1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.18.00 Transport xizmatlari koʻrsatish sohasini litsenziyalash. Haydovchilik guvohnomasi. Haydovchilarga malaka talablari, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan oʻtkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish hamda ushbu turdagi faoliyatni amalga oshiruvchi oʻquv tashkilotlari, haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish va taʼlim sifatini qatʼiy nazorat qilishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizimi joriy etiladi, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — oʻquv tashkilotlari) faoliyatini tashkil etish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarining va shahar elektr transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat koʻrsatish fanidan dars beruvchilar, shuningdek, yoʻl harakati qoidalari, avtomototransport vositalarini xavfsiz boshqarish va harakat xavfsizligi asoslari fanlaridan dars beruvchi oʻqituvchilar sifatida faqat avtotransport sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport hodisasida birinchi yordam fanidan dars beruvchilar sifatida tibbiyot ixtisosligi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga yoki “Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish” boʻyicha instruktor (paramedik) malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda oʻquv jarayonlarini tashkil etish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashgʻulotlarning tashkil etilishi shakllaridan qatʼi nazar, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarida umumiy oʻquv yuklamasining hajmi haftasiga 20 soatgacha, oʻquv yuklamasining bajarilishidan kelib chiqqan holda auditoriyada oʻtkaziladigan nazariy va amaliy mashgʻulotlarning kundalik hajmi 4 soatgacha rejalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini boshqarishni oʻrgatish uchun ajratilgan amaliy mashgʻulotlarning kundalik hajmi har bir instruktor uchun 8 soatdan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchilarning malakasi oshirilganligi boʻyicha beriladigan sertifikatlar faqat elektron shaklda rasmiylashtiriladi va oʻquv tashkilotlari Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan yuritiladigan sertifikatlarning yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqarishni oʻrgatish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari ushbu transport vositalarining harakat yoʻnalishini nazorat qilish imkonini beradigan GPS qurilmalari bilan jihozlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy imtihonlarni oʻtkazishda “B” toifa uchun ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ortiq boʻlmagan, boshqa toifalar uchun ishlab chiqarilganligiga 10 yildan ortiq boʻlmagan avtomototransport vositalaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona namunadagi animatsiyali nazariy imtihon savollari 1 000 tadan kam boʻlmagan miqdorda hamda amaliy imtihonda bajariladigan sinov mashqlari roʻyxati Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv avtodromining hajmi, haydovchilikka nomzodlarning soni hamda ushbu oʻquv avtodromidan foydalanuvchi boshqa shaxslar sonidan kelib chiqib unumdorligi (sigʻimi) amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun yetarli boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda jihozlangan oʻziga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan (ijara, foydalanish yoki boshqa huquq asosida) tegishli boʻlgan oʻquv avtodromining mavjudligi litsenziya talablaridan biri sifatida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchi va instruktorlarning malakasini oshirish har uch yilda bir marta Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan toʻlov — shartnoma asosida amalga oshiriladi va malaka oshirilganligi toʻgʻrisida maxsus sertifikat beriladi. Bunda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan taqdim etilgan oʻqituvchi va instruktorlarning malakasi oshirilganligi toʻgʻrisidagi maxsus sertifikatlar Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi oʻrinlarda — Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati) avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga elektron shaklda kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023-yil 1-yanvarga qadar Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimini ishga tushirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi oʻqituvchi va instruktorlarning shartnoma asosida 2023-yil 1-iyulga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida qayta tayyorlashdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv tashkilotlarining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga ulanishini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun tadbirkorlik subyektlari avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uch oy muddatda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Transport vazirligi bilan kelishgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv tashkilotlari oʻqituvchi va instruktorlarining malakasini oshirish tartibi va dasturlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun yagona namunadagi nazariy imtihon savollari hamda amaliy imtihonda bajariladigan sinov mashqlari roʻyxatini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2022-yil 1-noyabrdan boshlab haydovchi va haydovchilikka nomzodlarning avtomototransport vositasini boshqarishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi beriladigan tibbiy maʼlumotlarning yagona elektron bazasini shakllantirsin va Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga integratsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, yagona namunadagi nazariy imtihon savollarini animatsiyali koʻrinishda ishlab chiqish “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarorning nomi va 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” soʻzlari “tayyorlash va qayta tayyorlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovaning nomlanishi va 1-bandidagi “tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” soʻzlari “tayyorlash va qayta tayyorlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish uchun yuridik shaxslarga litsenziya berish, litsenziya amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-banddagi “tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” soʻzlari “tayyorlash va qayta tayyorlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” soʻzlari “tayyorlash va qayta tayyorlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidan “avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablari,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oʻquv guruhlarini roʻyxatga olishni, hisobini yuritishni, oʻquv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish orqali ularning taʼlim jarayonidagi ishtirokini (davomatini) uzluksiz nazorat qilishni, yakuniy imtihonlarning shaffof oʻtkazilishi va natijalarining xolisonaligini nazorat qilishni, haydovchilikka nomzodlar, ularga haydovchilarni tayyorlash (qayta tayyorlash) oʻquv dasturi boʻyicha oʻqishni tugatganligi haqidagi beriladigan yagona namunadagi guvohnomalar toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar bazasini yuritishni taʼminlovchi moddiy-texnik bazaning mavjudligi hamda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — DYHXX) avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga ushbu maʼlumotlarni real vaqt rejimida kiritib borish imkoniyatining yaratilganligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“taʼlim oluvchi (tinglovchi)larning bilimlarini yakuniy test sinovlaridan oʻtkazish uchun ularni identifikatsiya qilish, ulardan nazariy imtihonni inson omilisiz, avtomatlashtirilgan holda qabul qilish, natijalarini baholash, elektron bayonnomalarni shakllantirish va uzatish tizimlariga ega boʻlgan dasturiy taʼminot oʻrnatilgan kompyuterlar bilan jihozlangan alohida auditoriyaning mavjud boʻlishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oʻquv avtodromining hajmi, haydovchilikka nomzodlarning soni hamda ushbu oʻquv avtodromidan foydalanuvchi boshqa shaxslar sonidan kelib chiqib unumdorligi (sigʻimi) amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun yetarli boʻlgan hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda jihozlangan oʻziga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan (ijara, foydalanish yoki boshqa huquq asosida) tegishli boʻlgan oʻquv avtodromining mavjudligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziya olishga daʼvogar yuridik shaxs ushbu Nizomning 4 va 6-bandlarida belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mazkur bandda nazarda tutilgan tizimlarning DYHXX avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga integratsiya qilinganligi va nazorat qilinishi uchun imkoniyat yaratilganligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “tayyorlash, qayta tayyorlash uchun alohida hamda ularning malakasini oshirish uchun alohida” soʻzlari “tayyorlash va qayta tayyorlash uchun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” soʻzlari “tayyorlash va qayta tayyorlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (uning hududiy boʻlimlari) Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Transport vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boʻlinmalaridan malakali mutaxassislarni jalb etgan holda litsenziya talabgorining davlat taʼlim talablarida nazarda tutilgan moddiy-texnik va oʻquv-metodik bazaga ega ekanligi toʻgʻrisidagi ekspertiza xulosalarini tayyorlash jarayonini tashkil etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. Litsenziya berish “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan sabablar boʻyicha rad etilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“DYHXX avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida davriy ravishda oʻquv hamda nazariy va amaliy imtihonlar jarayonining monitoringini olib boradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“23. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash uchun qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishini rejali tekshirish taʼlimni boshqarish tizimi organlari va boshqa vakolatli organlarning tajribali vakillari ishtirokida amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-banddagi “tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” soʻzlari “tayyorlash va qayta tayyorlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 1-ilovaning ilova belgisidagi “tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” soʻzlari “tayyorlash va qayta tayyorlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova belgisidagi “tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” soʻzlari “tayyorlash va qayta tayyorlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-banddagi “(mavjud boʻlsa)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Amaliy imtihonlar transmissiyasi (uzatmalar qutisi) mexanik uzatmali boʻlgan transport vositalarida oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mazkur bandda nazarda tutilgan tizimlarning DYHXX avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga integratsiya va nazorat qilinishi uchun imkoniyat yaratilganligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Davlat taʼlim muassasalari avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash xizmatlari koʻrsatish boʻyicha oʻz faoliyatini boshlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi oʻrinlarda — YHXX) xulosasini oladi. Davlat taʼlim muassasalari YHXXga yuqori turuvchi tashkilot orqali belgilangan tartibda murojaat qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Komissiya davlat taʼlim muassasasida haydovchilarni tayyorlash (qayta tayyorlash, malakasini oshirish) faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarning Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat taʼlim muassasasining belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiruv komissiyasi (5-bandda koʻrsatilgan) tomonidan oʻrganib chiqilib, yakunlari boʻyicha uch nusxada dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma hududiy YHXB boshligʻi tomonidan tasdiqlanib, xulosa tayyorlash uchun YHXXga yuboriladi, bir nusxasi hududiy YHXBda va bir nusxasi davlat taʼlim muassasasining oʻzida saqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxsning oʻquv guruhlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyati uchun berilgan litsenziya asosida YHXBlar tomonidan roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash xizmatlari koʻrsatish vakolati berilgan davlat taʼlim muassasalari oʻquv guruhlari YHXX koʻrsatmasiga asosan YHXB tomonidan roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish uchun barcha tegishli hujjatlar faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olingan oʻquv guruhlari DYHXX avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga kiritiladi. Yagona axborot tizimida haydovchilikka nomzodlarning elektron hisobi (roʻyxati) yuritiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Oʻquv tashkilotlarining rahbarlari haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv guruhlarini ularda oʻqish boshlanishidan oldin YHXBda roʻyxatdan oʻtkazishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilayotgan oʻquv guruhi maʼlumotlarida oʻqishning boshlanishi va tugashi muddatlari hamda oʻqitiladigan oʻquvchilar roʻyxati qayd etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Nodavlat taʼlim xizmatlari faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxsning avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan bogʻliq yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatida litsenziya shartlari va talablariga litsenziat tomonidan rioya etmaslik holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlimlari tegishli hududiy YHXBlar tomonidan xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan holatlar yuzasidan YHXX tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“24. Oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash boʻyicha tasdiqlangan yagona oʻquv dasturiga kiritilgan fanlar toʻliq oʻzlashtirilishini taqozo etgan ixtisosliklar boʻyicha tugatgan hamda transport vositalarini amaliy boshqarish darslarini oʻzlashtirgan shaxslarga (mazkur taʼlim muassasalarining talaba, oʻquvchi yoki kursantlar sirasidan boʻlgan taqdirda) “B” yoki “B” va “C” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni topshirishga ruxsat etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“61. “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va (yoki) “DE” toifadagi avtotransport vositalaridan birini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomalariga ega boʻlgan va oxirgi oʻn ikki oy mobaynida avtotransport vositasini boshqarmagan, qoʻshimcha “A” yoki “B” toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun murojaat qilgan shaxslarning haydovchilik guvohnomasini almashtirishda, ulardan nazariy imtihon hamda milliy haydovchilik guvohnomasiga muvofiq boshqarish huquqi berilgan toifalardan bittasi boʻyicha (“D” toifadagi avtotransport vositasini boshqarish huquqi boʻlgan shaxslardan esa aynan “D” toifasidagi avtotransport vositasini boshqarish boʻyicha), shuningdek, soʻralayotgan “A” yoki “B” toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish boʻyicha amaliy imtihon olinadi. Olingan barcha imtihonlar natijasi imtihon olish komissiyasi bayonnomasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va (yoki) “DE” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomalariga ega boʻlgan va oxirgi oʻn ikki oy mobaynida avtotransport vositasini boshqargan, qoʻshimcha “A” yoki “B” toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun murojaat qilgan shaxslarning haydovchilik guvohnomasini almashtirishda, ulardan faqat soʻralayotgan “A” yoki “B” toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish boʻyicha amaliy imtihon olinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“69. Yoʻqolgan milliy haydovchilik guvohnomasi (eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi yoki uning taloni)ning dublikati transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchilik guvohnomalari maʼlumotlar bazasidan tekshirilganidan soʻng imtihonlarsiz beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“77. Milliy haydovchilik guvohnomalari blankalari plastik shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaga muvofiq YHXX buyurtmasiga asosan tayyorlanadi. Buyurtma 6 oylik doimiy zaxira boʻlishini inobatga olib beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻldirish (yoki chop etish) jarayonida buzilgan milliy haydovchilik guvohnomalarining plastik kartalari boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib hududiy YHXBda komission tartibda yoʻq qilinadi. Dalolatnomaning bir nusxasi YHXXga yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84-band “eski haydovchilik guvohnomasi,” soʻzlaridan keyin “tadbirkorlik subyekti tomonidan rasmiylashtirib berilgan maxsus sertifikat” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 201-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“201. Nazariy imtihon savollari Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-banddagi “tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqilib, YHXBB bilan kelishiladi va tadbirkorlik subyekti rahbari” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-banddagi “mexanik transport” soʻzlari “transmissiyasi (uzatmalar qutisi) mexanik uzatmali boʻlgan avtotransport” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 1-ilovaning 8-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Maxsus sertifikatni va milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun haydovchilikka nomzodlar taqdim etishi belgilangan hujjatlarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligini maʼlumotlar bazasidan tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ariza beruvchini fotosuratga tushiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirib, ariza beruvchiga taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Imtihon natijalari bayonnomasi
№ _______________
(sana, vaqt)
Imtihon oʻtkazilgan AIT _____________________________________________________________________________
DYHXX masʼul xodimi _______________________________________________________________________________
AIT videokuzatuvchisi _______________________________________________________________________________
AIT operatori ______________________________________________________________________________________
Haydovchilikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi
Qaysi toifaga imtihon topshirgan
Haydovchilikka nomzod oʻqigan oʻquv tashkiloti
Nazariy imtihon
Amaliy imtihon
Maxsus sertifikat rekvizitlari
Nechanchi marta
bahosi
Nechanchi marta
bahosi
1.
2.
3.
...
25.
QR kod
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik toʻgʻrisida maxsus sertifikat NAMUNASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik haqida maxsus sertifikatning tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganligi haqida maxsus sertifikat (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) 148x210 mm (A6) oʻlchamda elektron shaklda tayyorlanib, oddiy qogʻozda chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lotin yozuvidagi davlat tilidan hamda rus va ingliz tillaridan foydalaniladi. Seriya va raqami oʻn toʻrt sondan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikat maxsus vositalar (dasturlar) yordamida oʻqish mumkin boʻlgan QR kod bilan himoyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatning old tomonida “Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik haqida maxsus “SERTIFIKAT” soʻzlari, shuningdek, sertifikat berilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili/kuni/oyi), imtihon qaysi toifadagi transport vositasini boshqarish uchun topshirilganligi, uni rasmiylashtirgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning nomi, berilgan joyi, vaqti va amal qilish muddati majburiy tartibda koʻrsatiladi, imtihon topshirgan shaxsning imzosi uchun joy mavjud. ”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Belgilangan tartibda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash xizmatlari koʻrsatish vakolati berilgan davlat taʼlim muassasalarida faqat ushbu taʼlim muassasasida taʼlim oluvchilarni haydovchilikka tayyorlash va qayta tayyorlashga ruxsat etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandning birinchi xatboshisidagi “Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — YHXBB deb ataladi)” soʻzlari “Jamoat xavfsizligi departamenti yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — YHXX)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bandning birinchi xatboshisidagi “tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” soʻzlari “tayyorlash va qayta tayyorlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻquv tashkilotlarining rahbarlari guruhlarda mashgʻulotlar boshlangungacha oʻquvchilar roʻyxatini tuzishlari va hududiy YHXBga taqdim etishlari lozim” soʻzlari “Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv guruhlari ularda oʻqish boshlanishidan oldin DYHXXda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“111. Mashgʻulotlarning tashkil etilishi shakllaridan qatʼi nazar, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarida umumiy oʻquv yuklamasining hajmi haftasiga 20 soatgacha, oʻquv yuklamasining bajarilishidan kelib chiqqan holda auditoriyada oʻtkaziladigan nazariy va amaliy mashgʻulotlarning kundalik hajmi 4 soatgacha rejalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditoriya mashgʻulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa davom etadigan dars juftligi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini boshqarishni oʻrgatish uchun ajratilgan amaliy mashgʻulotlarning kundalik hajmi har bir instruktor uchun 8 soatdan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashda nazariy va amaliy mashgʻulotlar hamda avtomototransport vositalarini boshqarishni oʻrgatish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar uchun oʻquv yuklamasining hajmi har bir toifa boʻyicha alohida tuzilib, belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejasi va fanlarning oʻquv dasturlaridan kelib chiqqan holda quyidagi hajmlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A” toifali mototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining oʻqish muddati 9 haftadan kam boʻlmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 180 soatdan, “A” toifali mototransport vositalarini amaliy boshqarish — 20 soatdan kam boʻlmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“B” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining oʻqish muddati 18 haftadan kam boʻlmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 216 soatdan, “B” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 69 soatdan kam boʻlmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining oʻqish muddati 22 haftadan kam boʻlmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 264 soatdan, “C” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 69 soatdan kam boʻlmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“B” “C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining oʻqish muddati 24 haftadan kam boʻlmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 288 soatdan, “B” “C” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 72 soatdan kam boʻlmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari haydovchilarini “C” toifaga qayta tayyorlash kursining oʻqish muddati 7 haftadan kam boʻlmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 140 soatdan, “C” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 20 soatdan kam boʻlmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari haydovchilarini “D” toifaga qayta tayyorlash kursining oʻqish muddati 10 haftadan kam boʻlmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 200 soatdan, “D” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 60 soatdan kam boʻlmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“B” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “BE” toifaga qayta tayyorlash kursining oʻqish muddati 7 haftadan kam boʻlmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 140 soatdan, “BE” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 20 soatdan kam boʻlmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“C” yoki “B” va “C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “CE” toifaga qayta tayyorlash kursining oʻqish muddati 7 haftadan kam boʻlmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 140 soatdan, “CE” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 20 soatdan kam boʻlmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“D”, “B” va “D”, “C” va “D” yoki “B”, “C” va “D” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “DE” toifaga qayta tayyorlash kursining oʻqish muddati 6 haftadan kam boʻlmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 120 soatdan, “DE” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 26 soatdan kam boʻlmasligi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 151-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“151. Oʻqituvchi va instruktorlarning malakasini oshirish har uch yilda bir marotaba Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan toʻlov — shartnoma asosida amalga oshiriladi va malaka oshirilganligi toʻgʻrisida maxsus sertifikat beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-banddagi “bilimi oʻrta maxsus maʼlumotdan kam boʻlmagan” soʻzlari “avtotransport sohasi boʻyicha oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-banddagi “oliy yoki avtotransport mutaxassisligi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga” soʻzlari “avtotransport sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“181. Yoʻl-transport hodisasida birinchi yordam fanidan dars beruvchilar sifatida tibbiyot ixtisosligi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga yoki “Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish” boʻyicha instruktor (paramedik) malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 231-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“231. Oʻquv tashkilotlari oʻquv guruhlarini roʻyxatga olishni, hisobini yuritishni, oʻquv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish orqali ularning taʼlim jarayonidagi ishtirokini (davomatini) uzluksiz nazorat qilishni, yakuniy imtihonlarning shaffof oʻtkazilishi va natijalarining xolisonaligini nazorat qilishni, haydovchilikka nomzodlar, ularga haydovchilarni tayyorlash (qayta tayyorlash) oʻquv dasturi boʻyicha oʻqishni tamomlaganligi haqidagi beriladigan yagona namunadagi guvohnomalar toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar bazasini yuritishni taʼminlovchi moddiy-texnik bazaning mavjud boʻlishi hamda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — DYHXX) avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga ushbu maʼlumotlarni real vaqt rejimida kiritib borish imkoniyati yaratilgan boʻlishi shart”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining 150-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“150. Boshqarishni oʻrgatish uchun moʻljallangan mexanik transport vositalari “Boshqarishni oʻrgatish transport vositasi” taniqlik belgisi va oʻrgatuvchi uchun ulagich (ssepleniye) va tormozning qoʻshimcha tepkilari, orqani koʻrsatuvchi koʻzgu hamda ushbu transport vositalarining harakat yoʻnalishini nazorat qilish imkonini beradigan GPS qurilmalari bilan jihozlanishi kerak”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)