshkent shahrida oʻtkazish. |
2023-yil noyabr | ||||
|
3. Mazkur musobaqalar gʻolib va sovrindorlarini munosib ragʻbatlantirish. |
Musobaqalar yakunlari boʻyicha | ||||
|
14. |
Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet orqali taekvondoni keng targʻib qilish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash: Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanalida taekvondo boʻyicha mahalliy va xalqaro musobaqalar, sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlarni muntazam yoritib borish maqsadida “Taekvondo WT” maxsus ruknini tashkil qilish; hududiy telekanallar va ommaviy axborot vositalarida taekvondoni keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borish; mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini oʻtkazish; taniqli sportchilar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini tayyorlash va namoyish etish; sport jurnalistlarining taekvondo yutuqlari tahliliga bagʻishlangan koʻrsatuvlarini ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish. |
Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil sentabr Amalga oshirish — 2022 — 2024-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi (Sh. Tashmatov) |
2-ILOVA
|
Koʻrsatkichlar |
Oʻlchov birligi |
Yillar kesimida |
Masʼul ijrochilar | ||||
|
2022 |
2023 |
2024 |
2025* | ||||
|
1. |
Oʻzbekistonda taekvondo bilan doimiy shugʻullanuvchilar |
Nafar |
26 000 |
28 000 |
30 000 |
32 000 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi |
|
2. |
Sport-taʼlim muassasalarida taekvondo bilan shugʻullanuvchilar |
Nafar |
23 200 |
24 000 |
25 000 |
26 000 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi |
|
3. |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taekvondo toʻgaraklari |
Son |
30 |
60 |
80 |
100 |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi |
|
4. |
Sport-taʼlim muassasalaridagi taekvondo boʻyicha trenerlar |
Nafar |
1 175 |
1 250 |
1 300 |
1 350 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi |
|
5. |
Taekvondo boʻyicha xalqaro toifadagi hakamlar |
Nafar |
5 |
10 |
15 |
20 |
Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
|
6. |
Sport-taʼlim muassasalaridagi taekvondo boʻyicha hakamlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish |
Nafar |
473 |
500 |
520 |
550 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi |
|
7. |
Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan taekvondo musobaqalari |
Son |
14 |
18 |
20 |
22 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi |
|
8. |
Taekvondo boʻyicha terma jamoalarning xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini taʼminlash |
Son |
8 |
12 |
14 |
16 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi |
3-ILOVA
|
T/r |
Hududlar |
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari soni* |
Shundan | |||
|
2023-yilda |
2024-yilda |
2025-yilda |
2026-yilda | |||
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
110 |
27 |
27 |
28 |
28 |
|
2. |
Andijon viloyati |
130 |
33 |
32 |
33 |
32 |
|
3. |
Buxoro viloyati |
130 |
33 |
32 |
33 |
32 |
|
4. |
Jizzax viloyati |
100 |
25 |
25 |
25 |
25 |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
130 |
33 |
32 |
33 |
32 |
|
6. |
Navoiy viloyati |
100 |
25 |
25 |
25 |
25 |
|
7. |
Namangan viloyati |
130 |
33 |
32 |
33 |
32 |
|
8. |
Samarqand viloyati |
180 |
45 |
45 |
45 |
45 |
|
9. |
Sirdaryo viloyati |
100 |
25 |
25 |
25 |
25 |
|
10. |
Surxondaryo viloyati |
100 |
25 |
25 |
25 |
25 |
|
11. |
Toshkent viloyati |
180 |
45 |
45 |
45 |
45 |
|
12. |
Fargʻona viloyati |
150 |
37 |
37 |
38 |
38 |
|
13. |
Xorazm viloyati |
100 |
25 |
25 |
25 |
25 |
|
14. |
Toshkent shahri |
200 |
50 |
50 |
50 |
50 |
|
Jami |
1 840 |
461 |
457 |
463 |
459 | |
4-ILOVA
|
13. |
Sportni rivojlantirish vazirligi tizimidagi sport-taʼlim muassasalarida yurish, yugurish maydonlarini tashkil etish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash. |
1. Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Yoshlik” oʻyingohining yugurish yoʻlakchalarini mukammal taʼmirlash. |
2022-yil mart |
Respublika budjeti mablagʻlari |
Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi |
|
2. Surxondaryo viloyati Denov tumani markazidagi oʻyingohning yugurish yoʻlaklarini rezina qoplamalarga oʻzgartirish. |
2022-yil dekabr | ||||
|
16. |
Sportni rivojlantirish vazirligi tizimidagi sport-taʼlim muassasalarida badminton maydonlarini tashkil etish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash. |
1. Pop tumanidagi 2-son sport maktabining Chodak filiali uchun “Oltinkon” mahallasida 2 ta badminton maydoni qurish. |
2022-yil davomida |
Respublika budjeti mablagʻlari |
Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Namangan, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari |
|
2. Bandixon tuman sport maktabida badminton uchun moʻljallangan sport zalini qurish. |
2022-yil davomida | ||||
|
”. |
|
56. |
Forish tumani |
11. |
Forish tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabi |
Forish tumani sport maktabi | |
|
12. |
Forish tumani 2-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabi | ||||
|
”; | |||||
|
591. |
Zafarobod tumani |
18. |
Zafarobod tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabi |
Zafarobod tumani sport maktabi |
|
”. |