06.07.2022 yildagi PQ-306-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida sanoat sohasini jadal rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, ilgʻor xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh zamonaviy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar hokimligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi 30 gektar boʻsh yer maydonida “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasini (keyingi oʻrinlarda — Texnopark) 30 yil muddatga tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark faoliyatini boshqarishni “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasiga yuklash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnopark tarkibiga kiruvchi hududlar chegaralari ilovaga muvofiq tasdiqlansin va ushbu hududlar “Nukus” erkin iqtisodiy zonasidan chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Texnopark faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori qiymatga ega boʻlgan, tashqi bozorda xaridorgir va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor, atrof-muhit muhofazasini taʼminlashga qaratilgan va ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish orqali eksport salohiyatini oshirish maqsadida mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark ishtirokchilari oʻrtasida va butun respublika miqyosida mustahkam sanoat kooperatsiyasi aloqalarini oʻrnatish orqali mahalliy xom ashyo va materiallar asosida yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish va mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark ishtirokchilari uchun yagona ishlab chiqarish infratuzilmasini, shuningdek, sertifikatlash, laboratoriya, kadrlar tayyorlash va boshqa zarur xizmatlarni koʻrsatish infratuzilmasini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi uch oy muddatda Texnoparkning bosh rejasini Qurilish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark bosh rejasi loyihasini ishlab chiqish Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalliy budjeti mablagʻlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark bosh rejasi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha loyiha tashkiloti tender yoki tanlov asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda Texnoparkning tasdiqlangan bosh rejasiga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda 2023-2024-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasi bilan taʼminlash lozim boʻlgan obyektlar roʻyxatini shakllantirsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 1-oktabriga qadar obyektlarda amalga oshiriladigan loyihalarning hujjatlarini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda kelishish ishlarini yakunlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-2024-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Texnoparkning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi tijorat banklari bilan birgalikda Texnopark hududida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga, shuningdek, uning raqobatbardoshligini yanada oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va innovatsion texnologiyalarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli oʻzaro manfaatli sheriklik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish orqali investitsiya faoliyatini ragʻbatlantirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya takliflarini baholash, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, Toshkent shahar hokimligi iqtisodiy faol, salohiyatli ishlab chiqaruvchi korxonalarni Texnopark hududiga jalb qilishga masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi K.R. Sariyev va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-306-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-306-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasi tarkibiga kiruvchi hududlar chegarasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-boshlangʻich nuqta Nukus shahridagi “Nukus un zavodi” korxonasi janubiy tomonidan 600 metr masofada, sanoat zonasi hududida joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab janubiy yoʻnalishda 464,22 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-nuqtadan chegara Nukus shahridagi “Nukus-polimer” korxonasi tomoniga shimoliy yoʻnalishda 731,13 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab gʻarbiy yoʻnalishda 425,42 metr masofada 4-nuqtagacha davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab sharqiy yoʻnalishda 337,54 metr masofada 5-nuqtagacha davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab sharqiy yoʻnalishda 307,63 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 07/22/306/0599-son)