1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Ipak qurti urugʻchiligi korxonalari uchun sanitariya-gigiyena talablari (0030-22-son SanQvaN)ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-iyulda hisobga olindi, hisob raqami 99]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ipak qurti urugʻchiligi korxonalari uchun sanitariya-gigiyena talablari (0030-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Qurilish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq B. YuSUPALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son

Kelshildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 20-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish vaziri B. ZAKIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 19-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi B. ShARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 8-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022-yil 20-iyuldagi 17-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipak qurti urugʻchiligi korxonalari uchun sanitariya-gigiyena talablari (0030-22-son SanQvaN)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (keyingi oʻrinlarda — sanitariya qoidalari) ipak qurti urugʻchiligi (ipak qurtini ishlab chiqarish, ularga ishlov berish) korxonalari uchun sanitariya gigiyenik talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu sanitariya qoidalari barcha ipak qurti urugʻchiligi korxonalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangi qurilayotgan ipak qurti urugʻchiligi korxonalarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishga qabul qilishda ushbu sanitariya qoidalari hamda amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ipak qurti urugʻchiligi korxonalarni loyihalashtirish va qurishda odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsiz boʻlgan texnikalar, asbob-uskunalar, dezinfeksiya vositalari, qurilish va pardozlash materiallari hamda boshqa buyumlar, shuningdek texnologiyalardan foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ipak qurti urugʻchiligi korxonalari hududi, qoʻshimcha bino va xonalarining asosiy rejasiga boʻlgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ipak qurti urugʻchiligi korxonasini qurish uchun maydon tanlash, bino va inshootlarni joylashtirish, rejalashtirish SanQvaN 0350-17 “Aholi yashash joyi atmosfera havosini muhofaza qilishning sanitariya normalari va qoidalari” talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxonaning hududi sanitar holatni saqlash uchun tozalash texnikalaridan foydalangan holda doimiy ravishda tozalash ishlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ipak qurti urugʻchiligi korxonalarini loyihalashtirish va jihozlashda kiyim almashtirish joyi, hojatxonalar, yuvinish xonalari, ayollarning shaxsiy gigiyenasi uchun xonalar, koʻkrak suti bilan boqiladigan bolalar uchun xonalar, salomatlik xonalari nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir smenada 200 nafardan ortiq xodim ishlaganda, korxonada oshxona tashkil qilinishi kerak. Korxonada ishlovchi xodimlar soni 200 nafardan kam boʻlganda, taom tarqatish xonasi, 30 nafardan kam boʻlganida esa ovqat tanovul qilishga moʻljallangan alohida xona koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kiyim almashtirish, yuvinish va boshqa qoʻshimcha xonalar, shuningdek maxsus kiyimlar saqlanadigan shkaflarda har kuni namli tozalash ishlari oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ipak qurti urugʻchiligi korxonalari ikki qavatli ishlab chiqarish binolarida tashkil etilganda, binodagi pillalarni qabul qilish va ularga issiqlik bilan ishlov berish, pillalarning ustini shilish va saralash, pillalarni mikroskopda tekshirish hamda ularni jinsiga qarab ajratish, ipak kapalagi qoʻygan tuxumlarni nazorat qilish, qishki uy va yordamchi-qoʻshimcha xonalar birinchi qavatda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapalaklarni juftlash va ajratib olish zallari, tuxum qoʻyilgan uyalar havo haroratini, texnologik talablarda koʻzda tutilgan harorat-namlik rejimi bilan taʼminlanishini hisobga olgan holda ikkinchi qavatda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Devorlar, deraza romlari, havo quvurlari ochiq rangli boʻyoq bilan, panellar esa poldan 1,5 — 2 metr balandlikda keramik plitalar bilan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pollar teshikchalarsiz va gʻovaklarsiz silliq boʻlishi hamda har kuni yuvish orqali tozalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, barcha xonalarning devorlari, chiroqlari va derazalari haftasiga kamida bir marta namli tozalash usuli bilan tozalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Pillalarni saralash va saqlash, surtmalarni tayyorlash, mikroskopda koʻrib tekshirish uchun ish stollari, juftlash soʻkichaklari hamda ramkalar silliq gigiyenik qoplamali hamda dezinfeksiya vositalari taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ipak qurti urugʻchiligi korxonalaridagi havoning chang bilan ifloslanish darajasi va mikroiqlim SanQvaN 0294-11 “Ish joylari havosidagi zararli moddalar ruxsat etilgan miqdorining gigiyena normativlari” va SanQvaN 0324-16 “Ishlab chiqarish korxonalari mikroiqlimining sanitariya-gigiyenik normalari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Isitish va sovutish tizimiga hamda havoning ventilatsiyasiga boʻlgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ipak qurti urugʻchiligi korxonalaridagi isitish va sovutish hamda ventilatsiya tizimini loyihalashtirishda SanQvaN 0324-16 “Ishlab chiqarish korxonalari mikroiqlimining sanitariya-gigiyenik normalari” talablari hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urugʻchilik korxonasining juftlash sexi, kapalaklar tuxum qoʻyadigan hamda qishlash davrida tuxumlar saqlanadigan xonalar maxsus isitish va sovutish tizimiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ipak qurti urugʻchiligi korxonalaridagi barcha ishlab chiqarish, maishiy va qoʻshimcha xonalar changni (changning havodagi maksimal miqdori 2 mg/m3) samarali bartaraf qiladigan ventilatsiya tizimiga (mexanik, umumiy almashinib turadigan, havoni tortib oladigan) ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sexlardan chiqayotgan havo atmosferaga chiqarib tashlanishidan oldin chang tutuvchi vositalar yordamida tozalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Juftlash uskunalarining yuqori qismi changni oʻzida saqlab qoladigan paxta matoli yopinchiqlar va havo soʻrgʻichlar bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yoritilganlikka boʻlgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sunʼiy yoritilganlik xavfsizlik talablariga javob beradigan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ish joyi bir tekis yoritilishiga erishish uchun yetarlicha yorituvchanlik yuzasiga ega boʻlgan lampalardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ipak qurti urugʻchiligi korxonalarida yorugʻlik darajasi va tabiiy yorugʻlik koeffitsiyenti mazkur Sanitariya qoidalarining 1-ilovasida keltirilgan Ipak qurti urugʻchiligi korxonalari uchun yoritilganlik normalariga mos kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Shovqin va tebranishga, shuningdek yoritilganlikka boʻlgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ish joydagi shovqin darajasi SanQvaN 0325-16 “Ish joylarida ruxsat etilgan shovqin darajasi boʻyicha sanitariya normalari” talablari, tebranish darajasi SanQvaN 0326-16 “Ishchi joylarda umumiy va lokal tebranishlarni sanitariya normalari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan shovqinlarning ruxsat etilgan normalardan oshib ketishining oldini olish maqsadida, ventilyatorlarning ustki qismi (havoning soʻrilishi va chiqarilishiga xalal bermagan holda) shovqin darajasini maksimal miqdorda kamaytiradigan qattiq qoplamali yopinchiq bilan oʻraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Shaxsiy himoya vositalari, tibbiy-profilaktik chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kapalaklarni juftlashda amalga oshiriladigan ishlar himoya koʻzoynaklari va nafas olish organlarining shaxsiy himoya vositalari (respiratorlar)dan foydalangan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Chang va bakterial ifloslanishga olib keladigan ishlar bilan shugʻullanuvchi xodimlarning kiyimlari har kuni changdan tozalanishi va haftasiga bir marta yuvilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, changni yuqori allergen xavfga ega ekanligini hisobga olgan holda maxsus kiyim-bosh korxonadagi kiyim almashtirish xonasida qoldirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Pillalarni xlorid kislotasi bilan yuvishda band boʻlgan xodimlar quyidagi himoya vositalari bilan taʼminlanishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“V” markali (noorganik gaz va bugʻlarga qarshi), filtrli sanoat gaziga qarshi niqoblar (protivogazlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoyali germetik koʻzoynaklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kislotaga chidamli boʻlgan matodan tikilgan maxsus kiyim-bosh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekstovitinli peshbandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matoli qoʻlqoplar yoki chidamli rezinadan tayyorlangan qoʻlqoplar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kislotaga chidamli boʻlgan etiklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xlorid kislota germetik idishlarda saqlanadi. Ish joyi havosida xlorid kislotaning miqdori 5 mg/m3 dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ipak qurtlarini xlorid kislotasi bilan yuvish jarayonida koʻzga yoki teri qoplamiga kislota tomchilari sachrashini hisobga olib, ularni tezlikda yuvib tashlash uchun ish joyi yaqinida qoʻl yuvish rakovinasi boʻlishi koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ipak qurtlarini pebrina kasalligidan himoya qilish uchun ishlab chiqarish binolari formalinning foizli eritmasi bilan pilla yetishtirish mavsumidan oldin va keyin dezinfeksiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ipak qurti urugʻchiligi korxonalarida ishlayotgan xodimlar Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq davriy tibbiy koʻriklardan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ipak qurtlarini juftlash jarayoniga boʻlgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Juftlash va surtmalarni mikroskop ostida koʻrish zallarida texnologik jarayon uchun tabiiy yorugʻlik boʻlishi, yorugʻlik tirqishlari quyoshdan himoya qiluvchi qurilmalarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ipak qurtlarini, gʻumbakni va kapalaklarning mikroskopik nazorati maxsus jihozlangan xonalarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, hamma mikroskoplar fazali-kontrastli qurilmalar va nuqtali yoritgichlar bilan jihozlanadi. Mikroskopik tekshiruvda kasal deb topilgan tuxum quymalarini kuydirib yoʻq qilish uchun maxsus olovli kuydirish moslamasi boʻlishi lozim. Bu moslama asosiy binodan 50 metr uzoqlikda joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati 2-ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipak qurti urugʻchiligi korxonalari uchun sanitariya-gigiyena talablari (0030-22-son SanQvaN)ga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipak qurti urugʻchiligi korxonalari uchun yoritilganlik normalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish jarayonining nomi
Koʻrish ishining toifasi
Sunʼiy
Tabiiy
Kombinirlangan
yoritilganlik (lyuksda)
tabiiy yorugʻlik koeffitsiyenti (foizda)

kombinirlangan yorituvchanlikda
umumiy yorituvchanlikda
yuqori v� yonlama
yon tomondagi
yuqori va yonlama
yon tomondagi
Pillalarni qabul qilish
V “v”
-
200
3
1,0
1,8
0,6
Pillalarni jinsiga qarab saralash
V “v”
-
200
3
0,8
1,0
0,6
Pillalarni terish, ishlov berish, joylashtirish
V “v”
-
200
3
0,8
1,0
0,6
Ipak qurtlarini saqlash
V “v”
-
200
3
0,8
1,0
0,6
Qoʻshimcha ishlar
V “v”
-
200
3
0,8
1,0
0,6
Kapalaklarni qopchalarga joylashtirish
IV “v”
400
200
4
1,2
2,4
0,9
Ipak qurti qoʻygan tuxumlarni saralash
III “v”
750
200
5
2
3
1,2
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipak qurti urugʻchiligi korxonalari uchun sanitariya-gigiyena talablari (0030-22-son SanQvaN)ga 2-ILOVA