Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
“Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman (shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 17-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3065-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-iyuldagi 10-mh-son “Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman (shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3065, 2018-yil 5-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 36-son, 731-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 9-iyun,
7-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 9-iyundagi 7-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman (shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Buyruq muqaddimasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning uchinchi xatboshisi “oʻquvchining pasporti yoki” degan soʻzlardan keyin “identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 10/22/3065-3/0613-son)