20.07.2022 yildagi 392-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tijorat maʼmurchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirishda, shu jumladan, elektron tijoratni rivojlantirishda muayyan natijalarga erishish imkonini bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, elektron tijoratning ochiq raqamli ekotizimini shakllantirish, mulkchilik, idoraviy va tarmoqqa mansubligi hamda hududiy joylashuvidan qatʼiy nazar barcha elektron platformalar bilan taʼminlash, mijozlar bazasidan teng foydalanish va raqamli ekotizim foydalanuvchilariga xizmatlar koʻrsatishni tezlashtirish orqali elektron platformalar va ularning xizmatlarini ilgari surish borasida tegishli normalarning joriy etilmaganligi elektron tijoratni rivojlantirish borasida dolzarb muammo boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasidagi platformalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda akkreditiv boʻyicha hisob-kitob tizimini jadal rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijorat maʼmurchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish toʻgʻrisida” 2021-yil 17-noyabrdagi PQ-14-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) elektron tijorat platformalari va raqamli ekotizim operatorlari — axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarini amalga oshirish tartibini belgilash. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarni mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarga tasniflash, shuningdek, mahalliylashtirish darajasining yuqori chegarasini aniqlash hamda yetkazib beriladigan mahsulotlar boʻyicha mahalliylashtirishning belgilangan minimal darajasiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha depozit joriy etilishi munosabati bilan, shartnoma majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish, sunʼiy arzon narxlarda takliflar berish yoʻli bilan xaridlar uzilishining oldini olish mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarining tugash vaqtini faqat ish kunlari va ish soatlarida belgilash orqali bozorni manipulatsiya qilish imkoniyatini istisno qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma majburiyatlarining bajarilishi kafolatlarini taʼminlash tartibini operatorning hisob-kitob kliring palatasida xaridlar ishtirokchilarining shaxsiy hisobvaraqlaridagi depozitlarni oldindan toʻlash va blokirovka qilish orqali belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun kafolatlar berish tartibini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 392-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Elektron yarmarkalar, auksion va tanlovlar tashkilotchilarining-axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 2-avgustdagi 249-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarorning nomlanishidagi “Elektron yarmarkalar, auksionlar va tanlovlar tashkilotchilarining” soʻzlari “Elektron tijorat platformalar va raqamli ekotizim operatorlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-banddagi “Elektron yarmarkalar, auksionlar va tanlovlar tashkilotchilarining” soʻzlari “Elektron tijorat platformalar va raqamli ekotizim operatorlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qarorga ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovaning nomlanishidagi “Elektron yarmarkalar, auksionlar va tanlovlar tashkilotchilarining” soʻzlari “Elektron tijorat platformalar va raqamli ekotizim operatorlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-banddagi “elektron yarmarkalar (shu jumladan koʻrgazma-yarmarka savdosi), auksion va tanlovlar tashkilotchilarining” soʻzlari “elektron tijorat platformalar va raqamli ekotizim operatorlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “elektron yarmarkalar (shu jumladan koʻrgazma-yarmarka savdolari), auksionlar va tanlovlar tashkil etuvchi yuridik shaxs” soʻzlari “oʻzining axborot tizimida elektron tijorat amalga oshirilishini taʼminlovchi yuridik shaxs, elektron tijorat platformalar va raqamli ekotizim operatorlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “elektron yarmarkalar (shu jumladan koʻrgazma-yarmarka savdolari), auksionlar va tanlovlar natijalari boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshidagi “(elektron yarmarkalar (shu jumladan koʻrgazma-yarmarka savdolari), auksionlar va tanlovlar)ni oʻtkazish qoidalari)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat platformasi — elektron tijorat subyektlariga elektron bitimlarni amalga oshirish, tanlovlar yoki auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish hamda ishtirokchilarga masofadan turib (shaxsan ishtirok etmasdan) elektron operatsiyalarni amalga oshirish imkonini berish uchun moʻljallangan Internet jahon axborot tarmogʻidagi axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat platformasi operatori — elektron tijorat ishtirokchilariga buyurtma berish yoki yetkazib berish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish, elektron tijorat platformasiga eʼlonlarni, buyurtmalarni va ularning yakunlari toʻgʻrisidagi boshqa axborotni joylashtirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatuvchi maxsus vakolatli yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilgan savdolar — belgilangan qoidalarga muvofiq muntazam ravishda elektron tijorat platformasida amalga oshiriladigan savdo;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli ekotizim — koʻp sonli axborot xizmatlari, biznes jarayonlari va ishtirokchilarni birlashtirgan raqamli muhit, ularning munosabatlari hamkorlik va raqobat tamoyillariga asoslanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli ekotizim operatori — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eskrou tizimi — xaridorning (isteʼmolchining, buyurtmachining) shartlari toʻliq qondirilmaguncha biznes-operatorning, shu jumladan elektron tijorat platformasi yoki raqamli ekotizim operatorining axborot tizimida elektron shartnomalarni amalga oshirishda pulni ushlab qolish, pulni deponentlash tizimi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II boʻlim quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“71. Elektron platformalar va raqamli xizmatlarning raqamli ekotizimlardagi ishtiroki ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi IV1 boʻlim bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“IV1. Shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun kafolatlar berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Elektron tijorat sohasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi kafolatlarini taʼminlash uchun axborot vositachisi — elektron tijorat platformasi yoki raqamli ekotizim operatori eskrou hisob-kitoblar tizimini joriy etishga haqli. Tashkil etilgan savdolarda tuzilgan bitimlar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi elektron tijorat platformasi yoki raqamli ekotizim operatori tomonidan majburiy ravishda kafolatlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272. Elektron tijorat platformasi yoki raqamli ekotizim operatorlari oʻzlarining eskrou tizimidan foydalanish yoki uchinchi shaxslar xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273. Shartnoma majburiyatlarini bajarish kafolatlarini taʼminlash maqsadida eskrou tizimining operatori elektron tijorat ishtirokchilariga ular tuzadigan operatsiyalar boʻyicha mablagʻlarni hisobga olish va hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankda oʻzining ikkilamchi depozit hisobvaragʻida shaxsiy hisobvaraqlar ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274. Xaridorning yetkazib berilgan tovar uchun haq toʻlash mablagʻlari u tomonidan uning shaxsiy hisobvaragʻiga kiritiladi, operator tomonidan bloklanadi va tovarni toʻliq yoki qisman yetkazib berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarganligi aniqlangandan keyin sotuvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275. Axborot vositachisi qoidalarida elektron tijorat ishtirokchilari tomonidan bitimlar tuzilgunga qadar shaxsiy hisobvaraqlariga omonat qoʻyish zarurati va tomonlar oʻz shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda ulardan kompensatsiya sifatida foydalanish zarurati nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276. Shartnoma majburiyatlarini bajarish boʻyicha nizolar va kelishmovchiliklar nizolarni sudgacha hal etish organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda elektron tijorat platformasi yoki raqamli ekotizim operatori bilan koʻrib chiqilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 10-maydagi 390-son qarorida 9-bandning oʻninchi xatboshisidagi “Elektron kooperatsiya portali markazi” soʻzlari “Raqamli transformatsiya markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi 833-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarorning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarini amalga oshirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muqaddimadagi “kooperatsiya birjasini” soʻzlari “elektron kooperatsiya portalini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-son hamda “Elektron tijorat maʼmurchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish toʻgʻrisida” 2021-yil 17-noyabrdagi PQ-14-son qarorlariga muvofiq davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan integratsiyalashgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) ishlab chiqilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2-banddagi “Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi portali faoliyatini tashkil etish” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining faoliyati xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlar, xorijiy va xalqaro moliya tashkilotlari grantlari, donorlik mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali (keyingi oʻrinlarda — Elektron kooperatsiya portali) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avans — xarid qilish jarayonida buyurtmachi va yetkazib beruvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kiritiladigan, jumladan, tomonlarning zakalatlari (budjet buyurtmachilari bundan mustasno) va operatorning vositachilik yigʻimini oʻz ichiga olgan moliyaviy mablagʻlar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — Elektron kooperatsiya portalida tovarlarni xarid qiluvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchi — taklif etilgan shartlarda oʻzining Elektron kooperatsiya portalida qatnashib, savdolarda gʻolib chiqqan taqdirda, oʻzi ishlab chiqargan tayyor tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) yetkazib berish niyatini bildirgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar yoki ularning dilerlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agent — buyurtmachilar va yetkazib beruvchilarga topshiriq shartnomasi asosida ularning Elektron kooperatsiya portalida qatnashishini taʼminlashga doir professional xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid shartnomasi — xaridlar boʻyicha huquq va majburiyatlarni belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachi va yetkazib beruvchi oʻrtasidagi elektron tartibda tuziladigan bitim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli ekotizim operatori — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinet — buyurtmachi yoki yetkazib beruvchining elektron xaridlarda ishtirok etishi, shuningdek, zarur axborotni joylashtirishi yoki olishi imkoniyati taqdim etiladigan, individual login va parollarni koʻllash orqali foydalaniladigan Elektron kooperatsiya portalidagi shaxsiy sahifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reja-jadval — Elektron kooperatsiya portalida davlat buyurtmachilari tomonidan joylashtiriladigan tovarlar tavsifi, xaridlar hajmi va muddatlarini nazarda tutuvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda — HKKP) — kliring elektron tizimi orqali Elektron kooperatsiya portalida tuzilgan xarid shartnomalari boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi operatorning tarkibiy boʻlinmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron kooperatsiya portali — operatorning davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan integratsiyalashgan, shu jumladan, ushbu Nizomda nazarda tutilgan axborotlarni joylashtirish, ulardan foydalanish hamda elektron savdo yarmarkalari va xaridlarni oʻtkazishni taʼminlaydigan elektron platformasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻxshash tovarlar — funksional maqsadi, qoʻllanilishi, sifati va texnik xususiyatlari boʻyicha taqqoslanadigan, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodining (keyingi oʻrinlarda — TIF TN) dastlabki 4 ta raqami bir xil boʻlgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari maxsus axborot portali — vakolatli organ tomonidan yuritiladigan, davlat xaridlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlar, davlat xaridlarining yakunlari, ishtirokchilarning takliflari haqidagi axborotni va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotni elektron shaklda koʻzdan kechirishni, shuningdek, amalga oshirilgan elektron davlat xaridlari toʻgʻrisida davlat xaridlari elektron tizimlarining operatorlari tomonidan kiritiladigan (yuboriladigan) axborotni toʻplashni taʼminlovchi veb-saytdir (maxsus elektron platforma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali faoliyatini takomillashtirishni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda muntazam ravishda buyurtmachi va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida erkin raqobat va narx shaffofligi tamoyillari asosida masofadan turib shartnoma tuzish imkoniyatiga ega elektron tijorat platformasini takomillashtirish choralarini koʻradi va doimiy ishlashini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Elektron kooperatsiya portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir necha mezonlar va koʻrsatkichlar boʻyicha izlash imkoniyatiga ega boʻlgan, muntazam yangilab boriladigan hamda quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 ta belgidan iborat TIF TN kodlari bilan oʻzaro bogʻliqlikda har bir mahsulot turi boʻyicha tovar bozorining hajmi (ishlab chiqarish, import, eksport hajmi) toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi, ularning texnik va narx koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilarning kelgusi davr uchun xarid reja-jadvallari toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tashkilotlar negizida ishlab chiqarish tavsiya etilayotgan istiqbolli mahsulot turlari roʻyxati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qamrab oluvchi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va joylashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashkilotlar tomonidan kerakli shakllar onlayn rejimida mustaqil toʻldirilishi orqali mahalliy tashkilotlar uchun axborot maʼlumotlar bazasiga bepul kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yetkazib beruvchilar bilan davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari oʻrtasida interaktiv hamkorlik qilish imkoniyatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan davlat xaridlari boʻyicha integratsiyasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ular tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar reyestri yuritilishini va jamoatchilikka ochiqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahalliy ishlab chiqaruvchi amaldagi statistika hisobotlarida belgilangan tartibga muvofiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish koʻrsatkichlari qayd etilgan yoki mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan talablariga mos keluvchi yuridik shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Amaldagi statistika hisobotlarida belgilangan tartibga muvofiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish koʻrsatkichlari qayd etilmagan mahalliy ishlab chiqaruvchi quyidagilar orqali aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichi (IFUT) boʻyicha tashkilot (ikki va undan ortiq faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno) faoliyat yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning muvofiqlik sertifikati (agar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy boʻlgan mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻlgan taqdirda, ushbu faoliyat uchun talab qilingan litsenziyaning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot mulki boʻlgan yoki ijara shartnomasi asosida foydalanishga olingan ishlab chiqarish maydoni mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot mulki boʻlgan yoki ijara shartnomasi asosida foydalanishga olingan asbob-uskunalar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, jumladan, ishlab chiqarishda band boʻlgan xodimlar mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha hokimlarning yordamchilari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy boʻlinmalari tomonidan amaldagi statistika hisobotlarida belgilangan tartibga muvofiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish koʻrsatkichlari qayd etilmagan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni aniqlash ishlari doimiy ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Portalga joylashtiriladigan mahsulotning mahalliylashtirish darajasi kamida 30 foiz boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mahalliylashtirish darajasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-dekabrdagi 1009-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish, amalga oshirish va hisobot tizimini yuritish hamda ushbu jarayonda davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandiga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib beruvchi Portalga ariza bilan birgalikda yetkazib beriladigan mahsulotlar boʻyicha mahalliylashtirishning belgilangan minimal darajasiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi hisob-kitoblar hamda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib beriladigan mahsulotlar boʻyicha mahalliylashtirishning belgilangan minimal darajasiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlik yetkazib beruvchiga yuklanadi. Operator yetkazib beruvchining maʼlumotlari toʻgʻriligini nazorat qilish yoki tekshirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachilari, raqobatchi-yetkazib beruvchilar va davlat organlarida mahalliylashtirish darajasi boʻyicha yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligiga shubha tugʻilgan taqdirda, ular maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirish uchun soliq organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib berilayotgan mahsulotlarning mahalliylashtirishning minimal darajasiga muvofiqligi toʻgʻrisida yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar ishonchsiz deb topilgan taqdirda, bunday yetkazib beruvchi Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyasining qaroriga koʻra insofsiz ijrochilar (yetkazib beruvchilar) reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Insofsiz ijrochilar (yetkazib beruvchilar) reyestriga kiritilgan yetkazib beruvchilar avtomatik ravishda Portaldan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal insofsiz ijrochilar (yetkazib beruvchilar) reyestrini eʼlon qilinishi va muntazam ravishda yangilanib borilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Zarur boʻlganda yuridik shaxslar muayyan mahsulotni ishlab chiqarish uchun talab etiladigan texnik hujjatlarni (texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Elektron kooperatsiya portali ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Operator quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda joylashtirilgan maʼlumotlarga texnologik va axborot xavfsizligini taʼminlash talablarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan xaridlarni amalga oshirish toʻgʻrisida eʼlon va xaridlar reja-jadvallari joylashtirilmagan hollarda xaridlarni amalga oshirish natijalari haqidagi axborotni chop etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Operatorning majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalning uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Portalda mavjud boʻlgan axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning bepul erkin foydalanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
integratsiya masalalari hamda davlat axborot tizimlari va davlat elektron axborot resurslari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha maxsus vakolatli organ bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridlar natijalari boʻyicha tovarlar, ishlar, xizmatlar narxlari maʼlumotlar bazasini tashkil etish va yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda tuzilgan shartnomalar reyestrlarini shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda joylashtirilgan axborotning yaxlitligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda axborotdan foydalanish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalni bosqichma-bosqich takomillashtirish, logistika, marketing va boshqa axborot tizimlariga ulash kabi xizmatlar majmuasini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar bazasida axborotni Portalga joylashtirilgan davrdan boshlab besh yil mobaynida saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachilarining Portal orqali tuzilgan shartnomalari davlat xaridlari maxsus axborot portaliga avtomatik rejimda yuborilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar uchun HKKPda alohida shaxsiy hisobvaraqlar ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilar va ishtirokchilarga shaxsiy kabinetlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlari yetarli boʻlmagan oferta takliflarini joylashtirish monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odob-axloq qoidalariga rioya etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal faoliyati doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator davlat xaridlarini amalga oshirish va narx belgilash jarayoniga aralashishga, kontragentlarni tanlashda va shartnomalar tuzishda davlat xaridlari subyektlarining erkinligini cheklashga, shuningdek, davlat xaridlari subyektlarining huquqlarini boshqacha tarzda cheklashga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari quyidagi maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy boʻlinmalari tomonidan respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining hajmi va texnik parametrlari toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan sanoat mahsulotlarining import va eksport hajmi toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachilari kelgusi davr uchun davlat xaridlarining reja-jadvallarini va davlat xaridlarining oʻtgan yildagi amaldagi hajmi, shu jumladan, import tovarlari toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mahalliy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarish tavsiya etilayotgan oʻzlashtirilishi istiqbolli mahsulot turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Portalga oʻz vaqtida kiritilishini, ularning ishonchliligi, toʻliqligi va yangilab borilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Davlat soliq qoʻmitasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi elektron kooperatsiya portali orqali tuzilgan shartnomalar yuzasidan yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazilganligi toʻgʻrisida yuborilgan va tasdiqlangan elektron hisob-fakturalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Elektron kooperatsiya portali orqali oʻzaro almashinuvini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Barcha foydalanuvchilar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish uchun ochiq axborotdan foydalanishda yoki ularni uchinchi shaxslarga berishda majburiy tarzda Portalga havola qilgan holda uning ishonchliligini taʼminlashlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Portalga ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlari turlari va hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan jadvallarga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Buyurtmachilar (budjet buyurtmachilari bundan mustasno) va yetkazib beruvchilar Portalga elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) yordamida elektron roʻyxatdan oʻtish orqali kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Budjet buyurtmachilari Portalga davlat xaridlariga oid xaridlar reja-jadvallarini davlat xaridlari maxsus axborot portali orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va operator oʻrtasida axborot almashish yoʻli bilan joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Portalda joylashtirilgan xaridlar reja-jadvali quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid predmeti va miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish oyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining nomi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid predmetini moliyalashtirish manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni yetkazib berish muddatlari va shartlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Etkazib beruvchilar Portalga oʻzlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi va 10 ta belgidan iborat Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining kodlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotish narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning eng koʻp va eng kam hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning rusumi va texnik parametrlari (texnik pasport yoki boshqa hujjat asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari ishlab chiqargan tovarning fotosurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yetkazib beriladigan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolat shartlari va muddati haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning ishlab chiqarilgan yili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning yaroqlilik muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoki sertifikat mavjudligi toʻgʻrisidagi axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Buyurtmachi va yetkazib beruvchilar tomonidan Elektron kooperatsiya portaliga joylashtirilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, haqqoniyligi va mazmuni bilan bogʻliq huquqiy oqibatlar uchun operator javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Etkazib beruvchilarning oferta takliflarini xaridga kiritish portalga mazkur nizomning 17-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarni toʻliq kiritilgandan soʻng uch ish kuni davomida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Elektron kooperatsiya portali orqali xaridlarni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Moliya vazirligi operator uchun oʻzining axborot tizimida maxsus shaxsiy hisobvaraqlar ochadi va operatorga pul mablagʻlarini boshqarish vakolatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Buyurtmachilar, budjet buyurtmachilardan tashqari, va yetkazib beruvchilar xaridlarda ishtirok etishdan oldin HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga tovar (ish va xizmatlar) boshlangʻich qiymatining 1,1 foizi miqdorida avansni joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avans shartnoma summasining 1 foizi miqdoridagi zakalat hamda shartnoma summasining 0,1 foizi miqdoridagi operatorning vositachilik yigʻimini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda muntazam oʻtkaziladigan sanoat yarmarkalari doirasida xususiy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuziladigan miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha boʻlgan shartnomalar boʻyicha ishtirokchilardan avans talab etilmaydi hamda ulardan vositachilik yigʻimi olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar oʻzlarining HKKPdagi hisobvaraqlarida avans toʻlovining miqdori yetarli boʻlgan hollarda Portalda tashkil etiladigan elektron xaridlarda ishtirok etish huquqiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet buyurtmachilari esa ularning HKKPdagi hisobvaraqlarida operatorning vositachilik yigʻimi summasi miqdori mavjud boʻlgan taqdirda, elektron xaridlarda ishtirok etish huquqiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Buyurtmachilar (davlat buyurtmachilari bundan mustasno) Portalda tovar joylashtirgan yetkazib beruvchilar bilan avtomatik ravishda elektron tarzda shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda roʻyxatdan oʻtkazilgan ishtirokchilarning hech biri dastlabki taklifdan pastroq narxni taklif qilmasa, Portal buyurtmachi va yetkazib beruvchi oʻrtasidagi bitimni roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xaridlar toʻxtatilishi muddati ish kuni va ish vaqtiga toʻgʻri kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat buyurtmachisi Portaldagi elektron tijorat platformasida yetkazib beruvchilarning ofertalarini oʻrganish yoʻli bilan oʻzi uchun zarur boʻlgan tovarni tanlaydi va tovar tanlanganidan keyin narxlar soʻrovi mexanizmidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron kooperatsiya portali avtomatik tarzda ofertani taklif etgan yetkazib beruvchiga hamda ushbu portalda oʻxshash tovarni taklif etayotgan boshqa yetkazib beruvchilarga narx soʻrovini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib beruvchilar Elektron kooperatsiya portali tomonidan narx soʻrovi yuborilgan paytdan boshlab qirq sakkiz soat ichida pastroq narx takliflarini berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib beruvchilar tomonidan berilgan narx boʻyicha takliflarni taqqoslash Elektron kooperatsiya portali tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron kooperatsiya portalida shartnoma davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan yetkazib beruvchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda yetkazib beruvchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agar narx soʻrovi mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan narx buyurtmachi tomonidan tanlangan narxdan 15 va undan ortiq foizga past boʻlsa, ishtirokchi buyurtmachi tomonidan tanlangan ofertaning narxi va oʻzi tomonidan taklif etilgan narxning farqi miqdoridagi qoʻshimcha zakalatni xarid predmetining har bir birligi uchun oldindan kiritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha zakalat mavjud boʻlmagan taqdirda ushbu takliflar elektron tizim tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Portalda tuzilgan bitim elektron roʻyxatga olinadi, buyurtmachi va yetkazib beruvchining shaxsiy hisobvaragʻidan operatorning vositachilik toʻlovi yechib olinadi. Bitimni roʻyxatga olish ushbu portalda shartnomani shakllantirish va unga oʻziga xos raqam berish bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi va yetkazib beruvchi oʻrtasida ERIdan foydalangan holda Elektron kooperatsiya portalida tuzilgan shartnoma tegishli shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Operator davlat buyurtmachilarining shartnomalari boʻyicha maʼlumotni avtomatik rejimda davlat xaridlari maxsus axborot portaliga yuboradi. Davlat xaridlari maxsus axborot portali shartnoma maʼlumotlarini davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Shartnomaviy majburiyatlar ijrosini taʼminlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Buyurtmachilar (budjet buyurtmachilari bundan mustasno) hamda elektron xaridlarni amalga oshirish jarayonida eng maqbul narx taklif etgan yetkazib beruvchilar tomonidan kiritilgan zakalatlar taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar ijrosini taʼminlash maqsadida majburiyatlar toʻliq bajarilgunga yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ishtirokchilarning kiritgan avans toʻlovlari elektron xaridlarda gʻolib aniqlangunga qadar band qilib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Portal orqali elektron xaridlarni amalga oshirish jarayonida ishtirokchilar oʻrtasida oldindan toʻlov shartlarisiz shartnomalar tuzilgan hollarda buyurtmachilar shartnoma tuzilgan kundan boshlab oʻn bank ish kuni mobaynida oʻzlarining HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga shartnoma summasining 100 foizi miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻtkazishni taʼminlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal orqali elektron xaridlarni amalga oshirish jarayonida ishtirokchilar oʻrtasida oldindan toʻlov shartlari bilan shartnomalar tuzilgan hollarda, buyurtmachilar shartnoma tuzilgan kundan boshlab oʻn bank ish kuni mobaynida oʻzlarining HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga shartnomada belgilangan oldindan toʻlov miqdoridagi summa oʻtkazilishini taʼminlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachilar ushbu bandning birinchi-ikkinchi xatboshilarida keltirilgan majburiyatlarni belgilangan muddatlarda bajarmagan taqdirda, majburiyatni bajarish muddati tugagan kundan boshlab uch bank ish kuni mobaynida elektron shaklda majburiyatlar lozim darajada bajarilmayotganligi boʻyicha buyurtmachiga xabarnoma yuboradi va xabarnoma yuborilgandan keyingi besh bank ish kunidan soʻng buyurtmachilarning zakalat summasi mahsulot yetkazib beruvchilarning HKKPsidagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. HKKP buyurtmachidan elektron tijorat platformasi orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha tushgan toʻlov summasini band qilib qoʻyadi va pul mablagʻlari tushgan kunning ertasidan bir ish kunidan kechikmagan muddatda elektron shaklda toʻlovni amalga oshirish boʻyicha yetkazib beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur xabarnoma yetkazib beruvchiga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib beruvchi tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) HKKP tomonidan toʻlov amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi xabarnomasiz yetkazib berilgan taqdirda, buyurtmachi tomonidan tovarlar uchun toʻlovni amalga oshirmaslik xavfi yetkazib beruvchining zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ buyurtmachilar shartnoma boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilgandan keyin uch bank ishi kuni mobaynida oʻzining shaxsiy kabineti orqali tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) toʻliq hajmda qabul qilganligini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet buyurtmachilari shartnoma boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilgandan soʻng uch bank ish kuni mobaynida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) toʻliq hajmda qabul qilganlik toʻgʻrisidagi axborotni budjet tashkilotlarining hisobi va hisobotlari avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi (keyingi oʻrinlarda — OʻzBTAD) orqali Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — DMBAT)ga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet buyurtmachilari shartnoma asosida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi axborotni DMBAT olgandan soʻng ushbu maʼlumotlarni bir bank ish kuni mobaynida maʼlumotlar bazalarining elektron almashinuvi orqali Operatorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Portal elektron xaridlarning yakunlariga koʻra buyurtmachilar va yetkazib beruvchilarning har biridan bitim summasining 0,1 foizi miqdoridagi operatorning vositachilik yigʻimini ushlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ishtirokchilar va korporativ buyurtmachilarning bandi bekor qilingan pul mablagʻlaridan ularning topshiriqlariga asosan boshqa elektron davlat xaridlarida avans toʻlovlari sifatida foydalanilishi mumkin yoki xizmat koʻrsatadigan banklardagi ularning hisobvaraqlariga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tomonlar shartnomani bajarishni rad etganda yoki uni bajarishdan boshqacha tarzda bosh tortganda, buyurtmachi yoki yetkazib beruvchi sudga murojaat etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Portal tomonidan amalga oshirilgan xarid qilish tartib-taomillarining boshqa turlari boʻyicha amalga oshirilgan xaridlar yuzasidan HKKP sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya qarori asosida zakalatni banddan yechishni va/yoki tegishli hisobvaraqqa oʻtkazishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda HKKP yetkazib beruvchining zakalati jarima sifatida budjet buyurtmachisiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya qarori asosida zakalatni budjet buyurtmachisining budjetdan tashqari tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali faoliyatini takomillashtirishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Ijrochilar

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari (ishlar, xizmatlar) turlari, hajmi, texnik tavsiflari, sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;

import qilinayotgan va eksportga yoʻnaltirilayotgan mahsulotlar turlari va hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;

talab yuqori boʻlgan va oʻzlashtirilishi tavsiya etilgan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar roʻyxatini Elektron kooperatsiya portaliga joylashtirish.

Har chorakda

2-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Buyurtmachi va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida erkin raqobat va narx shaffofligi tamoyillari asosida masofadan turib shartnoma tuzish imkoniyatiga ega elektron tijorat platformasini takomillashtirish va doimiy ishlashini taʼminlash.

Doimiy ravishda

3-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, davlat buyurtmachilari

Kelgusi davr uchun davlat xaridlarining reja-jadvallari va davlat xaridlarining oʻtgan yildagi amaldagi hajmi, shu jumladan, import tovarlari xaridi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Elektron kooperatsiya portaliga joylashtirish.

Hisobot davri yakuni boʻyicha

4-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy boʻlinmalari

Respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining hajmi va texnik parametrlari haqidagi maʼlumotlar toʻgʻri va haqqoniy kiritilishini taʼminlash va uni oʻz vaqtida yangilab borish.

Doimiy ravishda

5-bosqich

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha hokimlarning yordamchilari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy boʻlinmalari

Amaldagi statistika hisobotlarida belgilangan tartibga muvofiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish koʻrsatkichlari qayd etilmagan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni aniqlash.

Doimiy ravishda

6-bosqich

Davlat soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi

Elektron kooperatsiya portali orqali tuzilgan shartnomalar yuzasidan yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazilganligi toʻgʻrisida yuborilgan va tasdiqlangan elektron hisob-fakturalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Elektron kooperatsiya portaliga taqdim etish.

Doimiy ravishda

7-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi

Budjet buyurtmachilari tomonidan shartnoma asosida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi axborotni DMBAT olgandan soʻng ushbu maʼlumotlarni maʼlumotlar bazalarining elektron almashinuvi orqali Elektron kooperatsiya portaliga yuborish.

Doimiy ravishda, bir bank ish kuni mobaynida

8-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi

Elektron kooperatsiya portalini takomillashtirish hamda statistika, bojxona, sertifikatlashtirish, soliq, moliya organlari maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalash.

Doimiy ravishda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mahsulot nomi va texnik parametrlar

Texnik reglament, standart

TIF TN kodi

Mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagich kodi

Yuridik shaxsning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili)

Telefon raqami

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mahsulot nomi va texnik parametrlar

Texnik reglament, standart

Mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagich kodi

Oʻlchov birligi

Ishlab chiqarish hajmi

Oʻrtacha yillik ishlab chiqarish quvvati

miqdori

hajmi, ming soʻm

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Maʼlumotlar har oy yakuniga koʻra yirik tashkilotlar boʻyicha va yil yakuniga koʻra barcha sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar boʻyicha yangilanib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT**
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TIF TN kodi

Mahsulot nomi

Oʻlchov birligi

Eksport hajmi

Import hajmi

miqdori

ming AQSh dollari

miqdori

ming AQSh dollari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**Maʼlumotlar har bir hisobot davri yakuniga koʻra yangilanib boriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-dekabrdagi 1009-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish, amalga oshirish va hisobot tizimini yuritish hamda ushbu jarayonda davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi oʻn birinchi xatboshisidagi “elektron kooperatsiya birjasi portali” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “2020-2021-yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 10-martdagi 136-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligining elektron kooperatsiya portali” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli tranformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchilari” soʻzlari “ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha yordamchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 6-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi elektron kooperatsiya portaliga” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portaliga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-yanvardagi 41-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli tranformatsiya markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-ilovaning 2-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Elektron kooperatsiya portali markazi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli tranformatsiya markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/392/0653-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)