Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026 06.07.2022 yildagi 364-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 500-sonli “Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilari hamda sport hakamlariga malaka toifalarini berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentni amalda qoʻllashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi, Sportni rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmati YIDXP orqali amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimlarning davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali elektron tarzda toʻlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati boʻyicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sportni rivojlantirish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 364-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament sport hakamlariga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakami — sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi toʻgʻrisidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini taʼminlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka komissiyasi — sport hakamlariga tegishli malaka toifasini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobini berish uchun vakolatli organ tomonidan tashkil etiladigan komissiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sport hakamlariga quyidagi malaka toifalari beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro toifali sport hakami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy toifali sport hakami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifali sport hakami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi toifali sport hakami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi toifali sport hakami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport boʻyicha hakam.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Xalqaro toifali sport hakami” malaka toifasi sport turi boʻyicha tegishli xalqaro sport tashkiloti tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasini olish uchun belgilangan muddat va talablardan oldin “Xalqaro toifali sport hakami” malaka toifasini qoʻlga kiritgan sport hakamining toifasi “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasidagi hakam hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Birinchi toifali sport hakami”, “Ikkinchi toifali sport hakami”, “Uchinchi toifali sport hakami”, “Sport boʻyicha hakam” malaka toifalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat xizmati koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Murojaatlarni shakllantirish va yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi tegishli soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomaga ariza beruvchi faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan berilgan mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi malaka toifasini berish toʻgʻrisida taqdimnoma ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soʻrovnomaga ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilib, unga ilova qilinadigan hujjat rasmiylashtirilgandan soʻng ariza beruvchi uni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (elektron imzo, daktiloskopiya, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilganda murojaatchidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza YIDXP orqali taqdim etilganda, murojaatchidan Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdorida yigʻim toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Toʻlovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: ariza koʻrib chiqish uchun toʻlov summasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar:

“Birinchi toifali sport hakami”, “Ikkinchi toifali sport hakami”, “Uchinchi toifali sport hakami”, “Sport boʻyicha hakam” malaka toifalari uchun — toʻliq ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalarining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;

“Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi uchun — toʻliq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birinchi toifali sport hakami”, “Ikkinchi toifali sport hakami”, “Uchinchi toifali sport hakami”, “Sport boʻyicha hakam” malaka toifalari uchun — toʻliq ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalarining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi uchun — toʻliq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining nomzodini vakolatli organning malaka toifasini berish uchun toʻlangan yigʻim summasi ariza beruvchining yozma murojaatiga asosan toʻligʻicha vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan ariza beruvchi sport hakamlariga tegishli malaka toifasini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobini berish boʻyicha malaka komissiyasidan (keyingi oʻrinlarda — Malaka komissiyasi) muvaffaqiyatli oʻta olmagan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi 10 daqiqa mobaynida arizani qabul qiladi, ariza raqami va sanasini ariza beruvchiga yuboradi yoki davlat xizmati koʻrsatishni rad etadi, shuningdek ariza qabul qilinganda uning soʻrovnomasi Markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada haqiqiy boʻlmagan, soxta va notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik (bundan murojaat qilingan vaqtda maʼlumotlar qayta toʻgʻrilangan holatlar mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakami malaka toifalarini olish uchun belgilangan muddatdan oldin soʻrovnoma taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq sport hakamlari malaka toifasini olish uchun lozim boʻlgan talablarni bajarmasdan soʻrovnoma berilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat qilganda soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Malaka toifalarini berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Malaka toifasi “Sport boʻyicha hakam” malaka toifasidan boshlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Sport boʻyicha hakam” malaka toifasiga ega boʻlgan shaxsga navbatdagi malaka toifasi beriladi. Bunda “Sport boʻyicha hakam” malaka toifasiga ega boʻlmagan shaxsga “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasini, “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega boʻlmagan shaxsga “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasini, “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega boʻlmagan shaxsga “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasini, “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega boʻlmagan shaxsga “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasini berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Sport boʻyicha hakam” malaka toifasi maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkazilgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasi “Sport boʻyicha hakam” malaka toifasiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkazilgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Sport boʻyicha hakam” malaka toifasi berilganiga kamida 1 yil oʻtgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasi “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkazilgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil oʻtgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasi “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkazilgan sport musobaqalarida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi chempionati hamda kubok maqomiga ega boʻlgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda, “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil oʻtgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkazilgan sport musobaqalarida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi chempionati hamda kubok maqomiga ega boʻlgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil oʻtgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tegishli malaka toifasini olish uchun mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq sport hakamlari malaka toifasini olish uchun lozim boʻlgan talablar bajarilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vakolatli organning masʼul xodimi soʻrovnoma va faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma kelib tushgan kuni tegishli malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobini berish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyasi 1 oyda bir marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vakolatli organ ikki ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha malaka toifasini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobini berish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyasi kotibi malaka toifasini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobi berilgan kunda malaka komissiyasining qarori loyihasini bayonnoma koʻrinishida tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyasi Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki YAIDXTT orqali ariza beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi, tekshiradi hamda sport hakamlariga tegishli malaka toifasini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoxud asoslangan rad javobini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Malaka komissiyasining navbatdan tashqari yigʻilishlari taqdim etilgan arizadan kelib chiqib, uning raisi tomonidan chaqiriladi. Malaka komissiyasining navbatdan tashqari yigʻilishi bir ish kuni muddatida chaqiriladi, yigʻilish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolar tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Malaka komissiyasi qabul qilingan malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi qaror asosida mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq sport hakamlari malaka toifasi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki asoslangan rad javobini berish toʻgʻrisidagi maʼlumotni QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda rasmiylashtiradi hamda uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlagan holda bir ish kuni mobaynida Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi rad javobini olgandan keyin qayta murojaat qilganda, hujjat tekinga navbatdagi malaka komissiyasi yigʻilishida koʻrib chiqiladi, bunda yangi asoslar boʻyicha arizani rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Davlat xizmatlari markaziga elektron tarzda malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki asoslantirilgan rad javobi toʻgʻrisidagi maʼlumot tushgandan soʻng Davlat xizmatlari markazi oʻn daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga (mavjud boʻlsa) yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi (telefon raqami) orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga asosan elektron yoki qogʻoz shaklida ariza beruvchiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Malaka toifalarini berish boʻyicha malaka komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi huzurida aʼzolari bir yil muddatga belgilanadigan malaka komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyasi yetti kishidan kam boʻlmagan toq sondan iborat tarkibda barcha aʼzolarning teng huquqliligi asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari malaka komissiyasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosari — malaka komissiyasining raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari, sport federatsiyalari (uyushmalari) (kelishuv asosida), sport maktablarining rahbarlari hamda vakillari malaka komissiyasiga aʼzo sifatida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Malaka komissiyasi uning aʼzolarining toʻrtdan uch qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyasi aʼzolariga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumotga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar mazmunidan xabardor boʻlish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Malaka komissiyasi raisi va aʼzolari quyidagi hollarda komissiya tarkibidan muddatidan oldin chiqarilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz arizasiga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Malaka komissiyasi qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Malaka komissiyasi qarori yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolarning koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, malaka komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Malaka komissiyasi aʼzosi boʻlgan mutaxassisning hujjatlari komissiyada koʻrilganda komissiya aʼzosi boʻlgan mutaxassisning ovozi hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Malaka komissiyasi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolar tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy nazorat qiladilar va monitoring olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ariza beruvchi malaka toifalarini berish asossiz rad etilganda, shuningdek, malaka toifalarini beruvchi vakolatli organ xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

(Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi)

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP orqali ariza topshirish.

Xohishiga koʻra

(“Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasini olish uchun “Sport boʻyicha hakam “ malaka toifasi berilganiga kamida 1 yil oʻtgan boʻlishi lozim, shuningdek, ikkinchi, birinchi va milliy toifali sport hakamlari malaka toifasini olish uchun malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil oʻtgan boʻlishi lozim)

2-bosqich

Ariza beruvchi

(Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi)

Ariza Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilganda murojaatchidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigim undiriladi.

YIDXP orqali taqdim etilganda, murojaatchidan Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdorida yigim toʻlanadi.

Ariza shakllantirilgan sanada

3-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Arizani qabul qilish, ariza raqami va sanasini ariza beruvchiga yuborish yoki davlat xizmati koʻrsatishni rad etish.

10 daqiqa mobaynida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda uning soʻrovnomasi vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.

10 daqiqa mobaynida

Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat qilganda soʻrovnoma vakolatli organga yuboriladi.

avtomatik tarzda

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari (Vakolatli organ)

Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.

Ikki ish kuni ichida

6-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi huzurida tashkil etilgan sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha malaka komissiyasi (Malaka komissiyasi)

Ariza va unga ilovaga qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

Natijasi boʻyicha ariza beruvchiga tegishli malaka toifasini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki asoslangan rad javobini beradi.

Uch ish kuni mobaynida

7-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi huzurida tashkil etilgan sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha malaka komissiyasi (Malaka komissiyasi)

Navbatdan tashqari yigʻilishlar taqdim etilgan arizadan kelib chiqib, uning raisi tomonidan chaqiriladi.

Navbatdan tashqari yigʻilish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolar tomonidan imzolanadi.

Bir ish kuni muddatida

8-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi huzurida tashkil etilgan sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha malaka komissiyasi (Malaka komissiyasi)

Qabul qilingan malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi qaror asosida sport hakamlari malaka toifasi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki asoslangan rad javobini berish haqidagi maʼlumotni QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtirish.

Sport hakamlari malaka toifasi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki asoslangan rad javobini oʻz ERIsi bilan tasdiqlagan holda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron tarzda yuborish.

Bir ish kuni mobaynida

9-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Elektron tarzda malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki asoslantirilgan rad javobi toʻgʻrisidagi maʼlumotni ariza beruvchining elektron manziliga (mavjud boʻlsa) yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi (telefon raqami) orqali xabardor qilish.

Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga asosan elektron yoki qogʻoz shaklida ariza beruvchiga taqdim etish.

Guvohnoma yoki rad javobi kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

__________________
‎ (sana) ‎

__________________
‎ (raqam) ‎

Sport hakamlariga malaka toifasini berish uchun
‎SOʻROVNOMA

Sport boʻyicha hakam

Uchinchi toifali sport hakami

Ikkinchi toifali sport hakami

Birinchi toifali sport hakami

Milliy toifali sport hakami

Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

1. F.I.O.:

2. Pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilganligi):

3. Yashash manzili:

4. Elektron manzili (mavjud boʻlsa):

5. Telefon raqami:

6. Ariza beruvchi hakamning sport turi:

7. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjat:

Ariza beruvchi hakam faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan soʻrovnomaga malaka toifasini berish boʻyicha taqdimnoma

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

_________________
‎ (sana) ‎

_________________
‎ (raqam) ‎

Sport hakamlariga malaka toifasini berish uchun
‎TAQDIMNOMA

F.I.O.: _____________________________________________________________________________
Tugʻilgan yili va joyi: ________________________________________________________________
Maʼlumoti: _________________________________________________________________________
Ish joyi, lavozimi: __________________________________________________________________
Amaldagi malaka toifasi: _____________________________________________________________
Berilgan vaqti “____” _______________ 20___ y.
Malaka toifasi: _____________________________________________________________________

Talablarni bajarish

Sana

Musobaqalar

Musobaqa maqomi

Lavozimi

Seminardagi ishtiroki

Sana

Oʻtkazilgan joyi

Lavozimi

Imtihon

____________________________________________________ federatsiyasi malaka komissiyasi

(sport federatsiyalari (uyushmalari) nomi)

QARORI

Hakam __________________________ga _____________________toifa berish toʻgʻrisida soʻralsin.

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Respublika hakamlar hayʼati raisi _____________________ / ___________________________ /

(imzo)

(ismi, familiyasi)

20 ___ y “___” ___________ _____-son bayonnoma. ________ ________ M.Oʻ.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport hakamlari malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim boʻlgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TALABLAR

T/r

Musobaqa turlari*

Sport hakami

Uchinchi toifali sport hakami

Ikkinchi toifali sport hakami

Birinchi toifali sport hakami

Milliy toifali sport hakami

1.

Malakaviy musobaqalar

2

2

-

-

-

2.

Tuman (shahar) birinchiliklari

-

4

5

5

-

3.

Viloyat, shahar, tuman chempionatlari

-

3

4

5

-

4.

Respublika miqyosidagi musobaqalar

-

-

-

3

5

5.

Nazorat hakamligi (sport xususiyatiga qarab)

-

-

-

1

2

6.

Hakamlarni tayyorlash boʻyicha seminarlarni oʻtkazish

-

-

-

1

2

7.

Hakamlar kurslari, seminarlari, konferensiyalari, kongresslari va imtihonlarda ishtirok etish

-

1

1

1

2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:

“Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasini olish uchun kamida ikki marotaba musobaqa bosh hakami yoki ikki marotaba bosh kotib boʻlish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Milliy toifali sport hakami “ malaka toifasini olish uchun kamida uch marotaba musobaqa bosh hakami yoki uch marotaba bosh kotib boʻlish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportning ayrim turlari boʻyicha mazkur jadvalda belgilangan talablarni bajarish imkoniyati boʻlmaganda tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan alohida talablar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport hakamligi haqidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GUVOHNOMA

(tavsifi)

Sport hakamligi haqidagi guvohnoma — sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi toʻgʻrisidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini taʼminlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxslarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport hakamligi haqidagi guvohnoma A5 formatdagi oq qogʻozda, sakkiz xil rangdan: matn uchun — qora rang, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, sariq, havorang, jigarrang, kulrang va qizil ranglardan, fon uchun — oq rangdan foydalangan holda bosib chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Varaqning chap yuqori qismida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tasviri, oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri oʻng yuqori qismida vakolatli organning nomi hamda davlat tilida kirill yozuvi bilan quyidagilar joylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport hakamlari malaka toifasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GUVOHNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SʼH № 000000
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-kod joyi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning chap qismida davlat tilida kirill yozuvida quyidagilar joylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka komissiyasi qarori yozilgan matn;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli shaxsning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartib raqami ikkita kirill harfidan “SʼH” va olti raqamli sondan iborat boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha matn va tasvirlar oq rangli fonda joylashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takrorlanmaydigan raqamlardan, oltita himoyaga ega va ketma-ket oʻzgaruvchi raqamlardan iborat boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirilishini murakkablashtirish uchun boʻyoqning ochiq ranglaridan iborat boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-kod guvohnoma pastki qismining oʻng tomoniga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur guvohnoma qogʻoz yoki elektron shaklda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/364/0601-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)