Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023 20.07.2022 yildagi 391-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari uchun ijtimoiy kafolatlarni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga muvofiq 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xizmat majburiyatini bajarish chogida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari (keyingi o‘rinlarda — bojxona organlari) xodimlarining farzandlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining tavsiyanomasi asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — davlat oliy ta’lim muassasalari) bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga (ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) tanlovsiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasi tizimidagi oliy (magistratura, ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda — oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari) qabul parametrlaridan tashqari dastlabki va kasbiy (harbiy-professional) tanlov natijalariga muvofiq qabul qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga o‘qishga kirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga ajratilgan umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga alohida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga belgilangan umumiy qabul parametrlari doirasida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratilishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma berish tartibi, tavsiyanomaning amal qilish doirasi va muddati, tavsiyanoma berishni rad etish uchun asoslarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror qoidalari xizmat majburiyatini bajarish chogida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining hamda bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga nisbatan tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari xodimlarining farzandlariga tavsiyanoma bir davlat oliy ta’lim muassasasi hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasasiga bir marta kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan uch yildan oshmaydigan muddatga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari xodimlarini xizmat majburiyatini bajarish chogida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan deb topishning tartibi hamda aniq mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma berish tadbirlari ushbu qaror talablariga muvofiq xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi A.Y. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 391-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari (keyingi o‘rinlarda — bojxona organlari) xodimlarining farzandlariga O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — davlat oliy ta’lim muassasalari) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasi tizimidagi oliy (magistratura, ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda — oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari) o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom qoidalari xizmat majburiyatini bajarish chogida halok bo‘lgan, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining, shuningdek, bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bojxona organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha bojxona organlari xodimlarining farzandlariga bir davlat oliy ta’lim muassasasi hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasasiga bir marta kirish uchun uch yildan oshmaydigan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bojxona organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi (keyingi o‘rinlarda — Rais) tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmat jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlari uchun ajratiladigan alohida ikki foizli davlat granti asosidagi kvota bo‘yicha mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat majburiyatini bajarish chogida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlariga belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bojxona organlari xodimlarining farzandlariga oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda Rais tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmat jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlari uchun ajratiladigan umumiy qabul parametrlari doirasida ikki foizli davlat granti asosidagi kvota bo‘yicha mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat majburiyatini bajarish chogida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlariga belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bojxona organlari xodimlarini xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan deb topishning tartibi hamda aniq mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bojxona organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma (keyingi o‘rinlarda — tavsiyanoma) blanklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida har yili Davlat bojxona qo‘mitasi uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar hisobidan Qo‘mita buyurtmanomasi asosida “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tavsiyanomani berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Markaziy bojxona laboratoriyasi, Bojxona instituti hamda Milliy kinologiya markazi (keyingi o‘rinlarda — tarkibiy tuzilmalar va tizim tashkilotlari) boshliqlari (direktori) Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasiga har yili 10-martga qadar quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda tavsiyanoma berish to‘g‘risidagi taqdimnomani kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anketa-ma’lumotnoma va avtobiografik ma’lumotlar;

xizmat faoliyati natijalari bo‘yicha batafsil hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim farzandining tugilganlik haqidagi guvohnomasi, biometrik pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anketa-ma’lumotnoma va avtobiografik ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim farzandining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, biometrik pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan berilgan xodimning nogironligi haqidagi ma’lumotnoma (xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tavsiyanoma berish masalasi Rais o‘rinbosari rahbarligida tuziladigan, kamida besh nafar rahbar xodimlar va mutaxassislardan iborat tarkibdagi komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning tarkibi Rais tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi tomonidan kiritilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy tuzilmalar va tizim tashkilotlari boshliqlarining tavsiyanoma berish to‘g‘risidagi taqdimnomalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlari ro‘yxatlarini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya tarkibiy tuzilmalar va tizim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni har yili 1-aprelga qadar Komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha tavsiyanoma berish yoki bermaslik haqida qaror qabul qilinib, bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va Komissiya raisining imzosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya yig‘ilishining bayoni asosida tavsiyanoma berish to‘g‘risida Rais buyrug‘ini qabul qilish bo‘yicha Raisga taklif kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyanoma berish to‘g‘risida Rais buyrug‘i har yili 1-mayga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan Rais buyrug‘i qabul qilingandan so‘ng bojxona organlari xodimlari xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan taqdirda, ularning farzandlariga joriy qabul yilining 1-iyuliga qadar tavsiyanoma berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun berilgan tavsiyanomalarning yagona hisobi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Kadrlar boshqarmasi tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan xodimlarning farzandlari ro‘yxatini har yili 1-mayga qadar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya xodimning bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgani va xizmat jarayonida ma’lum bir natijalarga erishganligini tarkibiy tuzilmalar tomonidan taqdim etilgan taqdimnoma asosida uning mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, bojxona ma’murchiligini takomillashtirish, tartib-taomillarni soddalashtirish, amaliyotga ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish, kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashishda hamda bojxona organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qo‘shgan hissasi, xizmat, ilmiy yoki pedagogik faoliyatda erishgan natijalaridan kelib chiqib baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tavsiyanoma asosida oliy ta’lim muassasasiga talabalikka qabul qilinganlik to‘g‘risida rasmiy buyruq chiqarilgandan so‘ng imtiyozdan takroran foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiya hujjatlarni o‘rganish mobaynida xodimning halok bo‘lganligi yoki olgan tan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolganligi, xizmat majburiyatini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan deb topilgan hamda bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmat jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan deb topilmagan taqdirda, tavsiyanoma berishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tavsiyanomaga asosan o‘qishga qabul qilingan talabalar (kursantlar) o‘qishdan chetlashtirilgan taqdirda (shu jumladan o‘z xohishiga ko‘ra), ularga tavsiyanoma qayta berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiyaning harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tarkibiy tuzilmalar rahbari

a) xizmatdagi ofitserlar va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlarining ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma berish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni Nizomda belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda;

b) xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlari ro‘yxatlarini Nizomda belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

Har yili 10-martga qadar

2-bosqich

Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi

Taqdim etilgan taqdimnomalar hamda xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlari ro‘yxatlarini ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi.

Har yili 15-martga qadar

3-bosqich

Komissiya

1. Quyidagi hujjatlarni ko‘rib chiqadi:

a) Tavsiyanoma berish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni;

b) xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlari ro‘yxatlarini.

2. Hujjatlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuzib, imzolaydi va qo‘mitaning gerbli muhri bilan tasdiqlaydi.

Har yili 1-aprelga qadar

4-bosqich

Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi

1. Komissiya yig‘ilishi bayonnomasi asosida tavsiyanoma berish to‘g‘risida Rais buyrug‘ini chiqaradi.

2. Xodimlarga farzandlarining ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma beradi.

3. Tavsiyanoma berilgan xodimlarning farzandlari ro‘yxatini Davlat komissiyasiga yuboradi.

Har yili 1-mayga qadar

5-bosqich

Davlat komissiyasi (ta’lim muassasalari bo‘yicha kotibiyat) ishchi organi

Tavsiyanoma berilgan xodimlarning farzandlari ro‘yxatini ko‘rib chiqadi.

Har yili 15-iyunga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYANOMA BLANKASINING ShAKLI

TAVSIYANOMA DBQ 000000

TAVSIYANOMA DBQ 000000

O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmat qilayotgan

_____________________________________________

___________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________ ning

(maxsus unvoni, F.I.O)

(maxsus unvoni, F.I.O)

ning farzandi __________________________________

farzandi ____________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________ ga

(tavsiyanoma berilgan shaxsning F.I.O., imzosi)

(F.I.O, pasport (guvohnoma) seriyasi, raqami)

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining 20___-yil “___” ___________ dagi ___-son buyrug‘iga asosan berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga muvofiq yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda (ikkinchi ta’limdan tashqari) respublikaning barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida kirishda ajratilgan qo‘shimcha ikki foizli qabul kvotasi doirasida tanlovda ishtirok etish imtiyozi beriladi.

M.O‘.

Tavsiyanoma Davlat bojxona qo‘mitasi raisining 20___-yil “___” __________ dagi ___-son buyrug‘iga asosan berildi.

_____________________________________________

M.O‘.

_____________________________________________

(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)

___________________________________________________________________________________

(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)

20___-yil “___” ________________

20___-yil “___” ________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYANOMA BLANKASINING ShAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TAVSIYANOMA DBQ 000000

TAVSIYANOMA DBQ 000000

O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlaridagi xizmati davrida xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan__________________________________

O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlaridagi xizmati davrida xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan

___________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________ ning

(maxsus unvoni, F.I.O)

_____________________________________________

farzandi ____________________________________________________________________________

(maxsus unvoni, F.I.O)

________________________________________________________________________________ ga

___________________________________ning farzandi

(F.I.O, pasport (guvohnoma) seriyasi, raqami)

_____________________________________________

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga muvofiq yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda (ikkinchi ta’limdan tashqari) respublikaning barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda tanlovsiz, belgilangan qabul kvotasidan tashqari davlat grantiga asosan o‘qishga kirish imtiyozi beriladi.

Tavsiyanoma Davlat bojxona qo‘mitasi raisining 20___-yil “___” ____________dagi ____-son buyrug‘iga asosan berildi.

(tavsiyanoma berilgan shaxsning F.I.O., imzosi)

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining 20___-yil “___” ____________dagi ____-son buyrug‘iga asosan berildi.

M.O‘.

_____________________________________________

M.O‘.

_____________________________________________

___________________________________________________________________________________

(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)

(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)

20___-yil “___” ________________

20___-yil “___” ________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYANOMA BLANKASINING ShAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TAVSIYANOMA DBQ 000000

TAVSIYANOMA DBQ 000000

O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmat qilayotgan

O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmat qilayotgan

___________________________________________________________________________________

_____________________________________________

_______________________________________________________________________________ ning

_____________________________________________

(maxsus unvoni, F.I.O)

(maxsus unvoni, F.I.O)

farzandi ____________________________________________________________________________

ning farzandi __________________________________

________________________________________________________________________________ ga

_____________________________________________

(F.I.O, pasport (guvohnoma) seriyasi, raqami)

(tavsiyanoma berilgan shaxsning F.I.O., imzosi)

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining 20___-yil “___”_____________dagi ___-son buyrug‘iga asosan berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasi tizimidagi oliy (magistratura, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) ta’lim muassasalariga (dastlabki va kasbiy (harbiy-professional) tanlov natijalariga asosan) kirishda umumiy qabul parametrlari doirasida ajratilgan ikki foizli qabul kvotasi doirasida tanlovda ishtirok etish imtiyozi beriladi.

M.O‘.

_____________________________________________

Tavsiyanoma Davlat bojxona qo‘mitasi raisining 20___-yil “___” ____________dagi ___-son buyrug‘iga asosan berildi.

_____________________________________________

(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)

M.O‘.

___________________________________________________________________________________

(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)

20___-yil “___” __________________

20___-yil “___” __________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T AVSIYANOM A BLANKASINING ShAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TAVSIYANOMA DBQ 000000

TAVSIYANOMA DBQ 000000

O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlaridagi xizmati davrida xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan

O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlaridagi xizmati davrida xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan

___________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________ ning

_____________________________________________

(maxsus unvoni, F.I.O)

_____________________________________________

farzandi ____________________________________________________________________________

(maxsus unvoni, F.I.O)

_______________________________________________________________________________ ga

ning farzandi __________________________________

(F.I.O, pasport (guvohnoma) seriyasi, raqami)

_____________________________________________

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasi tizimidagi oliy (magistratura, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) ta’lim muassasalariga (dastlabki va kasbiy (harbiy-professional) tanlov natijalariga asosan) kirishda tanlovsiz, belgilangan qabul kvotasidan tashqari o‘qishga kirish imtiyozi beriladi.

(tavsiyanoma berilgan shaxsning F.I.O., imzosi)

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining 20___-yil “___” ___________dagi ___-son buyrug‘iga asosan berildi.

M.O‘.

_____________________________________________

Tavsiyanoma Davlat bojxona qo‘mitasi raisining 20___-yil “___” ___________dagi ___-son buyrug‘iga asosan berildi.

_____________________________________________

M.O‘.

(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)

___________________________________________________________________________________

(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)

20___-yil “___” _____________

20___-yil “___” _____________

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/391/0652-son)