13.07.2022 yildagi 383-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari tomonidan konvoy harakatlarini amalga oshirishda elektron brasletlardan foydalanishni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan konvoy harakatlari davomida qoʻriqlov ostidagi shaxslar ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmonida ichki ishlar organlari konvoy faoliyatiga konvoy ostidagi shaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilish tizimini joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan, oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslar va mahkumlar (keyingi oʻrinlarda — konvoy ostidagi shaxslar)ning qochish holatlarining barvaqt oldini olish maqsadida ularni konvoy qilish jarayoni (tasdiqlangan yoʻnalishda harakatlanishi, belgilanmagan hududlarda toʻxtamasligi va boshqalar)ni onlayn tarzda kuzatish tizimi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvoy ostidagi shaxslar qochishga uringan (elektron brasletni yechish, shikast yetkazish, konvoychi xodimdan uzoqlashish va boshqa) holatlar haqidagi tovushli va vizual xabarni onlayn rejimida avtomatik tarzda biriktirilgan konvoychi xodimga va hududiy ichki ishlar organlari, Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismlari, tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish koloniyalarining navbatchilik qismlariga uzatish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvoy harakatlari davomida qochib ketgan konvoy ostidagi shaxslarni ularga taqilgan elektron brasletlardan uzatilayotgan “GPS” signallariga muvofiq “issiq izi”dan ushlash choralarini koʻrish yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvoy ostidagi shaxslar bilan konvoy harakatlarini amalga oshirish jarayonida elektron brasletlardan foydalanish, konvoy boʻlinmalari va vaqtincha saqlash hibsxonalari uchun ajratilgan elektron brasletlarni saqlash va ulardan xizmatda foydalanish, elektron brasletga shikast yetkazilganda yoki yoʻqotilganda moddiy zararni undirish tartibini, shuningdek, elektron brasletlarni qoʻllash jarayonida konvoy boʻlinmalari xodimlari hamda konvoy qilinuvchilarning huquqlari va majburiyatlarini nazarda tutuvchi Ichki ishlar organlari tomonidan konvoy harakatlarini amalga oshirishda elektron brasletlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2024-yillarda ichki ishlar organlari boʻlinmalarini elektron brasletlar bilan taʼminlash dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ichki ishlar organlari tomonidan konvoy harakatlarini amalga oshirishda foydalaniladigan elektron brasletlar boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender natijalariga asosan Dasturda belgilangan miqdorlarda elektron brasletlar xaridini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-dekabrga qadar ichki ishlar organlari konvoy boʻlinmalari Dasturda belgilangan hajmda va muddatlarda elektron brasletlar bilan toʻliq taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoniga muvofiq ichki ishlar organlarining konvoy boʻlinmalari uchun elektron brasletlarni xarid qilish va foydalanish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 13-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
383-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 383-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari tomonidan konvoy harakatlarini amalga oshirishda elektron brasletlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan, oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslar hamda mahkumlar (keyingi oʻrinlarda — konvoy ostidagi shaxslar) bilan konvoy harakatlarini amalga oshirishda ichki ishlar organlari tomonidan elektron brasletlardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan elektron brasletlardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvoy — jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan, oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslar hamda mahkumlarni belgilangan manzilga qoʻriqlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvoy ostidagi shaxslar — konvoy qilinayotgan, jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan, oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslar hamda mahkumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvoy boʻlinmalari — konvoy ostidagi shaxslarni belgilangan manzilga qoʻriqlab borish borasidagi vazifalarni amalga oshiruvchi ichki ishlar organlarining boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron braslet — konvoy ostidagi shaxslar qochishga uringan (elektron brasletni yechish, shikast yetkazish, konvoychi xodimdan uzoqlashish va boshqa) holatlar haqida onlayn rejimida avtomatik tarzda tovushli va vizual xabar beruvchi, shuningdek, konvoy ostidagi shaxslarning harakatlanishini onlayn nazorat qilish imkoniyatni yaratuvchi elektron qurilma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Konvoy harakatlarini amalga oshirish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud, surishtiruv va dastlabki tergov organlarining talabnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ajrimi (hukmi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalari hamda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni va jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarni tibbiyot muassasasiga joylashtirish yoki tibbiyot muassasasida tekshiruvdan oʻtkazish lozimligi toʻgʻrisida tibbiyot xodimining maʼlumotnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Elektron brasletlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari (keyingi oʻrinlarda — Qorovul qoʻshinlari), ichki ishlar organlarining konvoy boʻlinmalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Elektron brasletlardan faqat konvoy ostidagi shaxslar bilan barcha konvoy harakatlarini amalga oshirish jarayonida, shuningdek, ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalari hamda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning va jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarning sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarida statsionar davolanishi yoki tibbiyot muassasasida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish davrida ular ustidan toʻliq nazorat oʻrnatish maqsadida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Elektron brasletlarni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Konvoy boʻlinmalari va vaqtincha saqlash hibsxonalari uchun ajratilgan elektron brasletlar, ular joylashgan ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlaridagi maxsus vositalarni saqlash xonalarida, Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi uchun ajratilgan elektron brasletlar harbiy qism boʻlinmalari maxsus vositalarni saqlash xonalarida, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun ajratilgan elektron brasletlar esa ushbu muassasalarning maxsus xonalarida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Elektron brasletlar alohida javonlar, seyflar yoki maxsus ajratilgan joylarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Elektron brasletlarning harakati ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shaklda Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismlari, ichki ishlar organlari, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari navbatchilik qismlari tomonidan alohida yuritiladigan Elektron brasletlarni tarqatish hamda qabul qilish jurnalida (keyingi oʻrinlarda — jurnal) qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jurnalda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron braslet berilgan xodim (harbiy xizmatchi) familiyasi, ismi va otasining ismi hamda imzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan elektron brasletning individual raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron braslet berilgan hamda qabul qilib olingan sana va vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron brasletning topshirish vaqtidagi holati (soz yoki nosozligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron brasletni qabul qilib olgan masʼul shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jurnal belgilangan tartibda Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi, ichki ishlar organlari, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari devonxonalarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jurnalni saqlash va yoʻq qilish ichki ishlar organlarida maxsus vositalarni berish va qabul qilish jurnalini yuritishga (saqlash va ularni yoʻq qilish) belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Elektron brasletlarning texnik sozligi, elektr quvvatining toʻliqligi Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qism boʻlinmalarining navbatchilari, hududiy ichki ishlar organlari va tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish koloniyalari navbatchilik qismlari masʼul xodimlari tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib boriladi. Xizmatga jalb etilayotgan xodim (harbiy xizmatchi)larga nosoz yoki elektr quvvati toʻliq boʻlmagan elektron brasletlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Elektron brasletni qabul qilib olgan xodim (harbiy xizmatchi) maxsus tasma butligini, maxsus moslama sozligini va elektr quvvati toʻlaligini, elektron brasletning “GPS” signali ishlayotganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron brasletda nosozliklar aniqlanganida nosoz elektron braslet topshirilib, soz elektron brasletga almashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron brasletdan foydalanishdan oldin xodim (harbiy xizmatchi) tomonidan uning maxsus tasmasiga dezinfeksiya vositalari (antiseptik, spirt) yordamida ishlov beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Konvoy harakatlari yakunlangandan soʻng xodim (harbiy xizmatchi) tomonidan maxsus tasmaga dezinfeksiya vositalari (antiseptik, spirt) yordamida ishlov berilgan holda elektron brasletlar tegishlicha Qorovul qoʻshinlari harbiy qismlari boʻlinmalarining navbatchilariga va hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga, shuningdek, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalarining maxsus xonalariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Topshirilayotgan elektron brasletlar Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qism boʻlinmalari navbatchilarining, hududiy ichki ishlar organlari, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalarining navbatchilik qismlari masʼul xodimlari tomonidan tashqi koʻrikdan oʻtkazilgandan soʻng jurnalga imzo qoʻyish yoʻli bilan qabul qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Elektron brasletlardan xizmatda foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Konvoy harakatlariga jalb etilayotgan har bir xodim (harbiy xizmatchi) konvoy qilinadigan shaxslar sonidan kelib chiqib elektron brasletlar bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalariga statsionar davolanish uchun joylashtiriladigan yoki tibbiyot muassasalarida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish uchun qoʻriqlashga xizmatga jalb etiladigan xodimlar hududiy ichki ishlar organlari, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari boshliqlari qarorlari asosida belgilanib, ularga elektron brasletlar konvoy qilinadigan shaxslar sonidan kelib chiqqan holda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xodim (harbiy xizmatchi) konvoy qilinadigan shaxs joylashgan manzilga yetib borganidan soʻng unga biriktirilayotgan konvoy qilinuvchiga xavfsizlik choralarini koʻrgan holda oʻzidagi elektron brasletni taqib, maxsus kalit bilan qulflaydi va butun konvoy harakatlari davomida individual tartibda nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Elektron braslet konvoy qilinuvchi oyogʻining boldir qismiga taqiladi. Konvoy qilinuvchilarning oyogʻiga elektron brasletlarni taqish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda (suyak sinishi, boshqa jarohatlar bilan tibbiy muolaja koʻrsatilgan va hokazo) elektron brasletni qoʻlning bilak qismiga taqishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayol jinsidagi konvoy qilinuvchiga elektron braslet shu jinsdagi xodim (harbiy xizmatchi) tomonidan taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayol jinsidagi xodim (harbiy xizmatchi) boʻlmagan taqdirda, konvoy qilinuvchi ayolga elektron brasletni qoʻlining bilak qismiga taqishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Implant qilingan kardiostimulyatorga ega, yuqumli teri kasalliklari boʻlgan hamda tugʻma nogironligi sababli tanasining oyoq aʼzosi boʻlmagan va homilador konvoy qilinuvchilarga elektron brasletlar taqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Konvoy harakatlarini oʻtkazish jarayonida va konvoy ostidagi shaxsning sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasasida statsionar davolanish yoki tibbiy tekshiruvdan oʻtish davrida elektron braslet konvoy ostidagi shaxsning oyogʻidan (yoki qoʻlidan) yechilmaydi hamda doimiy ishchi holatda boʻlishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron brasletning quvvati tugagan taqdirda, xodim (harbiy xizmatchi) tomonidan bu haqida navbatchilik qismi ogohlantirilib, konvoy ostidagi shaxsning oyogʻidan (yoki qoʻlidan) elektron braslet yechib olinadi va uni maʼlum vaqt ichida quvvatlash choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Statsionar davolanishga yotqizilgan konvoy ostidagi shaxsga jarrohlik muolajasi oʻtkazilishi sababli jarrohlik muolajasini oʻtkazuvchi shifokor talabi asosida elektron brasletni yechish zarurati yuzaga kelganida, xodim bu haqida navbatchilik qismini ogohlantiradi va konvoy ostidagi shaxs jarrohlik xonasiga olib kirilishidan oldin elektron brasletni yechib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarrohlik amaliyotidan soʻng konvoy ostidagi shaxs palataga olib chiqilganida, xodim shifokor ruxsati bilan elektron brasletni qayta konvoy ostidagi shaxsga taqadi va bu haqida navbatchilik qismiga axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Konvoy ostidagi shaxslardan elektron brasletlar konvoy harakatlari toʻliq yakunlanganidan soʻng, ichki ishlar organlarining tegishli vaqtincha saqlash hibsxonalari hamda tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari maʼmuriy binolarining ichida yechib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Elektron brasletning tovushli signali ishga tushgan taqdirda, xodim (harbiy xizmatchi) yuzaga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda konvoy ostidagi shaxsning elektron brasletni yechishga, unga shikast yetkazishga yoki qochishga boʻlgan urinishlarini bartaraf etish (toʻxtatish, chek qoʻyish, nazoratni kuchaytirish), konvoy ostidagi shaxs qochgan taqdirda, uni taʼqib qilish va ushlashga qaratilgan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Elektron brasletning tovushli va vizual signali ishga tushgan taqdirda, hududiy ichki ishlar organlari, Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismlari, tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish koloniyalarining navbatchilik qismlari masʼul xodimi zudlik bilan holatga aniqlik kiritadi va bevosita rahbariga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Elektron brasletning tovushli va vizual signali ishga tushish sabablariga aniqlik kiritish jarayonida konvoy ostidagi shaxsning qochganligi tasdiqlangan taqdirda, hududiy ichki ishlar organlari, Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismlari, tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish koloniyalarining navbatchilik qismlari masʼul xodimi zudlik bilan ichki ishlar organlarining qoʻshimcha kuch va vositalarini jalb qilib, qochgan konvoy ostidagi shaxsga taqilgan elektron brasletdan uzatilayotgan “GPS” signaliga muvofiq ularni tegishli hududga yoʻnaltiradi. Mazkur harakatlar qochgan konvoy ostidagi shaxsning ushlanguniga qadar davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Elektron brasletning tovushli va vizual signali ishga tushishi bilan bogʻliq har bir holat hududiy ichki ishlar organlari, Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismlari, tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish koloniyalarining navbatchilik qismlari masʼul xodimi tomonidan belgilangan tartibda qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Elektron brasletga shikast yetkazilganda yoki yoʻqotilganda moddiy zararni undirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Elektron brasletning korpusida shikastlanishlar, nosozliklar aniqlanganida yoxud ular yoʻqotilganida Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismlari boʻlinmalari navbatchilari, hududiy ichki ishlar organlarining, tergov hibsxonalarining va jazoni ijro etish koloniyalari navbatchilik qismlari masʼul xodimlari tomonidan zudlik bilan rahbariyatga yozma ravishda axborot beriladi hamda jurnalga tegishli yozuvlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Elektron brasletlarning mexanik yoki boshqa turda shikastlanganligi fakti aniqlangan taqdirda, shu kunning oʻzida Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismlari, hududiy ichki ishlar organlari hamda tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalarining rahbarlari koʻrsatmasiga binoan tekshiruv ishlarini oʻtkazish boʻyicha komissiya tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibi Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismlari, hududiy ichki ishlar organlari, tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish koloniyalarining rahbarlari tomonidan belgilanib, uning tarkibiga ushbu boʻlinmalarning masʼul xodimlari hamda elektron brasletlardan xizmatda foydalangan xodimlarning bevosita rahbarlari (yoki komandirlari) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tekshiruv oʻtkazishda elektron brasletlarning mexanik yoki boshqa turda shikastlanganligi sabablari, shart-sharoitlari toʻliq oʻrganib chiqiladi va natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron brasletlarning yoʻqotilishi holati yuzasidan esa belgilangan tartibda xizmat tekshiruvi tayinlanadi va oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xodim (harbiy xizmatchi) tomonidan elektron brasletlarga mexanik yoki boshqa turdagi shikast yetkazilganligi yoki yoʻqotilganligi faktlari aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda moddiy javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Elektron brasletlarga konvoy ostidagi shaxs qasddan mexanik yoki boshqa turdagi shikastni yetkazgan taqdirda, yetkazilgan moddiy zararning oʻrni konvoy ostidagi shaxs tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Yetkazilgan moddiy zarar miqdori Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismlari, hududiy ichki ishlar organlari, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari rahbarlarining qarori bilan belgilanadi. Mazkur qaror konvoy ostidagi shaxsga tilxat olish yoʻli bilan eʼlon qilinadi. Konvoy ostidagi shaxs qaror ustidan yuqori turuvchi mansabdor shaxsga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Konvoy ostidagi shaxs moddiy zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplashni rad etgan taqdirda, bu zarar qonunga muvofiq sud tartibida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yetkazilgan moddiy zarar uchun notoʻgʻri undirilgan summalar konvoy ostidagi shaxsga qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Konvoy ostidagi shaxs yetkazgan moddiy zarar oʻrni uning qarindoshlari yoki boshqa shaxslar tomonidan ularning roziligi bilan qoplanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Konvoy ostidagi shaxs sud hukmiga asosan jazoni ijro etish muassasasiga yuborilganda, oʻrni qoplanmagan moddiy zarar ushbu muassasa maʼmuriyati tomonidan mahkumning shaxsiy hisobvaragʻiga tushadigan mablagʻlar hisobidan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Konvoy ostidagi shaxs qamoqdan ozod qilingan taqdirda, u tomondan oʻrni qoplanmagan moddiy zarar qonunga muvofiq sud tartibida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Elektron brasletlarni qoʻllashda konvoy boʻlinmalari xodimlarining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Elektron brasletlarni qoʻllashda konvoy boʻlinmalari xodimlari (harbiy xizmatchilari) quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvoy ostidagi shaxslardan elektron brasletlarni yechish yoki unga zarar yetkazish bilan bogʻliq harakatlarni darhol toʻxtatishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvoy ostidagi shaxslar tomonidan elektron brasletlarni yechish yoki unga zarar yetkazish borasida harakatlarga barham berish, ularni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvoy ostidagi shaxslar tomonidan nosoz holatga keltirilgan elektron brasletlarni yechib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Elektron brasletlarni qoʻllashda konvoy boʻlinmalari xodimlari (harbiy xizmatchilari) quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron braslet taqiladigan konvoy ostidagi shaxslarga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvoy ostidagi shaxsning murojaati asosida elektron brasletni jarohat mavjud boʻlgan oyoqdan (yoki qoʻldan) yechib, sogʻ oyoqqa (yoki qoʻlga) taqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvoy ostidagi shaxslar tomonidan nosoz holatga keltirilgan elektron brasletlar toʻgʻrisida bevosita rahbarlariga bildirgi asosida yozma axborot berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Elektron brasletlarni qoʻllashda konvoy ostidagi shaxslarning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Elektron brasletlarni qoʻllashda konvoy ostidagi shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron braslet taqilganida oʻzining huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron braslet taqilayotgan oyogʻi (yoki qoʻli)da jarohat mavjud boʻlganida, uni sogʻ oyogʻi (yoki qoʻli)ga, shuningdek, kiyimi ustidan taqilishini soʻrash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvoy ostidagi shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Konvoy harakatlari davrida konvoy ostidagi shaxslarga elektron brasletlarni oʻzboshimchalik bilan yechmaslik hamda unga zarar yetkazish borasidagi harakatlarni amalga oshirmaslik majburiyati yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvoy ostidagi shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismlari, hududiy ichki ishlar organlari, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari rahbarlari nosoz boʻlgan elektron brasletlarni taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish choralarini koʻrishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilagan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari tomonidan konvoy harakatlarini amalga oshirishda elektron brasletlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismlari, ichki ishlar organlari, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari navbatchilik qismlari tomonidan alohida yuritiladigan elektron brasletlarni tarqatish hamda qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Elektron braslet berilgan xodim (harbiy xizmatchi)ning

Berilgan elektron brasletning

individual raqami

Xodimga elektron braslet berilgan sana va vaqt

Elektron brasletning xodim tomonidan navbatchilik qismiga topshirish vaqtidagi holati

(soz yoki nosozligi)

Xodim tomonidan elektron braslet topshirilgan sana va vaqt

Elektron brasletni qabul qilib olgan masʼul xodim F.I.O va imzosi

F.I.O.

imzosi

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

1.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 383-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2024-yillarda ichki ishlar organlari boʻlinmalarini elektron brasletlar bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nomlanishi

Ehtiyoj

Shundan

2022-yil

2023-yil

2024-yil

1.

IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi boʻyicha jami

550

150

150

250

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha jami:

85

25

31

29

Konvoy boʻlinmalari uchun

54

25

15

14

Vaqtincha saqlash hibsxonalari uchun

21

11

20

IIV JIED tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun

10

5

5

3.

Toshkent shahri boʻyicha jami:

15

15

Vaqtincha saqlash hibsxonasi uchun

5

5

IIV JIED jazoni ijro etish koloniyalari uchun

10

10

4.

Toshkent viloyati boʻyicha jami:

211

80

80

51

Konvoy boʻlinmalari uchun

105

80

25

Vaqtincha saqlash hibsxonalari uchun

36

20

16

IIV JIED tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun

70

35

35

5.

Sirdaryo viloyati boʻyicha jami:

57

38

9

10

Konvoy boʻlinmalari uchun

38

38

Vaqtincha saqlash hibsxonalari uchun

9

9

IIV JIED tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun

10

10

6.

Jizzax viloyati boʻyicha jami:

59

20

25

14

Konvoy boʻlinmalari uchun

35

20

15

Vaqtincha saqlash hibsxonalari uchun

24

10

14

7.

Samarqand viloyati boʻyicha jami:

166

80

76

10

Konvoy boʻlinmalari uchun

126

80

46

Vaqtincha saqlash hibsxonalari uchun

30

20

10

IIV JIED tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun

10

10

8.

Navoiy viloyati boʻyicha jami:

81

32

29

20

Konvoy boʻlinmalari uchun

32

32

Vaqtincha saqlash hibsxonalari uchun

9

9

IIV JIED tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun

40

20

20

9.

Buxoro viloyati boʻyicha jami:

85

39

26

20

Konvoy boʻlinmalari uchun

39

39

Vaqtincha saqlash hibsxonalari uchun

6

6

IIV JIED tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun

40

20

20

10.

Fargʻona viloyati boʻyicha jami:

67

32

35

Konvoy boʻlinmalari uchun

42

32

10

Vaqtincha saqlash hibsxonalari uchun

15

15

IIV JIED tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun

10

10

11.

Namangan viloyati boʻyicha jami:

91

37

44

10

Konvoy boʻlinmalari uchun

47

37

10

Vaqtincha saqlash hibsxonalari uchun

24

24

IIV JIED tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun

20

10

10

12.

Andijon viloyati boʻyicha jami:

65

33

32

Konvoy boʻlinmalari uchun

43

33

10

Vaqtincha saqlash hibsxonalari uchun

12

12

IIV JIED tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun

10

10

13.

Qashqadaryo viloyati boʻyicha jami:

91

33

38

20

Konvoy boʻlinmalari uchun

33

33

Vaqtincha saqlash hibsxonalari uchun

18

18

IIV JIED tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun

40

20

20

14.

Surxondaryo viloyati boʻyicha jami:

54

23

31

Konvoy boʻlinmalari uchun

23

23

Vaqtincha saqlash hibsxonalari uchun

21

21

IIV JIED tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun

10

10

15.

Xorazm viloyati boʻyicha jami:

47

31

16

Konvoy boʻlinmalari uchun

31

31

Vaqtincha saqlash hibsxonalari uchun

6

6

IIV JIED tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari uchun

10

10

16.

IIV Transportda XTBB Konvoy boʻlinmasi uchun:

4

4

17.

Ichki ishlar vazirligi Markaziy vaqtincha saqlash hibsxonasi uchun:

5

5

Hammasi boʻlib respublika boʻyicha:

1 733

657

642

434

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Elektron braslet jamlanmasini xarid qilish uchun sarf etiladigan xarajatlar belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender natijalari boʻyicha aniqlanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/383/0628-son)