30.05.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1477
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.06.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BANKLARNING ODDIY VEKSELLARI VA DEPOZIT SERTIFIKATLARI BLANKALARINI YOʻQ QILISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI YANGI TAHRIRDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 30-mayda 1477-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Banklarning oddiy veksellari va depozit sertifikatlari blankalarini yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Banklarning foydalanilgan va yaroqsiz holga kelgan oddiy veksel blanklarini yoʻq qilish toʻgʻrisida”gi muvaqqat nizomi (1998-yil 30-noyabr, roʻyxat raqami 555) va ushbu Nizomga 1999-yil 1-apreldagi 555-1-sonli qoʻshimchalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kun oʻtgandan soʻng amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 12-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10/6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvining
2005-yil 12-maydagi 10/6-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarning oddiy veksellari va depozit sertifikatlari blankalarini yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, banklarning oddiy veksellari va depozit (omonat) sertifikatlari blankalarini (keyingi matnda — qimmatli qogʻozlar blankalari) yoʻq qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Qimmatli qogʻozlar blankalarining saqlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq qimmatli qogʻozlar deb hisoblanadigan muomalaga chiqarilgan oddiy veksellar yoki depozit (omonat) sertifikatlar boʻyicha majburiyatlarning ijro muddati kelganda yoki ijrosi muddatdan oldin amalga oshirilsa, bank-emitent mazkur qimmatli qogʻozlarni taqdim etilishiga qarshi qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlovni amalga oshiradi. Bunday qimmatli qogʻozlar soʻndirilgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oddiy veksellar yoki depozit (omonat) sertifikatlar soʻndirilgandan soʻng tijorat banklarining filiallari tomonidan soʻndirilgan qimmatli qogʻozlar blankalari ularning roʻyxati bilan birga tijorat banklari hududiy boshqarmalari orqali markazlashtirilgan tarzda ularni saqlash va kelgusida yoʻq qilish uchun bosh bankka yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarning yaroqsiz holga kelgan va (yoki) foydalanilmagan qimmatli qogʻozlar blankalari ham bosh bank omborxonasida saqlanishi lozim. Tijorat banklarining filiallari tomonidan yaroqsiz holga kelgan va (yoki) foydalanilmagan qimmatli qogʻozlar blankalari ularning roʻyxati bilan birga tijorat banklari hududiy boshqarmalari orqali markazlashtirilgan tarzda ularni soʻndirilgan qimmatli qogʻozlarning blankalari bilan birgalikda saqlash va kelgusida yoʻq qilish uchun bosh bankka yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻndirilgan qimmatli qogʻozlari blankalariga, shuningdek yaroqsiz holga kelgan va (yoki) foydalanilmagan qimmatli qogʻozlari blankalariga “Soʻndirilgan” soʻzi yozilgan maxsus muhr bosilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Banklarning qimmatli qogʻozlar blankalari bosh bankdagi balansdan tashqari 90327-raqamli “Bankning qimmatli qogʻozlari blankalari” hisobvaragʻining alohida shaxsiy hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Poligrafiya korxonasi (mazkur blankalarning tayyorlovchisi) tomonidan topshirilgan qimmatli qogʻozlar blankalarining arxiv nusxalari bosh bankdagi balansdan tashqari 90327-raqamli “Bankning qimmatli qogʻozlari blankalari” hisobvaragʻining alohida shaxsiy hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Banklarning qimmatli qogʻozlar blankalari hisobini toʻgʻri tashkil etish va saqlashning oʻrnatilgan tartibiga rioya etish borasidagi javobgarlik bankning rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri zimmalariga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qimmatli qogʻozlar blankalarini yoʻq qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soʻndirilgan qimmatli qogʻozlarning blankalari qimmatli qogʻozlar soʻndirilgan yoki chiqarilishi bekor qilingan kundan boshlab kamida uch yildan soʻng yoʻq qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bankdagi mavjud oddiy veksel blankaning arxiv nusxasi poligraf korxonasi tayyorlangan sanadan boshlab kamida uch yildan soʻng yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bankdagi mavjud depozit sertifikat blankaning arxiv nusxasi poligraf korxonasi tayyorlangan sanadan boshlab kamida toʻrt yildan soʻng yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Banklar Markaziy bankka qimmatli qogʻozlar blankalarini yoʻq qilish niyatlari toʻgʻrisida moʻljallangan yoʻq qilish sanasidan kamida 30 kun oldin xabar berishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Soʻndirilgan qimmatli qogʻozlarning blankalari quyidagi holatlarda yoʻq qilinishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar qimmatli qogʻozlar blankalari prokuratura, tergov va surishtiruv organlari tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlariga qoʻshib qoʻyilgan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar qimmatli qogʻozlar blankalari yoʻq qilish vaqtida sud muhokamasida yozma dalillar hisoblansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) agar mazkur qimmatli qogʻozlar boʻyicha daʼvo muddati sud qaroriga binoan uzaytirilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bosh bankda qimmatli qogʻozlar boʻlinmasi rahbarining bildirishnomasiga muvofiq bank Boshqaruvi raisi imzosi bilan yoʻq qilishni tashkil etuvchi komissiya tarkibi, yoʻq qilish usuli (yoqib yuborish, qirqib tashlash, maydalash) va yoʻq qilish joyi koʻrsatilgan holda buyruq chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qimmatli qogʻozlar blankalarini yoʻq qilinishi bank-emitentning oʻzi yoki shu maqsadlar uchun maxsus jalb qilingan boshqa tashkilot tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiya tarkibiga quyidagi xodimlar kiritilishi lozim: Boshqaruv raisi oʻrinbosari, xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish boʻlinmasining rahbari, bosh buxgalter yoki uning oʻrinbosari, bosh bankning kassa operatsiyalari boshqarma (boʻlim) boshligʻi, qimmatli qogʻozlar boʻlinmasining rahbari va bankning qimmatli qogʻozlar blankalarini yoʻq qilinishini amalga oshiradigan tashkilotning masʼul xodimi (agar bunday tashkilot jalb qilingan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Banklarning qimmatli qogʻozlar blankalari yoʻq qilish uchun olinayotganda, 90327-raqamli “Bankning qimmatli qogʻozlari blankalari” hisobvaraq boʻyicha balansdan tashqari chiqim orderi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qimmatli qogʻozlar blankalari yoʻq qilish uchun bank kassasidan olinayotganda, blankalar birma-bir qayta sanab chiqiladi, shundan soʻng uch nusxada roʻyxat tuziladi. Roʻyxatda qimmatli qogʻozlar blankalari yoʻq qilish uchun kassadan olinayotganligi, buyruqning soni va sanasi, yoʻq qilish uchun olinayotgan qimmatli qogʻozlar blankalarining soni, nomeri, seriyasi va nominali qayd etiladi. Roʻyxatning bir nusxasi tijorat bankining kunlik kassa hujjatlariga, ikkinchi nusxasi — bankning kunlik buxgalteriya hujjatlariga tikiladi va uchinchi nusxasi esa tijorat bankining qimmatli qogʻozlar boʻyicha tarkibiy boʻlinmasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qimmatli qogʻozlar blankalari birma-bir qayta sanab chiqilgandan soʻng, mazkur blankalar komissiya aʼzolari tomonidan yoʻq qilish joyiga yetkazib berish uchun moʻljallangan maxsus qoplarga joylanadi, ularga sanasi, bankning nomi, qimmatliklar nomi, qimmatli qogʻozlar blankalari soni va summasi koʻrsatilgan yorliqchalar biriktiriladi. Yorliqlarga quyidagi komissiya aʼzolari imzolari qoʻyiladi: Boshqaruv raisi oʻrinbosari, kassa operatsiyalari boshqarma (boʻlim) boshligʻi, bosh buxgalter (bosh buxgalter oʻrinbosari), shundan keyin qoplar kassa mudiri tomonidan plombalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yoʻq qilish joyiga yetib kelingach, komissiya aʼzolari qoplarning, plombalarning va yorliqlarning butligini tekshiradilar. Agar qoplarning buzilganligi yoki qoplardagi plomba va yorliqlarning yoʻqligi aniqlansa, komissiya aʼzolari tomonidan qoplar yoki plombalar buzilganligi, qoplardagi plomba va yorliqlar yoʻqligi aniqlanganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi va bunday qoplar ulardagi solingan qimmatli qogʻozlar blankalari butligini tekshirish uchun bankka qaytarib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qimmatli qogʻozlar blankalarini yoʻq qilish jarayonida Komissiya aʼzolarining barchasini qatnashishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yoʻq qilish jarayoni tugaganidan soʻng barcha komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan, uch nusxada (agar yoʻq qilish bank-emitent tomonidan amalga oshirilmagan boʻlsa, toʻrt nusxada), kamida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilib oʻtilgan holda dalolatnoma tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qimmatli qogʻozlar blankalarini yoʻq qilish boʻyicha komissiya aʼzolari tarkibi; ularning F.I.Sh. va egallab turgan lavozimlari koʻrsatilgan holda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bank-emitentning toʻliq nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qimmatli qogʻozlar chiqarilishining roʻyxatga olishni bekor qilingan sanasi, agar u bekor qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qimmatli qogʻozlar blankalari yoʻq qilish sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qimmatli qogʻozlarning turi, qimmatli qogʻozlar chiqarilishining roʻyxatga olish raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yoʻq qilingan qimmatli qogʻozlar blankalarining umumiy soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) qimmatli qogʻozlar blankalarining yoʻq qilish usuli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Dalolatnoma bankning ijro etuvchi organi tomonidan tasdiqlanadi va muhr qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Dalolatnomalar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi nusxasi — bosh bankining kunlik kassa hujjatlariga tikib qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchi nusxasi — bosh bankning qimmatli qogʻozlar boʻyicha tarkibiy boʻlinmasiga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uchinchi nusxasi — yoʻq qilingan qimmatli qogʻozlar blankalarining balansdan tashqari hisobvaragʻi hisobidan chiqarilganligini tasdiqlash uchun kassa operatsiyalari boshqarmasiga (boʻlimga) beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) toʻrtinchi nusxasi — qimmatli qogʻozlar blankalarini yoʻq qilishni amalga oshiradigan tashkilotga beriladi (agar yoʻq qilish bank-emitent tomonidan amalga oshirilmagan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bank qimmatli qogʻozlar blankalari yoʻq qilinganligi haqida bankning qimmatli qogʻozlar blankalarini yoʻq qilish sanasidan keyingi ish kunidan kechiktirilmagan holda Markaziy bankka qimmatli qogʻozlar blankalarini yoʻq qilish boʻyicha komissiya tuzilishi toʻgʻrisida buyruq nusxasini va qimmatli qogʻozlar blankalarining yoʻq qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusxasini taqdim etgan holda xabar berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Banklarning qimmatli qogʻozlar blankalari hisobini yuritish daftarida qimmatli qogʻozlarning turi koʻrsatilgan holda qimmatli qogʻozlar blankalari yoʻq qilinganligi va yoʻq qilingan blankalarning umumiy soni haqidagi yozuv qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yoʻq qilish haqidagi hujjatlarni saqlash muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qimmatli qogʻozlar blankalarini yoʻq qilish haqidagi hujjatlarni (dalolatnomalar, roʻyxatlar) saqlash tartibi va muddati qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 22-son, 163-modda; 2008-y., 39-son, 398-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/1477-2/0268-son; 10.06.2020-y., 10/20/1477-3/0733-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)